Jahon tarixi kafedrasi


Download 473.45 Kb.
bet1/10
Sana22.03.2022
Hajmi473.45 Kb.
#611514
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Germaniya
English presentation, English presentation, dinshunoslik, 9-sinf uzb tarix (2-chorak) JAVOBLARI BILAN, 11-sinf uzb tarix (2-chork) monitoring JAVOBLAR, Test 10-sinf, uzb tarix YANGI NASHR, Temuriylar davrida yer egaligi, Bekzod, otabek kursa, 9-sinf uzb tarix (2-chorak) monitoring, 9 Tarix Savollar UZB 9






O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSTETI
TARIX FAKULTETI
JAHON TARIXI KAFEDRASI”


KURS ISHI
Mavzu: Germaniya mustamlakalari uchun kurashda
(XIX asr oxiri – XX boshlarida )


Ilmiy rahbar: t.f.n, dot: Xolliyev. A.
Bajardi: Hamroyev.B
Toshkent 2021

  1. Kirish

  2. Asosiy bob

  1. Germaniya mustamlakachilik imperiyasi

  2. Koloniyalar uchun kurash

  3. Germaniya mustamlakachilik imperiyasining oxiri

  4. Ma'muriyat va mustamlakachilik siyosati

  1. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar

KIRISH
XIX asr oxiri — XX asr boshlari-da keskinlashgan dunyoni qaytadan bo'Iib olish uchun bo'lgan kurash Yevropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga olib keldi. Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya, Fransiya va chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Yaponiya, Amerika Qo'shma Shtatlari va boshqa davlatlar qo'shildilar.
Davlatlarning mazkur ikki guruhi o'rtasida mustamlakalarni bo'lib olish, ta'sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan kuchlarning yangicha o'zaro nisbatiga mos ravishda yangi jahon tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning o'ziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki hali bo'lib olimnagan yerlarni qo'lga kiritish uchim intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi. Bu — dunyoni qaytadan bo'lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohi-da imtiyozlarga ega bo'lish uchun kurash edi. XX asr boshlarida Germaniya qudratli jahon davlatiga aylandi va mustamlaka yerlardan o'z ulushini talab qila boshladi. U Britaniya imperiyasi uchun jiddiy xavfga aylan-di. Kuchli nemis dengiz flotining yaratilishi Britaniya imperiyasining mavqeiga ham zarba edi. Chunki Angliyaning dengizlardagi ustunligi mustamiaka yerlardagi hukmronligining barqarorligini kafolatlar edi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarga da'vosi bu qifadagi fransuz va inglizlarga qaram yerlarga ham xavf tug'dirardi. Nihoyat, Germaniyaning Sharqiy O'rta Yer dengizi mamlakatlariga kirib keiishi va Turkiyada hukmron bo'lib olishi Angliya va Fransiyaning Osiyodagi mustamla-ka yerlariga o'tishida asosiy qatnov yo'li bo'lgan Suvaysh kanalini zarba ostida qoldirar edi. Germaniyaning o'sib borayotgan sanoati hamma joydaIngliz sanoati mahsulotlarini siqib chiqarmoqda, boshqacha qilib aytganda, Germaniya Yevropada yakka hukmroiilikka ochiqdan-ochiq da'vogarlik qilmoqda edi. Bularning ham-masi Angliya va Fransiyani Germaniyaga qarshi birlashishga majbur qildi. Ular Germaniyaning jahon miqyosida yuksalishiga yo'1 qo'ymaslikka intilar edilar.
1904-yil aprel oyida Angliya va Fransiya o'rtasida so'nggi «bo'sh», ya'ni hali egallanmagan yerlarni bo'lib olish va ularni birgalikda himoya qilish haqida bitim imzolandi. U Antanta ittifoqi deb nomlandi (fransuzcha entent -- samimiy). Ana shu bitim tufayli mustamlaka masalalari bo'yicha ingliz-fransuz ziddiyatlari bartaraf etildi va harbiy ittifoq yo'li ochildi. Ammo endi Germaniyani to'xtatish qiyin edi. U mus-tamlaka yerlardan o'z ulushini, Osiyoda bozorlar ochishni va jahon bozorida teng imkoniyatlar yaratilishini talab qil-moqda edi. Germaniyada armiyani qayta qurollantirish, harbiy-dengiz flotini kuchaytirish dasturi amalga oshirila boshlandi. Iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatdan urushga kuchli hozirlik ko'rilmoqda edi.

Download 473.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling