Jaloliddin Manguberdi va Temurmalik jasoratlari Reja


Download 106 Kb.
Sana14.05.2020
Hajmi106 Kb.
#105917
Bog'liq
Jaloliddin Manguberdi va Temurmalik jasoratlari




Jaloliddin Manguberdi va Temurmalik

jasoratlari

Reja:


  1. Tariximizdagi ulug‘ zotlardan biri Jaloliddin Manguberdi

  2. Jaloliddin Manguberdini yurishlari vatanga qilgan xizmatlari

  3. Jaloliddin Manguberdi (Mankburni) xotirasini abadiylashtirish

Tariximizdagi ulug‘ zotlardan biri mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan Jaloliddin Manguberdidir. O‘rta asr musulmon mualliflari, jumladan uning vaziri va mirzasi ham bo‘lgan an-Nasaviy uni Mankburni, (ya’ni mank belgi, xol degan ma’noda, xoldor burunli degan ma’noni anglatgan) nomi bilan atashgan.

Jaloliddin og‘ir bir paytda Movaraunnahr urush domiga tortilgan, mamlakatning katta qismi mo‘g‘ullar tomonidan istilo etilgan, imperiya qo‘shini yakson qilingan, amirlarning bir qismi xoinlik yo‘liga, qolgani o‘z joni-mulkini asrash yo‘liga tushgan, sulton mamlakatni o‘z holiga tashlab qo‘ygan, o‘zaro sarosima va tahlika hukm surgan bir vaqtda tarix sahnasida paydo bo‘ldi. Jaloliddin shunday bir og‘ir vaziyatda, Vatan va xalq erki uchun kurashib, mo‘g‘ullarga qarshi 11 yil kurash olib bordi. 14 marotaba mo‘g‘ullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Mo‘g‘ullar bosqini arafasida Jaloliddin garchi katta o‘g‘il bo‘lsa-da, buvisi Turkon-xotun tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan bo‘lib, taxt vorisi etib Turkon-xotun urug‘idan bo‘lmish boshqa bir shahzoda Qutbiddin O‘zloqshoh valiahd deb e’lon qilingan edi.

G‘azna, Bamiyon, al-G‘ur, Bo‘st, Takinobod, Zamin-Davora va Hindiston bilan chegaradosh yerlar esa Jaloliddinga mulk etib berilgan edi. Garchi Jaloliddin buvisining izmi bilan markazdan chetlatilgan bo‘lsa-da, lekin sulton unga alohida muhabbat bilan qarar, uning jasurligini qadrlar va uni o‘zidan uzoqlashib ketmasligini xohlar edi. Shuning uchun ham unga vazir etib taniqli davlat amaldori Shams-al Mulk Shahobiddin Alp al-Xaraviyni, noib (o‘rinbosar) etib esa sarkarda Kuzbar Malikni tayinlaydi. Muhammad Xorazmshoh plevrit (o‘pkaga suv yig‘ilish) kasali bilan og‘rib taxminan 1220-yilning oxirlarida (hijriy 617-y.) quvg‘inlikda Kaspiy dengizidagi Ashuradi orolida vafot etadi. O‘limi oldidan sulton Jaloliddinni taxt vorisi deb e’lon qilib, sultonlik ba’zi rutbalarini unga topshiradi. Jaloliddin o‘z inilari O‘zloqshoh va Oqshohlar bilan otasini dafn etgach, 70 ta kishisi bilan to‘g‘ri Urganchga keladi. Tez orada unga Xo‘jand hokimi Temur Malik va boshqa erksevar kishilar kelib qo‘shiladilar. Xalq Jaloliddin Manguberdini shod-u-xurramlik va katta umid bilan kutib oladi.

Lekin inisi O‘zloqshoh va uning tarafdorlari unga qarshi fitna tayyorlayotganidan xabar topgach, bu alfozda mo‘g‘ullarga qarshi kurashib bo‘lmasligini tushungan Jaloliddin 300 ta kishisi bilan yashirincha Xorazmni tark etadi. Hozirgi davrdagi yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatayaptiki, Jaloliddinning mo‘g‘ullar bilan ilk to‘qnashuvi avval boshida Jand viloyatidagi Irg‘iz dashtida bo‘lgan ekan. Jaloliddin 16 kun ichida Xorazmdan Xuroson yerlaridagi Niso qo‘rg‘oni atrofiga yetib keladi. Chingizxon sulton o‘g‘illarining Xorazmga qaytganliklaridan xabar topgach agarda ular Xurosonga chekinmoqchi bo‘lsalar, ularga qarshi chiqadi degan maqsadda o‘z qo‘shinidan Xurosonning har yeriga pistirmalar qo‘yadi. Jaloliddin Niso yaqinida o‘zining 300 ta askarlari bilan mo‘g‘ullarning 700 kishilik qo‘shinini zarbaga uchratadi. Mo‘g‘ullar batamom mag‘lub etiladi.

Bu vaqtda Jaloliddinning ukalari O‘zloqshoh va Oqshohlar sarosimaga tushib, nima qilishlarini bilmay, Jaloliddin ketidan ular ham Xurosonga ketishadi. Mo‘g‘ullarning kichik otryadi ustidan g‘alaba qozonib, bu g‘alabaga juda katta e’tibor berib yuborishadi. Shundan so‘ng aysh-u-ishratga berilib, Xurosonning Xabushan shahri yaqinida mo‘g‘ullarga qarshi navbatdagi kurashda qo‘lga tushib, qatl etiladilar. Mo‘g‘ullar qatl etilgan shahzodalarning kallalarini namoyishkorona tarzda birmuncha vaqt Xurosonda olib yurishadi. Jaloliddinning yana bir inisi Rukniddin G‘ursanjiy (manbalar unga «aql-zakovat va ko‘rkamlikda tengi yo‘q» deb ta’rif berishgan) Eronning Ustunavand qal’asida 6 oy mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib borib, mardonavor tarzda halok bo‘ladi. Jaloliddin esa bu vaqtda Nishopurga yetib keladi. Bir oy davomida mo‘g‘ullarga qarshi kurashish maqsadida barcha amir, sarkardalarga qo‘shin yig‘ish xususida murojaat qiladi. Mo‘g‘ullar uning ushbu faoliyatidan xabardor bo‘lganliklarini bilgach, Zavzon (Nishopur va Hirot oralig‘ida) tumanidagi al-Qohira qal’asiga kelib o‘rnashadi. Afsuski, bu vaqtda mahalliy noib hokimlar uning atrofida jipslasha ololmaydilar. Hali yetarli kuchga ega bo‘lmagan Jaloliddin qal’ada uzoq turish xavfli ekanligini tushunib, G‘azna tomon yo‘l oladi.

Chingizxon esa bu vaqtda ulkan qo‘shin bilan Xurosonga izma-iz kelayotgan edi. Jaloliddin G‘aznaga yetmasdan yaqin orada Hirot hokimi hamda qayinotasi bo‘lmish Amin Malik bilan uchrashadi va ular birgalikda Qandahor qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ullar ustiga yurish qiladilar. Jaloliddin bu kurashda harbiy ilm tarixida ilk bora “piyoda yoyandozlar”ni mo‘g‘ullarning otliq askarlariga qarshi qo‘yadi. Inglizlar keyinchalik bu harbiy usulga yuqori baho berib, o‘zlarining Kress yonidagi mashhur janglarda undan foydalanishadi. Uch kunlik jangdan so‘ng mo‘g‘ullar mag‘lub etilib Jaloliddin g‘olib bo‘ladi va u G‘azna tomon yo‘l oladi.

U 1221-yilning fevralida G‘aznaga kirib keladi. Manbalarning qayd etilishicha, xalq Jaloliddinni juda katta tantana bilan kutib oladi. Shahar xuddi xayit bayramidek shod-xurramlikka to‘ladi. G‘aznada Jaloliddin xizmatiga Sayfiddin O‘g‘roq al-Xalajiy, Balx hokimi A’zam Malik, afg‘on qabilalari sardori Muzaffar Malik va qarluqlar rahbari al-Hasan qarluq o‘z qo‘shinlari bilan qo‘shiladilar. Jami qo‘shinning soni tarixchilarning xabariga ko‘ra 90-130 ming kishi atrofida bo‘lgan. Chingizxon Jaloliddinning kuch-qudratini oshib borayotgani va mo‘g‘ullar undan Qandahorda zarbaga uchraganligidan g‘azablanib, no‘yon Shiki Xutuxu boshchiligidagi qo‘shinni uning ustiga yuboradi. U 1221-yilning kuzida Jaloliddin yerlariga yaqinlashib keladi. Bu vaqtda mo‘g‘ullarning Tekechuk va Molgor boshchiligidagi ilg‘or guruhi Chorikordan shimolroqdagi Valiyon qo‘rg‘onini qamal qilishni boshlagan edi.



1Jaloliddin bir hamladayoq mo‘g‘ullarni zarbaga uchratishga muvaffaq bo‘ladi.

Bu jangda mo‘g‘ullarning 1000 dan oshiq kishisi halok bo‘ladi. Ko‘plab tarixchilar jumladan, ibn al-Asir, Juvayniy, Rashididdin bu jangga yuqori baho bergan edilar. Jaloliddinning mo‘g‘ullarga qarshi muhim janglaridan biri 1221 yilning kuzida shimoliy Afg‘onistonning Lagar daryosi bo‘yidagi Parvona dashti yaqinida bo‘lib o‘tadi. Birlashgan qo‘shinga shaxsan Jaloliddinning o‘zi lashkarboshilik qilib, o‘ng qanotga Amin Malik, chap qanotga Sayfiddin O‘g‘roq boshchilik qilishadi. Mo‘g‘ullar jon-jahdlari bilan kurashga kiradilar. Hatto Shiki Xutuxuning buyrug‘i bilan Jaloliddin qo‘shiniga xavf tug‘dirish maqsadida har bir mo‘g‘ul askari orqasiga tulup o‘tkazib ham qo‘yishadi. Parvona jangi mo‘g‘ullarning mutlaq mag‘lubiyati bilan tugab, Shiki Xutuxu qolgan qutgan qo‘shini bilan Chingizxon huzuriga bazo‘r qochishga ulguradi.

Parvona yaqinidagi jang Movarounnahr va Xuroson ahli uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu paytgacha mo‘g‘ullarning ilohiy, yengilmas kuch-qudratga egaliklari xususidagi gap so‘zlarga, afsonalarga chek qo‘yildi. Jaloliddinning g‘alabasidan Movaraunnahr va Xuroson xalqlarining ruhi ko‘tarildi, g‘alaba ta’sirida Saraxs, Marv, Hirot va boshqa Xuroson shaharlarida mo‘g‘ullarga qarshi xalq isyonlari boshlanib ketdi. Buxoroda bosh ko‘targan aholi esa mo‘g‘ullarni shahardan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Chingizxon Jaloliddinning kuchayib borishi, uning xalq ommasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanilishi mo‘g‘ullar bosib olgan yerlar uchun qanchalik xavf tug‘dirishini yaxshi anglab yetgan edi. Shu sababdan ham shaxsan o‘zi Jaloliddinni qanday qilib bo‘lmasin mag‘lub etish maqsadida shitob bilan katta qo‘shinga bosh bo‘lib, janub tomon yo‘l oldi.

Jaloliddin qo‘shini Parvona jangidan so‘ng katta o‘ljani kiritgan edi. Ushbu o‘ljaning taqsimlanishi vaqtida Jaloliddinning ikki sarkardasi Amin Malik va Sayfiddin O‘g‘roq o‘rtasida ixtilof chiqadi. Ixtilof natijasida Sayfiddin O‘g‘roq va undan keyin boshqalar ham qo‘shindan ajrab chiqib ketadilar. Jaloliddinning qo‘shini kamayib, u nihoyatda og‘ir bir ahvolda qoladi. Jaloliddinning uni tark etgan sarkardalarga qayta ittifoq tuzish, dushmanga qarshi birgalikda kurash olib borish to‘g‘risidagi murojaati zoye ketdi. Jaloliddin ichak og‘rig‘i kasaliga duchor bo‘lib turgan paytida mo‘g‘ullarning ilg‘or guruhi Gardezga (G‘aznadan 50 km. sharqda joylashgan shahar) o‘rnashganligidan xabardor bo‘ladi. Jaloliddin xastaligiga qaramasdan Gardezdagi mo‘g‘ul askarlariga to‘satdan zarba berib, ularni mag‘lubiyatga uchratadi. U Chingizxonga qarshi ozchilik qo‘shin bilan kurasha olmasligini anglab, Sind (Hind) daryosi bo‘yiga chekinishga qaror qiladi.

Jaloliddinni qanday qilib bo‘lmasin mag‘lub etish va uni qo‘lga tushirish ilinjida bo‘lgan Chingizxon uni izma-iz ta’qib etib keladi. Jaloliddinni ta’qib etib kelayotgan mo‘g‘ullarga ayniqsa Bamiyon qal’asi qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Bamiyon qamali vaqtida Chig‘atoyning o‘g‘li, Chingizxonning suyukli nabirasi Mutulk halok bo‘ladi. Bundan darg‘azab bo‘lgan Chingizxon qal’adan bironta o‘lja, bironta odamni asirlikka olmay barcha qal’a ahlini qirib tashlashni buyuradi. Yer bilan yakson qilingan sobiq Bamiyon qal’asi keyinchalik mo‘g‘ullar tomonidan Mo‘baliq (ya’ni ahmoqona shahar) nomini oladi.

2Nihoyat 1221-yilning 25-noyabri, payshanba kuni (hijriy 618-yil shavval oyining sakkizinchi kuni) Sind daryosi bo‘yida uch kun davom etgan hal qiluvchi jang boshlandi. Bir qator o‘rta asr musulmon tarixchilarining ta’kidlashlaricha, bunday qonli, keskin va dahshatli jang tarixda ro‘y bermagan ekan. Jaloliddin va uning qo‘shini misli ko‘rilmagan darajada jasorat va bahodirlik namunalarini ko‘rsatdilar. Faqat uchinchi kunga kelib, Chingizxon qo‘shini ustunlikka erisha boshladi. Jaloliddinning taxminan 7-8 yoshli o‘g‘li Chingizxon qo‘shini qo‘liga tushib qolib o‘ldiriladi. Jangda mardonavor kurashgan Amin Malik va boshqa ko‘plab sarkarda, navkarlar halok bo‘ldilar. Chingizxon qanday qilib bo‘lmasin Jaloliddinni tiriklayin qo‘lga olishga buyruq beradi. Jaloliddin esa uni qo‘lga olishga intilayotgan mo‘g‘ul qo‘shini qo‘rshovini shaxsiy bahodirligi bilan yorib chiqib, Sind daryosi bo‘yiga yetib kelishga muvaffaq bo‘ladi. Daryo bo‘yida onasi Oychechak va haramdagi boshqa ayollar uni kutib turishar edi. Shundoq ham bu jangdan ruhiy va jismonan ezilgan Jaloliddinga ular “... bizni o‘ldiring va mash’um asirlikdan qutqaring” deya murojaat qilishadi. Jaloliddin barcha haram ayollarini suvga cho‘ktirishga ko‘rsatma berishdan boshqa iloji qolmaydi. O‘zi esa oti bilan suvga sakrab, daryoning narigi beti-Hindiston tomonga suzib o‘tadi.

Jaloliddinning har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotmasligi, uning jasorati va mardligiga Chingizxon ham tan beradi. Tarixchilardan Juvayniy, Rashididdin va boshqalarning yozishlariga qaraganda Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolib Chingizxon o‘z o‘g‘illariga qarata “Otaning faqat shunday o‘g‘li bo‘lishi lozim. U olovli jang maydonidan o‘zini qutqarib, halokatli girdobdan najot qirg‘og‘iga chiqdimi, undan hali ulug‘ ishlar va qiyomatli isyonlar keladi!”,-dedi va uning orqasida ta’qib etishni ta’qiqladi. Sind daryosi bo‘yidagi jangdan so‘ng Chingizxon uch oy davomida Jaloliddin qo‘shinidan o‘z vaqtida ajrab ketgan sarkardalar qal’alarini qo‘lga olib, ularni yo‘q qilish bilan band bo‘lgan.

Amida yo‘li yaqinida unga to‘satdan mo‘g‘ullar hujum qilib qolishadi (1231 yil avgust boshi). Uni 15 chog‘li mo‘g‘ul navkarlari ta’qib etishadi. Jaloliddin o‘z sheriklaridan ajrab, Mayafariqin (Hozirgi Turkiyaning Silvan viloyati) yaqinida Ayn-ad-dar qishlog‘iga keladi. Ushbu tog‘lik qishloqda u kurdlar qo‘liga tushadi. O‘zini sulton deb tanishtirgandan so‘ng uni kurdlar o‘ldirishga jazm etmaydilar. Uni tegishli joyga yetkazib qo‘yish evaziga mukofot va’da qiladi. Lekin kurdlar rahbari xonadonidan joy olgan horib-tolgan Jaloliddinni, boshqa bir kurd kishisi o‘lgan inisi xuni evaziga o‘ldiradi. Bu voqea taxminan 1231 yilning avgust oyi 17-20 sanalari oralig‘ida ro‘y beradi. Ertasi kuni sulton buyumlarni sotib yurgan kurd xususida Mayafariqin hukmdori al-Malik al-Muzaffarga xabar berishganda u qishloqqa o‘z sarkardasi Shahobiddin G‘oziyni yuboradi. Shahobiddin G‘oziy sulton jasadini olib, qishloq erkaklarining barini o‘ldiradi va qishloqqa o‘t qo‘yib yuboradi. Muarrix an-Nasaviy buni eshitib, shaxsan Mayafariqinga keladi. Jaloliddinning tog‘asi, vazir O‘turxon uning jasadini tanib, qattiq iztirobga tushdi. Jaloliddin Manguberdining murdasi Mayafariqinga dafn etilib, mo‘g‘ullar kirib kelgudek bo‘lsa, haqoratlanmasin degan maqsadda go‘ri yer bilan tekislab yuboriladi.

Uning ashaddiy dushmani Damashq hokimi 3al-Malik al-Ashrafga sulton halokati xususida xabar yetkazib suyunchi so‘raganlarida, u qayg‘uga botib: ”Sizlar uning o‘limi bilan meni qutlamoqchimisizlar? Ammo siz voqeaning achchig‘ini tatib ko‘rasizlar. Olloh nomi bilan qasam ichamanki, uning halokati islom olamiga mo‘g‘ullarning bostirib kirishini anglatadi. Endilikda biz bilan Ya’juj va Ma’jujlar o‘rtasida devor bo‘lib turgan Xorazmshohdek odam yo‘qdir”, -deb javob bergan edi. Ibn Vosil esa uni “mo‘g‘ullar va musulmonlar orasidagi istehkom bo‘lgan” deb ta’riflagan edi. Jaloliddinning o‘limidan so‘ng uning shonli nomi tez orada xalqlar tilida doston bo‘lib ketdi. “Jaloliddin tirik”, “Jaloliddin qaytib kelayapti” degan ovozalar uzoq vaqtgacha mo‘g‘ullarni tahlikaga solib kelgan. O‘zini “men Jaloliddinman” deb nomlagan turli shaxslar mo‘g‘ullarga qarshi ko‘p holatda isyon va qo‘zg‘olonlarga boshchilik qilganlar (masalan, 1236-yili Eronning Ustundorida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon, 1255-yili Amudaryo bo‘yidagi voqealar va h.k).

Musulmon tarixchilari o‘z asarlarida hamisha uni mard va jasur sarkarda sifatida ta’riflashgan edi. Jaloliddin Manguberdini shaxsan bilgan an-Nasaviy u to‘g‘risida shunday ta’rif bergan edi.

“U turkiy bo‘lib, qora mag‘iz yuzli, burni oldida qora xoli bor o‘rta bo‘yli yigit edi. Fors tilida ham bemalol so‘zlasha olar edi. U dovyuraklikda tengi yo‘q, sherlar ichida arslon, otliqlar ichida eng jasuri edi... Qisqa so‘zli, hech qachon so‘kinmagan, yomon so‘zlarni o‘ziga ep ko‘rmagan, juda jiddiy, atrofdagilar oldida o‘zini sipo tutar, hech qachon kulmas, faqatgina tabassum qilib qo‘yar edi xolos. U adolatni sevgan, lekin zamon zayli uni o‘zgartirishga majbur qilgan. U o‘z fuqarolarini dardini yengillashtirishga harakat qilgan, shuni hohlagan, lekin tanazzul davri bo‘lganligi bois ham zo‘ravonlikka yo‘l bergan. O‘zini ulug‘lashlarini istamagan. Bachkana ta’riflarni yoqtirmagan, faqat sulton deya murojaat qilishlarini so‘ragan. Uning farmonlarida yolg‘iz so‘z: ”Yordam yolg‘iz Ollohdandir!” degan shior bo‘lgan.»

Xorazmshohlar avlodidan bo‘lgan Misr hokimi al-Muzaffar Sayfiddin Kutuz ajdodlarning shonli kurash yo‘lini davom ettirib, 1260-yili Yaqin Sharqdagi Ayn Jalut yonida mo‘g‘ullarga qaqshatqich zarba berib, ularning Suriya va Misrga kirib kelishlariga chek qo‘yadi.



1999-yil noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligining keng nishonlanishi, uning vatani Xorazmda unga mahobatli haykal o‘rnatilinishi, yurtboshimiz ta’kidlaganidek “G‘anim oldida bosh egmagan, tiz cho‘kmagan. Vatan deya halok bo‘lgan” milliy qahramonimizga xalqimizning ehtiromi, muhabbati, ajdodlar xotirasini muqaddas saqlashi ramzi bo‘lib qoldi.

4Jaloliddin Manguberdi (Mankburni) xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 1998 yil 24-sentabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavallud to‘yi keng miqyosda nishonlanishi qayd qilib o‘tildi. Yubiley munosabati bilan Urganchda sarkardaga ulkan memorial yodgorlik o‘rnatildi, O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix va Sharqshunoslik institutlari, Xorazm Ma’mun akademiyasi, bir qator Oliy o‘quv yurtlari, turli jamg‘armalar mutaxassislari tomonidan ko‘plab risolalar chop etildi, mohir rassom T. Quryozov tomonidan sarkardaning portreti yaratildi, “Jaloliddin Manguberdi-Vatan, yurt himoyachisi” mavzuida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi va eng muhimi Prezident I. Karimov boshchiligidagi hukumat va parlament a’zolari, chet ellik mehmonlar, yurtimiz mehmonlari ishtirokida ulkan teatrlashtirilgan tamoshalar bo‘lib o‘tdi.


Temurmalik jasorati

Reja:

  1. Temur Malikning yurishlari va vatanni ximoya qilish yo’lidagi xizmatlari

  2. Temur Malik daryo o’rtasida-gi qal’ani mustahkamlab, mo’g’ullar bilan jang qilishga jazm etdi.


5Xo’jandni ikki bo’lib oqqan Sirdaryoning o’rtasida, shahardan bir chaqirim quyiroqdagi orolda qadimdan qolgan bir istehkom bor edi. Chet el istilochilari va ko’chmanchilarga qarshi kurashda xalqning joniga oro kirgan bu ko’hna qal’aning burjlari o’pirilib ketgan, darvozalarining ba’zi yerlari buzilib, omonat bo’lib qolgandi. Boshiga og’ir kunlar kelgan-da Xo’jand ahli yana shu eski qal’aga panoh izlab keldi.
Chingizxon behisob lashkarlari bilan o’trorga yetib kelgach, bu shaharni qamal qilib olishni o’z o’g’illari o’ktoy bilan Chig’atoyga topshirib, Xo’jand shahri ustiga sarkardalari So’ktu bilan Uloq no’yonni yuborgan, o’zi esa katta qo’shin bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon yo’l olgan edi.
Xo’jand viloyatining hokimi Temur Malik daryo o’rtasida-gi qal’ani mustahkamlab, mo’g’ullar bilan jang qilishga jazm etdi.
Sir bo’yi ajoyib bir manzara kasb etgan: qirg’oqqa to’plan-gan kishilarni son-sanoqsiz qayiqlar va kemalar orolga tashimoqda, ketmon, bel, arra, andava, tesha, bolta ushlagan kishilar sabrsizlik bilan o’z navbatlarini kutmoqda edilar. Qal’a tepasidan yuzlarcha odamlar chumolidek uymalashib, devor va burchlarning shikastrextini tuzatmoqdalar.
Hamma xasharchilar orolga o’tib olganlaridan keyin ish jadallashib ketdi. Havoga tutun kabi ko’tarilgan chang-to’zon, g’ala-g’ovur ovozlar ishning yurishib ketganidan dalolat berardi. Kuch-quvvatni ayamay, ishtiyoq bilan ishlayotgan hasharchilar orasida o’qtin-o’qtin baland bo’yli bir kishi paydo bo’lar, o’zini hurmat bilan qarshilagan hasharchilarning ishlariga kushoyish tilab, ishda mahorat ko’rsatgan ustalarga tashakkur bildirar, sust ishlayotganlarga piching otib qo’yardi. Bu kishi Temur Malik edi. U ba’zan orqasidan ergashib yurgan mulozimining yelkasidagi xurjundan bir qism tanga olib, yaxshi ishlayotgan kishilarga ulashib berardi.
Ikki hafta ichida qafaning shikastrexti tuzatildi. Qal’aga himoyachilar uchun bir yillik ozuqa, qurol-yarog’ tashib keltirildi. Mingdan oshiq bahodir va merganlar, yuzga yaqin kema-soz ustalar istehkomga joylashtirildi. Xotin, bola-chaqalar, chollar tog’li qishloqlarga jo’natildi.
Temur Malik bola-chaqasi bilan xayrlashish uchun hovlisiga kirdi. Xizmatkori Odina aravakash bilan sandiqlarni soyabon aravalarga ortayotgan edi. Ichkarida esa xotini bir yashar o’g’lini ko’tarib, erining kelishini sabrsizlik bilan kutib turardi. Xotini uni ko’rib yig’lab yubordi, o’g’li esa yaltiroq dubulg’a kiygan otasini tanimay, qo’rqib ketdi, yuzini teskari qilib, onasining yelkasini malikam changallab oldi. Temur Malikning ham ko’ngli buzilib, bo’g’ziga nimadir qadalgandek bo’ldi, tomog’ini qirib, xotiniga:
— Men o’lmay turib aza ochayotirsanmi? Ko’z yoshlaringni ayab qo’y, keyin kerak bo’lib qolar, — deya o’g’lini qo’liga olib o’pmoqchi bo’lgan edi, bola chinqirib yig’lab yubordi.
— Hoy, ahmoq bola, o’z otangni tanimadingmi, a? Men senga o’yinchoq olib keldim, — deb boshidagi yaltiroq dubulg’asini olib qo’ydi-da, sopoldan qilingan qo’chqorni qo’ynidan chiqarib berdi. Bola o’yinchoqni olib, ovungach, xotiniga uqtirdi: — o’g’limni sen bilan Odinaga topshirib ketayotirman. U sog’lom, mard va rostgo’y yigit bo’lib o’ssin. Yurtimizga botir askar va askarboshilar kerak. Xayr, o’zingni ehtiyot qil!
o’g’lini betidan o’pib, onasiga qaytarib berdi-da, tezgina tashqariga chiqib, sodiq mulozimi bilan quchoqlashib xayrlashdi-da, otashin xo’rsiniq aralash chuqur-chuqur nafas olgan ko’yi vazmin odimlab ketdi6.
Oradan bir hafta o’tar-o’tmas yigirma minglik mo’g’ul qo’shini Xo’jandga yetib keldi. Shahar bo’sag’asida Xo’jand merganlari va askarlar mo’g’ullar bilan jang qildilar, so’ng shaharga chekinib, tomlardan, darichalardan dushman ustiga o’q yog’dirib turdilar va shu bilan Temur Malik askarlarining orolga batamom o’tib olishiga yordam berdilar. Temur Malikning maqsadi — orolda turib, o’qtin-o’qtin dushmanga hujum qilish va yigirma minglik mo’g’ul qo’shinini uzoq vaqtgacha shu yerda tutib turib, Xorazmshohdan madad kelganidan keyin ularni tor-mor qilish edi.
Mo’g’ullar qattiq jangdan so’ng shaharni ishg’ol qildilar, biroq daryo o’rtasidagi istehkom ko’krak kerib, ularni jangga chorlab turardi. Manjanaqlardan otilgan tosh ham, o’q ham qirg’oqdan uzoqda bo’lgan qo’rg’onga shikast yetkazolmasdi. Ammo baland qo’rg’on tepasidan turib, qazonlardan shig’ab otilgan yumaloq toshlar mo’g’ullarga ko’p talafot yetkazardi. Qo’rg’on himoyachilari dushmanning daryo labiga kelib qazon qurishiga va katta o’q-yoylardan o’q otishiga imkon bermadilar.
Qo’rg’on burchidan, shinak orqasidan uzun bo’yli, qora soqolli bir kishi uzoqlarga tikilgancha qarab turardi. Uning qalin qoshlari chimirilib, peshonasida chuqur bir chiziq paydo bo’ldi. Banogoh tog’ tomondan kelayotgan, ustiga tosh ortilgan qator-qator aravalarga uning ko’zi tushib qolgan edi. Aravalar yonida qurolli mo’g’ul soqchilar og’ir xarsanglarni ko’tarib olgan kishilarni tayoq bilan urib haydab kelmoqda ediiar. Ko’p o’tmay, bu odamlar daryo bo’yiga kelib, qo’llaridagi toshlarni bir yerga uyub qo’ydilar, so’ng kaltak ostida aravadagi toshlarni tushira boshladilar.
— La’nati mo’g’ullar bu toshlami daryoga tashlatib, ko’tarma yasamoq va orolga kelib, qal’ani olmoq niyatida bo’lsalar kerak, — dedi Temur Malik yonida turgan girdig’umdan kelgan bir yuzboshiga. — Buyuring, qazonlardan tosh otsinlar!
— Begim, nechuk alarga tosh ottiray, mo’g’ul orasida biznikilar bor. Toshning ko’zi yo’q, o’zinikini o’zgadin ajrata bilmas.
— Toshlarga buyuring, o’zinikilarga tegmasun! — deb zaharxanda qildi Temur Malik. — Juda sodda odamsiz-da. o’zimiznikilarga meni achinmaydur, deb o’ylaysizmi? o’zimiznikilarga tosh tegmasun, deb o’ltursak, mo’g’ul orol ostiga kelib, oyog’imizga bolta uradur.

Qal’a burchidan otilgan toshlar daryoga tosh tashiyotgan kishilardan bir nechasini yerparchin qildi. Mo’g’ullar ishlarini to’xtatib, uni kechasi davom ettirdilar. Tun qorong’isida otilgan o’q va toshlar «ko’tarma» qurayotgan mo’g’ullarga va asirlarga ko’p shikast yetkazolmas edi. Bir necha kun ichida «ko’tarma» qo’rg’onga ancha yaqinlashib qoldi.


«Agar ish shu zaylda davom etsa, ikki hafta ichida daryoni tosh bilan to’ldirib, qo’rg’on tagiga yetib keladilar, — deb o’yladi qal’a burchida turgan Temur Malik. — Tezda dushmanning bu ishini barbod qilmoq kerak. — U o’tirib, boshini ikki qo’li orasiga olganicha chuqur o’yga toldi. — Tezda kemalar yasamoq lozim. Bizni faqat kemalar qutqaza biladi!»
Tong otishi bilanoq duradgorlar, kemasozlar ishga tushib ketdilar. Temur Malikning o’zi ham qo’liga bolta olib, ularga ko’maklasha boshladi. Tayyor boigan kemalarga ustunlar o’rnatib, ustini namat bilan yopdilar, atrofini ham namat bilan o’radilar. Namatlarning ichi-tashini sirkaga qorilgan ganch bilan suvadilar, o’q otish uchun tuynukchalar qoldirdilar.
Tong qorong’isida Temur Malik boshliq uch yuz bahodir yigit kemalarga o’tirib, qirg’oqqa yaqinlashdi. o’q-yoylardan mo’g’ul soqchilari ustiga o’q yog’dirib, sohilga chiqib olishdi. Uyquda yotgan mo’g’ul lashkargohiga tuyqusdan bosqin qilib, naridan-beri kiyinib chiqqan cheriklarni qilichdan o’tkaza boshladilar. Mo’g’ullar es-hushlarini yig’ib olgunlaricha bir talay askarlaridan ajraldilar.
Temur Malik uzun qilichini yalang’ochlab, lashkargoh o’rtasidagi ipak chodir tomon yo’l oldi. o’z boshliqlari uchun jon fido qilishga tayyor bo’lgan bir to’da azamat yigit Temur Malikni o’rab, atrofdan tushgan qilich zarblarini daf qilib borardilar. Temur Malik yon tomondagi chodirdan yugurib chiqib, uning yo’lini to’smoqchi bo’lgan barzangidek bir mo’g’ulning yelkasiga qilich solib, ikki nimta qilib tashladi, so’ng baland ovozda:
7Hay, So’ktu no’yon, mard bo’lsang, maydonga chiq! — deya qichqirib, mo’g’ul sarkardasini yakkama-yakka jangga chorladi. Biroq mo’g’ul lashkarboshilari yakkama-yakka jang qilib, o’z mardliklarini ko’rsatishdan ko’ra ko’pchilik bo’lib, uyushqoqlik bilan dushmanni bartaraf qilishni afzal ko’rardilar. Shuning uchun So’ktu no’yondan sado chiqmadi. Yon tomondan bostirib kelgan bir to’da mo’g’ul askarlari Temur Malikka ularning sarkardasi bilan qilichbozlik qilishga halal berdi. U jang qila turib sohil tomon chekindi, mo’g’ullarning asosiy kuchlari yetib kelmasdanoq, yigitlari bilan kemalarga o’tirib, shinaklardan o’q yog’dirgancha orol tomon yo’l oldi.

Temur Malik mo’ljallangan ishini bajargan edi. Uning asosiy maqsadi — mo’g’ullarni chalg’itib, daryoga tashlangan toshlarni u yoqdan-bu yoqqa otib tashlash, ko’tarmani buzish bilan mashg’ul bo’lgan yigitlariga ishlash uchun imkoniyat tug’dirib berish edi. Sohildagi qisqa muddatli jang vaqtida ko’tarma buzib tashlandi.

Besh-olti oygacha kurash shu zaylda davom etdi. Mo’g’ullar atrofdan haydab keltirilgan asirlarni urib, daryoga tosh tashlattirar, mudofaachilar esa o’q o’tmas kemalarida kelib, ularning ishlarini buzib ketar edilar. Lekin bu hol uzoq davom etmadi. Saflari siyraklashib borayotgan mudofaachilar oziq-ovqatdan qisilmaganlarida uzoq vaqt qarshilik ko’rsatishlari mumkin edi, biroq daryoga tashlangan qarmoqlarga tasodifan ilinadigan baliqlardan bo’lak yeydigan narsa qolmadi. Ochlik, uzoq vaqt bir yerda turib qolish — jangchilarning ruhini tushirib yubordi. 

Temur Malik qal’ani tashlab, chekinishdan bo’lak chora Vlmaganini angladi. o’z safdoshlarini atrofiga to’plab, riia’yus, lekin e’tirozga yo’l qo’ymaydigan ohangda gap boshlaicli:


— Birodarlar, ahli dunyo Rustami doston zamonidan beri sizldek pahlavonlarni ko’rmagan edi. Shul damgacha quloq eshitmagan va ko’z ko’rmagan bahodirligingiz soyasida g’anim bir necha ming askaridin judo bo’ldi. Emdi chekinmoq vaqti yetdi. Men boshda Xorazmdin madad kelur, deb o’ylagan erdim, yanglishibmen. Xorazmshoh butun lashkarini bir yerga to’plab, mo’g’ul ablahni majaqlab tashlash o’rniga, askarlarini tarqatib yubordi. U do’stlar so’ziga emas, pinjiga kirib olgan dushmanlar so’ziga kirib, shul ishni ravo ko’rdi. Ammo biz qurol-yarog’ni tashlamaymiz, safar kemasiga o’ltirib, yog’iy birlajang qila-qila, najot sohiliga erishurmiz...

Ranglari sarg’ayib ketgan yigitlar boshlarini quyi solib, indamay uning gapiga quloq soldilar. «Ajabo, shu go’zal shahrimizni dushman qo’liga topshirib ketaveramizmi?» degan fikr ularning yurak-bag’irlarini ezar edi.


— Ona snahrimizni unutmaymiz, kuch yig’ib kelib dush manga yana urush solurmiz, g’animga hamla qilish uchun orqaga qaytmoq ayb emas. Bardam bo’ling, yigitlar!
Qora tun qanotlarini keng yoyib, shaharni bosib yotardi. Hammayoq suv sepgandek jimjit. Ahyon-ahyonda nahang baliq suvni shaloplatib yuboradi. Xo’jand yaqinidagi tog’ shahar uyqusini qo’riqlab turgan soqchidek qotib turibdi. Mo’g’ullarning lashkargohi ham sukunat ichida. Chekka-chekkaga qo’yilgan qorovullar ham nayzalariga suyanib mudramoqdalar.
Tun og’ib, kunchiqish tomon yorisha boshlaganda, bu jimjitlik to’satdan buzildi. Mo’g’ullar qarorgohida shovqin-suron ko’tarildi. Daryo ustidagi ajoyib bir manzarani ko’rib, Chingiz askarlari bu o’nglarimi yo tushlarimi ekanligini bilmay qolgandilar. Uzoqdan yulduzlarga o’xshab ko’ringan mash’allar Sirdaryoning oqar tomoniga qarab tez sur’atlar bilan suzib ketmoqda edi. Soqchilar ro’y bergan ahvolni anglagach, shovqin ko’tarib, boshliqlarini bundan xabardor qildilar. Mo’g’ullar lashkargohi cho’p tiqib kavlangan qovog’ari ini kabi guvillay boshladi. Naridan-beri kiyingan askar boshliqlari u yoqdan-bu yoqqa yugurar, dag’al ovozlar bilan buyruq berib, shirin uyquda yotgan sheriklarini oyoqqa turg’izishga urinar, so’kinar, dag’dag’a qilar edilar.
Minglarcha o’q-yoydan otilgan o’qlar usti namat bilan qoplangan kemalarga ta’sir etmasdi. Har ikki sohildagi mo’g’ul askarlari kemalarni ta’qib eta boshlashdj. Kemadagilar esa yulduzlar va mash’allar yorug’ida jangni davom ettirib bordilar. Shinaklardan otilgan o’qlardan dushman tutdek to’kilar edi. Binokent shahrigacha kemalar jiddiy qarshilikka uchramadi.
Xo’janddagi mo’g’ul boshliqlaridan So’ktu Binokentdagi mo’g’ul sarkardalariga choparlar yuborib, kemalarni to’xtatish uchun chora ko’rishni so’ragan edi. Bu yerda mo’g’ullar daryoning u yuzidan-bu yuziga zanjir tashlab to’siq yasadilar. Kemalar zanjirga urilib to’xtab qolganida mo’g’ullar xursand bo’lganlaridan qiyqirishib yuborishdi. Temur Malik ikki qavat sovut va dubulg’a kiyib kema tumshug’iga chiqdi. Uning qo’lida og’ir po’lat bolta yarqirardi. Ikki azamat yigit temir ilmoqlar bilan zanjirni ko’tarib, kema burniga qo’ydi. Temur Malik ikki qo’li bilan ushlagan boltani baland ko’tarib, bor kuchi bilan zanjir ustiga urdi. o’z boshliqlariga umid ko’zi bilan qarab turgan xo’jandliklar yo’g’on zanjirning cho’rt uzilib, shuvullagancha daryoga cho’ka boshlaganini xursandlik bilan tomosha qildilar. Kemalar yana awalgi sur’at bilan suzib ketdi. So’ktu Sirdaryoning quyi tomonidagi qal’alarni ishg’ol qilish bilan ovora bo’lgan Jo’jiga choparlar yuborib, Temur Malikning oldini to’sishni iltimos qildi. Jo’ji Burgalikkent degan qishloq yonida Sirdaryoga ko’prik soldirib, uning ustiga qazon qurdirdi, merganlarini tizib qo’ydi. Yo’lni ko’zdan kechirib borayotgan Temur Malik dushmanning ko’prik qurganini ko’rib, kemalarni to’xtatdi, qirg’oqda turgan mo’g’ullarni o’qqa tutib, sohilga yaqinlashishni buyurdi. Mo’g’ullar shig’ab otilgan o’qlarga bardosh berolmay orqaga chekindilar. Temur Malikning yigitlari fursatdan foydalanib, otlarni yetaklab tushirishdi va zarur qurol-yarog’ va oziq-ovqatlarni qirg’oqqa tashib olishdi-da, so’ng Xorazm tomon yo’l olishdi. Bo’ri galalari kabi kecha-yu kunduz o’zlarini ta’qib etgan yirtqich dushman bilan jang qila-qila, yo’lda qonli izlar qoldirib ketaverishdi. Kun sayin qahramonlarning safi kamayib borardi. Temur Malik yaradorlar minib olgan otlarni oldinga o’tkazib, o’zi mergan yigitlar bilan eng keyinda borar, ta’qib etib kelayotgan dushmarmi o’qqa tutib, ularni yaqinlashtirmasdi.
Qizilqum ichiga kirgan sari ta’qib etib kelayotgan dush manning soni kamayib borardi. Faqat Temur Malikning boshini olib, boshliqlaridan mukofot olish niyatida bo’lgan eng ashaddiy kallakesarlargina izma-iz kelmoqda edilar. Uchqur otlarga minib olgan Temur Malik va uning do’stlari o’qtin-o’qtin orqalariga qayrilib o’q uzar, yuz-ko’zlari changdan qorayib ketgan, oppoq tishlarini g’ijirlatib kelayotgan qotillami ketma-ket qulatar edilar.
8Nihoyat, Temur Malikning sadog’ida uch o’q qoldi. Bir o’qining uchi siniq edi. Uning orqasidan quvib kelayotgan uch mo’g’ulning biri:
— Otim Uloq no’yon, meni ulug’ qonning o’zi taniydur. Barcha ulusning hukmdori Chingizxon nomidan seni taslim bo’lmoqqa da’vat eturman! — deb qichqirdi.
Temur Malik javob o’rniga sadog’idan uchi siniq o’qini olib yoy ustiga qo’ydi-da, Uloq no’yonni mo’ljalga olib otdi. o’q no’yonning o’ng ko’ziga sanchildi. Yonidagi ikki mo’g’ul uning ko’zidan o’qni tortib olish bilan ovora bo’lib turganlarida Temur Malik otini to’xtatib, orqasiga qayrildi.
— Hoy, mo’g’ullar! — deb zaharxanda kuldi u. — Ikkingiz uchun sadog’imda ikki o’q qoldi, ikkingizni ham so’qir qilib qo’yaymi?
Mo’g’ullar uni ta’qib etishga yuraklari betlamay, ortlariga qarab qochishdi. Temur Malik o’zining bir necha yigiti bilan Xorazmga yetib kelgach, jangni davom ettirish uchun u yerda askar to’plab, yana Sirdaryo tomon yurish qildi. Dushmanga bosqin qilib, Yangikent shahrini ozod qildi va mo’g’ullar tomoniga o’tgan shahar hokimini dorga ostirib, o’rniga boshqa bir sadoqatli kishini belgiladi-da, o’zga shaharlarni dushmandan ozod etishga oshiqdi. Biroq Qizilqumda o’zlariga nisbatan bir necha hissa ko’p bo’lgan dushman bilan jang qilib, yengilganlaridan so’ng, botirlar yana chekindilar. Temur Malik mashaqqatli yo’l bosib, Eron tuprog’ida mo’g’ullar bilan jang qilayotgan Jaloliddinga qo’shildi...
Yillar o’tdi, o’z sarkardalariga va viloyat hokimlariga ishonmagan Xorazmshohning xohishiga ko’ra o’zlarini yakka-yakka himoya qilishga majbur bo’lgan o’rta Osiyo shaharlari birin-ketin Chingizxon tomonidan ishg’ol qilindi.

* * *


Oradan o’n besh yil o’tdi. Damashq shahridagi bir karvonsaroyning darvozaxonasida sochlari oqargan, baland bo’yli bir darvish o’tirardi. U karvonsaroy ichida bo’kirib turgan tuyalarni yo’lga hozirlayotgan kishilarning ovozi-yu, bo’taloqlarning bo’zlashiga quloq solib, allakimni kutardi. Diqqat bilan qaragan kishi uning ustidagi jandasi, boshidagi kulohi gavdasiga mos tushmaganligini payqashi mumkin edi. Qaddi-qomatini tik tutgan o’tkir ko’zh bu baland bo’yli odam darvishdan ko’ra ko’proq askarboshiga o’xshab ketardi.
Oradan bir soat vaqt o’tgach, u o’rta yoshli qora soqol bir kishining saroy tomon kelayotganini ko’rib:
— Marhabo! — dedi o’rnidan turib. — Yanglishmasam, siz Movarounnahrga ketayotgan karvon boshlig’i binni Muslimdursiz?
— Oriy, men o’shal aytgan kishingiz bo’lurman. Xo’sh, xizmat?
— Faqir Sayhun bo’yina sayohat etmoq niyatidadurmen. Imkoni bo’lsa, meni ham hamroh qilib olsangiz, xizmatingizni qilib ketsam... Safarda foydam tegsa tegadurki, ziyonim tegmaydur. Yo’l xarjim...
— Sizni bul yerda kim taniydur? Kim sizga kafil bo’la olur?
— Meni saroybon Mustafo, bozor oqsoqoli Umarali taniydurlar.
— Yaxshi, surishtirib ko’rurmen, — dedi binni Muslim darvishni sinchiklab ko’zdan kechirarkan. — Yoshingiz qaytgan bo’lsa-da, baquvat ko’rinursiz. Ot minmoq, qilich urmoqni bilurmisiz?
Darvish bilinar-bilinmas miyig’ida kulib qo’ydi.
— Bu bobda soqchilaringizga saboq bera bilurmen.

Ibn Muslimga uning javobi yoqib tushdi. Yo’llar xavf-xatarli bo’lgani uchun karvonga qurol ishlata biladigan ishonchli kishilar kerak edi.


— Qani yuring, saroybon oldina kirib so’zlashayik...

* * *


 Sahar paytida ustiga yuk ortilgan tuyalar saroydan bo’kirishib chiqishdi, eng orqadagi tuyaning bo’yniga osilgan og’ir mis qo’ng’iroq jaranglab yer-u ko’kni boshiga ko’tardi. Bu tuya ustida jandasining ichidan qilich taqib olgan kechagi darvish o’tirardi. Biroq bu safar unga qilichini qindan sug’urishga to’g’ri kelmadi. Karvon yo’li tinch bo’lgani uchun hech qanday hodisa yuz bermadi. Qaroqchilar go’yo karvon soqchilari boshida tajribali bir sarkarda ketayotganini bilgandek edilar. Savdogarlar karvoni suvsiz cho’llar, yashnagan vohalar, bozorlari obod, serg’alva shaharlarin bosib o’tib, uch oy deganda Samarqandga yetib keldilar.
Baland bo’yli darvish bu yerda karvonboshi va yo’lovchilar bilan xayrlashib Farg’onaga ketayotgan savdogarlarga qo’shilib oldi.
Kechki payt. Xo’jand muazzinlari birin-ketin taqvodorlarni kamoli asrga chorlamoqdalar. Beliga kachkul osgan jandali darvish irg’ay tayog’iga suyanib, qing’ir-qiyshiq ko’chalardan asta bormoqda. U ahyon-ahyonda to’xtab, egalari tashlab ketgach, xarob holga kelgan hovlilar ro’parasida to’xtar, so’ng yana indamay o’tib ketardi. Nihoyat, u katta darvozali hovli oldida to’xtab, bir lahza ikkilanib turgandan keyin halqani taqillatdi. o’n besh-o’n olti yoshlar chamasidagi bir yigitcha darvozani ochib, darvishning kimligini surishtirdi. Darvish javob o’rniga:
— Kimning o’g’lidursen? — deb so’radi.
— Men ulug’ Temur Malikning o’g’lidurmen. Ko’zidan duv etib yosh oqib ketgan darvish yigitchani quchoqlab, peshonasidan o’pdi, keyin ko’z yoshlarini artib:
— Agar otangni ko’rsang, tanirmi eding? — deb so’radi.
— Otam mo’g’ul bilan jang qilib chekinganida men go’dak ekanmen. Aning o’liktirigidin xabarimiz yo’q. Mushfiq onamning vafot etganlariga to’rt-besh yil bo’ldi. — Darvish bu gapini eshitib xo’rsindi-da, «omin» degandek yuzini siypab qo’ydi. — Bul hovlida ilgarigi xizmatkorimiz Odina, aning xotuni va men turamiz.
— Odina tirikmi?
— Ha, menga ota o’rnida qolgan. Mana, o’zlari ham chiqib kelyaptilar.
Ichkaridan soch-soqoli oqargan bir mo’ysafid chiqib keldi.
— Nega hayallading desam, bul kishi bilan so’ziashib turgan ekansan-da, — dedi yigitchaga qarab. So’ngra darvishga yuzlandi:
— Assalomu alaykum, xo’sh, xizmat?
— Nahotki meni tanimasang? Shul qadar qarib-qartayib qoldimmi? — darvish ko’zida yosh bilan Odinani quchoqladi, so’ng so’l qo’lining bir bo’g’ini kesilgan jimjilog’ini ko’rsatib:
— Endi tanidingmi? — deb so’radi.
Odina yig’Iab u bilan qayta ko’rishdi, so’ng hang-mang bo’lgan yigitchaga dedi:
— Bul kishi sening otang... Ulug’ Temur Malik. Nega ag’rayib turibsen, qo’lidin o’pib, tavof qil, hoy, nodon...

Bir necha yil qarovsiz qolib, keyin shikastrexti tuzatilgan eski hovlida Temur Malik bir necha kun yotib dam oldi. Eski oshna-og’aynilar bundan xabar topib uni ko’rgani kela boshladilar. Temur Malikning qaytib kelgani butun shaharga ovoza bo’lib ketdi. Lekin mo’g’ullar davrida awalgidan ham boyib ketgan savdogarlar bu xabarni eshitib qo’rqdilar. Ular, bu Temur Malik emas, u allaqachon o’lib ketgan, bu odam esa ulug’ sarkardaning nomini o’ziniki qilib olgan bir firibgar, deb gap tarqata boshladilar. Tabiiy, bu shov-shuvlar mo’g’ul bosWiqlarining qulog’iga yetmay qolmas edi.

Bir kuni qurolli soqchilar Temur Malikning hovlisini o’rab olib, uni saroyga olib ketdilar.

Chingizxonning son-sanoqsiz avlodlaridan biri — Qadon o’g’lon taxt ustida o’tirib, qo’liga kishan solingan Temur Malikka qiyiq ko’zlarini suzib, ishonchsizlik bilan:


— Rostdan Temur Malikmisen yoki boshqa odammisen?— deb so’radi. Soch-soqoli oqargan bu darvishnamo kishi Temur Malik ekanligiga uning ishongisi kelmasdi.

Qadon o’g’lonning yonida turgan bir ko’zli Uloq no’yon tutaqib:


— Xuddi o’zi... — deb yubordi. Temur Malik ham o’z dushmanini ko’rib, g’azab bilan:
— Hoy, Uloq, men ham seni bir ko’rishda tanidim. Qizilqumda orqamdan quvib kelayotganingda uchi singan bir o’q bilan o’ng ko’zingni ko’r qilgan men edim-a? — dedi.
9Uloq no’yonning sog’ ko’zi yo’lbars ko’zidek chaqnab ketdi. U xonvachcha oldida tiz cho’kib:
— Temur Malik mening yaqin do’stlarim, tuvg’onlarimning qonini to’kkan, menga shikast yetkazgan. Ulug’ Chingizxon haqqi, uni menga ber, xunimni olay, — deb yalindi.
— Mayli, olsang ol. Bir emas, o’n Temur Malik bo’lsa ham senga berardim! — Xonvachchaning ko’zlarida istehzoli kulgi ko’rindi.
— Hay, essiz, so’l ko’zingni ham ko’r qilib qo’yganimda bo’lur erkan, — deya piching qildi Temur Malik dushmaniga qarab. So’ng uning oldiga tushib, boshini tik ko’targancha tashqariga chiqib ketdi.
Foydalanilgan Adabiyotlar:

1. Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., Sharafiddinov O. XX asr o`zbek adabiyoti tarixi. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. T.,1999.

2.Mirzayev S. XX asr o’zbek adabiyoti. Darslik. T., “Yangi asr avlodi”, 2005.

3.Sanjar Sodiq. Yangi o’zbek adabiyoti tarixi. Darslik. T., 2005.

4.Mirvaliyev S. O`zbek adiblari. T., 1999.

5.Shukur Xolmirzayev. Bodom qishda gulladi. Hikoyalar to`plami. T.,1986. 6.Shukur Xolmirzayev. Tanlangan asarlar. T., 2001

7. G`afurov Ibrohim. Yillar izhori. T.,1993.

8.Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. T., 2003

Internet saytlari

www.ziyo.uz

www.referat.uz

www.aim.uz

Ijtimoiy tarmoqlar.

http/te/join/@FarDureferatlari

http/te/join/@MalumotlarBazasi




1 Jaloliddin bir hamladayoq mo‘g‘ullarni zarbaga uchratishga muvaffaq bo‘ladi.

Bu jangda mo‘g‘ullarning 1000 dan oshiq kishisi halok bo‘ladi. Ko‘plab tarixchilar jumladan, ibn al-Asir, Juvayniy, Rashididdin bu jangga yuqori baho bergan edilar



2 Nihoyat 1221-yilning 25-noyabri, payshanba kuni (hijriy 618-yil shavval oyining sakkizinchi kuni) Sind daryosi bo‘yida uch kun davom etgan hal qiluvchi jang boshlandi. Bir qator o‘rta asr musulmon tarixchilarining ta’kidlashlaricha, bunday qonli, keskin va dahshatli jang tarixda ro‘y bermagan ekan. Jaloliddin va uning qo‘shini misli ko‘rilmagan darajada jasorat va bahodirlik namunalarini ko‘rsatdilar.

3 al-Malik al-Ashrafga sulton halokati xususida xabar yetkazib suyunchi so‘raganlarida, u qayg‘uga botib: ”Sizlar uning o‘limi bilan meni qutlamoqchimisizlar? Ammo siz voqeaning achchig‘ini tatib ko‘rasizlar. Olloh nomi bilan qasam ichamanki, uning halokati islom olamiga mo‘g‘ullarning bostirib kirishini anglatadi

4 Jaloliddin Manguberdi (Mankburni) xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 1998 yil 24-sentabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavallud to‘yi keng miqyosda nishonlanishi qayd qilib o‘tildi

5 Temurmalik Xo’jandni ikki bo’lib oqqan Sirdaryoning o’rtasida, shahardan bir chaqirim quyiroqdagi orolda qadimdan qolgan bir istehkom bor edi. Chingizxon behisob lashkarlari bilan o’trorga yetib kelgach, bu shaharni qamal qilib olishni o’z o’g’illari o’ktoy bilan Chig’atoyga topshirib, Xo’jand shahri ustiga sarkardalari So’ktu bilan Uloq no’yonni yuborgan, o’zi esa katta qo’shin bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon yo’l olgan edi.

6 o’g’lini betidan o’pib, onasiga qaytarib berdi-da, tezgina tashqariga chiqib, sodiq mulozimi bilan quchoqlashib xayrlashdi-da, otashin xo’rsiniq aralash chuqur-chuqur nafas olgan ko’yi vazmin odimlab ketdi

7 Hay, So’ktu no’yon, mard bo’lsang, maydonga chiq! — deya qichqirib, mo’g’ul sarkardasini yakkama-yakka jangga chorladi. Biroq mo’g’ul lashkarboshilari yakkama-yakka jang qilib, o’z mardliklarini ko’rsatishdan ko’ra ko’pchilik bo’lib, uyushqoqlik bilan dushmanni bartaraf qilishni afzal ko’rardilar

8 Nihoyat, Temur Malikning sadog’ida uch o’q qoldi. Bir o’qining uchi siniq edi. Uning orqasidan quvib kelayotgan uch mo’g’ulning biri:
— Otim Uloq no’yon, meni ulug’ qonning o’zi taniydur. Barcha ulusning hukmdori Chingizxon nomidan seni taslim bo’lmoqqa da’vat eturman! — deb qichqirdi.



9 Uloq no’yonning sog’ ko’zi yo’lbars ko’zidek chaqnab ketdi. U xonvachcha oldida tiz cho’kib:
— Temur Malik mening yaqin do’stlarim, tuvg’onlarimning qonini to’kkan, menga shikast yetkazgan. Ulug’ Chingizxon haqqi, uni menga ber, xunimni olay, — deb yalindi.



Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling