Janub kechasida


Download 61.5 Kb.
Sana10.05.2020
Hajmi61.5 Kb.

JANUB KECHASIDA

Sen bo’lmasang, shu och to’lqinlar

Ko’rinmasdi sira ko’zimga,

Sen bo’lmasang o’zimning ko’nglim

Kirmas edi aytgan so’zimga.

Sen bo’lmasang, etmasdi xursand

Suv ustida suzib yurgan oy.

Hamisha sho’x, doimo baland,

Yulduzdagi jon yoqar chiroy.

Qarashlaring tinchimni olib,

Chertib ketdi qalbim torini,

Shundan keyin sezdim yurakda

Shuncha kuchli o’tning borini.

Aytib ber-chi, shuncha sevganlar

Bo’lganmikin mencha baxtiyor?

Aytib ber-chi, qaysi qiz burun

Sevib bo’lgan umid bilan yor

ENG GULLAGAN YOSHLIK CHOG’IMDA…

Eng gullagan yoshlik chog’imda,

Sen ochilding ko’ngil bog’imda.

Shunda ko’rdi ko’zim bahorni,

Shunda qalbim tanidi yorni.

Qushlar sayrar jonimga payvast,

Men sevgining bo’yi bilan mast.

Kuni bilan dalada qoldim,

Lolazorlar ichra yo’qoldim.

Quchoq-quchoq gullar terganim

Va keltirib senga berganim

Kechagiday hamon esimda,

Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting,

Shundan beri dilimda oting.

Eng gullagan yoshlik chog’imda,

Sen ochilding ko’ngil bog’imda.

Usmon Nosir (1912–1944) — 20-asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan shoir. Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namanganda tugʻildi. Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻspirin u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931-yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida oʻqidi.

Bolaligidan sheʼrlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor yoʻgʻi oʻn besh yilgina, yaʼni qamoqqa olinguncha astoydil shugʻullandi. Shu fursatda oʻzining qanchalik nodir isteʼdodga ega ekanligini yaqqol koʻrsatdi. Yosh shoirning „Quyosh bilan suhbat“ (1932), „Safarbar satrlar“ (1932), „Traktorobod“ (1934), „Yurak“ (1935), „Mehrim“ (1935) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda „Norboʻta“ (1932) va „Naxshon“ (1935) kabi dostonlari va „Atlas“, „Zafar“, „Soʻnggi kun“, „Dushman“ kabi dramalari bosildi. Usmon Nosir 1937-yilning 14-iyulida „xalq dushmani“ sifatida qamoqqa olindi va Toshkent, Magadan, Kemerovo turmalarida yotdi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin boʻlmaydigan qiynoqlarga duchor boʻlgan shoir 1944-yilda Kemerovoda halok boʻldi. Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi. Shoirning:

Tingla, erkam, oʻrtogʻimsan,

Koʻnglimni ochay.

Qonim sheʼr boʻlib oqsin-da,

Men qayta ichay.

singari misralari bunga misoldir. Oʻzbek sheʼriyatida tuygʻularni bor boʻyicha, dolgʻali koʻrsatish anʼanasi yoʻq edi. Milliy sheʼriyatimiz odob, andisha qoliplaridan chetga chiqmaslikka urinardi. Usmon Nosir ana shu qoliplarni buzishga jur’at qilgan birinchi shoir boʻldi. Shoirning oʻz tuygʻularini:

Sevgi! Sening shirin tilingdan

Kim oʻpmagan, kim tishlamagan?

Darding yoyday tilib koʻksidan,

Kim qalbidan qonlar toʻkmagan?

tarzida tasvirlashi miqyosi, koʻlami va taʼsirchanligiga koʻra mislsiz poetik hodisa edi. Shoirning: „Ilhomimning vaqti yoʻq selday keladi, Jalloddek rahm etmay dilni tiladi, Ayondir bir kuni aylaydi xarob“ shaklidagi iqrori, ayni vaqtda, ulkan badiiy kashfiyot hamdir.

Usmon Nosir sheʼriyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning „Yurak“, „Nil va Rim“, „Monolog“, „Nasimaga deganim“, „Yana she'rimga“, „Begona“, „Yoshlik“ sigari oʻnlab bitiklarida yorqin namoyon boʻlgan.[1][2]

riyat - Zamonaviy o'zbek she'riyati

Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Moskvadagi Kinematografiya institutining stsenariy fakultetida (1929— 30) va Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining til va adabiyot fakultetida bir muncha muddat taxsil olgan (1933—34). «Quyosh bilan suhbat», «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» (1934) dostonlari nashr etilgan. «Atlas» (1935) pesasi o‘z vaqtida xavaskorlar teatri sahnasida ko‘yilgan. A. S. Pushkinning «Bokchasaroy fontani», M. Yu. Lermontovning «Demon» («Iblis») dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1937 yil 13 iyulda «xalq dushmani» sifatida hibsga olinib, dastlab Magadan, so‘ngra Kemerovo viloyatlaridagi qamoqxonalarga yuborilgan va 1944 yil 9 martda o‘sha yerda vafot etgan.

Usmon Nosir she’riyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligi, ayni chog’da, sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur o’rin olgan. Shundan bo’lsa kerak, shoir she’rlari hamon davralarda tez-tez yod aytiladi:

Yurak, sensan mening sozim,

Tilimni nayga jo’r etding,

Ko’zimga oyni berkitding,

Yurak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ko’krak,

Sevinchim toshdi qirg’oqdan,

Tilim charchar, ajab gohi

Seni tarjima qilmoqdan.

usmonnosir.jpg30-yillarda ko’zga ko’ringan va el og’ziga tushgan iste’dodli shoir Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi. Yoshligi Qo’qondagi bolalar uyida o’tgan Usmon o’rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasining til va adabiyot fakul`tetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi.

Usmon Nosirning ilk she’rlari maktabda o’qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko’rina boshlagan edi. Shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to’plamlari, «Norbo’ta» va «Naxshon» dostonlari birin-ketin nashr qilindi. Uning «Norbo’ta» (1932) asarida O’zbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, «Naxshon»da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan bo’lsa, antik dunyodagi qullar kurashi «Nil va Rim» kabi poetik asarlarida o’z aksini topdi.

Usmon Nosir 1937 yilning 18 iyulida hibsga olinganda hali 25 yoshga to’lmagan edi. Xuddi shu damlarda u A.S.Pushkinning «Boqchasaroy fontani» dostonini tarjima qilish bahonasida Moskvada ulug’ shoir tavalludining 100 yilligida ishtirok etishga muyassar bo’lgan. Xususan, u tarjima qilgan «Ulug’ kun» Hamza teatrida muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan. «Vatan haqida qo’shiq» (Mutal Burhonov musiqasi) Moskvada ilk bor o’tkazilgan O’zbekiston san’ati o’n kunligida ijro etilganda gulduros qarsaklar bilan qarshi olingan. Fojiani qarangki, buyuk iste’dodning ana shunday kamolotga ko’tarilgan bir davrida uni sovet davlatining qatag’on siyosati ayamadi.

Shoir bir she’rida shunday bashorat qilgan edi:

Ming yillardan keyin ham

Unutmas meni bog’im.

She’rlarim yangrab qolur…

Bir umrga o’lmayman.

Usmon Nosir

SHE’RLAR


02

YURAK


Yurak, sensan mening sozim,

Tilimni nayga jo’r etding.

Ko’zimga oyni berkitding,

Yurak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ko’krak,

Sevinching toshdi qirg’oqdan,

Tilim charchar, ajab, gohi

Seni tarjima qilmoqdan.

Sen, ey sen — o’ynoqi dilbar,

Zafardan izla yoringni.

To’lib qayna, toshib o’yna,

Tirikman, kuyla boringni!

Itoat et!

Agar sendan

Vatan rozi emas bo’lsa,

Yoril, chaqmoqqa aylan sen,

Yoril! Mayli, tamom o’lsam!

YANA SHE’RIMGA

(Sonet)

She’rim! Yana o’zing yaxshisan,



Boqqa kirsang, gullar sharmanda.

Bir men emas, hayot shaxsisan,

Jonim kabi yashaysan manda.

Yuragimning dardi — naqshisan,

Qilolmayman seni hech kanda!

O’t bo’lurmi ishqi yo’q tanda?

Dardimsanki, she’rim yaxshisan.

Sen orada ko’prik bo’lding-da,

Geyne bilan o’rtoq tutindim.

Lermontovdan ko’mak o’tindim.

Butun umrim sening bo’yningda.

Saharda qon tupursam, mayli.

Men — Majnunman, she’rim, sen — Layli!

BOG’IM


O, u qanday fusunkor!

Nur bilan to’lgan butun.

Gullari chaman-chaman,

Men ularni ichaman:

Ko’nglimda yashnar bahor…

Nur bilan to’lgan butun.

Bargdek uzilib ketsam,

Unutmas meni bog’im:

Ishimni hurmat qilur,

Gullardan haykal qurur.

Ming yillardan keyin ham

Unutmas meni bog’im!

She’rlarim yangrab qolur —

Bir umrga o’lmayman!

Hayotimning davomi —

Kelajagimga homiy,

O’rnimga bog’bon bo’lur —

Bir umrga o’lmayman!

O, u qanday davomdor!

Nur bilan to’lgan butun.

Gullari chaman-chaman,

Men ularni ichaman:

Ko’nglimda yashnar bahor…

Nur bilan to’lgan butun.

YURGANMISIZ BIRGA OY BILAN

Yurganmisiz birga oy bilan

Oqshom payti ko’m-ko’k o’rmonda?

Maysalarga shabnam qo’nganda,

Shunday yaxshi tinch bo’lar ekan.

Shitir-shitir o’ynar shabboda,

Barglar musiqasi bir shirin…

Havo go’yo tiniq, sof boda —

Ko’ngil sezar hayotning sirin.

Men mast bo’lib qoldim bu kecha,

Sil o’pkamni ancha yayratdim.

Uxlamasdan to tong otguncha

Dilginamni rosa sayratdim.

DENGIZ OYNA KABI

Dengiz oyna kabi yaltirar,

To’lqinlarga suqim oqadi.

Oqqush mungli-mungli oh urar,

Hazin kuyi dilga yoqadi.

O’tiraman — ko’nglim osuda,

Boshim uzra barglar shitraydi.

Soyalari limmo-lim suvda

Tanga-tanga bo’lib titraydi.

Qanday yaxshi, kechqurun yolg’iz

Yursang, ko’ngil asti to’ymasa,

Oy go’yoki parishonxol qiz,

Sochlarini yozib o’ynasa…

DENGIZGA

Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!

Ko’nglimda ishqingni olib qaytaman.

Sochimni o’ynaydi muzdek sho’x shamol,

Men unga dardimni qanday aytaman?

Kechqurun qirg’oqda aylanib tanho

Sevdim, sevib qoldim to’lqinlaringni.

Oyni cho’miltirgan tinch tunlaringni

Tushimda ko’rganda ne qilarman, o?

O’ynagil so’ng marta, chayqal, erkalan!

Armonim qolmasin ketar oldimda.

Bag’ringda baliqday yuzgan oq yelkan

Bir umr sayr etgay mening yodimda…

Yaxshi qol, erkin suv! Yaxshi qol, dengiz!

To’lqinlar, qo’ynimga qizday kirdingiz…

MONOLOG


Sevgi! Sening shirin tilingdan

Kim o’pmagan, kim tishlamagan?

Darding yoyday tilib ko’ksudan,

Kim qalbida qonlar to’kmagan?

Seni yaxshi bilaman, go’zal

Petrarkani o’qiganim bor,

Buyuk Rimning Samfosi azal

Xayolimni oshiqday tortar.

Bilamanki, Tasso bechora

Rohat ko’rmay o’tgan bir umr.

Ey,makkora qiz, Leonora,

Nomi qora bilan yozilgur!..

Balki, guldan yaralgan pari,

Tosh ko’ngilli Biatrichi —

«Gadosan!» deb qochmasa nari

Dante baxtli bo’lardi pichi?!

Balki Hamlet oydin tunlarda

Ofeliyani erkalatardi,

Balki uzun sochini silab

Azongacha ertak aytardi.

Agar xiyonatni bilmasa,

Yozmasa fojia yuragin!

Yo’q, yo’q, shoir! Gar shunday bo’lsa

Shekspirning yo’qdir keragi!

Dezdemona, gunohsiz dilbar,

Jigar qonlaringni ichgan kim?

Bilaman — Otello, bilaman…

Otello haqlimi?.. Shoir jim!..

Jim!.. Ufqdan botar quyoshni

Shart kesilgan boshga o’xshatdim.

Parcha-parcha kuygan shafaqlar

Tirqiragan qonni eslatdi!

Qanday qo’rqinch! Qanday qabohat!

Mumkin emas hech qiynalmasdan!

Aqlidan ozganmi muhabbat?

Mumkin emas, qarshi turmasdan!

Mumkin emas, ey oliy janob,

Necha yurakni aylab xarob,

Shohona toj kiygan muhabbat,

Mumkin emas! Qanday qabohat,

Ki, odamning o’zinginamas,

Hissini ham xarob qilsa davr!

Qiynalaman!.. Yuragimda havr —

Bu qarshilik! Yon! Gina emas.

Bu qarshilik! Ko’ring tarixni —

Parvonadek qanoti kuygan.

Bu qarshilik! Ko’ring tarixni —

Umr tepasida musht tuygan…

Qiynalaman vijdon bilan man —

Mumkin emas qarshi turmasdan

O’z zimmamga katta ish oldim;

Ehtimolki, tamom qilmasdan —

Umrim tugar. Ammo bo’lmaydi

(Ko’nglim o’rniga hech tushmaydi!)

Senga qarshi bosh ko’tarmasdan,

Asrlarni yig’latgan sevgi!

BAG’ISHLOV

(«Naxshon» dostonidan)

Bog’larga namozgar

Salqini tushdi,

Gullar nam bargini

Qayirdi asta.

Oftob ham suv ichar

Tog’lardan pastda,

Loladek qip-qizil

O’t shafaq o’chdi.

Ko’z tutdim

Ko’zlarim nigoron bo’ldi;

O, dilbar,

Simbarim, yuzlari qirmiz.

Kiprigi ko’ksiga

Soya solgan qiz,

Ko’z tutdim,

Yuragim to’la qon bo’ldi.

Shabboda bolariday

Gulzor uzra sho’x Oy fonarini

Yoqdi — qiz oqshom, Yasha!

Sen kelding,

Sevgilim, Naxshon,

Suv qizi — suvsarim,

Kipriklari o’q.

Sen kelding,

Ko’nglimga suv kabi okding.

Sen kelding —

Ruhimda yashash boshlandi,

Sevinchdan ko’zlarim

Behol yoshlandi.

Sen kelding,

She’rimga chechaklar taqding.

Sen kelding,

Va’daga vafodor malak,

Oppoq qo’lingnimi

Siypalab o’pay?

Qora sochingnimi

Siypalab o’ray?

Va’da etayinmi,

Senga deb falak?

Arzirdi


Falakni etsam hadya,

Afsus…


Fazo menga hali qul emas,

Mayli… borimni

Aylay armug’on.

Garchi u


Ajoyib, asl gul emas,

Naxshon, ey yoshligim,

Sevgalim, ma, ol!

Ishqimning eng oliy

Tuhfasi she’rim.

O’qi!


Lablaringdan to’yib emgani,

She’rimga berkindi

Ataylab mehrim.

007


(Tashriflar: umumiy 20 605, bugungi 4)

TEG(LAR) Usmon NosirXX asr o'zbek she'riyati

O'XSHASH MAQOLALAR.

Tilak Jo’ra. She’rlar & Xurshid Davron. Yuragi derazaday ochiq shoir20 Апр, 2020

Usmon Nosir. She’rlar & O’tkir Rashid. Usmon Nosir haqida & Nodira Rashidova. Usmon Nosir. Spektakl14 Мар, 2020

Mixail Lermontov. Demon (Iblis). Usmon Nosir tarjimasi. Matn & Radiospektakl03 Фев, 2020

Xurshid Davron. Unutilmas sizning nomingiz30 Авг, 2019

Xurshid Davron. Uxlaganlar, uyg’oning! Xotirot she’rlari07 Окт, 2018

5 IZOH

Аноним


13.12.2018 at 19:51

Yaxshi


Asilbek

15.02.2019 at 20:47

Asilbekka yoqdi

Аноним


11.04.2019 at 21:17

Menga ham yox di

Jahongir Qahhor Faxriddin o'gli

23.12.2019 at 01:45

Buyuk adiblar, ijodkorlar kam tug’iladi. Lekin ulardan qolgan har bir go’zallik insonlar ko’nglini zabt etishda davom etaveradi va tillardan-tillarga, dillardan-dillarga o’tib ko’p yillar osha qalblar tug’yonini mukammal ifodasi bo’lib yashaydi.

jasmina


16.01.2020 at 21:42

Menga ham yoqdi

IZOH QOLDIRING

Комментарий

Имя

E-mail


Сайт

Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.

РУССКИЙ ENGLISH

ADIB XURSHID DAVRON HAYOTI VA IJODI

Adib Haqida Maqola Va Ma'lumotlar

Adib Kitoblari

Badiha, Esse, Maqola, Suhbat

Dostonlar, She'rlar, Turkumlar

Drama, Qissa, Hikoya, Esse

Qisqa Mulohazalar, Luqmalar

Ssenariy Va Loyihalar

Tarjimalar

KUTUBXONA

Alisher Navoiy Hayoti Va Ijodi

Amir Temur Hayoti Va Faoliyati

Islom Tarixi, Adabiyoti Va Madaniyati

Tasavvuf Tarixi, Va Adabiyoti

Jadidchilik Tarixi Va Adabiyoti

Jahon Adabiyoti Va Madaniyati

Turk Xalqlari Tarixi, Adabiyoti, Madaniyati

O'zbek Tarixi, Adabiyoti Va Madaniyati

Ona Tili Va Milliy Alifbo

San'at Va Musiqiy Meros

Tarixiy Hujjatlar, Nodir Qo'lyozmalar

Xotira Va Yodnomalar

Yangi Kitoblar Va Asarlar Taqdimoti

Yoshlar Ijodi

Qo'shimcha Bo'lim

Inson Hayoti

Lug'atlar, Qomuslar

Maktubot

Naqllar, Hikmatlar, Rivoyatlar

Video, Audio,Foto

YANGILIKLAR

Muborak Kun

Tarixiy Sana

ТЕКСТЫ НА РУССКОМ — RUSCHA MATNLAR

BIZNI KUZATIB BORING

REKLAMA

ARXIV


Май 2020

Апрель 2020

Март 2020

Февраль 2020

Январь 2020

Декабрь 2019

Ноябрь 2019

Октябрь 2019

Сентябрь 2019

Август 2019

Июль 2019

Июнь 2019

Май 2019

Апрель 2019

Март 2019

Февраль 2019

Январь 2019

Декабрь 2018

Ноябрь 2018

Октябрь 2018

Сентябрь 2018

Август 2018

Июль 2018

Июнь 2018

Май 2018

Апрель 2018

Март 2018

Февраль 2018

Январь 2018

Декабрь 2017

Ноябрь 2017

Октябрь 2017

Сентябрь 2017

Август 2017

Июль 2017

Июнь 2017

Май 2017

Апрель 2017

Март 2017

Февраль 2017

Январь 2017

Декабрь 2016

Ноябрь 2016

Октябрь 2016

Сентябрь 2016

Август 2016

Июль 2016

Июнь 2016

Май 2016

Апрель 2016

Март 2016

Февраль 2016

Январь 2016

Декабрь 2015

Ноябрь 2015

Октябрь 2015

Сентябрь 2015

Август 2015

Июль 2015

Июнь 2015

Май 2015

Апрель 2015

Март 2015

Февраль 2015

Январь 2015

Декабрь 2014

Ноябрь 2014

Октябрь 2014

Сентябрь 2014

Август 2014

Июль 2014

Июнь 2014

Май 2014

Апрель 2014

Март 2014

Февраль 2014

Январь 2014

Декабрь 2013

Ноябрь 2013

Октябрь 2013

Сентябрь 2013

Август 2013

Июль 2013

Июнь 2013

Май 2013

Апрель 2013

Март 2013

Февраль 2013

Январь 2013

Декабрь 2012

Ноябрь 2012

Октябрь 2012

Сентябрь 2012

Август 2012

Июль 2012

Июнь 2012

Май 2012

Апрель 2012

Март 2012

Февраль 2012

Январь 2012

Декабрь 2011

Июнь 2011

Апрель 2011

Март 2011

Февраль 2011

Сентябрь 2010

Июнь 2010

Февраль 2010

Январь 2010

Декабрь 2009

Ноябрь 2009

Октябрь 2009

Сентябрь 2009

Август 2009

Июль 2009

Июнь 2009

Май 2009


Март 2009

Февраль 2009

Январь 2009

Декабрь 2008

Ноябрь 2008

Октябрь 2008

Сентябрь 2008

Август 2008

Июль 2008

Июнь 2008

Май 2008

Апрель 2008

Март 2008

Февраль 2008

Январь 2008

Декабрь 2007



© 2020 Xurshid Davron kutubxonasi. Hamma huquqlar himoyalangan.
Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling