Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 0.77 Mb.
bet8/16
Sana17.03.2020
Hajmi0.77 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16

5-mavzu: Qadimgi Rim ideolgiyasi.
Reja:
1. Qadimgi Rim taraqqiyotining g’oyaviy asoslari va mafkuraviy omillari.

2. Rimning respublika va imperatorlik davri mafkurasi.

3. Mark Avreliy siyosiy qarashlari

4. Tsetseronning ijtimoiy-siyosiy qarashlari va uning mafkuraviy pozitsisi

5. Rim stoiklari qarashlarining umumiy va farqiy jihatlari.

6. Lukretsey Kar-quldorlik demokratiyasining ideologi


1- masala. Kadimgi Rim tarakkiyotining goyaviy asoslari va mafkuraviy asoslari.

Qadimgi Rim siyosiy-mafkuralar tarixi uzoq tarixga ega hamda o’zining tarixiy rivojlanish bosqichida Rimning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-mafkuraviy hayotida sodir bo’lgan muhim o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi.

Qadimgi Rim tarixini o’rganishda uni uch davrga bo’lib o’rganiladi: ya’ni 1) podshohlik davri (mil.av. 754-510 y.); 2) respublika davri (mil.av. 509-28 y); 3) imperatorlik davri (mil.av. 27 yildan eramizning 467 yilgacha).

Rimda sodir bo’lgan tarixiy jarayon bu erda ijtimoiy-siyosiy qarashlar, ta’limotlarning shakllanishiga g’oyaviy asos bo’lib xizmat qildi.

Aholining turli tabaqalari patritseylar va plebiylar, nobilitetlar (patritsiy va boy plebeylar) va kambag’allar, optimatlar (yuqori tabaqa tarafdorlari) va populiyarlar (quyi tabaqa erkinligi tarafdorlari), ozod kishilar va qullar o’rtasida uzoq davom etgan kurashlar davomida Rimda turli ijtimoiy-siyosiy g’oyalar, mafkuralar vujudga keldi.

Rimda barcha imtiyozlarga ega patritsiylar bilan huquqiy tenglikka intilgan plebeylar o’rtasida ayniqsa kurash uzoq davom etdi va og’ir bo’ldi. Patritseylar pleybeylarning jamoa erlaridan foydalanishlariga va Rim respublikasini idora etishlariga zo’r berib qarshilik ko’rsatar ekan, bunga qarshi plebeylar Rimdan butunlay chiqib ketishlarini bildirdilar, oqibatda esa patritsiylar o’z qo’shinlarining kuchsizlanib qolishidan qo’rqib, plebeylarga birmuncha yon berishga majbur bo’ldilar.

Rimda er.av. 451 yilda 10 nafa patritsiylardan iborat bo’lgan hay’at tuzildi. Er.av. 449 yilda 12 jadvaldan iborat qonunlar majmui yaratildi. Bu qonunlarda grek allomalarining fikrlari ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. Er.av. 445 yilda esa bu hay’atning tarkibi 5 nafar patritsiy va 5 nafar plebeylardan iborat bo’lgan. Bundan shu narsa yaqqol ko’rinib turibdiki, plebeylar uzok davom etgan kurashlar natijasida o’z siyosiy huquqlari borasida muayyan yutuqlarga erishganlar.

200 yildan ortiq davom etgan kurashda plebeylar o’zlarining fuqarolik huquqini tiklab oldilar va o’zlarining himoyachisi sifatida xalq yig’inida qatnashaoladigan xalq tribunlarini saylash huquqini qo’lga kiritishdi. Mil. av. 367 yilda xalq yig’ini tamonidan saylanadigan ikki konsulning biri albatta plebeylardan bo’lishi kerakligi haqida qonun qabul qilindi.

Plebeylar orasidan xalq yig’iniga konsul bo’lib saylangan aka-uka Grakxlar qadimgi Rim tarixida alohida iz qoldirgan. Ular konsul sifatida plebeylar manfaatini ximoya etgan holda, mamlakatda ijtimoiy tenglik g’oyasini ilgari surganlar. Katta-katta erlarni egallab olgan patritsiylardan ortiqcha erlarni tortib olish va ularni ersizlarga tarqatish, yo’llar qurish va oziq-ovqat narxini pasaytirish aka-uka Tibirey va Gay Grakxlarning asosiy g’oyalari edi.

Ular tamonidan boshlangan islohatlar yuqori tabaqa vakillarining qattiq qarshiligiga duch keldi va oqibatda mamlakatda qurolli to’qnashuvlar sodir bo’lishiga olib keldi. Bu kurashda aka-uka Grakxlar xalok bo’lishdi.

Siyosiy jihatdan Grakxlar harakati davlat ishlarida senat va senatdagi konservativ guruhlar ta’sirini kamaytirishga, oddiy xalq ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan edi... Bu qonun Rim respublikasi yuqori tabaqalariga qarshi kurashda senatga qarshi kuchlarning birlashishiga va demokratik ruhdagi harakatlarning kuchayishiga hissa qo’shdi.

Plebeylar patretseylar bilan barcha sohada birdek huquqlarini tiklab olgan bo’lsa-da, Qadimgi Rimdagi ijtimoiy tengsizlik hamon davom etar edi.

Eramizdan avvalgi III asrga kelib, plebeylar Rimning to’la huquqli fuqarosi bo’lib olgan bo’lsalar-da, biroq lavozimlarni ado etganlik uchun hech qanday haq to’lanmas edi. Shuning uchun o’zini va oilasini boqish uchun kun bo’yi mehnat qilishga majbur bo’lgan kambag’allar bu mansablarni egallab olmas edilar.
2-masala. Rimning respublika va imperatorlik davri ideologiyasi.

Rimdagi respublika quldorlik va aristokratik respublika edi. Chunki boy rimliklar o’z imeniyalarida endi o’zlari ishlamasdilar, ularning erlarida yollanma mardikorlar yoki boshqa mamlakatlardan olib kelingan ko’p sonli qullar ishlar edi. Boy patritsey va plebeylar yuqori lavozimlarga har yili saylanar edi. Senat ham ana shulardan iborat edi. Rimliklar ichida er va qullarga ega bo’lgan va davlatni idora qilgan bir necha o’n patritsiy va plebeylar ajralib turgan. Ular Rimdagi aholining yuqori pog’onasini –Rim zadogonlarini tashkil etardi.

Rimning respublika davri ideolgoiyasi quldorlik jamiyatini mustahkamlash va zodogonlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan.

Rimning istilochilik yurishlari va armiyaning yollanma armiyaga aylanishi mamlakatda lashkarboshilar mavqeini ko’tarilib ketishiga olib keldi. Legionlar endi faqat o’z lashkarboshisiga bo’ysunar edi. Hatto quldorlar ham g’ayratli lashkarboshi qullar va kambag’allarning qarshiligini konsullarga qaraganda yaxshiroq bostiradi, deb ishonardilar.

Galliya ustidan sakkiz yillik urushda g’alaba qozongan Yuliy Tsezar tolmas jangchi va sarkarda sifatida Rimda shuhrat qozongan lashkarboshilardan edi. Tsezar o’zining obro’sini yanada oshirish maqsadida o’z askarlariga beriladigan haqni oshirdi, shuningdek, askarlarga er bo’lib berishga va’da berdi, Rimda uning nomidan tomoshalar qo’yilib, kambag’allarga non ulashildi. U endi oliy xokimiyatni egallashni va senatni o’ziga bo’ysundirishga kirishdi. Butun Rim va Italiyani bo’ysundirgan Yuliy Tsezar o’zning sodiq qo’shiniga tayangan holda cheklanmagan xokimiyatga ega bo’ldi. U o’zini imperator deb e’lon qildi. Shundan boshlab Rimning imperiya davri boshlandi.

Rim imperiyasi mafkuraviy hayotini, Mark Tulliy Tsetseron Gay Yuliy Tsezar, Gay Krisak Sallyustiy va boshqalarning asarlaridan, ular amalga oshirgan ishlar tarixi orkali bilishimiz mumkin.

Rim tarixida qisqa davr hukmronlik kilgan Yuliy Tsezar mamlakatda bir qator islohatlarni amalga oshirishga ulgurdi. “Jasur va buyuk ishlarni o’ylab, mulohaza etavermay, amalda qilmoq kerak” der edi u.

Tsezar Rimda o’tkazgan islohatlari Rim imperiyasini mustahkamlashga qaratilgan edi. U endi o’z soldatlariga samimiylik bilan ko’p narsalar ulashar edi-yu, mamalakat aholisiga non ulashishni esa to’xtatib qo’ydi.

Senatorlarning bir qismi Tsezar tanxo hukmronligidan norozi edi: Ular Rimda aristokratik respublikani saqlab qolish tarafdorlari edi. Natijada ular tamonidan uyushtirilgan fitna tufayli Yu.Tsezar mil.av. 44 yilda o’ldirildi.

Rim tsvilizatsiyasining bunyod etishda rimliklarga xos siyosiy ziyraklik, erk -sevarlik, vatanparvarlik g’oyalari katta rol o’ynadi.

Rim imperiyasi rivoji va inqirozi davrida yashab ijod etgan faylasuflar, ta’limotchilar qarashlarida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy g’oyalari o’z aksini topgan. Rim mafkurachilari Yunon mutafakkirlari g’oyalariga suyangan holda, o’z ta’limotlarini yaratdilar.

Rim mafkuraviy hayotida, shuningdek Rim davlati tarixida Tsitseronnning tutgan o’rni muhim ahamiyatga ega.

U yirik notiq davlat rahbari, yozuvchi. U o’zining “Davlat to’g’risida”, “Qonunlar to’g’risida”gi asarlarida davlat va huqu mavzusidagi qator muoammolarni ilgari surdi. Va ularni echimini topishga harakat qildi.

Tsitseron davlat va huquq sohasida Grek donishmandlari bo’lgan Aflotun, Arestotel, Polibiy va stoiklarning qarashlari ta’siri bo’lgan. Ularning fikriga xayrixoh edi.

Uning nazarida davlat odamlarning oddiy birikuvchi emas, balki manfaat va o’zaro bog’liq huquqiy soxalarda juda ko’plab odamlarning o’zaro kelishuvi asosida tashkil topgan kelishuvdir.

Tsitseron qarashlarida Aristotelning fikrlari yaqqol o’z aksini topgan masalan u ham oila jamiyatning asosiy yacheykasi va u asosida davlat paydo bo’ladi, deb hisoblanagan.

U davlat boshqaruvining uchta shaklini ko’rsatib o’tgan. Ular podsholik xokimiyati, aristokratlar (optimatlar ) va xalq xokimiyati (demokratiya)dir, deb ko’rsatgan.

U o’zi ko’rsatib, boshqaruv shakllarini yaxshi tamonlarini ko’rsatib, podshoxlik – o’zining muruvvatliligi, aristokratiya, o’zining donishmandligi, demokratiya esa o’zining erkinligi bilan bizni o’ziga tortadi” deydi. Biroq, u har uchala davlat boshqaruvi shakllarining qiyinlashuvi, ya’ni aralash boshqaruv shakli eng yaxshi usuldir, degan fikrga kelib, davlat masalalarining bir qismi podshoh tamonidan, bir qismi aristokratiya va yana bir qismi xalq tamonidan xal qilinsa yaanada yaxshiroq bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi.

Tsitseron o’zining bu qarashlarini Rim davlatining evalyutsiyasi, deb izoxlaydi. Va unda podshohlik boshqaruvi shaklini Rim kontsullari (magistratlar), aristokratlar xokimiyati-Rim senati vakolatlarida, xalq xokimiyati-xalq yig’ini va xalq tribunlari vakolatidir, deb hisoblaydi.

Uning fikricha, Rim davlati boshqaruvi shakli qaysi bir qonunlarda belgilandek maxsus, ayrim odamlar tamonidan o’ylab topilmagan. Balki, ota-bobolar tamonidan qadimdan shakllantirilib kelingan.

Tsitseron mamlakat rivojida, uning barqaror yashashida geografik sharoitni o’rni ham beqiyos deb bilgan. Rimni uch tamondan suv bilan tutashganligi uni tashqi tamondan bo’ladigan xujumlardan saqlashga muhim ahamiyat kasb etgan. Gretsiyada bo’layotgan urushlar uning geografik jihatdan qo’lay sharoitda joylashmaganligida, deb hisoblagan.

Tsitseron yashayotgan paytda Rimda xokimiyatni yo’lga kiritish uchun turli kuchlarning o’zaro ayovsiz kurashlari avj olgan edi. Buni esa u ko’rmasligi va u haqda o’z fikrini aytmasligi mumkin emas edi. U Rimda senatorlar respublikasi boshqaruvini ilgari surdi. Bu bilan mamlakatda bo’layotgan turli ziddiyatlarni oldini olish mumkin, deb xisoblar edi.

Tsitseron qullikni muayyan ma’noda qo’llab-quvvatladi. Uning fikricha, bunday ishlar, ya’ni qullik ayrim odamlar uchun foydali. Qaysi kim bir siqim nohaq odamlar qonunsizlik ishlarini amalga oshirar ekan, xo’rlangan odamlar qullikda yaxshi ahvolda bo’ladilar. U qularga “yollanma” kishilar sifatida munosabatda bo’lishni va ularga nima mumkin bo’lsa shuni berishni ilgari suradi.

Tsitseronga tabiiy huquq masalasida Aflotun, Aristotel va stoiklarning ta’siri kuchli bo’lgan. Tabiiy huquq esa o’z-o’zidan adolat so’zini paydo qiladi. Uning fikricha adolat boshqalarga zarar etkazmaslik va begonalar mulkiga xilof ish tutmaslikni talab qiladi.



mavzu: Xristianlik mafkurasining vujudga kelishi.
Reja:


  1. Xristian ta’limotining paydo bo’lishi asosiy aqidalari va mafkuraviy funktsiyalari. Cherkov institutining qaror topishi va Xristian ideologiyasining rasmiy hokimiyat bilan kelishuvchanligi.

  2. Avreliy Avgustinning teokratik ta’limoti va xristian davlati.

  3. Xristian mafkurasining yo’nalish va oqimlari

  4. Xristian ideologiyasi taraqqiyotida erkinlik g’oyasining ahamiyati.


1- masal. Xristian ta’limotining paydo bo’lishi asosiy aqidalari va mafkuraviy funktsiyalari. Cherkov institutining qaror topishi va Xristian ideologiyasining rasmiy hokimiyat bilan kelishuvchanligi.
Xristianlik ( yunoncha «Xristos» , - xudo yorlakagan iakil, xaloskor ), milodning I asr boshida Falastinda paydo bo’lgan. Uning paydo bo’lishi Falastindagi kichkinagina Iduey kishlog’ida (Vifleem deb ataladi bu qishloq) yashovchi duradgor Iosif va uning xotini Maryamdan dunyoga kelgan Isus nomi bilan bog’liqdir.

Xristianlik ham boshqa dinlar singari kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichida, ijtimoiy hayot sohasida ro’y bergan o’zgarishlarning diniy qarashlar sohasida ifodalanishi sifatida paydo bo’lgan. Tarixiy dalillar shuni isbotlaydiki, Rim quldorlik imperiyasi emirila boshlagan, feodal munosabatlar endigina shakillanayotgan bir vaqtda xristianlikning dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan. Milodning dastlabki kunlarida ulkan Rim saltanatida uzoq yillar hukm surib kelayotgan quldorlik munosabatlarining inqirozi kuchayadi. Hukmdorlik quroli bo’lgan quldorlik munosabatlarining inqirozi mamlakatning nafaqat iqtisodiy, ayni paytda siyosiy hayotida ham o’zining yaqqol ifodasini topdi.

Biroq, Rim imperiyasi har qanday oshkora chiqishni bostirish uchun hali etarli kuchga ega edi. Azob-uqubatlar chekayotgan va ezilayotganlarning ojizligi ularni diniy tasalli axtarishga olib keladi. Kishilar boshidan kechirayotgan mislsiz azob-uqubatlar, zulm olami “bag’ritosh dunyoning qalbi”ga aylana oladigan yangi din uchun qulay vaziyatni yuzaga keltiradi.

Hukmron tabaqalar imperiya inqirozining oldini olishga harakat qilib, yangi-yangi hududlarni bosib olishni davom ettirganlar. Mazlumlarni ezishni yanada kuchaytirganlar. Biroq, bular imperiyani yanada holdan toydirgan, xolos. Chunki yangi hududlarni bosib olish, ularni va mazlumlarni doimo itoatda tutish uchun katta mablag’ talab etar edi.

Bundan tashqari, mahalliy an’analar va diniy qadriyatlarni inkor etadgan ajnabiy hukmronlikdan norozilik, Rimga qarshi qo’zg’alonlarning bostirilishidan vujudga kelgan umidsizlik, ijtimoiy va mulkiy tabaqalanishning o’sib borishi, ichki ziddiyatlarning kuchayishi ishonchsizlik loqaydlik, mistik kayfiyatlarni keltirib chiqardi.

Mazlumlar kurash yo’li bilan o’z zolimlari zulmidan ozod bo’lishdan umidlarini butunlay uzib qo’ygan edilar. Ularga hatto imperiya dini ham madad beraolmagan. Chunki imperiya rasmiy iudaizm diniy e’tiqodi qullikni mustahkamlashga qaratilgan aqidalarga asoslangan bo’lib, hech bo’lmasa u dunyoda yaxshi yashashni ham va’da qilmagan. Ana shunday murakkab bir paytda insonlarni asriy zulmdan ozod etish goyasi bilan boglik yangi g’oya - xris stianlik g’oyasi paydo buldi.

Dastlabki davrda Iso izdoshlari o’zlarini xristianlar va ta’limotlarini xristian deb ataganlar bu nom dastlab ularga qarshi tamondan haqorat sifatida xam qo’llanilgan.

Xristianlik ta’limoti mafkurasi uning muqqadas kitobi “Bibliya”da o’z ifodasini topgan. «Bibliya»-grekcha-«kitob» demakdir. Uning asosini iudaizm ta’limoti tashkil etadi. Xristianlik paydo bo’lmasdan oldin yaratilgan “Eski Ahd” (Tavrot) va xristianlik bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi qismi “Yangi Ahd” (Injil) Bibliyaning yaratilishiga asos qilib olingan.

Bibliyada Isoning dunyoga kelishi va uning olib borgan targ’iboti hamda odamlar tamonidan jazolanishi voqealari aks etgan. Insonning hayoti bilan bog’liq voqealar asosida odamzod Xudoning oldida zaif mavjudod ekanligi, dunyoning yaratuvchisi-xudoning qudrati, uning odilligi va oxiratda barcha yaxshi va yolg’on amallarning hisob-kitobi borligi xakidagi g’oyalar ushbu kitobda o’z ifodasini topgan.

Xristian taьlimotining asosiy mafkurasini insonlarni zulmdan ozod qilish haqidagi “haloskorlik” g’oyalari tashkil etadi. Umidsizlik kayfiyatidagi, tushkunlik xolatidagi millionlab qullar xristian dinining haloskorlik g’oyalariga maxliyo bo’ldilar. Shu ma’noda xristian dini (xaloskorlik dini) dastaval qullarning dini sifatida paydo bo’lganligini ta’kidlamoq kerak.

Frantsuz tarixchisi Sharlь Enshel bunday degan edi: “Spartak mag’lubiyatga uchraganligi tufayli Iso g’alaba qildi”.

Iso haqida rivoyatlarning Rim imperiyasidagi tushkunlikka uchragan qullar orasida keng taraqaganligining ma’lum sabablari ana shular edi.

Vaqtlar o’tishi bilan bu din xukmron tabaqalar diniga ham aylana borgan. Buning albatta sabablari bor edi: birinchidan imperiya zaiflasha borgan sari hukmron doiralar (imperatorlar) Rim imperiyasi xalqlarini bo’lib, ajratib yuboradigan emas, ularni birlashtiradigan, bir-biriga yaqinlashtiradigan goyalarga muxtojlik seza boshladilar. Imperator Konstantin bu dinni qabul qildi va Rim dunyosining mutloq hukumdorimi darajasiga ko’tarilishi uchun ham 324 yilda xristianlikni davlat dini deb e’lon qildi. 325 yilda Konstantinning ko’rsatmasi bilan jahon xristianlarining birinchi yig’ini-Nikey sobori chaqirilgan. Bu soborda episkoplar va iloxiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqlaganlar. Xristianlik aqidala-


1. Falsafa komusiy lugat. T. « Shark ». 2004 y. 443 – bet.

rini tasdiqlash 451-yilgacha davom etgan. Buning uchun uch marta (381,431,451 y.) Xristianlar soborlari chakirildi. Shu tariqa cherkov qonun-qoidalari yozilgan kitoblar qabul qilingan hamda cherkov tashkiloti tugal holga keltirilgan. Xristian cherkovi endi davlatning rasmiy chekovi, deb e’tirof etildi. Cherkov Rim imperatorini xudo yarlaqagan, deb e’lon qilgan va dunyoviy podsho cherkov yordamida xudoning noibiga aylangan. Xristianlik diniy ta’limot sifatida asosan quyidagi goyalardan iborat:



  • Xudo muqqadas uchlikda (troitsa) namoyon bo’ladi.Ya’ni, xudo uch qiyofali, lekin yagonadir. Bu degani, xudo-Ota, Xudo-O’g’il, Xudo-muqqadas Ruhdan iboratdir. Biroq, bu uch qiyofali Xudolar Ayni paytda shaxslarga ko’ra farq qiladilar. Masalan, xudo-Ota tug’ilish yo’li bilan paydo bo’lgan, u xudo emas, uni hech kim yaratgan emas. Xudo-o’g’il esa tug’ilgan. Xudo-Muqaddas Ruh esa Xudo-Otadan paydo bo’lgan. Xristianlikning asosiy aqidalari quyidagilardir:

-Xudo-o’g’il (Iso) haloskor missiya, ya’ni Xudo yarlaqagan vakil. U iloxiy haloskor. Iso-xristianlikning asoschisi.

-Iso o’ldirilgandan keyin osmonga ko’tarilib ketgan, u kelajakda tiriklar va o’liklar ustidan xukm chiqarish uchun oxirat kuni erga qaytib keladi.

-Iso ham ilohiy ham insoniy tabiatga ega.

-Bibi Maryam – Xudoning onasi, u qizlik iffati saqlangan holda ilohiy homilador bo’lgan va Isoni tuqqan.

-Xudo hamma narsadan ustun turadi va abadiydir. Uni hech kim yaratgan emas. Xudo dunyoning yaratuvchisidir. U dunyoni 6 kunda yaratgan.

- Odamzot tug’ilgan paytidan boshlaboq gunohkordir: Xudo yaratgan barcha mavjudotlarning gultojisi inson edi. Chunki xudo insonni o’ziga o’xshash qilib yaratgan. Bu o’xshashlikning asosiy qirralari-bu insonga berilgan aql-idrok, iroda abadiy o’lmasliklarida edi.

Xudo butun kosmik tartibni insonga bog’liq qilib qo’ydi, biroq inson o’zining irodasini, erkini xudo irodasiga, erkiga qarama-qarshi qilib qo’yiganligi uchun xudo uni abadiy gunohkorlikka mahkum etgan. Uning mazmuni shunday:

- Dastlabki odamlar, ya’ni Odam Ato (Adam) va Momo Havo (Eva) tomonidan Xudo amri buzilgan: ular jannatda yashayotgan edilar. Ular xudo man etgan “donishmand”lik daraxtining mevasini eb qo’yganlar va o’zlarining biri erkak, biri ayol ekanligini tushunib olganlar hamda qovushganlar. Bu ishlari uchun Xudo ularni jazolagan, jannatdan quvib yuborgan, abadiy o’lmaslikdan mahrum qilgan va og’ir dunyoviy hayotga mahkum etgan. Xudo Odam Atoga-endi sen o’z risq-ro’zingni qora terga botib mexnat qilib topib eysan: Momo Havoga esa-endi sen azob-uqubat bilan bola tug’ishga mahkumsan, degan. Er va unda yashovchilar la’natlangan, kasallik va o’lim hammaning peshonasiga yozilgan.

Xristianlik taьlimotining payg’ambari Iso alayxissalomning tug’ilgan yili anqk emas. Eng ishonarli manbalarga ko’ra, u taxminan milodning boshlanishidan 4 yil avval dunyoga kelgan. Isoning tug’ilishi qator samoviy hodisalar bilan bir vaktga to’g’ri kelganligi tufayli uni masih va yaxudiylar mamlakatning yangi shohi deb hisoblashgan.

Rivoyatlarga ko’ra, Iso o’z taьlimotini 3 yil davomida targ’ib - tashviq etgan. Quddus kohinlari va ruohniylari uni sudga berishga qaror qiladilar. U o’z shogirdlaridan birining xoinligi natijasida dushmanlari tamonidan ushlab olinadi. Rim xukumdori Pontiy Pilatning farmoni bilan dahshatli va azobli o’lim jazosiga hukum qilinadi

Iso o’z taьlimotini ko’prok masallar orkali bayon etgan. Uning chuqur, maьnodor va o’ta mukammal tarzda ifodalangan fikrlari, har bir iborasi, so’zlari hammani hayratga solib , maftun etgan. U o’z taьlimotida hayot va borliq, odamlar va ular o’rtasidagi munosabatlarga asoslangan g’oyalarni ilgari surgan. U o’z so’zlari bilan odamlarni bu dunyoga teran ko’z bilan qarashga chaqirar edi: « Siz so’rang olarsiz, izlang - toparsiz, eshikni qoqing va u ochilgusidir. Har bir so’rovchi oladi, izlovchi topadi va keluvchiga eshik ochiladi.» 1 Sabr - toqatli bo’lish bilan bog’liq g’oyasida « Qalbingizni sabr bilan qutkaring», deydi. «… ibtidoni topgan odam saodatmanddir. Chunki u intihoni anglaydi va mangulikka doxil bo’ladi» kabi falsafiy mushohadasi orqali o’zi ham mangulikka doxil insonga aylandi.

Xristianlik keng xalk ommasi tamonidan o’rganildi. 68 – 69 yillarda yaratilgan « Ionn Bogaslov vahiylari» ( « Apokalipsda »)da « yo’ldan ozgan » Rimning xalokati bashorat kilinadi. Unda Rim « barcha xalklarga o’z buzuqligining qahrli sharobini ichirdi va er podshohlari u bilan huzurlandi, savdogarlari uning buyuk hashamatidan boyidilar» deyiladi.



« Luki yuborgan Evangalie» da esa boylarga karata: « Huzur - holovotga zor – intizorlar, endi to’ygaysiz… Vale, sizga musibat , boylar! Chunki siz uz ovunchingizni olib bo’ldingiz », deydi.

Xristianlik taralgan ilk davrda odamlar urtasida bu taьlimot ilgari surgan boylikka ruju kuymaslik, Olllox yaratgan neьmatlar barcha odamlar urtasida teng taksimlanishi , kim bu dunyoda kanday mexnat kilsa, shunga yarasha takdirlanishi kabi goyalar, tamoyillarga asoslangan edi. Bu tamoyillar «Xar kim kilgan mexnatiga yarasha mukofotlanadi», «Ishlamagan tishlamaydi »degan koidalarda ifodalangan. Xristianlikning ilk davrida axolining asosan kambagal katlami unga eьtikod kilgan bulsa, milodiy I asr oxiri va II-III asr davomida xristianlar tarkibiga senatorlar va suvoriylar kira borgan. Xristianlik xarakatiga aslzoda va ziyolilarning kushilishi uning xarkterini uzgarishiga olib keldi. Badavlat va ziyoli katlamlarning vakillari jamoalarda raxbarlik mavkega ega bula boshladilar. Ular endi ibodatga raxbarlik kilishni xam uz kullariga ola boshladilar. Cherkov tashkilotining markazlashuvi bilan markaziy jamoa va uning raxbari boshka jamoalar ustidan raxbarlikni kulga oldi. Lavozimli kishilar uz lavozimida abadiy koladigan buldi. Xristianlikda ilgari mavjud demokratik tendentsiyalardan voz kechish, imperator xokimiyati bilan ittifok tuzishga bulgan intilish kuchaya bordi. Jamoa raxbarlari xokimiyati kuchaya borib, cherkov byurokratiyasi shakllandi. Bunga jamiyat yukori tabaka vakillarining xristianlikni kabul kilishlari asosiy sabab edi, albatta. Natijada , cherkov endi yukori tabaka iakillarining manfaatiga xizmat kila boshladi. Xristian taьlimoti xokimiyat uchun xalkni buysundirish vositasiga , taьlimot targibotchilari esa xalkni buysundiruvchi kuchlarga aylandi.

Birinchi apostol ( targibotchi ) Pavel uzining « Rimliklarga murojaati »da shunday degan edi: « Xar kanday zot yukori xokimiyatga buysunmogi shart; chunki xudo bermagan xokimiyat yuk, mavjud xokimiyatlar xudo tamonidan urnatilgandir. Shu bois xokimiyatga karshi bulganlar xudo

irodasiga karshidirlar». 1 Pavel uzining ijtimoiy - siyosiy karashlarida xalkni xudoga eьtikod etish goyasi orkali xukumron kuchlar manfaatini ximoya kilib chikdi. Xalkni mamlakat xukumdorlari oldida buysundirish, mavjud tuzum tartiblariga karshi chikmaslik va xar kanday kiyinchilik insonga berilgan takdir ekanligini tan olishlarini targib etdi.

2 – masala. Mark Avreliy siyosiy qarashlari
Apostol Pavel kabi xristian taьlimotining targibotchilaridan Yana biri Avreliy Avgustin.

U milodning 354 yili Tagasta shaxri ( xozirgi Jazoir davlatidagi Sux- Aras) da tugulgan. Avgustin Karfagendagi notiklik maktabida uch yil taxsil oladi. 375 yildan bu erda notiklik saьatidan talabalarga dars Bera boshlaydi. 384 yilda Italiyaga keladi va Milan shaxridagi notiklik maktabida dars beradi. U bu erda xristianlik taьlimoti Bilan tanishadi va bu taьlimotni din isfatida kabul kiladi. 388 yilda Afrikaga kaytadi va kup utmay Gippon shaxrining episkopi Valeriy xomiyligida ruxoniylikni kabul kiladi. 395 yilda Valeriy vafotidan sung Gippondagi Episkoplik kafedrasiga kilib, umrining oxiri - 430 yilgacha shu erda yashab koldi.

U xristian taьlimotining targibotchisi va etuk faylasuf sifatida uzidan juda boy maьnaviy boylik koldiridi. Uning barcha yozgan asarlari 232 ta kitobga kiritilgan 90 ta traktatdan iborat bulib, ammo shundan atigi 10tasi bizgacha etib kelgan, xolos. Maщxur komusiy olim Isidor Sevilskiy bu xakda shunday degan edi : « Avgustin bilimi va tafakkuri jixatidan xammadan ustundir. Chunki xatto kechasiyu kunduzi xarakat kilgan takdirda xam xech Kim uningdek yozaolmaydi va ukiyolmaydi ».

Avgustinning ijtimoiy – siyosiy karashlari uning « Xudo shaxri xakida » (« O grade Bojem ») va « Erkin iroda » ( « O svobodnoy vole ») asarlarida uz ifodasini topgan. 1




1. F. Muxiddinova « Siyosiy va xukukiy taьlimotlar tarixi» . T. 2003 y. 80 – bet.

Avgustin « Xudo shaxri xakida » asarida jamiyatda odamlar ikki toifa - ikki shaxar axliga bulinadi. Biri bu erda shu Dune tashvishlari Bilan band odamlar jamoasi, yaьni shu shaxarning asl vokealigining timsoli. Ikkinchisi esa shu vokealik vositasida kukdagi shaxar ( xudo ) irodasiga xizmat kiladi. Ular erdagi birinchi jamoa vakillari kabi gunoxga botgan emas. Uning fikricha , gunoxkor shaxarda inson insonning ustidan xukumron, ammo bu xukumronlik vaktincha - Isoning erga kayta kelishi - kiyomatgacha davom etadi. U insonning tarixini olti davrga buladi: gudaklik, bolalik, yoshlik, etuklik , keksalik va ruxning xudoni anglab etish davri. Shundan inson xudoni fakat etuklik va keksalik davrida anglab etadi, deydi faylasuf. Uning nazarida adolat bu xudoning anglab etishlik. Rim xech kachon tom maьnodagi davlat, rimliklar esa bir butun xalk bulaolmagan, chunki bu erda yagona xudo inkor etilar ekan, adolat xam bulmaydi. Mamlakatda kachonki adolat xukumron bulsa, bu davlat ideal davlat xisoblanadi. Ideal davlatning fukorolari yuksak axlokli va diniy majburiyatlarni doimo bajaruvchi kishilardan iborat buladi. Uning fikricha, agar mamlakatda yuksak axlok va din mavjud bulsa, boshkaruvning barcha shakli amalga oshishi mumkin. Adolatsiz xukumdor va adolatsiz xalkni u tiran deb ataydi. « Adolat tark etgan saltanatning karokchilar urdasidan farki koladimi ? » deydi Avgustin. Erdagi adolatni saklash uchun gunoxkorlarni jazoga tortmok zarurligi xakida fikr bildirib Avgustin shunday deydi: « Zulm inson tamonidan sodir etiladigan va boshidan kechiradigan xodisadir. Sodir etiladigani -gunox, boshidan kechiriladigani - jazo… Inson uzi istagan xolda zulmni sodir etadi, istamagan xolda boshidan kechiradi ».1

Avgustin dindorlar odamlar urtasida doimo yagona ollox xakida targibot olib borishi , « erdagi dune bilan murosayu madora kilish » , bunda turli urf – odat , konun va muassasalarning xilma – xilligi muxim axamiyatga ega emas , degan goyani ilgari suradi.

Avreliy Avgustinning Rim tarixida xristian diniy taьlimoti targibotchisi sifatida xizmatlari bekiyosdir. U xristian taьlimotining falsafiy asoslarini taxlil kildi va xristian iloxiyatini tartiblashtirishga xarakat kildi. Rim katolik cherkovi uzining teokratik tasavvurlari va xokimiyatga bulgan daьvolarini asoslashda Avgustinning goyalaridan keng foydalandi. Cherkov oldidagi xizmatlari uchun unga « Cherkov otasi » va « Xazrati Avreliy» degan nomlar berildi. U xristian taьlimotining yirik vakili sifatida garbda mukaddas ( Blajennыy) degan nom oldi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling