Jalilov Jamshid G’anijonovich


Download 110.99 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2022
Hajmi110.99 Kb.
#607359
  1   2   3
Bog'liq
Sirojiddinov Shaxriddin
биофизика тест тўлиқ (1), Kompyuter yig, OPERATORLARNI QAYTA YUKLASH 2, DORIVOR O‘SIMLIKLAR kurs ishi, 2 5273834963173641468, 2 5273834963173641468, Документ Microsoft Office Word, 1.Мумтозбегим[1], Ratsional sonlar, Farmatsevtik kimyo, chernovek, MANZURA KURSss ISHI, 7230-Article Text-13181-1-10-20210523, Shomurodova Ro`zigul

Jalilov Jamshid G’anijonovich
Marketing kafedrasi, PhD, Katta o’qituvchi
Toshkent davlat Iqtisodiyot Universiteti
jalilovjg@mail.ru, +998 (97) 726 84 89
Sirojiddinov Shaxriddin Nurmamat o’g’li
Magistratura bo’limi MMRT – 10 2-kurs talabasi
Toshkent davlat Iqtisodiyot Universiteti
shaximarketolog@mail.ru, +998 (91) 195 00 94

Dunyo bozorida brand nomlariningo’ziga xos xususiyatlari.
Annotatsiya
Ushbu maqolada jahon bozoridagi eng yirik kompaniyalar nomlari, ularning jahonda qanday o’rin egallayotganining reytinglari haqida fikr yuritiladi va ularning iste’molchilarning jalb etish xususiyati hamda marketing sohasidagi yutuqlari ko’zda tutilgan holda O’zbekiston va dunyo bozoridagi ahamiyati haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: Brend, brend reytingi va iste’molchi e’tibori.
Abstract
In this paper, we have been discussing multinational and largest companies in the world market, their brand ranking in the world, and their importance in the Uzbek and world markets, given the nature of consumer engagement as well as marketing achievements.
Key words: Brand, brand ranking and consumer engagement.
Bugungi kun iqtisodiyot olami ko’plab o’zgarishlar va globallashuv maydoniga aylanib ulgurdi. Ushbu maydonning ajralmas qismi sifatida rivojlanib kelayotgan marketing jarayonlari ham butun jahon biznesi uchun yuqori ahamiyat kasb etib kelmoqda. Ayni shu jarayonlarning tarkibiy qismi o’laroq, har bir ishlab chiqarilayotgan yangi turdagi mahsulotlar uchun alohida o’ziga jalb qilish xusisiyatiga ega bo’lgan nom tanlanishi juda katta ahamiyatga ega va mahsulotlar ana shu nomlar orqali iste’molchilarga yetib borib, ularda sodiqlik hissini uyg’otib, uni “brend” darajasiga ko’taradi. Demakki, mahsulot nomi brend darajasiga ko’tarilib uning yangi statusini belgilab berar ekan, unda mahsulot uchun nom tanlash ham muhim bir jarayonligi yaqqol ko’zga tashlanib ulgurdi. Global iqtisodiyotda yuqori mashxurlik darajasiga ega bo’lgan mahsulotlar uchun nom tanlash dastavval bir muncha oddiy va oson jarayon bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda bu jarayon anchayin murakkablashgan bosqichga yetgan desak mubolag’a bo’lmasa kerak.
Brend - bu bir ishlab chiqaruvching tovarini yoki xizmatini boshqa ishlab chiqaruvchilardan farq qiladigan ism, atama, dizayn, belgi yoki boshqa xususiyatlarini bildiradi. Brendlar biznesda, marketingda va reklama sohasida tan olinish uchun ishlatiladi va eng muhimi, markaning mijozlari, uning egalari va aksiyadorlari manfaati, aniqlangan obyekt uchun tovar sarmoyasi sifatida qiymat yaratish va saqlash uchun ishlatiladi. Brend nomlari ba'zan umumiy yoki do'kon brendlaridan ajralib turishi kerak. Brend nomlari bilan ishlash esa o’z navbatida brending deyiladi va brending bu marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va uning elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi o‘ziga xos imijini yaratish sohasi.1
Mahsulot ishlab chiqarish sohasida birinchi navbatda kompaniyalar nomlari va ularning iste’molchilarga ta’sir qilish psixologiyasiga qarab mahsulotlarga nom qo’yish asosiy omil hisoblanadi. Misol uchun, O’zbekistondagi ba’zi kompaniya va firma nomlari iste’molchilarga ta’sir qilish doirasi bir muncha sust. Negaki, mahsulot nomi bir muncha chet el brend nomlari xususiyatlaridan foydalanib qo’yilgan nomlardir. Shuning uchun ham O’zbekiston milliy brendlar reytingida 100 ta davlat ichida 70-o’rinda turibdi. Brand Financening oxirgi tadqiqotlariga ko’ra, dunyoning eng qimmat milliy brendlari AQSh, Xitoy va Germaniya bo’lib qolmoqda. Milliy brendlarning baholanishi bo’yicha 2018-yilgi statistik ma’lumotlarga qaraganda AQSh 7.2 foizga o’sib, 27.751 trln dollarga baholangan, Xitoy brendlari 40,5 foizga yuqorilab, 19,486 trln dollargacha yetgan. Germaniya brendi esa 5.7 foizga arzonlashib, 4.855 trln dollarni tashkil qilgan. Shu qatorda O’zbekiston 70-o’rinda bo’lib, MDH davlarlari ichida 4-o’rinni egallagan. Bu oldingi yillarga nisbatan 2 pog’ona yuqori ko’rsatgich. Brendning baholanishida davlatning yalpi ichki mahsuloti, investitsiyaviy va turistik jozibadorligi, siyosati va savdo qoidalari, ijtimoiy jihatlari va boshqa mezonlar hisobga olingan.2
Qo’chimcha qilib shuni aytish joizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning nomi ham brend hisoblanadi. Masalan, Shvetsariya haqida o’ylaganizda birinchi navbatda banklar, soatlar va Alp tog’lari ko’z oldizga keladi, Yaponiya esa “Kunchiqar mamlakat” yoki bo’lmasa elektronikaning yuksak na’munalari, samuraylar ko’z oldizda namoyon bo’ladi. Dunyo bozorida mamlakatning nomi ham imij hisoblanadi. Mamlakat nomi brendi bo’yicha Brand Financening reytingida dastlabki o’rinlarni Singapur, Shvetsariya, BAA, Gonkong, Niderlandiyalar (AAA) egallab turibdi. O’zbekiston esa bunda 18 pog’ona yuqorilab 49-o’rinda (AA-) Italiya, Polsha, Quvayt davlatlari bilan bir qatordan joy olgan.
Kantar BrandZning 2021-yilgi dunyodagi eng qimmat brendlari bo’yicha olib borgan statistik ma’lumotlariga ko’ra Amazon va Apple yetakchilik qilmoqda.

Download 110.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling