Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 0.77 Mb.
bet7/16
Sana17.03.2020
Hajmi0.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16

Mavzu yuzasidan tayanch iboralar:

Qadimgi Gretsiya, quldorlik tuzumi mafkuraviy jarayonlar, Suqrot qarashlari, Platon g’oyalari, Lukretsiy taьlimoti, Tsetseron siyosiy qarashlari, Qadimgi Rim faylasuflari.



Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Qadimgi Gretsiya siyosiy fikri deganda nimani tushunasiz?

  2. Suqrot o’z siyosiy qarashlarida qanday g’oyani ilgari suradi?

  3. Platon va Lukretsiy siyosiy fikri va ularning farqi?

  4. Qadimgi yunon va Rim faylasuflarining siyosiy qarashlari bu mamlakatlar tarixida qanday o’rin egallaydi?


Adabiyotlar ro’yxati:


  1. S. A . Yuldashev. Antikfalsafa. T. 1999y.

  2. F. Muxiddinova. Siyosiy va xukukiy taьlimotlar tarixi. T. 2003 y

  3. .A. O. Makovelьskiy. Demokratiki.

  4. Kadimgi va o’rta asr G’arbiy Evropa falsafasi. T. « Sharq «. 2003 y.

  5. Falsafa qomusiy lug’at. T. 2004 y.

  6. G’arb falsafasi. T. Sharq. 2004 y .

  7. I. Karimov . « O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi» T. 2005y. 13 – jild.

Iliada

Odessiya “

Dastlabki yunon siyosiy

mafkurasi manbalari Teogeniya “

Mehnatlar



va Kunlar

Fales

Pittak

Periandr

Yetti donishmand “ Biant

Salon

Kleobul

X ilon



Pifagor

lizis



Pifagorchilar Filolay

Geraklit

Arxit

yaxshilar”davlatni

boshqaradi.

Pifagor Tartib va qonun ustuvor

g’oyalari:

Qonunlarga o’zgartish

kiritish shart emas.
Aristokratlar tarafdori;

Xalq qonunlar qabul qilishi



Geraklit: shart emas

Davlatni bir guruh ozchilik-

yaxshilar” boshqarishi kerak.


Yuksak axloqli kishilar

davlatni boshqarishi kerak



Demokrit: qonunlar odamlarga xizmat

etmog’i kerak.



Odamlar ham qonunlarga bo’sunmog’i shart.


Sofistlar- donishmandlar


Kichik Katta


Fralimax Pratagor

Kritiy Gorgiy

Alkidam Gippiy

Linafron Prodik

Polemon Antifan




Ularning ijtimoiy - siyosiy

g’yalari:


Demokratiya asosan davlatni demokratik

tarafdorlari, tarzda boshqarish.

ammo,aristokratik

va tiraniya usulida

boshqarish.


Platon – Aflotun- faylasuf, olim, adib.
Davlat “

Siyosatga doir asarlari: “Siyosatdon “

Qonunlar “


- Idial davlat

- Aristokratlar boshqaruvi;

G’oyalari - davlat- ixtiyoriy birlashuv;

- Ijtimoiy tengsizlik;

- Umumiy farovonlik;

- O’rta hol aholini ko’pay-

tirish.

Arestotel – Arastu. “ Siyosat “

Asarlari: “ Afina politiyasi”

Etika “


Jamiyatni toifaga o’ta boy

ajratadi: o’rta hol

kambag’al



Davlatni ikki turga: to’g’ri

to’g’ri

Afinalik birinchi faylasuf

Suqrot kambag’al, nochor,ko’rimsiz.

Haykaltarosh



U G’arbning Mashrabi

Suhbatlar “



U Platon

haqda “ Fedon “

Ksenafond “Suqrot haqida



esdaliklar “

Uning g’oyalari:


Har kim ham



Bilimlilik davlatni boshqa-

Adolat rishi mumkin.

mol-dunyoga

havas qo’ymaslik Polisga xizmat

qilaoladigan

fidoyi rahbar

Zenon

X risipp

Stoiklar Bobillik Diogen



Posidoniy

Antonin

Arrian

Mark Avreliy

Kleanf

Rimlik Seneka

Epiktet

Setseron
Kiniklar
Ular ikkiga Ellinlar


Taqdir

Kosmopolitizm



G’oyalari :

Tabiat qonunlari
Polislardagi dav-

latchilik va qonunlarni

inkor etadi.

5 - mavzu: « Ellinizm mafkurasi »
Reja:

1. Kadimgi dunyo tarixida Ellinizm davri.

2. Kosmopolitizm, apolitizm taьlimoti. Demokratik kadriyatlarning kadrsizlanishi.

3. Epikurizmda ijtimoiy shartnoma, adolat kontseptsiyasi.

4. Stoitsizm. Polibey taьlimoti. Stoitsizmning Rim siyosiy mafkuralari rivojiga taьsiri.
5.1 Qadimgi dunyo tarixida Ellinizm davri.
Qadimgi dunyo tarixida ellinizm deb nom olgan davr eng murakkab va qarama - qarshiliklarga to’lib - toshgan davr xisoblanadi. Aleksandr g’alabasi ellinistik davlatlarning tashkil topishiga olib keldi. Bu davr Salavkiylar davlatining parchalanib ketishi va er. av. II- I asrlarda bu davlatlarning Rimga buysundirilishi grek madaniyatini jaxonga keng tarqalgan va uning yanada rivoji bilan bog’lik davr. Ammo bu davrga oid asarlar bizgacha etib kelmagan, faqat baьzilarining nomlari saqlanib qolgan.

Ellinizm - g’arb va sharq xalqlarining o’zaro aralashmasi, o’zaro taьsiridan iborat ellin mafkurasini yaratdi. Mafkura sohasida keskin o’zgarishlar yuzaga keldi. Yangi mafkuralar paydo buldi.



5. 2. Kosmopolitizm mafkurasi.
Kosmopolitizm - jaxon fukorosi. Odamlarni yagona davlat uyushmasiga birlashtirish va uziga xos « jaxon davlati « g’oyasini ilgari surishga qaratilgan taьlimotdir. Bu taьlimot ayniqsa, Rim imperiyasi davrida keng yoyildi. Kosmopolitizm ellin davrida greklarning o’zga xalqlar erlarini egallash jarayonida mafkuraviy qurol vazifasini bajargan.

Apolitizm - apologiya so’zidan olingan bulib, biror bir kishini yoki shaxsni haddan ziyod, ko’r – ko’rona himoya qilish ulug’lashga asoslangan g’oyalar. Biror bir davlat rahbarini ulug’lash, uning faьliyatini asoslab berish, har qanday hatti - harakatini himoyalash bilan bog’lik g’oyalar, biror bir g’oya , mafkurani targ’ib etish. Apolitizm ellinizm davriga xos taьlimot sifatida Sharq anьanasiga ko’ra, shoh va ayrim shaxslarning hayotini alohida ko’rsatishga qaratilgan g’oyalarni ilgari surgan. Skeptizm - mil. Av. IV asrda Yunonistonda vujudga kelgan oqim. Skeptizm yunoncha so’z bo’ib, «ko’ib chiqyapman «, « tadqiq qiyapman « degan maьnolarni anglatadi. Uning namoyondalari Pirron, Agripp, Ensidem , Empriklardir. Ular uz karashlarida insonni okil maxluq sifatida talqin etadilar. Ularning fikricha davlat monarxiya, aristokratiya.va demokratiyaning yigindisidan iborat.

Ellinizmda demokratik g’oyalardan kura monarxiyaga xos karashlarni uchratishimiz mumkin. Garbning uzga davlatlar xududiga bostirib kirishining uzi demokratik tamoyillarga zid xarakatdir. Shuningdek, ellin davlatlarining dvalat boshkaruvi yakka xokimlik - monarxiyaga asoslangan edi.

Bu davrga xos mafkuralardan biri Demokritning materialistik taьlimotiga asoslangan Epikur taьlimotidir.


    1. Epikurizmda ijtimoiy shartnoma, adolat kontseptsiyasi.

Epikurchilar epikurizm vakillaridir. Epikurizm qadimgi Yunon va Rim falsafasidagi o’ziga xos oqim. U ayniqsa antik falsafa tarixida eng izchil maktablardan biri bo’lib, qadimgi Rimda kattagina nufuzga ega bo’lgan. Epikurizmning birinchi vakili Rimda mil.av. II asrda yashagan Kay Amafingiydir. Mil.av. I asrning I yarimida Epikurizm Italiyada ham keng tarqaladi.

Bu ta’limotning epikurizm deb nom olishi esa yunon faylasufi Epikur nomi bilan bog’liq. Epikur Afinada mil.av. 306 yilda maktab ochadi. Maktab keyinchalik “Epikur bog’i” nomi bilan mashhur bo’ldi.

Epikurchilar vakillari qatoriga Siron, Filodem, Apollodor, Mark Pompiliy Andronnik, Kay Katiy hamda Lukretsiy Kar, Tsezarning taniqli tanqidchisi Kay Krassiy Krass, K. Memiy Gejell, R. Velliylarni kiritishimiz mumkin.

Epikur maktabi imperator Domitsion taonidan yopib qo’yiladi. Keyinchalik Mark Avreliy tamonidan qayta tiklanadi va milodning IV asrigacha yashadi. XVIIasrda Epikur an’anasi Frantsiyada Pьer Rassendi tamonidan yana qayta tiklanadi.

ligi uchun inson o’z sayьi-harakatlarini chamalashi shart. Bu dunyoda ortiqcha azob-uqubat chekmaslik uchun ehtiyotkorona yashash kerak. Hayotning lazzati tinch, osoyishta yashash va adabiyot bilan shug’ullanib, har bir inson o’zining nafis his-tuyg’ularini tarbiyalab borish kerak.

Epikurchilar inson uchun ma’lum ma’noda tashvish keltiradigan va jasorat, jonbozlik talab etadigan siyosiy fa’oliyatga salbiy yondoshadilar. Davlat va jamiyat qachon qimmatga ega bo’ladi, qachonki u odamni lazzatlanib yashashni ta’minlasa va har qanday g’am-tashvishning oldini olsa.

Maktabning ko’zga ko’ringan vakili Epikurning ijtimoiy qarashlari asosan uning “ijtimoiy bitim” nazariyasiga asoslangan. Uning fikricha, davlat kishilarning kelishuvi orqali tuzilishi lozim. Uning fikricha, insonlar o’rtasidagi munosabat bir-biriga zarar etkazmaydigan va foydali, tadbirli bo’lib, umumiy kelishuv g’oyasiga asoslanishi kerak.

Epikur ta’limotidagi huzur-halovat, lazzat tushunchasi insonning axloqiga, xulqiga, tabiatiga zid keladigan axloqsizlikni kayfu safoni targ’ib etmaydi, balki oqilona, aqliy, insoniy turmushni anglatadi. “Axloqli, aqlli va adolatli bo’lmay ko’ngildagidek yashash mumkin emas. Va aksincha, ko’ngildagidek yashamay turib, aqlli, axloqli va adolatli hayot kechirib bo’lmaydi”.

Epikur jamiyatda odamlar o’rtasida osoyishtalikning sababi bu-qonunlarning mavjudligida, ya’ni “hatto eng bo’lmag’ur qonun ham insonlar uchun zarurdir. Aks holda odamlar bir-birini g’ajib tashlaydi” deydi faylasuf.

Epikurning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari keyinchalik boshqa faylasuflar ijodiga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Epikur ta’limotini ulug’lab ijod qilgan Rim shoiri, faylasufi va ma’rifatparvari Lukretsey Kar.

U Epikurning g’oyalariga suyangan holda o’zining ijtimoiy-siyosiy ta’limotini yaratdi. Uning fikricha, davlat odamlarning iqtisodiy ehtiyojlar tufayli vujudga kelgan birligidir. Bu birlik kishilar o’rtasida yagona til, yagona huquqning shakllanishini olib keldi. Davlatni tayinlanadigan podsho boshqargandan ko’ra, xalq tamonidan saylab qo’yiladigan hokim boshqarishi kerak. Lukretsiy Rim jamiyatidagi boylikka mukkasidan ketgan shuhratparast kishilarga nafrat bilan qaraydi.

U quldorlik demokratiyasining mafkurachisi bo’lganligi sababli rimlik quldorlarni maishiy buzuqilikda ayblaydi. Kishilarni ijtimoiy-foydali mehnatdan mahrum etadigan qirg’inbarot urushlarni qoralaydi. Davlatlar o’rtasida har qanday nizo, kelishmovchiliklarni tinch yo’l, muzokara orqali hal etish tarafdori. Shuningdek, Lukretsiy Kar dinni jamiyatda hukmronlik mavqeini qoralaydi, chunki Rimning bu davrida din reaktsion quldorlar aristokratiyasining g’oyaviy madadkori vazifasini bajarar edi.1

Lukretsey Kar insonning bu hayotdan maqsadi-baxtli yashashdir, degan epikurning fikrini qullab-quvvatlab, baxtga sabr-toqat, vazminlik, osoyishtalik orqali erishiladi, degan g’oyani ilgari suradi. U o’z ustozi Epikur singari jamiyatda inqilobiy o’zgarishlarni, qirg’inbarot ishlarni rad etadi.

Lukretsey Karning falsafiy qarashlari keyinchalik buyuk allomalar dunyoqarashiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Etuk olim Lomonьsov, faylasuf P. Geseendi izlanishlariga g’oyaviy ko’mak berdi.
4.4. Stoitsizm. Polibey taьlimoti. Stoitsizmning Rim siyosiy mafkuralari rivojiga taьsiri.
Stoitsizm. Ellinizm davrida Rimda ham keng tarqalgan. Bu falsafiy oqimga kritiylik Zenon asos solgan. Bu oqimning stoiklar deb atalishi, Stoya Petsele zali nomli bilan bog’liq bo’lib, Zenon bu erda birinchi marta mustaqil notiq sifatida chiqish qilgan. Stoiklar ham Suqrot singari og’zaki ijod – bahsga katta ahamiyat berishgan. Stoitsizm uzoq tarixiga ega bo’lib, u uch davrga bo’linadi: 1) Ilk stoitsizm, mil.av. IV-II asrlarni o’z ichiga oladi. 2) Stoitszm gullagan davri, mil.av.II-I asrlarga to’g’ri keladi. 3) Yangi stoitsizm, milodiy I-III asrlarda qadimgi Rimda rivojlangan.


1.G’arb falsafasi. T. “Sharq “ 2004 y. 185 – bet.

Stoiklarning safiga Zenonning shogirdi Kleanf, Kleanfning shogirdi Xrisipp, bobillik Diagen, Tsetseronning ustozi Panetiya va zamondoshi Posidoniy, rimlik Seneka, Epiktet, Antonin, Arrian, Mark Avreliy, Tsetseron va boshqalarni kiritish mumkin. Bizgacha Stoiklardan Seneka, Mark Avreliy va Epiktetlarning asarlaridan ayrim parchalar etib kelgan.

Stoiklarning qarashlari asosan falsafiy masalalarga bag’ishlangan. Biz ularning falsafiy qarashlaridan jamiyat, davlat taraqqiyoti bilan bog’liq ijtimoiy-siyosiy g’oyalarni ko’rib chiqishga intildik. Ularning fikricha, dunyoni taqdir boshqaradi. Taqdir ilohiy xususiyat kasb etuvchi “tabiiy qonun” sifatida namoyon bo’ladi. Tabiat qonunlariga suyangan Zenon va Xrisipp, keyinchalik ularning yunonistonlik va rimlik izdoshlari davlat haqida asarlarida kosmopolitik qarashlariga binoan barcha odamlar o’z tabiatlari va umuman olam qonunlariga ko’ra yaxlit bir dunyo davlati-kosmopolik fuqarolar degan g’oyani ko’tarib chiqishdi. Ushbu g’oyaga ko’ra, odamlar alohida davlat fuqarolari bo’lmay, butun olam fuqarolaridir.1

Stoiklar tabiat qonunlaridan kelib chiqqan holda, polislardagi davlatchilik shakllarini, u erdagi qonunlarni inkor etadilar. Hatto oila qurish, sud tizimi, ibodatxonalar, maktab, savdo, pul masalalari bilan bog’liq ijtimoiy hayot va siyosiy institutlarni ham inkor etadilar. Stoiklarning fikricha, jamiyat tabiiy holda vujudga kelishi kerak. Stoitsizm kiniklar va ellinlar stoitsizmini tashkil etadi.



Kiniklar stoitsizmi odamlarni foydasiz isyondan ko’ra, tinch-totuv, osoyishta, tabiat qonunlariga monand yashashga undasa, ellinlar stoizmi esa faqat tarki dunyo qilish emas, balki burch va xarakterni tarbiyalashni ham muhim jihatlar sifatida ko’zdan kechiradi.

Masalan, Kinik Diohen Siporskiy bochkada yashagan va tabiiy narsalarni madh etib, sun’iy narsalarni qoralagan. Iskandar Zulqaynayn Diogen haqida shunday degan ekan: “Shoh bo’lmaganimda, Diohenning o’rnida bo’lar edim”. Unga atab vatandoshlari ko’plab misdan ishlangan yodgorliklar bunyod etishadi. Faylasuf tug’ilib o’sgan shahar-Sinopda tiklangan ana shunday yodgorliklardan birida quyidagi mazmundagi yozuvni o’qish mumkin: “Diohen! Yillar to’foni tosh va bronzalarni ham emirib tashlaydi. Ammo sening mangu qolajak.



Sen bizni qanoat qilishga o’rgatding hamda baxtga elituvchi yo’lni ko’rsatding”.2

Bundan ko’rinib turibdiki, kiniklar stoitsizmi vakillari odamlarga jamiyatdagi qiyinchilik va ijtimoiy etishmovchilik oldida dovdirab qolmaslik hamda boriga qanoat qilib yashash g’oyasini ilgari suradilar.

Stoitsizm asosan oliy tabaqaning mafkurasiga aylangandan so’ng o’zgarishda davom etdi. Stoiklarning burchning muhimligi va xarakterni tarbiyalash haqidagi g’oyalari, shuningdek, barcha uchun umumiy hisoblangan qonunlarga bo’lgan ishonchlari Rimdagi oliy tabaqa vakillarini o’ziga tortdi va ular oxir


1. F. Muxiddinova. “ Siyosiy va xukukiy taьlimotlar tarixi ”. T. 2003 y. 62 – 63 – betlar.

2. Xakikat manzaralari 96 mumtoz faylasuf . T. «Yangi asr avlodi » 2007 y. 84- bet.

oqibatda stoitsizmni Rim imperiyasining o’ziga xos mafkurasiga aylantira-

dilar. Rim stoiklari greklarning siyosiy tushunchalarini rivojlantirdilar. Ularning fikricha, barcha odamlar qonun oldida tengdilar.

Rimning mashhur notig’i va davlat arbobi Mark Tulliy Tsetseron o’zining “Davlat to’g’risida” asarida stoiklarga xos siyosiy-ijtimoiy qarashlarini ifoda etgan. Tsetseronning fikricha, davlatning mohiyati xalqning xizmatida bo’lishdan boshqa narsa emas. Davlatning paydo bo’lishi kishilarning tug’ma, birgalikda yashash zaruriyatidir. Davlat tuzilishi haqida Tsitseron uch xil shaklni ko’rsatib o’tadi: monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Biroq uning fikricha, ularning hech biri mukammal emas. Shuning uchun, tarixda tez-tez davlat tuzimi almashinib turadi. Tsetseron buning oldini olish uchun yuqoridagi uch davlat shakllariga xos xususiyatlarni o’zida mujasslashtirgan va nisbatan barqaror xususiyatga ega to’rtinchi davlat shakli zarur, deb ko’rsatadi. Ammo bu davlat shakli qanday ko’rinishga ega bo’lsa ham, fuqarolar o’rtasida o’zaro tenglik va ijtimoiy adolatga asoslangan bo’lishi kerak. Tsetseronning fikricha, davlat rahbari eng etuk, yuksak fazilatli fuqaro bo’lishi kerak.


Mavzu yuzasidan tayanch iboralar:

Qadimgi Hindiston, braxmanizm, kastalar, braxmanlar, kshatriylar, vayshiylar, shudralar, chandallar, buddizm, qadimgi Xitoy, mafkuraviy jarayonlar, Konfutsiy taьlimoti, legizm, moizm.


Mavzu yuzasidan savollar:

Qadimgi Hindiston siyosiy – mafkuraviy qarashlari


Foydalanilgan adabiyotlar :
1. F. Muxiddinova. Siyosiy va xukukiy taьlimotlar tarixi. T. 2003 y

2. Qadimgi va o’rta asr G’arbiy Evropa falsafasi. T. « Sharq «. 2003 y.

3. Falsafa qomusiy lug’at. T. 2004 y.

4. G’arb falsafasi. T. Sharq. 2004 y .

5. Hakikat manzaralari 96 mumtoz faylasuf . T. «Yangi asr avlodi » 2007 y. .


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling