Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug samarqand serjantlar tayyorlash maktabi


Download 484.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana13.01.2022
Hajmi484.16 Kb.
#544268
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ofiserning pedagogik mahorati va uni takomillashtirish yollari mavzusi boyicha
Bog'liq
Сўғд шаҳарлари, Сўғд шаҳарлари, download-temiruglerod-fefe3c-holat-diagrammasi, Детал, vektr, 712-19 mustaqil ish Begmatov Nodirbek qayta ishlangan, тарбиявий ишлар методикаси аграномия 12 02 2021(1), STIR-565658414, 1808-1 15.03.2012, aksiologiya, aksiologiya, 2 5339102226801495734, 2 5339102226801495734, ramazon taqvim, 2 5418168279753559260


 

 

JANUBIY-G‘ARBIY MAXSUS HARBIY OKRUG 



 SAMARQAND SERJANTLAR TAYYORLASH MAKTABI 

 

 

 

 

 

 

 

OFISERNING PEDAGOGIK MAHORATI VA UNI 

TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI MAVZUSI BO‘YICHA

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Samarqand-2016 yil 




 

 



 

 

K I R I SH 

O‘zbekiston  Respublikasining  mustaqillikka  erishishi  va  ana  shu 

mustaqillikni,  mamlakatimiz  xalqining  bunyodkorlik  mehnatini  va  tinch  hayotini, 

osoyishtaligini  himoya  qilish  zaruriyatidan  kelib  chiqqan  holda  amalga 

oshirilayotgan  harbiy  islohotlarning  talablaridan  biri  Qurolli  Kuchlarimiz  uchun 

yuqori malakali mutaxassislarni, yuksak intellektual, ma’naviy-axloqiy salohiyatga 

ega bo‘lgan harbiy kadrlarni tayyorlashdir. 

Mustaqil  O‘zbekistonimizda  islohotlar  tobora  keng  quloch  yoymoqda. 

Hayotimizning  barcha  jabhalarida,  jumladan  yosh  avlod  ta’lim-tarbiyasida  ham 

keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Tariximizni, ma’naviyatimizni qayta tiklash, 

yanada  boyitish  borasidagi  harakatlar,  ta’lim-tarbiya,  kadrlar  tayyorlash  yo‘lidagi 

tub o‘zgarishlar shular jumlasidandir. Bu ishlar bejiz amalga oshirilayotgani yo‘q. 

Chunki har qanday mamlakatning ravnaqi halqning bilimdonlik saviyasi, ma’naviy 

darajasiga  bog‘liq.  Shu  munosabat  bilan  mamlakatimiz  Prezidenti  I.  Karimov 

quyidagi  so‘zlarni  aytadi:  «Kelajagi  buyuk  davlat  eng  birinchi  navbatda  bo‘lajak 

fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g‘amxo‘rlik qilmog‘i 

zarur». 

Har  sohada  bo‘lgani  kabi,  harbiy  mutaxassislar  tayyorlashda  ham  katta 

ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ofiser va serjant kadrlarga qo‘yiladigan talablar 

oshib  bormoqda.  Chunki  hozirgi  ofiser  va  serjant  faqat  ma’lum  bir  sohada 

chegaralangan  bilimlar  egasi  bo‘lgan  tor  ixtisosli  mutaxassis  emas,  balki  chuqur 

intellektual  qobiliyatga  ega  bo‘lgan,  keng  dunyoqarashli,  yuksak  madaniyatli  va 

ma’naviyatli  inson,  o‘z  bilimi,  shaxsiy  namunasi  bilan  o‘z  bo‘ysunuvchilariga 

tarbiya  va  ta’lim  bera  oladigan  pedagog  bo‘lishi  zarur.  «Harbiy  kadrlar,  –  deydi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  –  Qurolli  Kuchlar  Oliy  Bosh  Qo‘mondoni 

I.Karimov  o‘zining  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlari  tashkil 

etilganligining  21  yilligi  munosabati  bilan  Vatan  himoyachilariga  yo‘llagan 

bayram  tabrigida,  –  birinchi  navbatda,  chuqur  bilimga  ega  bo‘lgan  va  zamonaviy 

fikrlaydigan,  intellektual  yetuk  ofiserlarni,  shuningdek,  bugungi  kunda 

armiyamizning  o‘zagini  tashkil  etayotgan  yuksak  professional  malakali  kichik 

komandirlar  –  serjantlarni  tarbiyalash  tizimini  tubdan  yaxshilash  ham  Qurolli 

Kuchlar  qo‘mondonligi  faoliyatining  eng  muhim  yo‘nalishlaridan  biri  bo‘lishi 

darkor. 

Bu  borada  harbiy  bilim  yurtlari  va  serjantlar  maktablarida  harbiy  kadrlarga 

harbiy  soha  va  harbiy  san’at  rivojidagi  asosiy  tendensiyalarni  aks  ettiradigan, 

prinsipial  jihatdan  yangi  mutaxassislik  va  ilm-fan  yo‘nalishlarini  jangovar 

harakatlarni  olib  borishning  xorijiy  tajribasi,  shakl  va  metodlarini  hisobga  olgan 



 

 



 

holda o‘rgatish oldimizda turgan ishlarning eng mas’uliyatli jabhasi, desam, hyech 

qanday mubolag‘a bo‘lmaydi».

1

 



Har  sohada  bo‘lgani  kabi,  harbiy  mutaxassislar  tayyorlashda  ham  katta 

ijobiy  o‘zgarishlar  ro‘y  bermoqda.  Ofiser  kadrlarga  qo‘yiladigan  talablar  oshib 

bormoqda.  Chunki  hozirgi  ofiser  faqat  ma’lum  bir  sohada  chegaralangan bilimlar 

egasi  bo‘lgan  tor  ixtisosli  mutaxassis  emas,  balki  chuqur  intellektual  salohiyatga 

ega  bo‘lgan,  keng  dunyoqarashli,  yuksak  madaniyatli  va  ma’naviyatli  inson,  o‘z 

bilimi,  shaxsiy  namunasi  bilan  o‘z  bo‘ysunuvchilariga  tarbiya  va  ta’lim  bera 

oladigan qobiliyatli va mahoratli pedagog bo‘lishi zarur.  

Ofiser,  xususan,  tarbiyachi  ofiser  ta’lim-tarbiya  borasida  qanday  bilim, 

ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi, nima qilishi, qanday yo‘l tutishi, nimalarga 

e’tibor  berishi  lozim?  Bu  va  shu  kabi  boshqa  savollarga  ma’lum  darajada 

pedagogik  fanlar  javob  beradi.  Mazkur  fan  ofiser  pedagogik  mahoratining 

mazmuni,  uning  tarkibiy  qismlari  va  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  ochib  berish  va 

shakllantirish yo‘llarini yoritishga qaratilgan. 

 

 



 

 

 



                                                 

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 



21 йиллиги муносабати билан Ватан ҳимоячиларига байрам табриги. – Ватанпарвар, 2013 

йил 12 январ.  




 

 



 


Download 484.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling