Jarqo’rg’on tumanidagi 44-maktabning tarix fani o’qituvchisi Axatov Ilhomning


Download 116.02 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.08.2020
Hajmi116.02 Kb.
#126254
Bog'liq
I.Axatov Jar. 44-maktab uyga vazifa 11-avgust


Jarqo’rg’on tumanidagi 44-maktabning tarix fani o’qituvchisi Axatov Ilhomning 

11-avgustda berilgan topshiriq yuzasidan savollarga  javobi: 



1.  Savol: “Boburnoma” asarini qaysi sinfda qaysi mavzuda qanday uslubda o’quvchiga 

yetkazasiz? 

2.  “Borodino jangi” o’quv filmidan asarini qaysi sinfda qaysi mavzuda qanday uslubda 

o’quvchiga yetkazasiz? 

3.  “Vatikan”  o’quv  filmidan    asarini  qaysi  sinfda  qaysi  mavzuda  qanday  uslubda 

o’quvchiga yetkazasiz? 

4.  Darslarda  o’quv  filmlaridan  qancha  vaqt  va  qanday  foydalanasiz..  Bazangizda 

qancha filmlar mavjud? 

Javoblar: 

1.“Bobunoma”  shoh  va  olim  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  bolaligidan  tovafotigacha 

bo’lgan  davrni  qamrab  oluvchi  shoh  asardir.  Bu  kitob  ajoyib  memuar,  voqeiy,  geografik, 

tarixiy asardir. Bu kitob haqida 8-sinf O’zbekiston tarixi darsligida 36-§. Qo'qon xonligida 

ijtimoiy-iqtisodiy  hayot  to’xtalib  o’tamiz:

  “

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  davrida 

Andijonda xo‘jalik, fan va madaniyat ravnaq topdi. U ,.Boburnoma“da Andijonga ,,Oshlig‘i 

vojir,  mevasi  farovon,  qo-  vun  va  uzumi  yaxshi  bo‘lur...  Movarounnahrda  Samarqand  va 

Kesh qo‘rg‘onidirt so'ngra mundin ulug'roq qo‘rg‘on yo‘qtur. Uch darvo- zasi bor. To‘qqiz 

tarnov suv kirar", deya ta’rif berilgan.  

Shuningdek  “Boburnoma”  asari  haqidagi  ma’lumotlarni  o’quvchilarimga  P.Qodirovning 

“Yulduzli tunlar” asarida keltirilgan voqeylik bilan tushuntirishga harakat qilaman. Avvalo 

o’zim  bilgan  ma’lumotlarni  o’quvchilarga  yetkazaman  va  kerakli  bo’lgan  joylarini 

daftarlariga qayd etib borishadi. Kelasi darsda esa uni so’rayman. Shu… 

 

2.      “Borodino”  jangi  Napaleon  Bonapartning  Rossiyaga  imperiyasiga  amalga  oshirgan 



yurishida  yuz  bergan  eng  daxshatli  jnglardan  biridir.  Bu  haqda  biz  8-sinf  Jahon  tarixi 

darsligida  21-mavzuda: 1800-1870- yillarda Fransiya mavzusida bilib olishimiz mumkin. 

“Borodino” jangi 1812 yil Napoleon Bonapartning Rossiyaga qarshi urushi oqibatida yuzaga 

kelgan jangdir. Bu urush Rossiya tarixida “Vatan urushi” nomi bilan kirgan edi. Fransiya va 

Rossiya qo’shini o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1812 yil 17-sentyabr kuni Moskva yaqinidagi 

“borodina” qishlog’i yaqida yuz beradi. 



Menda afsuski bu o’quv filmi yo’q edi. Lekin bo’lganda uni albatta o’quvchilarimga qo’yib 

berar  edi.  Va  o’quvchilarimdan  ushubu  o’quv  filmini  ko’rganidan  keyin  tassurotlari 

yuzasidan  kichik  esse  yoki  matn  tuzushini  va  o’rtoqlashishini  so’rardi.  Ayrimlaridan  esa 

“xotira” mashqini ya’ni eslab qolgan ma’lumotini bittasiga aytiraman, 2-o’quvchi esa oldingi 

sherigining ma’lumotini ham o’zinikini ham aytadi. Huddi shunday qilib kim ko’p ma’lumot 

aytsa rag’bat va a’lo baho qo’yar edim… 

3. “Vatikan”  o’quv filmi men uchun ham qiziq  va ta’sirli chunki u  eng kichik davlat bo’lib 

katolik  dining  markazi  hisoblanadi.  Bu  video  darsni  men  6-sinf  qadimgi  dunyo 

tarixidarsligida Rim imperiyasi mavzusida yoki 7-sinf jahon tarixi 3-§. Franklar imperiyasi 

mavzusida o’quvchilarimga qo’yib bergan bo’lar edim.

  

O’quv  filmi  orqali  o’quvchida  kengroq  tasavvur  va  fikr    paydo  bo’ladi.  Chunki,  ota 

bobolarimiz aytganidek,  “ming  eshitgandan bir bor ko’rgan  yaxshi”.    Bu filmdan  o’quvchi 

Vatikan  shahri  tuzulishi  obidalari  va  boshqaruv  tartibi  odamlari  haqida  tasavvurga  ega 

bo’ladi.  5  minut  mavzuni  tushuntirib  o’quvchilar  biroz  zerikkan  vaqtda  kelinglar  kino 

ko’ramiz  deb  shunday  o’quv  filmlaridan  namoyish  etsak  ko’p  o’quvchi  o’zimizga  jalb 

qilaolamiz deb o’ylayman. 

4.Menda tarix darslarida foydalanish uchun 10 dan ortiq o’quv filmlari bor. Jumladan “atom 

bombasi” kuchi,  “matematik truyklar”, “Turon botir”, “Eng zo’r armiya”, “Ruslar yaratgan 

daxshatli  qurollar”,  “janglarda  kuzatiladigan  xolatlar”    va  boshqalar  bor.  Asosan 



Youtube.com

 dan xujjatli filmlarni ko’ramiz va darslardan foydalanamiz. Bu kabi filmlarda 

amaliy  mashg’ulotlarda  takrorlash  darslarida  hamda  mavzuni  tushuntirib  bo’lgach  5-10 

minut davomida ko’rsatiladi. 



 

 

  



Download 116.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling