Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


– masala. Tsetseronning ijtimoiy-siyosiy qarashlari va uning mafkuraviy po


Download 0.77 Mb.
bet9/16
Sana17.03.2020
Hajmi0.77 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16

3 – masala. Tsetseronning ijtimoiy-siyosiy qarashlari va uning mafkuraviy pozitsisi.

Xristian taьlimotida turli yunalish va okimlarning paydo bulish jarayori Rim imperiyasidagi ijtimoiy - siyosiy uzgarishlar natijasida uzoq




1.. Xakikat manzaralari 96 mumtoz faylasuf. T . 2007 yil. 182 – bet
vaqt davomida sodir buldi. Tarixdan maьlumki, 395 yilda benixoya murakkab ichki ziddiyatlar va tinkani kuritadigan tashki xujumlar okibatida Rim davomida sodir buldi. Tarixdan maьlumki, 395 yilda benixoya murakkab ichki ziddiyatlar va tinkani kuritadigan tashki xujumlar okibatida Rim imperiyasi ikkiga – Garbiy ( Rim) va Sharkiy ( Vizantiya ) imperiyalariga bulinib ketadi.

476 yilda Garbiy Rim imperiyasi uzaro urushlar natijasida butunlay kuladi va bu erda bir kator mustakil davlatlar karor topdi. Imperiyaning Ushbu kismida feodal munosabatlar tez orada tarkib topdi va ayni paytda bu erda karor topgan davlatlar mafkuraviy jixatdan mustakil emas edi. Xristianlik esa asta – sekin jamiyatning xamma soxalariga, xatto siyosiy soxaga xam uz taьsirini kursatib, xukumron mavkega ega bulishga intildi, xristian cherkovi endi uzining butun dikkat eьtiborini xukukiy masalalarga karatdi.

Sharkiy imperiya - Vizantiyada esa xristian cherkovining axvoli garb cherkovidan butunlay boshkacha edi. Bu erda cherkov bilan xokimiyat urtasida fark kattagina bulib, cherkov xokimiyatning ishlariga deyarli aralashaolmas edi. U amalda davlatning bir muassasasiga aylanib kolgan edi. Kabul kilingan sobor karorlari xam imperatorning maxsus farmoyishi bilan tasdiklangandan keyingina kuchga kirardi. Bunga Vizantiyada kuchli imperatorlik xokimiyati saklanib kolganligi sabab edi.

Xristianlikning butunlay ikki yunalishga ajralishi 1054 yil 16 iyulda sodir buldi. Bunga sabab, Xristianlik akidalarini xar ikki cherkov tamonidan turlicha talkin etilishi va ular urtasida yuzaga kelgan munosabatlarining keskinlashuvidir. 1054 yil Rim papasi Lev IX va Konstantinopol patriarxi Kirulariyning bir - birini laьnatlashlari (anofema ) Xristianlikning ikki yunalishga ajralib ketishiga oxirgi nuktani kuydi. Garbiy cherkov uzini katolik ( butun dune ), sharkiy cherkov pravoslovie ( chin eьtikod ) cherkovi deb eьlon kildi.

Xar ikki cherkov xristianlikdagi ikki yunalish bulsa-da , ulardan katolik cherkovi uz faьoliyati davomida fakat garbiy Rim imperiyasida siyosiy mavkega intilibgina kolmay , butun dunyoga xukumronlik kilish goyasini ilgari surib keldi va bu goyani amalga oshirish uchun yuz yillar davomida kurash olib bordi. Ayniksa, XII va XIII asrlarda katolik cherkovi shu kadar yuksaldiki, uning dunyoviy xokimiyatni egallashi uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Cherkov yakin sharkda ikki yuz yilcha davom etgan salib yurishlari - boskinchilik urushlarining ilxomchisi va tashkilotchisi bulib maydonga chikdi.

Katolik cherkovi boshligi bulmish papa cheklanmagan xukukka ega edi. U kardinallar, yaьni ruxoniylarning oliy vakillari kollegiyasi tamonidan umrbod muddatga saylangan. Katolik cherkovi tartibiga kura, papalik lavozimiga saylanadigan nomzod ovozlarning kamida 2\3 kismini va yana bir ovoz olishi kerak edi. Saylovdan utgan nomzod uzining ilgarigi nomidan voz kechadi va uziga yangi nom oladi.

Papa Innokentiy ( 1198 - 1216 y ) davrida papalarning jamiyatdagi mavke tugrisidagi masala eng oliy darajada kayta kurib chikildi. U « apostol Pyotrning vorislari » formulasi papalarning kadr – kimmatini kamsitadi, chunki Pyotr buyukligiga karamasdan, baribir inson, deb xisobladi. «Rimning ilk ruxoniysi, - deb eьtirof etadi Innokentiy - xakikatdan xam oddiy odamning emas, Xudoning noibi xisoblanadi. Garchand biz apostollar vorislari bulsak-da , apostolarning xam, odamlarning xam emas, balki Iisus Xristosning merosxurlarimiz ».1

Urta asrlardagi mafkuraviy xayot diniy shaklda davom etdi. Ijtimoiy – iktisodiy, siyosiy tizim xam diniy taьlimot orkali mukaddaslashtirildi. Bunday sharoitda xar kanday fikr va xissiyot, siyosiy ongning namoyon bulishi diniy shaklda ifodalanishi lozim edi.

Cherkov naьkadar kuchli bulsa – da , Rimda shaxarliklar va dexkonlar orasida cherkov taьlimotiga karshi karashlarga ega kishilar yaьni katolik cherkovi ruxoniylari taьbiri bilan aytganda eritiklar - bidьatchilar kupaya bordi.

(«Eritik» grekcha suz bulib, maьnosi «dindan kaytgan » , « shakkok » demakdir). Eritiklar katolik cherkovi feodal tuzumni mustaxkamlashdan mafaatdor cherkov sifatida odamlarni uch toifaga, yaьni ruxoniylar, feodallar va texkon , xunarmandlar toifasiga bulish goyasiga karshi , uzlarining ijtimoiy tenglik goyasini ilgari surdilar. Eritiklar katolik cherkovi feodal tuzumni mustaxkamlashdan manfatdor ekanligini anglab etdilar.

Ular cherkovdagi turli dabdabali marosimlarni cheklash, ruxoniylar uchun xokimiyat tamonidan yaratilgan imtiyozlarni bekor kilish, oddiy xalk tulashi kerak bulgan ushr soliklardan ozod kilish singari talablarni kuydilar.

Eritiklar cherkovning xokimiyatga kursatayotgan taьsiriga karshi edilar. Ular xamma yagona xudoning bandasi ekan, odamlar urtasida mulkiy va siyosiy tenglik bulishi kerak, deb xisoblar edi. Shu bilan birga eritiklar dinni inkor etmagan xolda , odamlarni kiyinchiliklar oldida sabrli va bardoshli bulishga xam undardilar.

Eritiklarga karshi cherkov keng mikiyosda kurash faьoliyatini olib bordi. Katolik cherkovi ayniksa, eritiklarni xamma joyda taьkib ostiga oldi va ularga nisbatan keskin jazolar eьlon kildi. Shunday jazolardan biri cherkovdan rad etish jazosi bulib, bunday jazoni olgan odamni bemalol talash va xatto uldirish belgilangan edi - u konundan tashkarida, deb xisoblangan. Odamlarga eritiklarga yordam berish kattik taьkiklangan.

Papa kupincha katta- katta viloyat va mamlakatlarni cherkovdan begona deb eьlon kilardi. Bunday xollarda usha erlarda ibodatxonalar bekilar, yangi tugilgan chakaloklar chukintirilmas, ulganlar kumilmay kolib ketar edi.2




1. Rim falsafasi . T. 2004 y. 207 - 208 betlar.

2. Urta asrlar tarixi. T. 1989 y. 99 – bet.
Cherkov xatto eritiklar kup bulgan viloyatlarga karshi xarbiy yurishlar uyushtirardiki, okibatda minglab begunox odamlar xam kirilib ketar, kanchadan – kancha yashnab turgan kishlok va shaxarlar vayronaga aylanar edi. Odamlarni yoppasiga kirar ekan, papa uz lashkarlariga: « bir boshidan yoppasiga uldiravering, xudo u dunyoda uz bandalarini ajratib oladi », der edi.

Eritiklarni jazolash vositasi bulmish inkvizitsiya ( lotincha «tergov» demakdir) sudi odamlarni istagancha xurlash, kiynokning turli vositalarining ijodkori edi. XIII asrning 30 yillari boshlarida Grigoriy IX eьlon kilgan bir kancha xujjatlar orkali, markazlashgan papa inkvizitsiyasi taьsis etildi.

Innokentiy IV tamonidan 1252 yilda eьlon kilingan bulla « Ad extirpenda » esa inkvizitsiyaga tashkiliy makom berdi. Shunga kura, endi garbiy Rim imperiyasiga karashli mamlakatlarda eritiklarga karshi kurash boshlandi.

Inkvizitsiya sudi ruyxatiga tushib kolgan odamlar shunday kiynoklarga solinar ediki, azob jonidan utgan xar kanday odam kilmagan aybini xam buyniga olishga majbur bulardi. Ammo aybdor imzolayotgan kogozda xech kanday majburlash va kurkitish yuli bilan emas, aybdor uz ixtiyori bilan guvoxlik berayotganligi kayd etilgan. Baьzan esa siyosiy maxbuslar uz jazolarini kutib , oylab ertula kamokxonalarda yotishga majbur edilar. Ulimga maxkum etilgan maxbuslar inkvizitsiya koidasiga kura, agar aybdor uz aybiga ikror bulsa bugib uldirilgan, agar ikror bulmasa, enib turgan olovda kuydirilgan. Inkivizitsiya odamlar urtasida katolik cherkovi xukumronligini namoyon etish, xatto xokimiyatdan xam ustun ekanligini kursatish va shu yul bilan papa va cherkovning jamiyatda xukumronlik mavkeni mustaxkamlash siyosatini amalga oshirish vositasi edi. Bu erda katolik cherkovining imperiyada yakka xukumronlik mafkurasi ustun bulib, xar kanday ijtimoiy – siyosiy karashlarga barxam berish siyosati kullanilar edi. Cherkov inkvizitsiyani joriy etish orkali kishilarning akl – zakovati ustidan cheksiz xukumronlik urnatishga, siyosiy xayotda uz mavkeni mustaxkamlashga va keng imkoniyatlardan foydalangan xolda boyligini kupaytirishga intildi. Maxkumning mulki cherkov, xukumdorlar va aygokchilar urtasida taksim kilinardi.

1517 yil Germaniyada vujudga kelgan ilk reformatsiya xarakati natijasida xristian taьlimotida yana bir okim - protestantizm okimi paydo bulganligini siz yaxshi bilasiz.

M. Lyuter faoliyati bilan boglik bu xarakat tez orada butun Germaniya va Evropaga yoyildi. Katolik cherkovining zulmi va zuravonlik goyasini inkor etuvchi goyalarga asoslangan protestantlik taьlimotining yirik namayondalaridan biri Martin Lyuterdir

M. Lyuter uzining « 95 tezis»ida indulgentsiyalarni koralab chikarkan, Rim papasining Germaniyadagi xukukini cheklash va aloxida, Rim katolitk cherkoviga karam bulmagan mustakil German cherkovini tashkil etish goyasini ilgari surdi. Uning ijtimoiy - siyosiy karashlarining mazmun – moxiyatini cherkovni islox etish mafkurasi tashkil etadi.

. Uning goyalari keng xalk ommasi tamonidan xayrixoxlik bilan kutib olindi va bu goyalar taьsirida Evropada siyosiy xarakatlar vujudga keldi. Shunday xarakatlardan eng yirigi 1525 yilda Germaniyada dexkonlar urushidir.

Urushning asosiy goyasi garchi cherkovning mustakilligiga asoslangan bulsa-da, unda Germaniya jamiyatida mavjud ijtimoiy tengsizlik, zulm va zuravonlikka karshi xalk naroziligi edi.

Urush xalk ommasining maglubiyati bilan tugagan bulsa xam, natijada Germaniyada katolik cherkovining faьoliyatiga chek kuyildi. 1526 yildan esa Germaniyada xar bir nemis fukorosi uzi xoxlagan cherkoviga eьtikod kilish xukuki joriy etildi. Ammo 1529 yil 2 – Shpeyer reyxestagi bu karorni bekor kildi. Bunga karshi Germaniyaning bir kancha shaxarlari va 5 knyazi « Protest » (narozilik ) bildirdilar va «Protestantsiya » degan xujjatga imzo chekdilar. Ana shu xujjat nomi bilan bu xarakat protestantlar deb ataladi. 1555 yilda protestant knyazlar Rim bilan uzaro kelishuvga asoslangan bitim tuzishga muvaffak buldilar.

Protestantizm okimining yuzaga kelishi natijasida cherkov xayoti bilan boglik bir kator engilliklarga erishildi. Turli diniy marosimlar ancha soddalashtirildi, ortikcha dabdabadan xoli etildi. Shuningdek, ibodat paytida kuylanadigan diniy kasidalar endi ona tilida kuylanadigan buldi.

Xristian taьlimoti tarakkiyoti davrida yana bir kator kichik okimlari xam vujudga kelgan bulib, buning sababi xristian jamoalarining turli ijtimoiy va etnik tarkib topganligidir.

Shunday okimlardan biri Vizantiya imperiyasida keng tarkalgan okim – Montanizmdir.

Bu okim Kichik Osiyoda milodning II asrida vujudga kelgan. Montonizmning asosiy goyasi oxiratning yakin kunlarda kelishi va Xristosning namoyon bulishini bashorat kilish goyasidan iborat.

Montonistlar cherkovda kata mulklarning tuplanishiga va gayridin davlatlar bilan sulx tuzishga karshi chikkanlar. Ular episkoplar xokimiyatini inkor etgan va birinchi uringa uz paygambarini kuyganlar. Ular uz karashlarida asosan kullar, shaxarlik yuksillar manfaatini ximoya kilishga intilganlar.

Vizantiya imperiyasida keng tarkalgan Yana bir okimlardan biri Arrmonlik okimidir. Uning asosiy goyasini ugil xudo ota xudo tamonidan yaratilgan bulib, ugil otaga teng emasdir, balki uxshashdir, degan karash tashkil etadi.

Bu okim tarafdorlari Neneviya sobori tamonidan bidьatchilar sifatida taьkib etilsa- da, uzok vakt German kabilalari orasida saklanib koladi.

Taьlimotning Nistorian okimi esa Xristosda insoniy va iloxiy tabiat mavjud edi , degan goyaga asoslanardi. Bu okim xam boshka kichik okimlar singari karshilikka uchraydi. 431 yilda Efes soborida, 451 yilda xalk kengashida bidьatchi okim sifatida koralanadi va imperiyada uning faoliyatiga chek kuyiladi.

Shuningdek, xristian taьlimotida duolizm, pavlikan, bagomiya va monolistlar okimlari xam shakllangan bulib, ularning karashlarini turlicha diniy yondoshuvlar tashkil etadi.

Vizantiya imperiyasida bunday turli - tuman okimlarning vujudga kelishi imperiyada cherkovning faoliyati bilan boglik. Imperiyada Rim imperiyasidagi inkvizitsiya kabi kattikkul siyosatning yukligida, deb baxolash mumkin.


Xristianlik ta’limoti manbaalri:

Eski ahd” “Yangi ahd “

Bibliya”



ijtimoi - falsafiy g’oyalari:

hayot va odamlar sabr- oxiratning

borliq o’rtasi- toqat mavjudligi

dagi

munosa-

batlar


Xristianlik ta’limoti taraqqiyoti:

Ojizlar davlat turli oqim

mafku- mafkurasi va yonalish-

rasi edi. ga aylandi. lar vujud-

ga keldi.

Pavel

Xristianlik ta’limoti



ilk targ’ibotchilari: Avreliy

Avgustin
xudoga e’tiqod;

hukumdorga bo’sunish ;



Pavelning tartiblarga qarshi chiqmaslik;

g’oyalari: har qanday qiyinchilik taqdi-

dan ekanligi.

Ikki shahar ahli;

Avreliy Avgustin insoniyat tarixini

g’oyalari: 6 davrga bo’ladi;

adolatli davlat-

idial davlat

Cherkov otasi “



U

Hazrati Avreliy “

katolik

Xristian ta’limotidagi pavaslovie

oqimlar: rotestantizm


montaizm

arromonlik



yo’nalishlar: nistorian

dualizm

pavlikan

bagoniya

monolistlar
Qadimgi Rim Patritseylar

aholisi: Plibeylar



Ijtimoi huquq;

12 jadval qonun. Xalq trubinlarini

majmui saylash;

g’oyalari: ikki konsulning

biri plibey bo’lishi . kerak;

Plibeylar himoyasi;

Aka – uka Grakx ijtimoi tenglik;

ijtimoi-siyosiy iqtisodiy g’oyalar;

g’oyalari: Davlat ishlarida

senat, konserva

- tiv kuchlarning

ta’sirini kamay

- tirish.

M.T.Setseron

Qadimgi Rim G. Yu. Sesar

mafkurachilari: Gay Krisak

Sallyustiy


Y. Sesar- davlat arbobi, sarkarda, notiq.

Imperiani saq-



Ijtimoi – siyosiy g’oyalari: lab qolish;

quldorlik

tuzimi ta-

rafdori;

Aristokratik

boshqaruvhi

yoqlaydi/

G. Yu. Setseron- notiq, davlat arbobi,

Davlat to g’risida “

Asarlari: “Qonunlar to’g’risida “

g’oyasi: davlat odamlarning huquqiy

manfaatlar asosidagi o’zaro kelishuvidir.

Mavzuga doir tayanch iboralar:

Qadimgi Rim, xristianlik taьlimoti, Iso Xristos shaxsi, xristian diniy taьlimotidagi yo’nalishlar va mazxablar, xristian taьlimotidagi siyosiy g’oyalar, katolik, pravaslov, protestantizm, montanizm, arromonlik, nistorian,duolizm, pavlikan, bagomiya, monolistlar.


Mavzu yuzasidan savollar:

1. Xristian diniy taьlimoti av unda olg’a surilgan siysiy g’oyalar.

2. xristianlik taьlimoti va uning yo’nalishlari haqida nima bilasiz?

3. Xristianlik taьlimotida Martin Lyuter farashlariva uning ijtimoiy – siyosiy g’oyalari.

4. “Hazrati Avreliy “ nomiga sazovor bo’lgan kishi kim va uning qanday siyosiy qarashlarini bilasiz?

Adabiyotlar ro’yxati:

1. Falsafa komusiy lugat. T. « Shark ». 2004 y.

2. Rim falsafasi . T. 2004 y.

3. Urta asrlar tarixi. T. 1989 y.

4.. Xakikat manzaralari 96 mumtoz faylasuf. T . 2007 yil.

5. Falsafa komusiy lugat. T. « Shark ». 2004 y.

6. F. Muxiddinova « Siyosiy va xukukiy taьlimotlar tarixi» . T. 2003 y.

4– mavzu: Yaqin va o’rta sharq mamlakatlarida siyosiy mafkuralar.

Reja:


1. Yakin va urta sharkda kuldorlik davlatlari, feldal munosabatlarning karor topishi va feodalizm mafkurasining shakllanishi.

2. Eronda zardushtiylik taьlimotining xukumron mafkuraga aylanishi.

3. Mitraizm. Moniylik taьlimoti. Mazdakiylar mafkurasi.
1- masala. Yakin va urta sharkda kuldorlik davlatlari, feldal munosabatlarning karor topishi va feodalizm mafkurasining shakllanishi.

Yakin va urta shark mamlakatlariga bugungi Suriya, Livan, Falastin va Isroil xamda Eron, Turkiya, Irok va Avgonistonni kiritishimiz mumkin.

Kadimgi Yakin shark xududida urta er dengizi soxili buylab felistim – dengiz xalklari, Falastin va Sinay yarim orollarida semit va amoriylar yashagan. Mil . av. III -II ming yillikda Old Osiyoda Falastin, Fenikiya va Suriya davlatlari bulgan. Bu davlatlar uzok vakt Misr va Xett davlatlarining tortishuvli eri bulib kelgan. Misr – Mesopotamiya savdo yuli Neneviya, Bobil, Damashk, Kudus, Megiddo va Memfis shaxarlarini birlashtirgan bulib, asosiy tarmogi Falastindan utgan.

Suriya mil av. III – II ming yilliklarda shaxar – davlati sifatida savdo yulida taщkil topdi. Shaxar axolisining asosiy mashguloti savdo, dasht xalklarida esa chorva va tuyakashlik edi. Suriyaning usha davrda eng kuzga kuringan shaxarlari Damashk, Xalap ( Xalpa ), Katna, Kerxamesh bulgan.

Mil. av. XVIII asrda amoriy xukumdori sumipak Katna va Kerxamesh orasida Yaxmad davlatiga asos soladi. Ammo bu davlat xamad Bilan bulgan jangda engilib, barxam topadi.

Finikiya janubiy Suriyaning sharkiy urta er dengizi soxillarida joylashgan. Bu erda mil. av . III – II ming yilliklarda Tir, Sidon, Abzu, Arbad, Ugarit shaxar – davlatlari tashkil topadi. Shaxar – davlatlarning axolisining mashgulotlari savdo va xunarmandchilik edi. Axolii orasida moxir dengizchilar xam bulgan. Mil av. X asrda finikiyaliklar Gibraltar bugozidan utib, Atlantika ummoniga xam suzib chikishgan.

Falastin Urta er dengizining janubiy – sharkiy soxillarida Finikiyadan Sinay yarim oroligacha bulgan erda xoylashgan. Misrda falastinlarni xananeylar deyishgan. Bu erlarda kadimda amoriy. semit, xanan, xananey, pelestin va lulibey , yaxudiy kabilalari yashagan. Yaxudiylar Falastinni Gilgamesh deb atashgan. Mil av. III – II ming yilliklarda bu erda Gazo, Laxish, Kuddus, Megiddo shaxar – davlatlari tashkil topgan. Ular ariklarga ega mk\udofaa devorlari bilan uralgan.

Mil. av. XVIII – XVI asrlarda falastinliklar xetlarga, Tutmos III – Misr podsholigiga karam buladilar. Misrliklar yaxudiylarni kullikka olib ketadilar. Ularni Muso alayxissalom ozod etib, Garbiy Iordan xududiga olib keladi. Yaxudiylar mil. av. XII – XI Sian tepaligida kunim topadilar va o’ kabila ittifokini tuzishadi.

Ular uzok vakt felishin kabilalari Bilan urushib keladi. Shu janglarda Dovud alayissalom uzini kursatib. Kabila boshligi saulning nazariga tushadi.

Ugillar vafotidan sung Saul taxtni Dovudga vasiyat kilib koldirdi. Dovud Sinaygacha bulgan erlarni uz kul ostiga birlashtirdi va Isroil – Yaxudiya davlatiga asos soldi. Dovudning ugli Sulaymon ( mil.av. 965 – 935 y.) uning siyosatini davom ettirdi. Otasi asos solgan Isroil davlatini mustaxkamlashga intildi. Sulaymonning ugli Ravon davrida esa mamlakat ancha zaiflashadi.

Isroil davlati ketma – ket chet boskinchilari xujumiga uchraydi. Mil. av. 722 yil Ossuriya, mil.av. 594 – 586 yillar Bobil tamonidan bosib olingan bulsa, 538 yil Eronga karam bulib koladi. Ular uzok yillar davomida uz ozodliklari uchun kurash olib borishga majbur buladilar.

Yakin shark mamlakatlariinng dastlabki mafkuralarini diniy – mifalogik karashlar tashkil etgan. Diiniy – mifalogik karashlar moxiyatini olam va borlikni kup xudolar boshkarishiga asoslangan goyalar tashkil etgan.

Mil. av. XVIII asrda yaxudiylar urtasida yakkaxudolikka asoslangan yaxudiylik diniy taьlimoti vujudga keldi. Bu taьlimot uzaro kelishaolmay yashayotgan kabilalarni birlashtirish maksadida maydonga keldi va Isroil – Yaxudiy davlatini tuzishda mafkuraviy omil bulib xizmat kildi. Taьlimotning paydo bulishi va mintaka buylab yoyilishida Yaxudo kabilasi faol ishtirok etdi. Shu tarika bu erdagi kabilalarning xammasi Yaxudo kabilasining xudosi Yaxveni uzlarining yagona xudosi sifatida tan olishdi.

Yaxudiylik taьlimotining shakllanish jarayoni bir necha boskichlarni uz ichiga oladi:

- mil. av. 621 yilda Yaxudiy podshosi Iosiy utkazgan diniy isloxat.

- mil. av. 558 yilda bobil podsholigining Iyerusalimni bosib olishi va Iyerusalim ibodatxonasini vayron kilinishi xamda yaxudiylarni Bobilga asir kilib olib ketilishi.

- Mil. av. 538 yilda Bobildagi asirlarning Eron tamonidan ozod etilishi va uz vatanlariga kaytarilishi.

Uz vatanlariga kaytib kelgan yaxudiylar Iyerusalim ibodatxonasini kayta tiklaydilar va shu davrdan boshlab yaxudiy diniy taьlimoti kattiy ravishda taьlimot sifatida tarakkiyot davrini boshlaydi.

Yaxudiylar tarixiy tarakkiyot davomida mudom uz ozodliklari uchun kurashib keldi. Ozodlik, tenglik va adolat, mustakillik yaxudiylik mafkurasining asosiy goyasi bulib kelgan. Mil. av. 63 yilda Rim imperiyasining Isroilni bosib olishi esa ularning bu goyalarini yanada kuchayishiga olib keldi. Yaxudiylar uz mustakilligi yulida birlashib kurashdilar, ammo ularning kuzgalonlari kudratli Rim kushinlari tamonidan shafkatsizlarcha bostirildi va yaxudiylarninng Falastin erlaridan xaydab chikarilishi bilan yakun topdi.

Yaxudiylar kaerda bulmasin, uz milliy goyalariga sodik kolib yashashga intilib yashadilar, xalk sifatida uz milliy xususiyatlarini, guru rva mintilitetini saklab kolishga intilgan xalkdir. Bunga sabab yaxudiylik taьlimot mafkurasi bu xalkning milliy xususiyatlarini saklab kolishga karatilgan goyalardan iborat ekanligidadir.

Taьlimot goyalari yaxudiylarning boshka din xudolariga siginish, uzga millat bilan nikoxga kirishni katiyan mann etadi. Boshka dinni yuk kili shva yaxudiylik dunyoda yagona diniy taьlimot sifatida kolishni targib etadi. Ozodlikka erishgan yaxudiylar bir kun kelib albatta uz davlatini, kudratli va dunyoga xukumron bulguvchi davlatini kurishi kerak, degan buyuk davlatchilikka xos goyalar taьlimot mafkurasining asosini tashkil etadi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling