Jahongir Husanov


Download 351.8 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.12.2020
Hajmi351.8 Kb.
#161437
Bog'liq
09. Nomenklatura JHF


Jahongir  Husanov

 

Diamond_Kimyo kanali

 

@DTMkimyoJHF

 

 



 

Nomenklatura 

 

Moddalarning nomi asosan 3 xil usul bilan ifodalanadi. 



 

1. Tarixiy ( trivial, tasodifiy) nomenklatura. Tarixiy nom – moddaning kelib chiqishiga qarab, uning 

tabiatda uchrashi, rangi,  ta`mi va boshqa xususiyatlari, olingan manba va kashf qilgan olim nomiga qo`yiladi. 



Masalan: chumoli  kislota HCOOH  –  chumolidan olingan,  shovul kislotasi  HOOC–COOH –  shovul  o’simligi 

bargida  uchraydi,  glitsin  NH

2

CH

2



–COOH  –  shirin  degan  ma’noni  anglatadi,  chunki  glitsinning  ta’mi  shirin 

bo’ladi va h.k 

 

2. Ratsional nomenklatura XIX asrdan boshlab organik moddalarni ratsional nomlash (lotincha “ratio” 

fikrlash  degani)  qo’llanilgan.  Ratsional  nomenklatura  bo’yicha  nomlashda  organik  moddalani  biror  bir  qismi 

o’zak qilib olinadi va uni gomologlari uning hosilalari deb qaraladi. M; alkanlar metanni xosilalari deb qarash 

mumkin. 


 

 

 



Ratsional  nomenklaturada  organik  birikmaning  necha  xil  radikallardan  tuzilganligi  aniqlanadi.  Ammo 

gomologik qatorda uglerod atomlari soni ortishi bilan izomerlar sonining ortishi ularni ratsional nomenklatura 

bilan atashni murakkablashtiradi. Shuning uchun ratsional nomenklatura  sistematik nomenklaturaga almashgan. 

 

3.  Sistematik  nomenklatura.  Ushbu  nomenklatura  dastlab  1892  –  yilda  Jeneva  shahrida  qabul 

qilinganligi  tufayli  Jeneva  nomenklaturasi  ham  deyiladi.  Bu  nomenklatura  keyinchalik  1960  –  yilda  qayta 

ishlangan va takomillashtirilgan va Xalqaro nomenklatura nomi berilgan. (IUPAC (IYuPAK) – International of 

pure  Applied  Chemistry.  Sofa  va  Amaliy  kimyo  Xalqaro  ittifoqi)  Bu  nomenklatura  hozirgi  kunda  sistematik 

nomenklatura nomini olgan. 

 

 

 

 


Jahongir  Husanov

 

Diamond_Kimyo kanali

 

@DTMkimyoJHF

 

 



 

Sistematik nomenklatura bo’yicha nomlashda quyidagi qoidalarga  

qat’iy ravishda, ketma – ketlik bo’ylab amal qilish lozim 

 

 



 

Bosqich 

 

 

Izoh 

 

 

 

 



Modda 

nomini hosil 

qilish 

1) Agar modda izomerlarga ega bo’lmasa uning shunchaki nomini aytish yetarli 

2)  Agar  modda  izomerga  ega  bo’lsa,  lekin  tarmoqlanmagan  to’g’ri  zanjirli  bo’lsa  modda  nomi 

oldidan 


normal

 so’zi qo’shib o’qiladi va yozuvda modda oldidan 



n–

 belgisi qo’yiladi 

3) Agar zanjir tarmoqlangan bo’lsa, avval asosiy zanjir tanlanadi va raqamlanadi, va quyidagilar 

birin–ketin aytiladi. (yoki yoziladi) 

a) avval radikallar nomi aytiladi. Ularning joylashgan o’rni raqam bilan ko’rsatiladi. 

b) So’ngra asosiy zanjirga to’g’ri keluvchi modda nomi aytiladi 

c) va molekulada o’rni o’zgaruvchi funksional guruh bo’lsa, uning tegishli qo’shimchasi qo’shilib, 

joylashgan o’rni raqam bilan ko’rsatiladi 

4) Bir xil o’rinbosarlar soni bir nechta bo’lsa ularning miqdori yunon raqamlari bilan  ifodalanadi: 

Masalan: 



1

 ta bo’lsa 



mono

 (odatda aytilmaydi), 



ta bo’lsa 



di



3

 ta bo’lsa 

tri,

 

4

 ta bo’lsa 

tetra

,  


5 

ta bo’lsa 



penta

 va h.k. 



 

 

 

 



II 

 

Dastlab 



asoziy zanjir 

aniqlanadi 



Asosiy zanjir tanlashda quyidagilarga amal qilish lozim 

1) Asosiy zanjir tegishli funksional guruhni (agar bor bo’lsa) o’z tarkibida tutishi lozim 

2) Asosiy zanjir eng uzun bo’lishi lozim 

3)  Agar  uzunligi  bir  xil  bo’lgan  bir  necha  xil  uzun  zanjir  topilsa  ular  orasidan  eng  ko’p 

tarmoqlangani tanlanadi 

 

 



 

 

 



III 

 

 



 

Tanlab 


olingan 

asosiy zanjir 

raqamlanadi 

Zanjirni raqamlashda quyidagilarga amal qilish lozim 

1) Agar molekula tarkibida  

– COOH         – CHO         – CN         – COGal         – CONH

2

  



kabi funksional guruhlar mavjud bo’lsa, bu funksional guruh tarkibidagi uglerod atomiga 

1

 raqami 


beriladi va zanjirni raqamlash ushbu uglerod atomidan boshlanadi 

2)  Agar  molekula  yuqoridagilardan  boshqa  funksional  guruh  tutsa,  zanjirni  raqamlash  ushbu 

funksional guruh yaqin tomondan boshlanadi. 

3) Agar molekula tarkibida funksional guruh tutmasa (alkanlar) yoki funksional guruh zanjirning 

o’rtasida joylashgan  bo’lsa  yoki 

1

  raqamini  oluvchi  funksional  guruhlar  zanjirning  ikki  boshida 

joylashgan bo’lsa zanjirni raqamlash radikalning holatiga qarab aniqlanadi. Bunda: 

4) Zanjirni raqamlash radikal yaqin turgan tomondan boshlanadi 

5) Agarda zanjirning turli boshidan bir xil masofada joylashgan ikki xil radikal bo`lsa, sodda radikal 

yaqin turgan tomondan raqamlanadi. 

6) Zanjirning turli boshidan bir xil masofada joylashgan radikallar bir xil bo`lib, bir tomonda 2 ta, 

bir tomonda 1 ta bo`lsa 2 talik tomondan raqamlanadi. 

7) Zanjirning turli boshidan bir xil masofada joylashgan radikallar bir xil bo`lib, miqdori ham bir 

xil bo’lsa, undan keyingi joylashgan radikallarga qaraladi. 

(Yuqoridagi 4, 5, 6, 7 – tartib bo’yicha) 

8) Agar boshqa radikal bo’lmasa yoki bir xillik davom etsa zanjirni qay tomondan raqamlashning 

ahamiyati yo’q 

9)  Turli  xil  funksional  guruh  tutgan  birikmalarni  nomlashda  katta  funksional  guruh  asosiy  qilib 

tanlanadi va qolgan funksional guruhlar o’rinbosar sifatida qaraladi. 

10)  Funksional  guruhlarning  katta  kichikligini  aniqlashda  quyidagi  ketma  –  ketlikka  amal  qilish 

lozim 

–R

 → 



–Gal 

→ 

=



 → 

 → 



–OH 

→ 

–NO



2

 

→ 



–NH

2

 



→ 

–CO– 


→ 

–CHO 


→ 

–COX 


→ 

–COOH


 

 

 



 

 


Diamond_Kimyo_kanali'>Jahongir  Husanov

 

Diamond_Kimyo kanali

 

@DTMkimyoJHF

 

 



 

 

Taklif va mulohazalar uchun:  



@Jahongirkimyo 

 

 

 

 



 

 

Telegram manzilimiz 



Diamond_Kimyo 

kanali.  



 

 

 



Kanalimiz linki 

@DTMkimyoJHF 

 

Diamond_Kimyo kanaliga a’zo bo’ling va bundanda ko’prog’iga birinchilardan bo’lib ega bo’ling. 

Biz bilan mukammallikka erishing. 

 

 

Download 351.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling