Jahongir, [
Download 17.94 Kb.
|
Kartoshka yetishtirish
Jahongir, [04.02.2023 14:46] Hozirgi kunda 156 mamlakatda yiliga 377 million tonnaga yaqin kartoshka yetishtiriladi.   Kartoshka, xalqimiz ta'biri bilan aytganda, ikkinchi non. Chunki u ham non kabi me'daga tegmaydi. U nafaqat to'yimliligi, balki shifobaxshligi bilan ham o'ziga xosdir. Kartoshka tarkibida oqsil, yog', uglevodlar, organik kislotalar, V1, V2, RR, S, D, K, E, A vitaminlari, natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir, fosfor, yod kabi elementlar mavjud. Boshqa jihatdan, “ikkinchi non” atamasining o'zi uning ijtimoiy ahamiyatini belgilaydi va oziq-ovqat iste'molida muhim o'rin tutadi. Uning sifatli va arzon bo'lishi har bir oila farovonligiga ta'sir qiladi. Hozirgi kunda 156 mamlakatda yiliga 377 million tonnaga yaqin kartoshka etishtiriladi. Xitoy, Hindiston, Rossiya, Ukraina, AQSH, Germaniya, Bangladesh, Polsha, Fransiya va Niderlandiya eng yetakchi ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. O'zbekiston bu ro'yxatda 23-o'rinda turadi. 2020-yilda barcha toifadagi xo'jaliklarda 2,9 million tonna kartoshka etishtirildi, shundan 1,5 million tonnasi fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi korxonalari hissasiga to'g'ri keldi. “East fruit” kompaniyasi tahlilicha, yurtimizda kartoshka yetishtirish hajmlari yildan yilga aholi sonidan ham tezroq o'sib boryapti. Natijada 2000-yildan 2020-yilga qadar aholi jon boshiga kartoshka yetishtirishning yillik hajmi 29,5 kilogrammdan 91 kilogrammgacha, ya'ni 3 baravardan ko'proq o'sgan. Bu juda katta muvaffaqqiyat. Lekin tahlillar kartoshkaning qaysi navini qaerga ekish aniq hisobga olinmayotgani, ayniqsa, fermer va tomorqa xo'jaliklarida topilgan urug' qadalayotgani, pirovard natijada hosildorlik past darajada bo'lib qolayotganini ko'rsatmoqda. Shu bois, yurtimizga iste'mol uchun yiliga 200-300 ming tonna, urug'lik uchun 17 ming tonna kartoshka chetdan keltiriladi. Vengriya tajribasi qanday natija berdi? Shu yil mart oyi oxirida mamlakatimiz kartoshkachiligi sohasida muhim voqea yuz berdi. Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida O'zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi ish boshladi. Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan ushbu muassasa Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi negizida tashkil etildi. Markaz Vengriyadan keltirilgan navlarni sinovdan o'tkazish va urug'lik kartoshka ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Bu yerda mahalliy va xorijiy navlarni chatishtirish orqali kartoshka yetishtirishning barcha bosqichlarida sifatni ta'minlashga qaratilgan kompleks tizim ishlab chiqilishi, 50 dan ortiq nav mahalliylashtirilib, kartoshka genofondi yaxshilanishi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, in vitro, o'simliklar patologiyasi, kartoshkani saqlash fiziologiyasi, sifat nazorati bo'yicha laboratoriyalar, namunalar tayyorlash, etishtirish va saqlash xonalari faoliyati yo'lga qo'yildi. — Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi o'rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan, ushbu mamlakat selektsiyasiga mansub 6 ta — “Aranu clipke”, “Balatoni Rossa”, “Demon”, “Botant”, “White”, “09-688” nav namunalari yurtimiz tuproq-iqlim sharoitida sinash maqsadida olib kelindi, — deydi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rustam Nizomov. — Ularning urug'lik tuganaklarini ekish ishlari Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida, shuningdek, Bo'stonliq tajriba uchastkasi, Samarqand ilmiy tajriba stantsiyasi va “Bo'stonliq kartoshkachilik markazi” qo'shma korxonasida amalga oshirildi. Tajriba maydonlariga tomchilatib sug'orish tizimi o'rnatildi va o'simliklarni sug'orish hamda oziqlantirish ishlari ular orqali avtomatlashgan holda olib borildi. Nihollarga zarar keltiruvchi hasharot va kasalliklarga qarshi tadbirlar institutimizning O'simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish laboratoriyasi olimlari tomonidan tavsiya etilgan biologik va kimyoviy preparatlar asosida o'tkazildi. ekilgan navlar o'sib-rivojlanishi bo'yicha fenologik kuzatuvlar Jahongir, [04.02.2023 14:46] va biometrik o'lchovlar o'z muddatida qayd etib borildi. Tahlil va xulosalar asosida 6 ta nav namunasidan barchasining o'sib-rivojlanishi, mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashishini ijobiy baholash mumkin. O'suv va meva shakllanishi jihatidan “09-688” (mevasi sarg'ish rangda), “Demon” (qizil rangda), “Aranu clipke” ( oq-sarg'ish rangda) boshqalariga nisbatan ertaroqligi kuzatildi. Mevalari yirik ko'rinishga ega “Demon”, “Balatoni Rossa”, “Botant” (mevasi qizil rangda) nav namunalarida bozorboplik xususiyati yuqoriroq baholandi. Taqqoslanganda, olimlarimiz tomonidan reestrga kiritilgan “Pskom” navida o'rtacha hosildorlik gektar boshiga 18,6 tonnani tashkil etgan bo'lsa, Vengriyaning “Botant” navida 39,5 tonnadan ko'proq tosh bosdi. Bu ko'rsatkich o'z standart naviga nsbatan 112 foiz yuqori hisoblanadi. SHu jihatdan olganda, “Araniy Clipke” navi respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga to'liq moslashmagani bois standart naviga nisbatan o'rtacha hosildorligi 3,3 tonna kam bo'ldi. Degustatsiya usulidagi tahlillar hosildorligi eng yuqori bo'lgan “Balatoni Rossa” va “Botant” navlarida tugunaklar ta'mi boshqalariga nisbatan ancha yaxshi va shakli bozorgir ekanini ko'rsatdi. Mavsumiy tajribalarga asoslanib, ishlab chiqarishga ertangi muddatda “Balatoni Rossa”, “Botant”, “White” “Demon”, “09-688” navlarini ekish tavsiya etiladi. Vengriya seleksiyasiga mansub ertapishar kartoshka navlarini har tomonlama baholash ishlari davom ettiriladi. Shu bilan birga, institut laboratoriyasida fuzarioz vilti va fitoftora qo'zg'atuvchilarini ajratish, ularning tur tarkibi, rivojlanishi, ko'payishi va ba'zi bioekologik xususiyatlarini o'rganish ishlari olib boriladi. Innovatsion usullar samarasida 2021-2023-yillarda hosildorlikni 30-50 foizgacha oshirish mo'ljallangan. 2024-yilga borib 21 ming tonna urug'lik kartoshka etishtirish, bu boradagi import o'rnini to'liq qoplash maqsad qilingan. Bu va boshqa samarador navlar O'zbekistonga yuqori avlodli urug'lik kartoshka yetkazib beruvchi asosiy davlatlar Niderlandiya va Rossiya hisoblanadi. Bunday kartoshkaning narxi transport xarajatlari va sotuvchi ustamasidan kelib chiqqan holda, uni mustaqil ravishda etishtirish imkoniga ega bo'lgan mamlakatlarga qaraganda kamida ikki baravar yuqori bo'lyapti. Urug'lik kartoshka qiymati esa odatda uni etishtirish xarajatlarida eng katta ulushni egallaydi. Masalan, Samarqand viloyati Bulung'ur tumanidagi “Shamsiddin Jalilov dalasi” fermer xo'jaligi o'tgan yili Niderlandiyadan 340 tonna urug'lik kartoshka olib kelib, hududdagi fermer xo'jaliklariga etkazib bergan. Uning sifatidan fermerlar mamnun bo'ldi, lekin tannarxi “chaqib” olgani bor gap. Chunki har bir kilogramm urug'lik narxi 11 ming so'm bo'lib, shundan yo'l xarajati 8 ming so'mni tashkil qilgan. Hisob-kitoblar agar ana shu urug' o'zimizda etishtirilsa, uning narxini qariyb teng yarmiga pasaytirish mumkinligini ko'rsatadi. Qayd etganimizdek, urug'lik elita navlarining asosiy qismi yurtimizga chetdan olib kelinadi. Prezidentning 2020-yil 6-maydagi “Respublikada kartoshka etishtirishni kengaytirish va urug'chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida“gi qarorida ana shu jihatlar hisobga olinib, xorijdan keltiriladigan urug'lik 2023-yil 1-iyulgacha bo'lgan muddatga bojxona bojidan ozod etilgan. Shu vaqt mobaynida mamlakatimizda soha urug'chiligini rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi. Xususan, kartoshka ekish uchun mo'ljallangan ekin maydonining kamida 50 foizida super elita va (yoki) elita va avlod urug'larini etishtirishni yo'lga qo'yilishini ta'minlanishi belgilangan. Urug'lik kartoshkani saqlash, saralash, etkazib berish va qayta ishlashni yo'lga qo'yish, sohaga ilg'or texnologiyalar, innovatsion echimlar (nou-xau) va ilm-fan yutuqlarini joriy etish ham ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Jahongir, [04.02.2023 14:46] Qishloq xo'jaligi vazirligi ma'lumotiga ko'ra, kartoshkaning O'zbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan 131 ta navi davlat reestriga kiritilgan, shundan 19 tasi mahalliy ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan yaratilgan. — Ularning 11 tasi institutimiz olimlarining ko'p yillik ilmiy tadqiqotlarining amaliy samarasidir, — deydi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rustam Nizomov. — “To'yimli”, ”Aqrab”, “Diyora”, “Ko'ksaroy”, ”Hosil” va, ayniqsa, keyingi paytda yaratilgan “Feruza”, “Bog'izg'on” kabi navlar keng maydonlarga ekilib kelinyapti. Lekin o'sib borayotgan bozor talabiga chetdan keltirilib, zaminimiz bag'rida etishtirilayotgan kartoshka ko'proq ma'qul kelmoqda. Bu, o'z navbatida, mahalliy va xorijiy selektsiya hamda biotexnologik navlarning birlamchi urug'chiligini yo'lga qo'yish, urug'lik bo'yicha mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yanada kengaytirishni taqozo etyapti. Kartoshkachilik sohasini rivojlantirish hamda yangi navlar yaratishda Jahon kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlikda ishlanmoqda va botanik urug'lardan kartoshka etishtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Qishloq xo'jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligidagi umumiy qiymati 195 ming dollar bo'lgan loyiha 2021-2023-yillar davomida amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi kartoshka ishlab chiqarish sohasi salohiyatini oshirishga qaratilgan bo'lib, bunga navlarni ro'yxatga olish va sertifikatlash tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar yo'nalishini modernizatsiyalash, yuqori sifatli kartoshka ishlab chiqarishni rivojlantirish va tayyor mahsulotlarni omborxonalarda saqlash sharoitlarini yaxshilash orqali erishiladi. Joriy yildan Bo'stonliq, Bulung'ur, YAngiqo'rg'on, Andijon, Oltiariq, Muzrabot, Mirzaobod tumanlarida sabzavot, poliz ekinlari qator orasida kartoshkaning birlamchi urug'chiligini tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan Ilmiy izlanishlar va innovatsion ishlanmalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, kartoshka navlari seleksiyasi va urug'chiligini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etildi. Kartoshkachilik klasterlari Yurtimizda iste'mol va urug'lik kartoshka etishtirishni oshirish, bu sohada klaster va kooperatsiya mexanizmlarini kengaytirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlash, ushbu mahsulotga bo'lgan ichki talabni to'liq qondirish maqsad qilingan. Yuqorida qayd etilgan qaror asosida 40 ta tuman kartoshka ekishga, shundan, 23 ta tumanda urug'lik kartoshka va 9 ta tuman yuqori avlodli urug'lik kartoshka etishtirishga ixtisoslashtirildi. Ushbu tumanlarda 8 ta kartoshkachilik klasteri tashkil etildi. Ishlab chiqarishning urug'chilikdan tortib chuqur qayta ishlashgacha bo'lgan butun jarayonini qamrab olgan “Agrover” agrosanoat kartoshkachilik klasteri faoliyatini namuna sifatida ko'rsatish mumkin. Klaster ishlab chiqarish jarayonlarini maqbullashtirish, er-suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun zamonaviy texnologiyalar va uskunalardan samarali foydalanib keladi. Xususan, ming gektarga yaqin yer maydonda yomg'irlatib sug'orish va mexanizatsiyalashtirish tizimi joriy etilgan. Bu nainki obihayotni, balki mineral o'g'it va ozuqlantirish tadbirlarini 40 foizgacha tejash, har gektar erdan 50 tonnagacha hosil olish imkonini beryapti. — Mamlakatimiz murakkab iqlim sharoitida joylashgani sababli kartoshka yetishtirish achayin murakkab, — deydi “Agrover” klasteri rahbari Farhod Tohirov. — Bizdagi issiq va quruq havo kartoshka ildizi bir tekisda, bir xil hajmda o'sishi uchun muayyan agrotexnik chora-tadbirlarni o'tkazishni talab qiladi. Bunda an'anaviy usulda sug'orish juda zahmattalab va serxarajat ishdir. Biz kartoshka etishtirishda tannarxni tushirish, sarf-xarajatlarni qisqartirish maqsadida barcha jarayonni mexanizatsiyalashga qaror qildik va bunga to'la erishdik. Jahongir, [04.02.2023 14:46] Masalan, sprinkler (masofadan turib) aylanma sug'orish imkonini beruvchi qimmatbaho texnologiyani xarid qildik, Fregat yomg'irlatuvchi mashinalaridan ham unumli foydalanyapmiz. Bu esa yurtimizning ayrim hududlarida yiliga uch marotabagacha hosil olish imkonini beryapti. Surxondaryo viloyatida biz kartoshkaning super erta va kechki navlarini yetishtiramiz. Dekabr – yanvar oylarida super erta navini ekib, aprel – may oylarida, kechki nav esa avgust oyida ekib, dekabrda yig'ib olinadi. Ular oralig'ida esa boshqa ekinlar ekiladi. Toshkent viloyatidagi pastqam joylarga mart oyida kartoshka urug'i qadaladi, iyunda pishib yetiladi. Uning super erta va erta navlari faqat iste'mol bozori uchun etishtiriladi. Tog'oldi hududlarida kartoshkaning o'rta va kechki navlarini ekamiz. Bu iste'mol bozoriga yuboriluvchi va keyingi yilga sifatli urug'li fondini shakllantiruvi asosiy manba hisoblanadi. Shu tariqa turli tabiiy sharoitni hisobga olib, 9 oy mobaynida kartoshka ekib, 7 oy davomida hosil olishimiz mumkin. Klasterga qarashli “Voʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJga Bo'stonliq tumanidagi foydalanilmayotgan va zaxiradagi yerlar hisobidan jami 1400 gektar yer o'ttiz yildan kam bo'lmagan muddatga ijaraga berilgan. Yaxlit plantatsiya maydonlarida urug'lik kartoshka uetishtirish yo'lga qo'yilgan. Uning yillik hajmi qariyb 20 ming tonnani tashkil etadi. Mazkur mahsulotning alohida saqlash sharoitlarini talab etishi ham inobatga olingan. Agrosanoat logistika markazining ishga tushirilishi 50 tonnagacha kartoshkani muzlatgichli omborlarda saqlash, birlamchi qayta ishlash (saralash, kalibrlash, qadoqlash) quvvatini esa soatiga 100 ming tonnaga etkazish imkoniyatini berdi. — Mamlakatimizda 2021-yil fermer va qishloq xo'jaligi korxonalarida jami 76 ming gektar maydonda kartoshka ekildi, — deydi Qishloq xo'jaligi vazirligi boshqarma boshlig'i Faxriddin Qirg'izboyev. — Erta bahorda asosiy maydonlarga 48,5 ming gektar va bog'-tok qator oralariga 6,4 ming gektar hamda g'alladan bo'shagan takroriy maydonlarga 21,1 ming gektar kartoshka urug'i qadaldi. Barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 3,2 million tonna (1,5 mln tonna fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi korxonalarida va 1,7 mln tonna dehqon xo'jaliklari va aholi tomorqa maydonlarida) kartoshka yetishtirish ko'zda tutilgan. Kartoshkachilik sohasi salohiyatini oshirish, yanada yuqori, barqaror hamda sifatli mahsulot yetishtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga ham xizmat qiladi. Sifatli urug' – bo'liq hosil, deganlaridek, kartoshkachilikning innovatsion usullar va zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirilishi dasturxonimizda “ikkinchi non”ning to'kin bo'lishiga mustahkam zamin yaratadi. Download 17.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling