Janubiy Osiyo subregioni yer sharida aholi eng zich yashaydigan hududlar qatoriga kiradi. Bu regionda aholi soni 1,5 mlrd kishiga yaqinlashmoqda


Download 23.28 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi23.28 Kb.
#1551553
  1   2   3   4
Bog'liq
28 Janubiy Osiyo


8.5.Janubiy Osiyo subregioni turizmi

Janubiy Osiyo subregioni yer sharida aholi eng zich yashaydigan hududlar qatoriga kiradi. Bu regionda aholi soni 1,5 mlrd. kishiga yaqinlashmoqda. Ushbu regionga Afg‘aniston, Bangladesh, Hindiston (17,4 mln turist qabul qilgan bo‘lib, u subregionda etakchi davlatdir), Butan (274 ming) Nepal (1,173 ming), Shri-Lanka, Maldiv orollari (1,484 ming), Eron (7,296 ming)ni o’z ichiga oladi. 2018 yilda subregionga jami 32,817 ming turistlarni qabul qilgan bo‘lib, undan kelgan daromad ko‘rsatkichi 43,620 mln AQSH dollarini tashkil etgan.


Janubiy Osiyo subregioni turizmi tarixiga nazar tashlasak, bu mintaqada turizm juda sekinlik bilan rivojlangan. Masalan, 1970 yildan 1996 yilgacha, ya’ni 26 yil davomida xalqaro turizm 20% ga o‘sganligi kuzatilgan. 1970 yilda bu mintaqaga 0,9 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan bo‘lsa 1996 yilda 4,5 mln. turistlar tashrif buyurgan. 1985-1993 yillarda turistik tashriflar soni o‘sgan bo‘lsa ham tushumlar miqdori bo‘yicha pasayish kuzatilgan. 1994 yildan boshlab sekinlik bilan bo‘lsa ham o‘sish kuzatilgan. 1996 yil Janubiy Osiy mamlakatlariga 4,4 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. Turizm tushumlari 3.963 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.
Mazkur subregion 2000 yillarda jahon turizm tashriflarining 0,76% jahon turizm tushumlarining 0,94%i to‘g‘ri kelgan. Bu mintaqada siyosiy barqarorlik, o‘zaro kelishmovchiliklar, turizm sohasi bo‘yicha sarmoya siyosatini yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli xalqaro turizm sust darajada rivojlangan. 2002 yilda Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlariga 6,079 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. 1996 yilga nisbatan o‘sish sur’atlari 24,4% ni tashkil etgan. Jahon bo‘yicha turizm tashriflarining 0,88% Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlariga to‘g‘ri kelgan. Xalqaro turizm tushumlari 5,367 mlrd.AQSH dollarni tashkil qilgan. Har bir turistik tashrif 2000 yilda 882 AQSH dollarga to‘g‘ri kelgan. Janubiy Osiyo mintaqasi xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qilish bo‘yicha 2002 yilda tarixiy ahamiyatga molik muvaffaqiyatlarga erishdi. 2002 yilda jahon turizm harakatlari 2,7% ga o‘sishga erishilgan edi. Janubiy Osiyo mintaqasida oldingi yilga nisbatan o‘sish sur’atlari 6,8% ni tashkil etdi. Bu yillik o‘sish dunyo bo‘yicha o‘rtacha o‘sishdan yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Bu regionda xalqaro ahamiyatga molik tadbirlar bo‘lib o‘tmagan bo‘lsada. Eron va Hindistonning ekzotik dam olish joylari xorijiy turistlarning diqqat e’tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Mintaqaga nisbatan turizmni rivojlantirish geografik o’rinda joylashgan. Mintaqaning asosiy qismida joylashgan davlatlar okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. Faqatgina Butan va Nepal quruqlikning ichki qismida joylashgan.Osiyoning janubida joylashgan davlatning iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlanmagan. Shu bois turizm bu mintaqada turizm rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mintaqa juda katta maydonni egallaydi. Bu esa turizmni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlarni ochib beradi. Bu yerda cho’l namtropik o’rmonlari,tog’ tundra va tog’ muzliklari keng tarqalgan.Himolay tog’ida dunyoning eng baland cho’qqisi Jamolungma cho’qqisi (8848m). Bu yerda sport, alpinistik turizmini rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Maldiv orollari mamlakatning asosiy daromad manba dengizda cho’milib dam olishdan iborat. Hindiston davlati tanishuv, sog‘lomlashtirish turizmi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Hindiston buddaviylik dini markazlari sifatida mashhurdir. Islom madaniyatiga xos madaniy arxitektura markazlaridan biri Boburiylar tomonidan qurilgan Toj-mahal ansambli jahonning etti mo‘jizasi sifatida mashhurdir.

Download 23.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling