Janubiy Koreyaning siyosiy tizimi, davlat organlarining faoliyati. Bajardi: Mustafoqulova Dilnoza


Download 0.69 Mb.
Sana02.05.2020
Hajmi0.69 Mb.
#102800
Bog'liq
Mustafoqulova Dilnoza Mintaqashunoslik.
1-Laboratoriya mashguloti, 1-Laboratoriya mashguloti, o'simliklaring harakayi, Жавоблар, 6b7f4ae17aea4e72841c4dd1d5795676, Reja So‘zlarning qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar, teng bog‘lov, Узбек адабиёти Оралик 2 курс сиртки 2020, answer, answer to the questions (1), 11, Адабиётлар, boborahim mashrab musaddaslari va musabbalarining goyaviy-badiiy tahlili., Javob 2-mavzu Testlar, 11.

Janubiy Koreyaning siyosiy tizimi, davlat organlarining faoliyati.

Bajardi: Mustafoqulova Dilnoza

Tekshirdi: Rashidov Rustam

Joylashuvi va maydoni

Joylashuvi va maydoni

Janubiy Koreya Osiyo qit’asining shimoliy – sharqiy qismidagi koreys yarimorolida joylashgan bo’lib, maydoni 100,188 km2 ni tashkil etadi. Koreyaning janubiy hamda g’arbiy qismlari tubdan tekislikdan, sharqiy hamda shimoliy qismlari tog’li qir-adirlardan iborat. Koreyaning Sariq dengizi qirg’oqlari hamda Janubiy dengiz qirg’oqlarida ko’rfazlar ko’p bo’lib, suv sathining ko’tarilishi va pasayishidagi farq katta. (Manba: Yer, infrotuzilma va transport vazirligi.)

Davlat bayrog’i

Davlat bayrog’i

Koreyaning davlat bayrog’i “Tegikki” ning oq foni markazida Tegik ( Yin – Yang) timsoli va to’rt burchagida Kon, Ko’n, Kam, Ri trigrammadan iborat. Tegikki oq foni yorqinlik va beg’uborlik hamda an’anaviy tinchliksevar xalqning ramzi hisoblanadi. Markazdagi Tegik timsoli Yin ( Moviy rang ) va Yang ( Qizil rang) uyg’unlikni bildirib, koinotdagi butun borliq Yin va Yang o’zaro uyg’unlashishi oqibatida yaratilib rivojlanadi degan ma’noda ona tabiat asl ma’nosini tasvirlaydi. Shuningdek, qadim zamondan ajdodlari kundalik hayotda tez-tez ishlatgan Tegik timsoliga asoslangan holda yaratilgan Tegikkida koinot bilan birgalikda cheksiz yaratish va gullab – yashnashini tilaydigan xalqning orzu- umidlari aks etgan.

Davlat guli (Gibiskus)

Davlat guli (Gibiskus)

Qadimdan koreys xalqining muhabbatiga sazovor bo’lgan Gibiskus (mugunghva) davlatning ramziy guli hisoblanib, “Butun umr gullab va yana gullab yopilmaydigan gul” degan ma’noni anglatadi. Tarixiy manbalarga nazar tashlasak, koreyslar Gibiskus gulini Qadimgi Choson davridan oldin ham jannat guli sifatida muqaddas hisoblagan, Shilla esa o’zini “Kinhvahyang (ya’ni Gibiskus davlati)” deb atagan. Gibiskus kuzda barglari to’kiladigan keng bargli gullar oilasiga mansub bo’lib, balandligi 3-4 metrgacha o’sadi va yarim aylana shakliga ega. Har yili iyuldan oktabrga qadar gullab turadi.

Aholisi

Aholisi

Koreya aholisining umumiy soni 51,836, 763 (2019-yil aprel) kishini tashkil etib, aholi soni bo’yicha dunyoda 28- o’rinda, aholi zichligi esa (Davlat statistika qo’mitasining 2017- yil 11-avgust holatiga ko’ra) 1 km2 ga 513 kishi bo’lib, dunyoda 23-o’rinda turadi

Iqtisodi

Koreyaning Yalpi Ichki Mahsuloti ( YIM) 1,530,200,000,000 AQSH dollarini tashikil etib, dunyoda 12-o’rinda, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YIM 29,743 AQSH dollarini tashkil etadi ( 2017-yil, Statistika qo’mitasi). Asosiy eksport mollari neft mahsulotlari, yarim o’tkazgich elektrotexnik mahsulotlar, avtomobil, kema, tekis display kabilar hisoblanadi.

Hukumat tuzilishi

Hukumat tuzilishi

Koreya prezidentlik tizimiga ega bo’lib, prezident davlat rahbari sifatida qonunga ko’ra barcha markaziy boshqaruv organlari rahbarlarini boshqaradi va nazorat qiladi. Bosh vazir prezidentning ko’rsatmasi bilan markaziy boshqaruv organlari rahbarlarini boshqaradi va nazorat qiladi.

Quyidagi chizmadan Koreya markaziy hukumati 18ta vazirlik, 5ta maxsus vazirlik va 17ta qo’mitadan tashkil topganligini ko’rish mumkin. Shulardan 18ta vazirlik vazirlar boshchiligida chizmadagi vazifalarni bajaradi.

Ta’lim vazirligi

Ta’lim vazirligi

Inson resurslarini rivojlantirish siyosati, maktab ta’limi, uzluksiz ta’lim va ilmiy ishlar bilan bog’liq masalalar bilan shug’ullanadi.

Ilm- fan va axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi

Yadro energiyasi sohasida tadqiqotlar olib borish, rivojlantirish, yadro energiyasi ishlab chiqarish va foydalanish, milliy informatizatsiya, axborotni himoyalash va axborot madaniyatini rejalashtirish, efirga uzatish va telekommunikatsiyalar sohalarini yaqinlashtirish va ilgari surish hamda radioto’lqinlarni tartibga solish hamda axborot va kommunikatsiyalar sanoatlari sohasidagi ishlar uchun javobgardir.

Birlashuv vazirligi

Shimoliy va Janubiy Koreyaning birlashuvi, o’zaro suhbati, hamkorlik haqidagi siyosatni tuzish, birlashishi bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarga boshchilik qiladi.

Madaniyat, sport va turizm vazirligi

Madaniyat, sport va turizm vazirligi

Madaniyat, san’at, videotasvir, reklama, chop etish, nashrlar, sport, turizm, davlat siyosatini targ’ibot qilish va hukumat e’lonlari bo’yicha ishlarga boshchilik qiladi.

Ayollar va oila vazirligi

Genderlar tengligi va oila vazirligi ayollar bo’yicha siyosatlarni rejalashtirish va muvofiqlashtirish, ayollarning maqomini yaxshilash, jumladan ayol huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, oilalar va ko’p madaniyatli oilalar bo’yicha siyosatlarni o’rgatish, muvofiqlashtirish va qo’llab – quvvatlash va sog’lom oila loyihalari uchun bolalar va o’smirlarni tarbiyalash, ijtimoiy himoyalash va himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan boshqa masalalar uchun javobgardir.

Atrof – muhit muhofazasi vazirligi

Tabiiy muhit, hayotiy muhitni saqlash va ekologiya buzilishining oldini olish bilan bog’liq masalalarga boshchilik qiladi.

Mahalliy davlat boshqaruv organlari

Mahalliy davlat boshqaruv organlari

Koreya hududi 17ta markaziy boshqaruv organlari va 226ta okrug avtonom organlariga bo’lingan. Markaziy boshqaruv organlariga 1ta maxsus shahar, 6ta megapolis, 1ta maxsus avtonom shahar, 8ta viloyat, 1ta maxsus avtonom viloyat kiradi. Okrug avtonom organlari 75ta avtonom shahar, 82ta uezd (gun), 69ta avtonom tuman(gu) ga bo’lingan bo’lib , har bir okrug avtonom organining quyi ma’muriy hududi hisoblanmish ip, myon, donglar jami 3,500 tadan iborat. (2018-yil, aprel)

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling