Jangovar tartib


Download 35.13 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi35.13 Kb.
#251226
Bog'liq
Jangovar tartib


Jangovar tartib - qoʻshinlarning jang qilish uchun joylanish tartibi. Boʻlinma, qism va qoʻshilmalar jangovar topshirini bajarish uchun taktik hamda texnik imkoniyatlar va qurollanish darajasiga qarab joylashtiriladi. Muayyan r-n (doira)da jangovar topshiriqni birgalikda ado etadigan qoʻshinlar kuch va vositalari, qoidaga binoan, birgalikda harakat qiluvchi barcha boʻlinma, qism, qoʻshilmalarni oʻz ichiga oladigan yagona J. t.ga uyushadi. Jangovar harakatning har bir turi oʻziga moc J. t. qoʻllashni talab etadi. Qoʻshinlarning J. t.i boʻlajakjang talablarini kuch va vositalarning holati hamda jangovar imkoniyatlarini, dushman qoʻshinlarining joylanishi va harakatini, joyning shartsharoitlarini hisobga olgan holda tuziladi.

Armiya maxsus harbiy tashkilot sifatida tarkib topmagan ibtidoiy jamoa tuzumida qabilalar orasidagi toʻqnashuvlarda odamlar toʻda-toʻda boʻlib, mehnat va ov quroli boʻlgan tosh, soʻyil va b. bilan jang qilardilar. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va sinfiy jamiyat paydo boʻlishi bilan urugʻning qurollangan hamma aʼzolari qatorida urugʻ zodagon (aslzoda)larining drujinalari ham vujudga kelib, keyinchalik ular doimiy armiyaning negizi boʻlib qoldi. Kurash qurollari ham birmuncha takomillashib, nayza, qilich, kamon va b. paydo boʻldi. Bu qurollardan samarali foydalanish uchun jangchilarni safga tizish zarurati tugʻildi. Shu yoʻsinda qoʻshinlarni jangovar safga tizishning dastlabki shakllari paydo boʻldi. Keyin tigʻli va oʻt otuvchi, 20-asrning 40—50-y.laridan boshlab esa yadro qurollari yuzaga kela boshladi.

Qad. Sharq quldorlik davlatlari (Qad. Misr, Ossuriya, Eron, Qad. Xitoy, Hindiston va b.)ning qoʻshini piyoda askarlar, otliqdar hamda jang aravalari, tuya va fil mingan jangchi qismlarga boʻlingan. Ular nayza, oybolta, qilich, kamon va b. bilan qurollangan. Bu urush vositalarining dushmanga taʼsir etish darajasi jangchilarning jismoniy jixatdan baquvvatligiga va ularning miqporiga bogʻliq boʻlgan. Qoʻshinlarni safga tizish ham shunga qarab belgilangan. Maye, Misrning ogʻir qurollangan piyoda askarlari dastlab koʻp qatorli zich ustun tarzida saflantirilgan. Keyinchalik qurollarning takomillashuvi va jangovar tajribalarning ortishi, jang aravalarining paydo boʻlishi bilan ularning harakat tezligidan samarali foydalanish koʻzda tutilgan; jang aravalari birinchi qatorga joylashtirilgan.

Yunoniston, Qad. Rim va Karfagenning harbiy sanʼati J. t.ning yanada takomillashgan shakllarini yaratdi. Yunonistonning quldorlik davlatlari Afina va Spartada (mil. av. 6—4-asrlar) qoʻshinning asosiy turi ogʻir qurolli piyoda askarlar hisoblangan. Ular nayza va qilich bilan qurollangan hamda himoya sifatida sovut, dubulgʻa kiyib, qalqon tutishgan. Mil. av. 6-asrdan boshlab yunon qoʻshinlari falangalar (piyoda askarlarning jips saf tortib turgan bir necha qatori) va qanotlardan tashkil etilgan. Oldinda va oʻng-soʻl qanotlarda yengil qurollangan piyoda va otliq askarlar joylashtirilgan. Pekin falangalar epchil harakat qilish imkoniga ega boʻlmagani sababli faqat tekis joylardagina jang qilolgan. Shunday boʻlsada, u dushmanga dastlabki kuchli zarba berish qudratiga ega boʻlgan. Falangalarning bu imkoniyatidan yunon lashkarboshilari mohirona foydalangan. Maye, Levktra yonida boʻlgan jangda (mil. av. 371 y.) Epaminond yangicha J. t. qoʻlladi. U chap qanotga saralangan jangchilardan 50 qator joylashtirgan va bu bilan dushmanning kuchli oʻng qanotiga ogʻir zarba berish uchun qoʻshinlarni front boʻylab notekis taqsimlash taktik usuli maydonga keldi. Keyinchalik bu usul Iskandar Zulqarnayn armiyasida yanada takomillashdi (mil. av. 4-asr). Iskander Zulqarnayn qoʻshinlari J. t. i asosini ogʻir va oʻrta qurolli piyoda falangalar tashkil etgan. Qanotlarga esa otliq askarlar joylashtirilgan, ular falangalarning toʻgʻridan berajak zarbalari bilan birgalikda dushmanga asosiy zarba bergan. Oʻrta piyoda askarlar yorib kirish ehtimoli boʻlgan dushmanga qarshi orqaroqqa — ikkinchi chiziqqa joylashtirilgan. Zaxira qism saqlash gʻoyasi shu tariqa kelib chiqqan. Bunday J. t. mil. av. 331 y.da Gavgamela yonidagi jangda boʻlgan.

Oʻrta Osiyoda qoʻshinlar J. t.ining eng yaxshi shakllari Amir Temur armiyasida mavjud edi. Temur sharoitga qarab J. t. belgilagan. Dushman kuchlarining xususiyati va vaziyatiga qarab J. t.ga tyzilishning maxsus 12 qoidasi qoʻllangan hamda bu qoidalarni har bir askar yaxshi bilishi talab qilingan. Amir Temur dushman kuchi qancha boʻlsa, unga qarshi shuncha kuch tashlagan. Maye, oʻn ikki ming otliq askardan iborat qoʻshin toʻqqiz boʻlukka, bu boʻluklarning har biri yana boʻluklarga boʻlinib, saf tortishgan. Gʻoʻl (markaz) — bir boʻluk, barangʻar (oʻng qanot) — bir boʻluk, juvangʻar (soʻl qanot) — uch boʻluk, hirovul (qoʻshinning ilgʻor qismi) — bir boʻluk, qorovul (ilgʻor soqchilar) — bir boʻluk. Har bir qanotning bir boʻlugi — hirovul, ikkinchi boʻlugi chopovul, uchinchi boʻlugi shoqovul (ehtiyot toʻda). Qoʻshinning soni koʻpayishi bilan bu J. t. ham shu asosda murakkablasha borgan.

J. t. shakllarining rivojlanishiga Gʻarbiy Yevropa va Rossiyaga porox va oʻtochar qurollarning tarqalishi (14-asr) katta taʼsir koʻrsatdi. 15—16-asrlarda Rossiyada boʻlgan urushlarda J. t., asosan, 3 qator 1-avangard polk, 2-katta polk (piyoda askarlar) 3-zaxira polkdan iborat boʻlgan. Piyoda askarlar 4—5 qatordan, ikki chiziq boʻlib saflanishardi. Keyinchalik 18-asrdagi rus sarkardalari — P. A. Rumyansev, A. V. Suvorovlar rus jangchilarining jangovar fazilatlarini oʻrganib, chiziqli J. t.ni birmuncha takomillashtirdilar.

18-asr oxirlaridagi inqilobiy urushlar J. t. shakllarining taraqqiy etishida yangi bosqich boʻldi. Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun olib borilgan urush davrida (1775—83) olomon tarzidagi inqilobiy qoʻshinlar uchun jangchidan katta malaka talab qiladigan chiziqli J. t. moye kelmay qoldi va yoyilib jangovar safda turish tartibi vujudga keldi. Bu yoyilgan saf Buyuk Fransuz inqilobi (1789—94) va Napoleon urushlari (19-asr boshlari) davrida ustun tarzida uygʻunlashtirilib, birmuncha taraqqiy topdi.

Birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jahonning hamma armiyalarida J. t. shakllarining oʻzgarishi yangicha jangovar texnikaartilleriya, tank, avtomat qurollar va b. qirgʻin qurollarning qoʻllanishi va ularning bundan keyingi taraqqiyoti zaminida roʻy berdi. 1941—45 y.lar urushi davrida sobiq Ittifoq armiyasining J. t.i yanada rivojlandi. 1942 y. kuzida qoʻshilma, qism va boʻlinmalarda kuch va vositalarni haddan tashqari eshelonlashtirish bekor qilindi. Rota, batalon, polk va diviziyalarning J. t.i 1 eshelonli qilib tuzildi, oʻqchi vzvod va boʻlinmalar esa zanjirsimon yoyildi. Bu — birinchi eshelonda piyoda askarlar oʻt ochish vositalarining koʻp boʻlishiga va talafotlarning kamayishiga imkon berdi. 1943 y. nemis-fashist armiyasining mudofaaga oʻtib, transheyali chuqur mudofaa doirasidan foydalanish qoʻshilma va qismlar J. t.ining yanada takomillashtirish zaruratini tugʻdirdi.

Urushdan keyingi davrda yadro qurollarining paydo boʻlishi, raketa, tovushdan tez uchadigan samolyot va h. k. qurollarning paydo boʻlishi, zirhli mashina, tanklar miqdorining ortishi, qurol-yarogʻlarning jangovar xususiyati oʻsganligi, aloqa vositalari, muhandislik texnikasi va b.ning rivojlanganligi qoʻshinlarning J. t.iga yangicha zamonaviy tuc berdi. Quruqlikdagi qoʻshinlardan farqli oʻlaroq aviatsiya J. t.i 3 oʻlchamda boʻladi: oraliq (distansiya), oʻrtadagi masofa (interval), balandlik. Mana shu oʻlchamlarga qarab, har xil turdagiaviatsiya qism va boʻlinmalarining J. t.i zich, yoyiq xamda tarqoq boʻlishi mumkin. Zich J. t.da — ekipajlar (boʻlinmalar) jangovar uchishni aniq masofa va oraliqda aviatsiya xavfcizligini saqlagan holda; yoyiq J. t.da — uzun oraliq va oʻrta masofada, koʻz bilan koʻra oladigan uzoqlikda; tarqoq J. t.da esa koʻz bilan ilgʻab boʻlmas uzoqlikda bajaradi.

Samolyotlar zvenosi (har zvenoda 3 ta samolyot boʻladi) yoki jufti jangovar topshiriqni bajarish vaqtida, odatda, zich yoki yoyiq J. t.da harakat qiladi. Eskadrilyalar — yoyiq va tarqoqJ. t. bilan devorsimon, ustunsimon, ilon izi, pona, doyra, singari shakllarda harakat qiladigan samolyotlar zvenosi (jufti) sifatida jangovar topshiriqni ado etadi.



Harbiy dengiz floti kemalarining J. t.i, avvalo, kemalarning va ulardagi qurol-yarogʻning rivojlanishi bilan bogʻliq suratda oʻzgarib kelmoqda. Eshkakli kemalar yoki ikki kator tizilgan, yoki yon tomonlari olgʻa turtib chiqqan yarim doyra shakldagi J. t.lardan foydalanishgan. Jangovar yelkanli kemalar 17-asrda oʻzlari uchun J. t. sifatida kilvater ("Qulfkalit") shaklini tanladilar. Bugʻ bilan yuradigan kemalar vujudga kelishi, keyinroq suv osti kemalarining yaratilishi bilan (19-asr oxiri) flotning J. t.i ham oʻzgardi. Bu sohadagi yanada katta oʻzgarishlar aloqaning texnik vositalari, ayniqsa, radio aloqaning paydo boʻlishi, dengiz aviatsiyasi va ularni olib yuradigan aviatashuvchilar maydonga kelishi bilan roʻy berdi. Hoz. zamon sharoitida Harbiy dengiz floti qoʻshilmalari zarbdor guruxlar tarkibida yoki alohida ilgʻor kemalar guruhi sifatida hamda yolgʻiz oʻzi jangovar harakatlar qiladi.
Download 35.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling