Jamiyat mavjudligi va taraqqiyotning asosiy sohalari. Iqtisodiy hayot


Download 70.55 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi70.55 Kb.
#1612152
Bog'liq
Akram Mamalatifov

JAMIYAT MAVJUDLIGI VA TARAQQIYOTNING ASOSIY SOHALARI. IQTISODIY HAYOT

105-GURUH ARXITEKTURA

BAJARDI: MAMALATIFOV.A

TEKSHIRDI: SAFAROV.A

REJA: 1.JAMIYAT HAQIDA TUSHUNCHA 2.JAMIYAT FALSAFASI VA TARAQQIYOTININNG O`ZBEK MODELINI O`RGANISHNING AHAMIYATI.

JAMIYAT — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyat dagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va b.) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi.

Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular i. ch., oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy i. ch. siz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va b. qa boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. 

I. ch. da jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy i. ch. faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlarita kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy i. ch. J. ning ijtimoii tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoii qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, i. ch. vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. 

Bular Jamiyat dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii gypyxlapga ajralishining negizidir. Jamiyat hayoti iqtisodiy, ijtimoii, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni i. ch., taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha Jamiyat dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (q. Ijtimoiy guruhlar).

Taraqqiyotning o‘zbek modeli – jamiyatning tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning o‘zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg‘or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi. »

Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo‘ldan — inqilobiy va tadrijiy yo‘ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o‘zgarishlar yo‘li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyutsion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo‘li ekanini ko‘rsatdi. o‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo‘li mohiyatini shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, evalyutsion yo‘l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o‘tish tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir

Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan — bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilishi lozim bo‘lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo‘lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog‘liqdir»

o‘zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir: - iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; - davlatning bosh islohotchi ekanligi; - qonun ustuvorligi; - kuchli ijtimoiy himoyalash; - bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo‘l bilan o‘tish.

o‘zbek modelining o‘ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, o‘zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o‘z ifodasini topmoqda.

o‘zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e’tirof qilindi. o‘zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda va uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. o‘zbekona taraqqiyot yo‘li ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshirishda, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga bo‘lgan e’tiborning kuchayishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, inson intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiyot — bu ishlab chiqarish, taqsimlash va savdo, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilish sohasini oʻrganish sohasi. Umuman olganda, u tanqis resurslarni ishlab chiqarish, ishlatish va boshqarish bilan bogʻliq amaliyotlar, nutqlar va moddiy ifodalarni taʼkidlaydigan ijtimoiy soha sifatida belgilanadi

 Muayyan iqtisodiyot — bu asosiy omillar sifatida uning madaniyati, qadriyatlari, taʼlimi, texnologik evolyutsiyasi, tarixi, ijtimoiy tuzilishi, siyosiy tuzilishi, huquqiy tizimlari va tabiiy resurslarini oʻz ichiga olgan jarayonlar toʻplamidir. Bu omillar maʼno-mazmunni beradi va iqtisodiyot sharoit va parametrlarni belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy soha — bu oʻzaro bogʻliq boʻlgan inson amaliyotlari va operatsiyalarining ijtimoiy sohasi boʻlib, u bir necha sohalar bilan chambarchas bogʻliq.


Download 70.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling