Jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari faoliyati


Download 143.17 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi143.17 Kb.
#506723
Bog'liq
Jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari faoliyati
Sanjar, Sanjar, 2 5260425190512266544, Учеб.пособ.ППО, Учеб.пособ.ППО, Учеб.пособ.ППО, Ko, Yangi-ish-reja-MIG-huquq, 4-синф MATEMATIKA, 46153.uz.ru, 2 5460999484630635924, AMALIY MASHG, P9273, 3866-Article Text-7485-1-10-20220121 (5)

Jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari faoliyati

Bugun darsimizda:

  • Jamoat birlashmalari nima uchun kerak?
  • Jamoat birlashmalarini tuzish va faoliyatini yuritish prinsiplari.
  • Ommaviy axborot vositalari
  • Jamoat birlashmalarining turlari

Jamoat birlashmalari nima uchun kerak?

Jamoat birlashmalari – bu o‘z manfaatlari va istaklari, o‘z qobilyatlari va iqtidorlarini namoyish qilish imkoniyatidan kelib chiqqan holda turli guruhlarga birlashish yo‘li bilan jamiyat hayotida ishtirok etish uchun mamlakat aholisi birlashmalarining amalda paydo bo‘lishi. Jamoat birlashmalari mushtarak manfaat asosida fuqorolarning o‘z xohishlari natijasida vujutga kelgan tuzulmadur.

Jamoat birlashmalari quyidagi shakllarda paydo bo‘ladi:

Jamoat tashkilotlari, ommaviy harakatlar, jamoat jamg‘armalari, va boshqa no hukumat mumuasasalar.

O‘zbekiston Respublikasida shunday jamoat tashkilotlar bor. Jumladan O‘zbekston “Xotin - qizlar qomitasi”, “Sog‘lom avlod uchun xalqaro jamg‘armasi”, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, “Nuroniy” faxriylar kengashi, “Maxalla” jamg‘armasi va boshqalar.

Jamoat birlashmalarining turlari:

Asosiy qonun belgilaydi!

O‘zbekiston Respublikasi fuqorolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 34 – modda

O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda royxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin – qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqorolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida etirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 56 – modda


Jamoat birlashmalarini tuzish va faoliyatini yuritish prinsiplari
Qonuniylik
Tenghquqlilik
Oshkoralik
O‘zini o‘zi boshqarish
Ixtiyoriylik

Kasaba uyushmalari xodimlarining ijtimoiy – iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a`zo bo‘lish ixtiyoriydir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 59 – modda

Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.

Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 57 – modda

Ommaviy axborot vositalari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga (67 - modda) va O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq har bir fuqoroga so‘z erkinligi: radio orqali, matbuotda, televideniyeda va boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e`tiqodini oshkora bayon etish huquqi beriladi.

Senzura – mafkura jihatdan zararli hisoblangan maqolalarni taqiqlash maqsadida gazetalar, jurnallar va boshqa nashrlarning ko‘zdan kechirilishi.

Har kim haqida uning roziligisiz axborot yig‘ish, saqlash va foydalanish taqiqlangan faqat qonunda belgilangan hollar bundan mustasnodir.

Agar ommaviy axborot vositalarida noto‘g‘ri bo‘lgan, shuningdek, inson qadr qimmati va obro‘sini tahqirlovchi ma`lumotlar e`lon qilingan bo‘lsa, u xolda anashu ma`lumotlarni chop etgan nashrda bunday malumotlar uchun raddiya berishga haqlidir.

ETIBORINGIZ

UCHUN

RAHMAT


Download 143.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling