Jahon zakovat durdonalari hikmatlar


Download 30.59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.05.2017
Hajmi30.59 Kb.

Respublika bolalar kutubxonasi 

Ma’lumot-bibliografiya axborot bo'limi 



JAHON ZAKOVAT DURDONALARI 

HIKMATLAR

Insonlar  dunyodagi  hayotlarini  o 'z   bilganlaricha  va  boshqalarning  tajribasiga  suyanib  yashab 

o'tishadi.  Yaxshi  xulqqa  esa  qanday  erishiladi,  u  kimdan  o'rganiladi?  Komil  xulq  egasi  bo'lgan  Komil 

insonning  chiroyli  axloqlaridan,  nasihatlaridan  ibratlanib  kamolot  cho'qqisiga erishgan ajdodlarimizning, 

qolaversa  insoniyatning  ilm-hikmat,  zakovat  xazinasiga  ulkan  ulush  qo'shgan  valiy  zotlar, 

donishmandlar,  mutafakkirkar,  adiblar,  olimu  fuzalolarning  pandu  nasihatlari  bu  borada  qo'l  keladi. 

Ushbu  kitoblar  o'quvchilarimizni  tafakkur  olamiga  sayr  qildirish,  ularni  buyuk  daholar  to'plagan  boy 

m a’naviy  merosning  asl  durdonalari  bilan  tanishtirish  hamda hayotlarini  ana  shu  bebaho  va nodir  meros 

asosida  qurishga  rag'batlantirish  ishiga  biroz  bo'lsa-da  xizmat  qila  olsa  m usannif niyatiga  etgan  bo'lar 

edi.


Toshkent-2016

A.Navoiy.  Hikmatlar

Alisher  Navoiyning  katta-kichik  hikmatlar  majmualari  ko'p 

marotaba  nashr  qilingan.  Yigirma  jildlik  Mukammal  asarlari 

to'plam i  asosida  tayyorlangan  ushbu  kitob  shoirning  hikmatli 

so'zlarini  imkon  qadar t o l a  qamrab  olgani  bilan  alohida qimmat 

kasb  etadi.  Adabiyot ixlosmandlari  undan buyuk  mutafakkirning 

olam va oda,  shaxs va jamiyat,  hayot mohiyati va inson umrining 

mazmuni,  haqiqat va yolg'on,  yaxshilik va yomonlik,  do'stlik va 

dushmanlik,  muhabbat va  sadoqat,  diyonat va  hiyonat,  savob  va 

gunoh.  Halol  va  harom,  saxiylik  va  baxillik,  samimiyat  va  riyo, 

qo'yingki  insoniyat  aqliyu  ko'nglini  band  etib  kelgan  barcha 

azaliy  va  abadiy  mavzular,  qadriyat  hamda  tushunchalar,  fazilat 

va  illatlar  haqidagi  shaklan  go'zal,  mazmunan  teran  va  badiiy 

yuksak  fikr-mushohadalarini  topishlari  shubhasiz.  Bu  tafakkur 

ummonida suzgan hikmat durlarini,  bu hikmat bo' stonida kezgan 

m a’rifat 

gullarini 

qo'lga 


kiritishga 

ishonchimiz 

komil. 

Navoiyning  hikmatlar  olamiga  sayohatingiz  muborak  bo'lsin,



aziz

hikmatsevar

do' stlar!

Ahmad Muhammad  Tursun 

Hikmatlar kitobi

Qo'lingizdagi  ushbu  kitobga  Sharqu  G'arbning  atoqli 

donishmandlari,  mutafakkirlari,  olimlari  va  adibu-shoirlaridan 

uch  yuzdan  ortiq  kishining  ikki  mingdan 

ziyod  qaymoq 

fikrlari,  pandu  nasihatlari,  hikmatli  so'zlari  kirgan  Kitob 

musannifining  maqsadi-  kishilarni  yaxshi  axloqqa  chorlash, 

ularning ruhiy olamini  boyitishga  va haqiqatni  tanitishga hissa 

qo'shish,  kitobxonni  jahon  tafakkuri  xazinasi  durdonalari  va 

hikmatlari  bilan  siylab,  tafakkur  olamida  sayr  qildirish.



Hikmatlar hazinasi

Donishmand  ajdodlarimizning  avloddan  avlodga  o'tib 

kelayotgan  qomusiy  bilim,  keng  dunyoqarash,  katta  hayotiy 

tajriba,  nozik kuzatish mahsuli bo'lgan  chuqur mazmun va teran 

falsafaga  ega  hikmatli  so'zlari,  fikr-mushohadalari,  pand- 

nasihatlari  qadim  ul-ayyomdan  m a’naviy-axloqiy  tarbiyaning 

qudratli  quroli  bo'lib  kelgan.  Qo'lingzdagi  kitob  Sharqning 

mashhur  olimlari  va  mutafakkir  adiblari  asarlari  ichida  kelgan 

ana  shunday  purm a’no  hikmatlari  va  qayroqli  fikrlari  asosida 

tuzildi.  Ular  yosh  avlodning  axloqiy  tarbiyasi  va  m a’naviy 

kamoloti  yo'lida  beminnat  murabbiy  va  hayot  darsligi  bo'lib 

xizmat 


qilishi 

shubhasiz.



Sadriddin  Salim Buxoriy 

Hikmatdir dunyo

Sadriddin  Salim  Buxoriy  1946  yil  Buxoro  shahrida  ziyoli 

oilasida  tug'ilgan.  U  1972  yilda  hozirgi  Buxoro  Davlat 

universitetining  chet tillar fakultetini  tamomlab,  uzoq yillar ushbu 

dargohda  yoshlarga  saboq  bergan.  O 'zbekiston  Yozuvchilar 

uyushmasining  a’zosi  Sadriddin  Salim  Buxoriyning  bir  necha 

she’riy  kitoblari,  shuningdek,  tarixiy-m a’rifiy  mavzular  hamda 

tasavvuf  avliyolari  tarixiga  doir  o'ttizdan  ziyod  asarlari  nashr 

qilingan. 

besh 



qismdan 

iborat 


“Imon 

al-Buxoriy” 

televideofilmi,  “Abu  Hafs  Kabir”,  “Xojai  Jahon”  telefilmlari 

ssenariysi  muallifi.  U  Gyotening  “G 'arbu  Sharq  devoni”  kitobini 

olmon  tilidan,  Xoja  O rif Revgariyning  “Orifnoma”,  Muhammad 

Boqirning  “Maqomoti  Shohi  Naqshband”,  Xoja  Shahobiddining 

“Maqomoti  Sayid M ir Kulol” kitoblarini fors-tijik  tilidan o'zbek

tiliga tarjima qilgan.



Matlabbeka Ulug'bek qizi 

Yangi asr hikmatlari

M azkur to'plam  xalq hikmatlari,  maqolalari va muallifning 

kuzatishlari  asosidagi pedogogik xulosalardan iborat.  Ko'plab 

mavzularni  qamrab  olgan ushbu kitob tafakkurni  chrxlashda,  ezgu 

xislatlarni takomillashtirishga yaqindan yordam beradi.  Ushbu 

to'plam  ikki  qismdan iborat bo'lib, unda xalq hikmatlari,  maqollari 

va keksa muallima,  O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim i  a’lochisi, 

“ Shuhrat”  medali nishondori Matlabbeka U lug'bek qizining 

pedogogik xulisalari  o 'z ifodasini topgan.  Kitob  keng kitobxonlar 

ommasiga mo'ljallangan.



Gyote 

Hikmatlar

Ushbu  majmua  o'quvchini  ulug'  nemis  mutafakkiri  Gyotening 

g'oyatda  boy  badiiy  hamda  ilmiy  merosidagi  chuqur  talqinli  o'y- 

fikrlari  hamda  she’riy  jozibadorligi  bilan  alohida  ajralib  turuvchi 

hikmatlari-  zakivat  xazinasi  durdonalari  bilan  tanishtiradi.  Majmua 

o'quvchi  va  talabalar  ,  muallim-pedogoglar,  m a’naviyat-ma’rifat  ishi 

jonkuyarlari,  keng ziyolilar ommasi uchun mo'ljallangan.

Insonga xato qilish xos,  shu tufayli ham uning do'stlari bor.

Modomiki  aqlli javobni xohlar ekansan -  aqlli  savol ber.


Zakovat durdonalari 

Yohann Volfgang Gyote

Ulug'  olmon  adibi  Y.  V.  Gyote  (1749-1832)  shoir  va 

dramaturg,  adabiyotshunos,  huquqshunos,  faylasuf,  tabiatshunos va 

davlat  arbobi  hamda  “Yosh  Verterning  iztiroblari”,  “G 'arbu  Sharq 

devoni”,  “Faust”  singari  boqiy asarlar, va  3  mingdan ziyod she’rlar 

muallifidir.  Nemis  yozuvchisi  Klaus  Zeehafer  qalamiga  mansub 

ushbu  risolada  o 'z  ijodi  bilan jahon  adabiyoti  xazinasiga  salmoqli 

hissa  qo'sjgan  ulug'  siymoning  hayoti  va  ijodiy  faoliyati  haqida 

hikoya  qilinadi.Shuningdek,  daho  shoir  va  mutafakkir  qalamiga 

mansub  Tabiat,  Inson,  hayot  ,  ijod  va  san’at  haqidagi  hikmatlar 

ham  o'rin  olgan.  Tarjimon  M.Akbarov  mazkur  hikmatlar tarjimasi 

ustida  ishni  davom  ettirdi.  Buning  natijasi  o'laroq  asliyatdan 

o'girib,  ilk  marta  e’lon  qilinayotgan  Gyotening  ushbu  hikmtalri 

ham 


kitobxonlarda  qiziqish  uyg'otadi,  deb  umid  qilamiz.

Zakovat durdonalari 

100 mumtoz  faylasuf

Qo'lingizdagi  kitobda jahon falsafasining XX asrgacha yashab 

ijod  qilgan  mumtoz  vakillari  hayoti  va  quyma  fikrlari  imkon 

darajasida jamlangan.  Majmua  nafaqat  falsafa  ixlosmandlari,  balki 

o'quvchilarning  keng  ommasi  uchun  ham  tushunarli,  foydali  va 

qiziqarli  bo'ladi  deb  umid  qilamiz.  Chunki  majmuadagi  ibratli 

hayot yo'llari  haqidagi  m a’lumotlar va purma’no  fikrlar  o'zini  o'zi 

isloh 


qilish 

istagida 

bo'lgan, 

haqiqatning 

rang-barang 

manzaralaridan  zavq  olishga  qodir  hech  bir  kimsani  befarq 

qoldirmaydi.  Dunyo  tafakkur  xazinasidan  bir  zarrasiga  kitob 

javoningizdan  va,  albatta,  qalbingizdan joy  ajratish  qarorini  qabul 

qilganligingiz 

muborak 


bo'lsin!

111  Vatandosh Allomalarimiz 

Insoniy fazilatlar haqida  hikmatli  so'zlar

Ushbu  kitobda  yurtimiznng  ulug’  insonlari,  mashhur  allomalari, 

turli  davrda  yashagan  shoiru  fozillari,  yozuvchiyu  faylasuflarining 

Vatan  haqidagi,  inson  hayoti  va  faoliyati,  fazilati  va  qusurlari,  ko’ngil 

mulki,  boringki,  borliq  va  yo’qlik  haqidagi  hayot  haqiqatlari,  hikmatli 

iboralari  jamlangan.Bir-birini  takrorlamaydigan,  mavzu  doirasida 

uzviy  davomli  mazkur  aforizmlar  o’quvchi  m a’naviyatini  boyitishga 

ishonamiz.

Vatan mening jonu tanim  sajdagohimdur.

Odam  ersang tashqi  suratga berma zeb,



Ona yurtingni hamisha aula zeb.

E'tiboringiz uchun  raxmat!

Tayyorlovchi:  M a’lumot-bibliografiya axborot bo'limi xodimlari.


Download 30.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling