Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 0.77 Mb.
bet6/16
Sana17.03.2020
Hajmi0.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Sofistlar-bular (“Sofos”- donishmand “sofist”- so’zamol donishmand) ma’lum haq evaziga kishilarni turli sohalarda, jumladan, donishmandlikka o’rgatgan kishilar bo’lgan. Ularning asarlari bizgacha deyarli etib kelmagan. Ular “keksa” va “kichik” sofitlarga bo’lib o’rganiladi. Keksa sofistlarga Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik, Antifant, kichik sofitlarga Fralimix, Kritiy, Alkidam, Linafron, Polemon va boshqalarni kiritish mumkin.

Sofistlar o’z qarashlarida falsafiy g’oyalar bilan birga ijtimoiy-siyosiy g’oyalarni ham ilgari surganlar. Davlat va jamiyat masalalarini yoritishda katta




1.A. O. Makovelьskiy. Demokratiki. str. 152.

2. Kadimgi va urta asr Garbiy Evropa falsafasi. T. « Shark «. 2003 y. 11 – bet.

sofistlar asosan demokratik dunyoqarash tarafdolari bo’lsa, kichik sofistlar

esa demokratik tuzum tarafdorlari bo’lish bilan birga, davlatni aristokratik va tiranik usulda boshqarish tarafdorlari ham bo’lishgan.
2- masala. Platon va Aristotel ijtimoiy-siyosiy qarashlari.

Platon -bu Aflotun, uning asl ismi Aristokl. Platon uning laqabi, “platon” keng elkali” degani. Qadimgi yunon faylasufi, olim va adibi Aflotun mil.av. 428 yilda Afinada aslzoda oilada tug’ilgan. Platonning avlodi ota tamonidan Afinaning so’ngi podshosi Kodrga, ona avlodi mashhur qonunshunos Salonga borib taqaladi.

Mil.av. 407 yilda mashhur faylasuf Suqrot bilan tanishgan va uning eng yaqin shogirdiga aylangan. U bir qator dostonlar, lirik asarlar, komediya va tragediyalar muallifi, falsafaga oid bir qator asarlari bizgacha etib kelgan. Uning siyosatga doir fikr-mulohazalari bitilgan asalari “Davlat”, “Siyosatdon”, “Qonunlar”dir. Uning umri 12 yili Afrika, Sitsiliya, Janubiy Italiya shahrlarida o’tdi. U Afinada o’z maktabini ochgan.. U sport bilan xam shug’ullanadi, keyin esa adabiyot, musiqa, haykaltaroshlik bilan mashg’ul bo’ldi.

Aflotunning siyosiy qarashlari u orzu qilgan ideal davlat tuzish g’oyasida ifodalangan. Manbaalarda keltirishicha, Aflotun ana shu davlat loyihasini amalga oshirish uchun Sitsiliyaga podsho Dionisiy huzuriga yo’l oladi. Ammo saroy ahli Aflotunni bu ezgu maqsadini amalga oshirishga yo’l bermaydilar va Dionisiyga Aflotun sizni o’rningizga qarindoshingiz Dionni podsho etib ko’tarmoqchi, degan mazmunda tushuntirishadi. Natijada Aflotun Afinaga qaytishga majbur bo’ladi. U ma’lum sabablar bilan Spartaga jo’nab ketadi.

Aflotun ijtimoiy-siyosiy qarashlari aks etgan “Davlat” asarida jamiyat haqida, uning ideal tuzumi to’g’risidagi nazariyasini o’zining markaziy ta’limoti- “g’oyalar” nazariyasi bilan bog’lab ilgari suradi.

Aflotun o’z taьlimotida davlat odamlarning moddiy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishlari va tashqi kuchlardan himoyalanish maqsadlarini amalga oshirish yo’lida o’zaro birlashishidan paydo bo’lgan, degan g’oyani ilgari suradi. Atrofda davom etayotgan ijtimoiy tengsizlikni ko’rib, xayolida ideal davlat-hammaning birdek manfaatlarini ifoda etuvchi jamiyat qurishni orzu qiladi. Uning nazarida davlatni tashkil etishdan maqsad, umumiy faravonlikka erishishdir.

Aflotun o’zining ideal davlatida jamiyat a’zolarini uch toifaga bo’ladi: davlatni boshqaruvchi faylasuflar, davlatni himoya qiluvchi harbiylar, jamiyatni turli moddiy ne’matlar bilan ta’minlab turuvchi dehqonlar va hunarmandlar. Har bir tabaqa vakillari o’zlariga tegishli vazifani sidqidildan bajarishlari shart. Shuningdek, Aflotun odamlar orasida o’ta boy va o’ta kambag’al kishilar bo’lishini istamaydi, ideal davlat aholisining asosiy qismini o’rtahol kishilar tashkil etishi kerak.

Davlatni boshqarish bir guruh “yaxshilar” tamonidan olib boriladi. Bu yaxshilar aqlli, bilimdon va zukko, odob-axloqli bo’lishlari kerak. Ular faqat davlat ishi bilan shug’ullanadi. Uning nazarida aristokratlar boshqargan davlat-ideal davlatdir.

«Bunday davlatda donolik, jasorat bardoshli me’yor va adolat kabi to’rt tamoyil ustuvordir. Davlatni boshqaruvchi kishilar avvalambor ana shunday sifatlarga ega bo’lishlari kerak»1.

Aflotun tengsizlikka qarshi o’zining ideal davlatini yaratadi-yu, ammo uni haqiqiy hayotda qurish imkoni yo’qligini ham anglab etgan. Agar qurgan taqdirda ham bu davlat abadiy qolmasligini aytadi, u buning sababini insonning boylikka, xususiy mulkka bo’lgan intilishi sababli jamiyatda doimo o’zaro urushlar, odamlarning qul va ozod kishilarga aylanishi davom etadi, natijada davlat tuzumi u yoki bu turdagi tuzimga almashib turadi, degan to’xtamga keladi.

Aflotun o’zining siyosiy qarashlarida ikkinchi bir davlat loyihasini ham yaratadi. Uning bu haqdagi qarashlari “Qonunlar” asarida o’z ifodasini topgan. “Bu davlat fuqarosi cheklangan miqdorda-5040 kishidan iborat bo’ladi. Ular chek tortish orqali uy-joy, uchastka oladilar, ulardan xususiy mulk sifatida emas, egalik huquqi asosida foydalanadilar. Barcha mol-mulk davlatga qarashli bo’ladi va meros sifatida bolalardan birortasiga o’tkazish mumkin. Dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanuvchi kishilar, savdogarlar va chet el fuqarolari bu fuqarolar qatoriga kiritilmaydi...”.2

Aflotun o’zining ideal davlati orqali jamiyat haqidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlarini ifoda etadi. U o’z qarashlarida adolat, ijtimoiy tenglik g’oyalarini ilgari suradi. Ammo u jamiyatda odamlarni ijtimoiy tabaqalarga bo’lish orqali hammaning huquqini, manfaatini birday tenglashtiraolmaydi, shuningdek, qullar mehnatidan ham voz kechaolmaydi. Bu esa uning o’z atrofida mavjud tuzum ta’siridan albatta.

Aflotunning ijtimoiy qarashlari o’z davrida ham, undan keyin ham faqat yunon falsafasi va ijtimoiy ta’limotlar taraqqiyotiga emas, butun Evropa ta’limotlari taraqqiyotiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Undan keyingi avlod uning g’oyaviy qarashlarini o’rgandi va yangi g’oyalar yaratdi. Aflotun ta’limoti Sharqda xam chuqur o’rganildi.

... uning davlat va jamiyat haqidagi qarashlari Sharqda “Ikkinchi muallim” deb nom olgan O’rta asr mutafakkiri Farobiyning “Aflotun qonunlarining mohiyati” risolasida keng tahlildan o’tkazilganini ko’rishimiz mumkin”3.

“Aflotun mening do’stim, lekin haqiqat undan ulug’roq” degan hikmatli so’z muallifi Aflotunning shogirdlaridan biri Arestotel qalamiga mansub. Aristotel ba’zi manbalarda Arastu nomi bilan keladi. U (mil.av. 382-222 y) grek faylasufi, yirik mutaffakirlaridan biri sifatida tanilgan. Arastu Frakiyaning Stagira shahrida tug’ilgan. U Aleksandr Makedonskiyga ustozlik

qilgan. Yoshligida Aflotun Akademiyasida tahsil oldi. Arastu Afinada falsafa maktabi ochib, umrining oxirigacha unga rahbarlik qiladi.


  1. Falsafa komusiy lugat. T. 2004 y. 327 – bet.

  2. F . Muxiddinovayu Siyosiy va xukukiy taьlimotlar tarixi. 54 – 55 betlar.

  3. Usha kitob, 50 - bet.

qilgan. Yoshligida Aflotun Akademiyasida tahsil oldi. Arastu Afinada falsafa maktabi ochib, umrining oxirigacha unga rahbarlik qiladi.

Aleksandr Makedonskiy Makedoniya taxtiga o’tirgandan so’ng o’z ustozi va do’sti Arastuga atab haykal barpo ettirgan. Bu haykalning poyida shunday so’zlar bor edi: “Iskandar ushbu yodgorlikni Nixomaxning o’g’li, buyuk donishmand va avliyo Arastu xotirasiga urnatdi.”1

Arastu o’zining “Siyosat”, “Afina politiyasi”, “Etika” asarlarida o’zining ijtimoiy- siyosiy qarashlarini bayon etgan. Arastu o’sha davrdagi barcha bilimlarni jamlab chiqib fanlarga bo’lib chiqadi. U ilmiy faoliyati davomida siyosatni etika bilan chambarchas holda taxlil etadi.

Aristotel ellinlarning siyosiy tajribasini umumlashtirib davlat to’g’risidagi ta’limotni yaratdi. U bu borada 158 ta qadimgi yunon davlatlari tarixini tiklashga muvaffaq bo’ldi. Uning fikricha, jamiyatni davlatdan ajratib bo’lmaydi. Jamiyat a’zolarini uch toifaga ajratadi: o’ta boylar, kambag’allar va o’rta hollar. Arastu jamiyatda kambag’allar ko’p bo’lishini istamaydi, uning nazarida mamlakatda sodir bo’ladigan turli tartibsizliklar, noxushliklar va beqarorliklar aynan shu toifalar tamonidan amalga oshadi.

Eng ideal, orzudagi toifa bu o’rta hol kishilar toifasidir. Ular tufayli jamiyat rivoj topadi, el-yurt tinch, vaziyat barqaror tus oladi, degan g’oyalarni ilgari suradi.

Arastu davlatni tabiiy taraqqiyot natijasi deb biladi. U davlatni oilaga tenglashtirgan holda barcha tuzilmalarni o’z ichiga olgan oliy shakldagi tuzilma sifatida talqin etadi. Arastu davlat haqida o’z qarashlarini bildirish bilan birga, Aflotunning har ikki ideal davlat to’g’risidagi nazariyalarini tanqid qiladi. Aflotunning ideal davlatidagi mulk, xotinlar va bolalarning umumiyligi g’oyasi unga yoqmaydi va bu davlatni barham topishiga olib keladi, deydi.

Arastu fikricha, davlatning vujudga kelishi bu murakkab jarayon. Davlat qanday bo’lishi esa o’sha davlat fuqarolarining kimligiga bog’liq. Davlat ikki shaklda: to’g’ri va noto’g’ri shaklda namoyon bo’ladi. To’g’ri shakldagi davlat hukmdorlari mamlakatni har tamonlama taraqqiy ettirishga intilsa, noto’g’ri shakldagi davlat hukmdorlari ko’proq o’z foydasini ko’zlab harakat qiladilar.

Arastu mavjud davlatlar taraqqiyotidagi tiraniya, oligarxiya va demokratiya turlarini tanqid qilib, xato boshqaruv shakllari deb ko’rsatadi.

Arastu ideal davlat sifatida politiyani ma’qul ko’radi. Uning nazarida, politiyada davlatni umummanfaat yo’lida ko’pchilik boshqaradi. Shuningdek, u o’zi orzu qilgan ideal davlatida boylar va kambag’al manfaati uyg’unlashgan va qonun ustuvorligiga asoslangan mo’’tadil demokratiya bo’lishini istaydi. Afinada Solon qilgan islohatni qo’llab-quvvatlab “Afinada demokratiya aynan Solondan boshlangan” degan edi.

Arastu agar davlatda fuqarolar o’rtasida lozim darajada tenglik bo’lmasa, mamlakatda norozilik kayfiyati paydo bo’ladi, bu esa mamlakat parokanda -




1 . Xakikat manzaralari va 96 mumtoz faylasuf. T. 2007 y. 95 -96 - betlar.
ligini keltirib chiqaradi, degan g’oyani ilgari suradi.

Uning idealidagi davlat fuqarolari etarlicha ta’minlangan, hududi esa geografik jihatdan qulay erga joylashgan bo’lishi kerak. Unda erning bir qismi davlat mulki bo’lsa, bir qismi xususiy mulkdorlarga tegishli bo’lishi lozim. Shunda mamlakat har tamonlama rivojlanadi va unda barqarorlik davom etadi. Qonunga asoslangan jamiyat Arastu orzu qilgan ideal davlatga xos.

Arastuning ijtimoiy-siyosiy qarashlaridagi davlat to’g’risidagi g’oyalar aynan uning ustozi Aflotun g’oyalarini takrorlamasa-da, o’zining ayrim tamonlari bilan Aflotun qarashlariga mos keladi. U hali garchi hayotda amalga oshirish mushkul bo’lsa-da, tengsizlikka qarshi o’zining adolatli, ideal davlat tuzish loyihasini yaratadi. Davlatning amal qilish shakllari masalasida Aflotundek o’ziga xos demokratiya tarafdoridir.

Arastu qarashlari, u yaratgan ijtimoiy-siyosiy ta’limot o’zida yuksak ezgu g’oya, ezgu mafkuralarni mujassam etgan. Shu sabab, uning ta’limoti shogirdlari va undan keyingi avlodlar tamonidan tadqiq va targ’ib etildi. Uning g’oyalari Evropada va Sharqda keng o’rganildi. Arestotel asarlari tarjimasi Bog’dodda XX asr oxirida amalga oshirildi. Arab dunyosida Kindiy, Roziy, Farobiy, Ibn Rushd, Inb Sino, Ibn Bojja, Ibn Tufayl tamonidan Arestotel ijodi tahlil qilib chiqildi. U dunyo olimlari tamonidan “birinchi muallim” unvoniga sazovor bo’ldi.


3 – masala. Suqrot olga surgan g’oyalar.

Qadimgi yunon mumtoz falsafasining asoschisi, afinalik birinchi faylasuf Suqrot milloddan avvalgi 470-399 (ba’zi kitoblarda uning tug’ilgan yili 447, 469) yillarda Afinada yashab o’tgan. U Afinada haykaltarosh Safroniks va doya Fenaretta oilasida dunyoga keladi. Ma’lumotlarga ko’ra, u juda ko’rimsiz kishi bo’lgan. Hayoti ham boshqalarnikidan ko’ra boshqacharoq kechadi. Erkin fuqaro sifatida davlatni boshqarish ishlari bilan shug’ullanish va iqtisodiy to’q hayot kechirishi mumkin bo’lsada, Suqrot chor-nochor muhtojlikda kun kechirgan. U doim eski liboslarda, yalangayoq yurgan. Bunga sabab, uning o’zi bunday ishlarga shaxsiy moyillik bildirmaydi. «Men bilan, -deydi Suqrot, -qandaydir ilohiy va g’aroyib narsalar sodir bo’ladi. Ular yoshligimdan boshlangan: qandaydir ovoz meni istagimga zid narsaga majbur qiladi: biror ishga unnasam, u meni boshqa biriga boshlardi. O’sha ovoz meni davlat ishlari bilan shug’ullanishimga yo’l qo’ymagan».1 Uning birmuncha vaqt ota kasbi haykaltaroshlik bilan shug’ullanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Doimiy iqtisodiy muhtojlik Sukrotga oilaviy baxt topaolmasligiga sabab bo’ladi.

Suqrot asosiy vaqtini odamlar o’rtasida yurib, munozara va suhbatlarda o’tkazgan. U odamlarning mavqeidan qat’iy nazar hayot, borliq, davlat va

jamiyat haqida savollar berib, ularni shoshirib qo’yardi. Bahs-suhbatlarda uning qo’li baland kelgan. Shuning uchun ko’pincha uning sochidan tortib

kaltaklashgan, ustidan kulib haqoratlashgan. Suqrot o’z shogirdlariga og’zaki


1. Garb falsafasi. T. Shark. 2004 y . 61 – 62 - betlar.

saboq bergan. Uning shogirdlari Platon Antisfen, Aristipp, megoralik Evklid edi. U o’zidan hech narsa yozib qoldirmagan. Timey ismli shogirdi: “E, ustoz, nima sababdan dono fikrlaringizni qog’ozga tushirmaysiz, deb so’raganda, Suqrot: “Ey, Timey ,o’lik hayvonlarning terisiga ishonching va tirik, barhayot fikrlarga ishonchinchsizliging juda mustahkam ekan”1deb javob bergan.

Uning hayoti va ilmiy qarashlari Platonning “Suhbatlar”, “Fedon” va sarkarda Ksenafontning “Sukrot haqida estaliklar” asarida bayon etilgan.

Suqrot zamonasining Mashrabi edi. U o’z fikrini haq deb bilar edi. Haqiqat oldida hech kimga bo’ysunmadi. Oyoqyalang, titilib ketgan kiyimidan boshqa hech voqeasi yo’q, darveshsifat Suqratning turmush tarzi o’zini yuqori tabaqa, deb biluvchi aslzodalar va erkin fuqarolarning g’ashiga tegmasligi mumkin emas edi. O’ziga e’tibor bermaydigan, suhbatdoshining nasl-nasabini mutlaqo hisobga olmaydigan, savollari bilan duch kelganni so’roqqa tutib, uni mulzam qilishdan tortinmaydigan gado sifat shaxsning hatti-harakatlari o’zini dono hisoblaydigan takabbur afinaliklar uchun haqoratdek edi.

Suqrot o’z qarashlari bilan o’sha davrdagi ijtimoiy tuzumga tanqidiy munosabatda bo’ldi. Afina demokratiyasiga qarshi chiqdi. U garchi o’zining siyosat, davlat ishlari bilan shug’ullanmasligini e’tirof etsa-da, o’z qarashlarida, odamlar bilan suhbat-munozaralarida davlat va jamiyat bilan bog’liq ijtimoiy masalarni ham tahsil qilar edi, jamiyat, davlat, polisni boshqarishga doir o’z munosabatini, nazariya va ijtimoiy-siyosiy kontsentsiyasini ilgari surdi.

Suqrotning fikricha, u siyosatchimi, uy boshqaruvchisi yoki rahbar xodim, davlatni idora etuvchi shaxsmi, kim bo’lishidan qat’iy nazar, avvalo, o’z sohasi bo’yicha ma’lum bilimga ega bo’lishi kerak. Barcha ezgu ishlar bilim orqali bo’lganidek, davlatni boshqarish, siyosat, adolat ham bilim orqalidir. Demak, bilimga asoslangan siyosat va adolat ezgu, axloqiy bo’ladi.

Suhrot davlat boshqaruvini qura tashlash, ko’pchilik tamonidan saylash yoki aslzodalar saylashi orqali emas, faqat davlat boshqaruvi to’g’risida tayanch bilimga ega inson tamonidan amalga oshishini istaydi. Uning fikricha, agar ko’ngchilik tamonidan davlat boshlig’i saylansa, boshqalar uning bilimi haqida hech narsa bilmasliklari mumkin, oqibatda hokimiyatga tasodifiy, hatto johil, nodon, yovuz shaxslar ham kelib qolishi mumkin. Uning orzusidagi “bilimli odam” davlatni boshqarish to’g’risida muayyan bilim ega bo’lib, uning davlati xoh demokratiya, xox oligariya, tiraniya yoki urug’-aymoqchilik aristokratiyasiga va an’anaviy podshohlik kabi boshqaruv usullariga asoslanganligidan qat’iy nazar, «bilimi odam» barchaga barobar va teng rahbar bo’laoladigan shaxsdir. Bunday shaxs davlatni boshqarsa, mamlakatda ijtimoiy adalat xukm suradi. Davlatni boshqarish faqat aslzodalarga xos ish emas, agar

harakat qilsa, har kim (u, albatta erkin fuqarolarni nazarda tutgan) boshqarish ilmini egallashi, siyosiy ezgu amallarga o’zini tayyorlashi mumkin,

harakat qilsa, har kim (u, albatta erkin fuqarolarni nazarda tutgan)


1. « Xakikat manzaralari va 96 mumtoz faylasuf». T. 2007 y. 59 – bet.

boshqarish ilmini egallashi, siyosiy ezgu amallarga o’zini tayyorlashi mumkin, deb hisoblaydi.Davlatni boshqarish oson ish emas. Davlat rahbari muayyan bilimga ega bo’lish bilan birga, mol-dunyo to’plashdan o’zini tiyaoladigan, polisga xizmat qilishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’ygan va bu ishda fidoiy inson bo’lishi kerak.

Suqrot boylikka, nafsni qondirishga o’chlikni qaralar ekan, siyosatchilardan deyarli zoxidona umr kechirishni talab etadi, me’yoridan ortiq hech narsaga ega bo’lmaslikni va bunga intilmaslikni shart qilib qo’yadi.

Sukrotning bir paytlar okil va insofli raxbar tugrisidagi ushbu fikrlari sizu biz yashab turgan bugungi kunimizga xam daxldordir. Shu o’rinda I.Karimovning davlat xokimiyatida ishlayotgan rahbarlar fa’oliyati bilan bog’lik masalada bildirgan fikrini keltirib o’tsak: “Ming afsuski, xokimiyat va boshqaruv idoralarida o’tirgan ba’zi shaxslarning o’zlari qonun talablariga rioya qilish uyoqda tursin, qonunni qo’pol ravishda buzishi, avvalo, o’z manfaatini ko’zlab, vazifasini suyiste’mol qilishi hech chidab bo’lmas holatdir”1.

Quldorlik demokratiyasi hukum surgan, ijtimoiy tengsizlik kuchaygan Afina jamiyatida Suqrotning ijtimoiy adolat, “bilimli odam” boshqaruvi to’g’risidagi siyosiy qarashlari, ezgu g’oyalari amalga oshishi qiyin edi. Shu boisdan uni shogirdlaridan boshqa tushunuvchi xayrixoh odam topilmadi. Ayniqsa, aslzodalar, aristokratlar uni yomon ko’rishardi. Oqibatda, unga bir qator ayblar qo’yilib, uni yoshlarni yuldan uruvchi, davlatga qarshi ish ko’ruvchi shaxs sifatida qoralashadi. Anit boshchiligidagi demokratik hokimlar uning ishini sudga oshiradi. Bu xakda Platon uzining « Sukrotning oqlanishi » asarida bayon etib o’tgan.

Afina fuqorolari qonunlarga itoat etish deganda ma’lum tasavvurlarga ega bo’lgan, albatta. Ammo o’sha davrdagi Afina qonunlarida ijtimoiy hayotning barcha tamonlari to’la qamrab olinmagan. “Polis xudosi” deganda aynan qaysi xudo,“yoshlarni yo’ldan urish” deganda xam aniq qanday hatti-harakatlar nazarda tutilganligi o’sha davr qonunlarida aks etgan deb bo’lmaydi. Shuning uchun V. Nersesyantsning fikricha, Suqrot yuridik nuqtai nazardan emas, balki o’sha davr an’anaviy qarashlari va tushunchalariga muvofiq aybdor deb topilgan.



Suqrotning ustidan olib borilgan sud jarayonida qatnashgan sudyalarning yarimidan ko’pi (501 kishidan 280 tasi) nohaq hukmga ovoz bergai bois u aybdor deb topildi. Unga bir necha ayblar qo’yiladi:

a) polisda o’rnatilgan tartib va qonunlarga nisbatan yoshlarda nafrat uyg’otadi, shu tarzda o’z tinglovchilarini zo’ravonlikka undadi;

b) tinglovchilari orasida Afina davlatiga ko’p zarar etkazgan Alkivad va Kritiy bor edi;

v) Mashhur shoirlardagi badsatrlarni keltirib, oddiy xalqda hurmatsizlik uyg’otdi.

g) ota-onasi, qarindoshlar, do’stlarini masxaralab, yoshlarni ularga qarshi


1. I. Karimov . «O’zbek xalki xech kachonb xech kimga karam bulmaydi» . T. 13 – jild. 110 – bet.

qo’ydi.


Suqrot polisdagi saylov tartiblarini qoralab, ularni masxaralab, bu borada mashhur shoirlar (masalan Gesiod, Gomer) ijodidan badsatrlar keltirgan. Alkiviad va Kritiy esa uning tinglovchilari bo’lgan, ammo ularning zo’ravonliklari uchun Suqrat javobgar bo’lishi mumkin emas. Yoshlarni ota-onalariga qarshi qo’ydi, degan aybga esa ayblovchilar biror bir misol keltiraolmaydi. Suqrot, sudyalardan o’zini oqlash uchun guvohlar chaqirishini so’raydi, ammo, ular bunga ahamiyat bermaydi.

Suqrotga qo’yilgan ayblardan shuni ko’rish mumkinki, o’sha davrda Afina demokratiyasi bugungi biz tushunayotgan, yoki haqiqiy demokratiya tamoyillariga to’g’ri kelmaydi. Buni inson shaxsini, uning hur fikrini bo’g’ish deb tushunmoq kerak. V.Rassel o’zining “G’arb donishmandligi” asarida, “Suqrotni davlat dinini mensimaslikda va o’z ta’limoti bilan yoshlarni aynitganlikda aybladilar, ammo bu ayb soxtadir. Aslida esa Areonag Suqrotning do’stlari va o’quvchilari a’zo bo’lgan aristokratiya partiyasi bilan aloqalariga qarshi edi” deb yozgan edi.

Suqrot buni yaxshi bilgan, o’ziga qo’yilayotgan ayblarning nohaqligin sezib turgan va hujumni ham oldindan bilgan. U so’nggi nafasida ham o’zining “Kuch-bilimda”, “O’z-o’zingni angla” g’oyalariga sodiq qoldi.

Aytishlaricha, Suqrotning shogirdlari, uni zindondan ozod qilishga urunishgan va qochib ketish chorasini xam topganlar. Ammo u bu yo’lni o’ziga ep ko’rmagan. U “Afina qonunlarini tanqid qilsam-da, ularni etuk emas deb bilsamda, bu qonunlarni afinaliklar qabul qilgan ekan, ularga bo’ysunmaslikka haqqim yo’q. Yoshim bir joyga borganida ularni buzib, avlodlarning tavqi-la’natiga qolmay”. deb javo beradi.

Ba’zi adabiyotlarda demokratiya na’munasi sifatida talqin qilinayotgan Afina demokratiyasi, aslida fuqarolarning siyosiy huquqini toptashdan iborat tuzum edi. Bir xovuch zodogonlar manfaatini himoya kilgan Afina demokratiyasi Suqrotdek erkin fikrlilarni istamas edi.

Suqrot ta’limotchi sifatida garchi o’z zamonasining siyosiy hayotida qarshiliklar uchrasa-da, o’zi ilgari surgan ezgu g’oyalarga sodiq qoldi. Uning g’oyalari o’sha davr Afina jamiyatida biror bir o’zgarish yasayolmasa-da, keyingi avlodlar ijtimoiy-siyosiy qarashlarida o’z ifodasini topdi. Uning shogirdlari ustozining ezgu g’oyalarini bizgacha yozib qoldirdi. Suqrot Afina qonunlariga itoat etdi, umr bo’yi o’zi targ’ib qilgan axloqiy tamoyillarga sodiq qolib, ularning qudratli ma’naviy-ruhiy kuch ekanini amalda o’z qismati orqali isbotlashni afzal ko’rdi. Shu boisdan uning hayoti, ijodi, hatto o’limi ham asrlar davomida avlodlar uchun yuksak na’muna, ibrat bo’lib kelmoqda.
4 - masala. Yunon siyosiy ta’limotlarining qadimgi Rim mafkuralari rivojida tutgan o’rni.
Antik yunon falsafasi negizida ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar vujudga keldi. Yunonistondagi demokratiya bilan aristokratiya o’rtasidagi kurash bu erda siyosiy – mafkuraviy taьlimotlarning rivojiga zamin bo’lib xizmat qildi. O’sha davrga xos ilk falsafiy bilimlar, mafkuraviy karashlar mavjud iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sharoit bilan birga rivojlanib boradi.

Qadimgi Yunonistonda mil.av. VII asrlarda shakllangan polis demokratiyasi va intellektual erkinlik, aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi, ilmiy tafakkur taraqqiyoti falsafaning rivojiga qulay sharoit yaratgan. Falsafiy tafakkurning rivojlanishi qadimgi yunon madaniyati, demokratiyasi, siyosiy, huquqiy axloqiy va mafkuraviy ongi taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan.

Qadimgi Yunonistonda vujudga kelgan ilk falsafiy qarashlarning negizini hayot, borliq, makon va vaqt bilan bog’liq falsafiy g’oyalardan tashqari o’sha davr yunon jamiyati taraqqiyotini, muommolarini o’zida aks ettirgan ijtimoiy-siyosiy mafkuralar ham tashkil etadi.

Dastlab yunon polislarida vujudga kelgan ijtimoiy – siyosiy ta’limotlar keyinchalik qudratli Rim imperiyasiga qadar yoyildi, ya’ni qadimgi yunon siyosiy mustaqillikni qo’ldan bergach, ijtimoiy – siyosiy taьlimotlarning rivojlanish jarayoni Rimga o’tdi.

Qadimgi yunon falsafasini, undagi ijtimoiy siyosiy qarashlarni o’zida mujassam etgan va bu g’oyalarni Rim imperiyasiga ham etkazib bergan falsafiy maktablarning xizmati, o’rni kattadir. Milet maktabi, Gereklet maktabi, Eley maktabi, Atomistlar maktabi – bularni rim falsafasining davomi deyish mumkin. Seneka, Mark Avreliy, Tut Lukretsiy Kar va boshqalar ijodida ellinizmga xos xususiyatlarni ko’rishimiz mumkin:


  • qadimgi yunon va qadimgi Rim falsafasining o’zaro ta’siri hamda antik falsafa sifatida uyg’unlashuvi;

  • falsafa, faylasuflar va davlat institutlarining o’zaro yaqinlashuvi;

- inson, jamiyat va davlat muommolariga bo’lgan qiziqishning kuchayishi;

Qadimgi yunon faylasuflari asarlarida ilgari surilgan ijtimoiy-siyosiy g’oyalarni qadimgi Rim ta’limotchilari qarashlarida ham ko’rish mumkin.

Chunonchi, mil.av. V asr o’rtalarida Rimda plebeylar yozma qonunlar talab qilishgan bir paytda Rim vakillari Yunonistonga u erdagi qonunchilik, ayniqsa Salon qonunlari bilan tanishish uchun yuborilgan edi. Natijada Rimning tarixida katta rolь o’ynagan XII jadval qonunlari yaratildi. Suqrot, Aflotun, Arastu, Polibey kabi yunon mutafakirlarining g’oyaviy qarashlari qadimgi Rim mualliflariga katta ta’sir ko’rsatgan. Masalan, Demokritning odamlarning ma’lum tartibli siyosiy xayoti, davlat va qonunlar yaratilganguniga qadar bo’lgan taraqqiyoti haqidagi, Epikurning davlat to’g’risidagi shartnomaviy kelishuvga asoslangan mulohazalari Tut Lukretsiy Karning “Buyumlar tabiati haqida” dostonida rivojlatiriladi.

Yunon ta’limotchilarining adolatli siyosat, davlat shakllari, boshqaruvning aralash shakli to’g’risidagi qarashlari rim ta’limotchilari qarashlarida asosiy manba bo’lib xizmat qildi. Rim mualliflari o’z asarlarida faqat yunon mutafakkirlarining bu g’oyalarini aynan ko’chirib olmasdan, ularga suyangan holda va o’sha davr Rimdagi ijtimoiy-siyosiy sharoitni mafkuraviy talqin etadilar.Ularning g’oyaviy qarashlarida davlat va jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq mushtarak g’oyalar, mafkuralar borligiga duch kelamiz.

Buyuk yunon faylasufi, Arastu, davlatni tabiiy taraqqiyotning natijasi, deb tushuntiradi. U davlat shakllaridan politiya shaklini ideal davlat sifatida qaraydi va politiyada davlatni umumiy manfaat yo’lida ko’pchilik boshqarishini aytib o’tsa, Rim faylasufi Tsetseron esa davlatni xalqning umumiy ishi sifatida baxolaydi - “xalq odamlarning shunchaki yig’indisi emas, balki manfaatlar umumiyligi va huquq masalasida o’zaro kelishuvga erishgan ko’pchilikning yig’indisidir”

Lukretsey Kar esa o’z ijodi davomida tez-tez yunon faylasufi Demokrit ta’limotiga murojaat etgan holda, jamiyat rivojini evalyutsion jarayon, deb bildi.

Qadimgi yunonistonliklardan farqi o’laroq, Rim ta’limotchilari o’zlarining asarlarida ijtimoiy-siyosiy qarashlarni keng yoritib berishga va o’sha davr tarixiy voqealarini to’laligicha aks ettirishga intilganlar.

Yunon ijtimoiy-siyosiy ta’limoti rivojlanib borib, dunyoga etuk va buyuk allomalarni, faylasuflarni yaratdi. Ularning ta’limotlari Rim ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar taraqqiyotiga juda katta ta’sir qildi.

Qadimgi yunon faylasuflari kabi rim faylasuflari ham o’z g’oyalari orqali Rim ijtimoiy siyosiy fa’oliyatida fa’ol ishtirok etdi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling