Jarohat to’g’risida tushucha, turlari, belgilari


Download 80.82 Kb.
bet1/3
Sana01.02.2020
Hajmi80.82 Kb.
#96230
  1   2   3
Bog'liq
Jarohat turlari
ERGASHEV QUTLUG'BEK, 1352366092 32497, classroom-objects-lesson-plan, 4 Lexicography vs terminology, 4 Lexicography vs terminology, ЭЪЛОН(1), al lab3, yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasi asoslari (2), Makroiqtisod, 1-мавзу Таълим жараёнида педагогик дастурий воситалар, mehnat bozori tartibga solishning hududiy asoslari, Ахборот хати (2), kombinatorika savollar (1), Test 5 sinf yangi ona tili

Jarohat to’g’risida tushucha, turlari, belgilari

Jarohat deb teri qoplamlari, shilliq pardalar, bazida esa tag’in ham ichkaridagi to’qimalar butunligining buzilishi va og’rib, qonab turishi hamda ochilib qolishi bilan harakterlanadigan shikastga aytiladi.

Jarohatlar o’q tekkan, kesilgan, chopilgan, sanchilgan, urilgan, ezilgan, yirtilgan tishlangan bo’lishi mumkin. O’q tekkan jarohatlar odamning o’qdan yoki oskolkadan yaralanishi natijasida paydo bo’ladi. Bular teshib o’tgan, uchi berk va urinma jarohatlar bo’lishi mumkin. Teshib o’tgan jarohatlarda o’q yoki oskolka kirgan va teshib chiqib ketgan teshiklar bo’ladi, uchi berk jarohatlarda o’q yoki oskolka to’qimalarda tiqilib qoladi, urinma jarohatlarda urinma yo’nalishda uchib kelgan o’q yoki oskolka yumshoq to’qimalarda tiqilib qolmasdan, balki teri va yumshoq to’qimalarni shikastlab o’tadi. Kesilgan va sanchilgan jarohatlarning zararlanish zonasi kichik, chetlari tekis bo’ladi, bunday jarohatlarning devorlari yashash qobiliyatini saqlab qoladi, ulardan ko’p qon ketadi, bunday jarohatlarga infeksiya boshqalaridan ko’ra kamroq yuqadigan bo’ladi. Sanchilgan jarohatlarning teshib o’tgan xillari teri va shilliq pardani uncha zaralamasa ham, ancha chuqur bo’lishi mumkin va ichki organlarni shikastlashi va ularga infeksiya o’tishi mumkin bo’lgani munosabati bilan kattagina xavf tug’diradi, ichki organlarga infeksiya o’tib qolsa, peritonit va sepsis boshlanib ketishi mumkin. Chopilgan jarohatlar har xil chuqurlikda bo’lib, yumshoq to’qimalarning urilib, lat yeyishi va ezilishiga olib boradi. Urilgan, yirtilgan va ezilgan jarohatlar murakkab shaklda, chetlari notekis bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ancha joyi qonga, o’lik to’qimalarga to’lib turgan bo’ladi, bunday jarohatlarda infeksiya avj olishi uchun qulay shart-sharoitlar vujudga keladi. Yirtilgan jarohatlar qo’pol mexanik ta’sir tufayli paydo bo’lib, aksari terining sidirilib chiqishi, paylar, muskullar va tomirlarning shikastlanishi bilan birga davom etadi, ko’p ifloslangan bo’ladi. Tishlangan jarohatlarga hamisha so’lak tushgan bo’ladi.

Operasiya jarohatlarini aytmaganda, jarohatlarning hammasi birlamchi tartibda infeksiyalangan, deb hisoblanadi. Jarohatlovchi narsa, tuproq, kiyim bo’laklari bilan birga, havodan va jarohatga qo’l urilgan mahalda unga mikroblar tushadi. Jarohatga tushib qolgan mikroblar uning yiringlab ketishiga, saramas singari yallig’lanishga aloqador asoratlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. 

Havosiz joyda ko’payadigan va anaerob infeksiyaga sabab bo’ladigan mikroblarning jarohatga tushib qolishi hammadan hatarli. Jarohatlarning yana bir xavfli asorati ularga qoqshol mikrobi yuqib qolishidir.

Jarohatlarni mikroblar yuqishidan ehtiyot qilishning chorasi jarohatlangan joyga mikroblar o’tishiga yo’l qo’ymaydigan aseptic bog’lamni mumkin qadar ertaroq qo’yib bog’lashdir. (Quyidagi rasmlarda jarohat turlari ko’rsatilgan)

 


Download 80.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling