Javob Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti


Download 1.31 Mb.
bet1/3
Sana28.09.2020
Hajmi1.31 Mb.
  1   2   3

1-2-3-4-5-6-7-8-9-Javob

1.Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti 
Shaxsiy kompyuterning foydalanuvchi uchun қulay va samarador bўlishi unda қanday dasturiy ta‘minoti mavjudligi bilan aniқlanadi. Lekin dasturiy ta‘minotning қanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bўlishi uning қaysi soxada faoliyat kўrsatishi bilan aniқlanadi.

Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta‘minoti xususiy EҲM-larni қўllash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning meҳnat sarfini kamaytirishi uchun mўljallangan dasturlar sistemasidan iborat.

Shaxsiy kompyuter dasturlar ta‘minotining tўplami қuyidagi guruxlarga ajraladi:

1. Tizimli dasturlar

2. Amaliy dasturlar

3. Dasturlashtirish muhitiKompyuterda har xil turdagi ma‘lumotlar saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter uzi hech qanaqa harakatlar bajarmaydi u faqat bizning buyruklarimizni va ko’rsatmalarimizni bajaradi. Buyruklar va ko’rsatmalar ketmaketligi esa dastur deb nomlanadi (dastur tushunchasi yuqoridagi mavzularda utilgan). Dasturlar 3 turga bulinadi:

1) Tizimli (tizim) dasturlar. Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.

Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (kayta nomlash, yaratish, uchirish, nusxasini olish, xajmini o’zgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashki kurilmalar ishini boshqarish). Tizimli dasturlar ichida 4 dasturlar guruhlari ajratilib turadi. Bular: operatsion tizimlar (tizimlar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va qobiq dasturlar.

       2) Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma‘lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.

       Masalan: matn ma‘lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma‘lumotlarni yaratish yoki uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musika va video ma‘lumotlarni kurib chikish va taxrirlash.

       Amaliy dasturlar foydalangan ma‘lumotlar turiga ko’ra guruhlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muharirlari, rasm va tasvirlarni ko’rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musika va video muharrirlari, musika va video ko’rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va xokazo), jadvallar muharriri (Lotus, Excel va xokazo), ma‘lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), uyin dasturlari, urgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar.
2.     Kompyuter ta’minoti turlari.

     Dasturiy ta’minot turlari.

Shaxsiy kompyutеr ikkita tashkiliy qismlardan iborat, yani apparat (hardware) taminot   va dasturiy (soft­ware)  taminot qisimlari .

Apparat ta'minoti — bu, birinchi navbatda kompyutеrning asosiy tеxnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.

Dasturiy ta'minot kompyutеrning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma'lumotlarga ishlov bеruvchi dasturlar majmuasini va kompyutеrni ishlatish uchun zarur bo’lgan xujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz xar qanday kompyutеr bamisoli bir parcha tеmirga aylanib qoladi.
Mа’lumki, kоmp’yutеr tеxnоlоgiyalаri fаqаt chеgаrаlаngаn аmаllаrniginа bаjаrishgа mo’ljаllаngаn bоshqа elеktrоn qurilmаlаr (tеlеfоn, mаgnitоfоn, tеlеvizоr vа h.k.) dаn fаrq qilib, kiritilgаn mа’lumоtlаr ustidаxilmа-xil аmаllаrni bаjаrishi mumkin. Buning uchun shu tеxnоlоgiyalаrning аsоsi bo’lmish kоmp’yutеr tushinаdigаn tildа kеrаkli ko’rsаtmаlаr (dаsturlаr) tuzib, uning xоtirаsigа kiritish kеrаk. SHundаy dаsturlаrning mаjmui kоmp’yutеr tеxnоlоgiyalаrining dаsturiy tа’minоtini tаshkil qilаdi vа ulаrning imkоniyatlаrini, quvvаtlаrini аks ettiruvchi аsоsiy vоsitаlаrdаn biri hisоblаnаdi.

Avvalo ular orasidagi bog’lanish intеrfеys dеb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyutеrning turli tеxnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish — bu,apparat intеrfеysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa — dasturiy intеrfеys, apparat kismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish — apparat — dasturiy intеrfеys dеyiladi.

Shaxsiy kompyutеrlar xakida gap kеtganda kompyutеr tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya'ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson  kompyutеrning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan mulokotda buladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro mulokoti — foydalanuvchi intеrfеysidеyiladi.

Endi kompyutеrning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta katеgoriya bo’yicha tasniflash mumkin:

    Tizimli dasturiy ta'minot;

    Amaliy dasturiy ta'minot;

Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari.
3. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi

Kompyuterlar o'zining elementlar bazalari bo ‘yicha avlodlarga ajratilgan. I avlod (1945— 1956) kompyuterlari elementlar bazalari elektron 1ampalar ekanligi bilan harakterlanadi. Bu avlod mashinalari katta zallarni egallagani holda, yuzlab kilovatt elektr energiya sarf qilar va tonnalab ogirlikka ega hamda sekundiga 1-2 ming amal bajarar, xotirasining hajmi 1-2 ming so‘zni(maiumotni) saqlashga qodir edi. Bu avlod mashinalariga “Ural-1”,"Ural-2", “BESM-1”, “BESM-2”,”M-1",”M-2",”M -20" kabi mashinalarni misol qilib keltirish mumkin. II avlod (1957—1968) kompyuterlari elementlar bazalari tranzistorlardan iborat edi, tezkorligi sekundiga 10-20 ming amal bajarish, xotirasining hajmi 4-8 ming so‘zni saqlashga qodir edi. Ikkinchi avlod kompyuterlari hisoblash ishidan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, iqtisodiy masalalarni yechish, harflar bilan ishlay olish “qobiliyati”ga ham ega bo‘ldi. Bu

avlod mashinalariga “BESM-3”,”BESM-4", “Ural-16”, “Minsk-22”, “IBM-608”, “BESM-6” mashinalarini misol qilib keltirish mumkin. III avlod (1969— 1980) kompyuterlarining elementlar bazalari integral sxemalardan iborat bo‘lib, tezkorligi sekundiga 10 mingdan boshlab, shu avlodning eng oxirgi mashinalari 2-2.5 million amal bajarishgacha yetdi. Xotirasining hajmi ham 8-10 ming baytdan( bu avlod xotira oichami xalqaro oicham baytlarda beriladigan boigan) 8 million baytlargacha yetdi. Bu avlod mashinalariga YES (yagona seriya) kompyuterlari -“EC 1010’7 ’EC-1020", “EC-1030”,”EC-1035", “EC-1050”,”EC-1060",’’EC-66" larni misol qilib ko‘rsatish mumkin. IV- avlod (1981—1990) kompyuterlaming elementlar bazalari kata integral sxemalar (KlS)dan iborat. Ularning tezkorligi sekundiga 6,5 million amal bajarishgacha yetdi, xotirasinig hajmi 64M baytgacha kengaydi. Bu avlod mashinalariga Super EHMlar, “Elbrus” 1-KB,’’IBM PC” kabi kompyuterlarni ko'rsatish mumkin. 1990-yillardan boshlab kompyuterlaming elementlar bazalarini o ‘ta katta integral sxemalar (UKIS) tashkil qiladi. Bu avlod kompyuterlari hozir keng qoilaniladi. Ular elektron va yorugiik nurlari energiyasidan foydalanishga, tuzilishi esa lazer texnikasiga, nurlanuvchi diodlarga asoslangan. Amal bajarish tezligi sekundiga bir necha milliardgacha, doimiy xotirasinig hajmi 10-100 gb gacha kengaydi.

Kompyuter arxitekturasi, odatda, arxitektura xususiyatlarining foydalanuvchi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladigan majmui bilan belgilanadi. Bunda, asosiy e’tibor mashinaning tuzilishi va funksional imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu imkoniyatlar asosiy va qo‘shimcha funksional imkoniyatlarga farq qiladi.

Asosiy funksiyalar EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari jumlasiga axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi ob’ektlar bilan axborot almashinish kiradi.

Qo‘shimcha funksiyalar esa asosiy funksiyalar samarasini oshiradi, ya’ni mashina ishining unumli rejimi, yuqori ishonchliligi, foydalanuvchi bilan mashina o‘rtasida dialog qaror topishi va shu kabilarni ta’minlaydi. EHMning sanab o‘tilgan funksiyalari mashina komponentlari, jumladan apparat vositalari va dasturiy vositalar yordamida amalga oshadi.


4. Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari

Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar quyidagi uchta asosiy qismdan tashkil topgan: - sistemalar bloki (system block); monitor yoki displey (monitor); klaviatura (keyboard). Sistemalar bloki (2.1-rasm). Bu blok quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: mikroprotsessor yoki protsessor; sooprotsessor; operativ xotira; qattiq disk (vinchester); diskovodlar (magnit disklardan o ‘quvchi yoki ularga yozuvchi qurilmalar); kontrollyorlar; adapterlar; shinalar; ta’minlash bloki. Mikroprotsessor (microprocessor) - barcha arifmetik mantiqiy amallarni bajaruvchi hamda kompyuter boshqa qurilmalarining ishlashini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi qurilma. Kompyuterning eng asosiy qurilmalaridan biri boTgani uchun kompyuter markasi aynan shu kompyuterga

o‘rnatilgan mikroprotsessor markasi bilan ataladi. Mikroprotsessorlaming quvvati 1 sekundda bajarilishi mumkin b o ‘lgan

elementar amallar soni - “takt chastotalari” bilan oMchanadi. O ‘lchov birligi - megagers (MGs). Oxirgi vaqtlarda ishlab chiqarilayotgan Pentium-IV kompyuterlarida tezkor xotira 512 MB va undan yuqori, tatk chastotasi 2.4 yoki 2.6 GB va undan yuqori, doimiy xotirasi 80 GB va undan yuqori. Diskovodlar {driver)-qattiq (vinchester) yoki yumshoq (disketa) disklardagi

ma’lumotlami o‘qishga hamda maiumotlarni shu disklarga yozishga xizmat qiluvchi qurilmalar. Hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuterlarda qoilanilayotgan yumshoq magnit disklar (diskette yoki floppy disk) 1.44 MB hajmga ega. Kontrollyorlar {controller) - kompyuterning va unga ulangan qurilmalarning ishlash faoliyatini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi elektron sxema. Ular klaviaturani, diskovodlar hamda qo‘shimcha qurilmalarni nazorat qiluvchi va boshqaruvchi kontrollyorlarga boiinadi. Adapterlar {adapter) - kompyuterni qo‘shimcha qurilmalar bilan bog`lashga hamda ularning ishlashini bir-biriga moslashtirishga xizmat

qiluvchi aloqa qurilmasi.Adapterlar quyidagi turlarga bolinadi:

1) Parallel portlar (parallel port) adapterlari. Bu portlarga odatda printerlar ulanadi. Portlarning nomlari LPT1, LPT2, LPT3 va LPT4;

2) Asinxron ketma-ket portlar (serial port) adapterlari. Bu portlarga asosan “sichqoncha”, modemlar ulanadi. Portlarning nomlari COMI, COM2 va COM3.

3) Kompyuter o ‘yinlari uchun ajratilgan port (game port) adapteri. Bu portga o ‘yinlarni boshqaruvchi qurilma - joystik ulanadi.

Shinalar (bus) - kontrollyorlar va adapterlarni mikroprotsessor hamda operativ xotira bilan bog io v ch i aloqa uzatish magistrali. Asosan IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan ISA, MCA, EISA, VESA hamda Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilayotgan PCI shinalari qoilaniladi. Ta'minlash bloki (power supply unit) - o ‘zgaruvchan elektr tokini kerakli kuchlanishdagi o ‘zgarmas tokga aylantirib, elektron sxemalarga uzatuvchi qurilma. Monitor (displey)lar matnli va grafik maiumotlami ekranda aks ettirishga xizmat qiladi. Oq-qora tasvirli(monoxrom) hamda rangli monitorlarga boiinadi. Ekranining standart kattaligi-diagonalining uzunligi 14 dyum(≪14≫). Lekin ekranining diagonali 18 dyum (≪18≫) va 21 dyum (≪21≫) boigan monitorlar ham ishlab chiqilgan.

Klaviatura. Klaviatura - ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga xizmat qiluvchi qurilma b o iib , 83 tugmachali ( 83-keyboard ) va 101 tugmachali (101-keyboard) klaviaturalarga b o ‘linadi. 83 tugmachali klaviaturalar asosan portativ kompyuterlarda ishlatiladi.

Klaviatura tugmachalari o ‘z vazifalariga k o ‘ra 6 guruhga bo‘linadi: funksional, raqamlar va belgilar, harflar, kursorni boshqaruvchi, tahrir qiluvchi, maxsus amallarni bajaruvchi. Bu guruhlardagi tugmachalarning vazifalari quyida keltirilgan:

Printer (printer) - kompyuterdagi maiumotlami qog‘ozga bosib chiqarishga xizmat qiluvchi qurilma. Tor va keng oichamli printerlar ishlab chiqilmoqda. Tor oichamli printerlar maiumotlarni faqat A4 formatli (210 X 297 mm) qog‘ozga bosib chiqarsa, keng oichamli printerlar maiumotlarni A3 formatli ( 297 x 400 mm) hamda A4 formatli qog‘ozlarga bosib chiqarishga moijallangan. Bulardan tashqari, printerlarning ayrimlari faqat matnli maiumotlarnigina bosmaga chiqarsa, ayrimlari grafik maiumotlarni, rasmlarni, chizmalarni har xil ranglarda bosmaga chiqarish imkoniyatiga ega. Tasvirlarni qog‘ozga bosib chiqarish usuliga ko ‘ra printerlar matritsali, sepuvchi, lazerli,nur-diodli, termoprinterlar kabi turlarga boiinadi. Bulardan eng ko‘p tarqalganlari matritsali, sepuvchi va lazerli printerlardir.

Skaner (scanner) - qog‘ozdagi matnli va grafik maiumotlami, tasvirlarni, har xil rasmlarni qo‘yib kompyuterga kirituvchi qurilma. Ularning rangli va oq-qora (monoxrom) tasvirlarni kirituvchi, stol ustiga qo’yiladigan, qo’l bilan tasvirlar bo‘ylab yurgiziladigan turlari ishlab chiqilmoqda.

Kompakt disk diskovodlari (CD - ROM)- kompakt disklarga yozilgan maiumotlarni o ‘qib, kompyuterga kirituvchi qurilma. Keyingi paytlarda bunday diskovodlarga boigan talab oshib bormoqda. Chunki, ko‘pgina amaliy dasturlar (OC Novell; Windows NT; Borland C ++ kompilyatori; Corel Draw grafik paketi) kompakt disklarga yozilgan holda sotilmoqda.

Bunga kompakt disklarning quyidagi qulayliklari sabab boidi:

- maiumotlar juda ishonchli holda saqlanadi;

- bitta kompakt diskga juda katta hajmdagi (700 Mb gacha) maiumotlarni sig‘dirish mumkin;

- diskovoddagi maiumotlami o ‘qib, kompyuterga kiritish tezligi ancha yuqori (500 Kb/sek. gacha).

Magnitooptik diskovod - ma’lumotlarni 3,5 va 5,25 dyumlik magnitooptik disklaridan o ‘qib, kompyuterga kiritishga hamda kompyuterdagi maiumotlarni shunday disklarga yozishga xizmat qiluvchi qurilma. Magnit disklardagi maiumotlami o'qish va ularga yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi.

“ Sichqoncha “ (mouse) - kompyuterga har-xil maiumotlami, buyruqlarni kiritishni qulaylashtirish, yengillashtirishga xizmat qiluvchi qurilma. Ikki va uch tugmachali sichqonchalar ishlab chiqilmoqda. Agar kompyuterga “sichqoncha “ ulangan b oisa, monitor ekranida ko‘rsatgich (*'≫) paydo boiadi. “ Sichqoncha” ni stol ustida siljitib, ko'rsatgichni ekranning istalgan joyida joylashgan buyruqqa olib borish va shu buyruqni ishga tushirish (chap tugmachani bosib) yoki inkor qilish (o‘ng tugmachani bosib) mumkin.

Modem (modem) - telefon kanali orqali kompyuterlar o ‘rtasida maiumot almashishga imkon beruvchi qurilma. U ichki (sistemalar blokining ichiga joylashtiriluvchi) va tashqi (kompyuter bilan asinxron portlar orqali bogianuvchi) modemlarga boiin adi. Maiumot uzatish tezligi turiga qarab 1200, 2400, 4800, 9600 bod (1 bod = 1 bit/sek);

Faks - modem (fax - modem) - faks hamda modemlaming vazifalarini birgalikda bajaruvchi qurilma.

Plotter (plotter) - har xil chizmalarni qog‘ozga bosib chiqaruvchi qurilma. Baraban tipidagi(chizmalarni o ‘ram shaklidagi qog‘ozga chiqaruvchi) va planshet tipidagi (chizmalarni maxsus stol ustiga qo‘yilgan tekis qog‘ozga chiqaruvchi) plotterlar ishlab chiqilmoqda. Asosan loyihalash ishlarini avtomatlashtiruvchi sistemalarda ishlatiladi;

Grafik planshet (graphics pad) - murakkab chizmalarni o ‘qib, kompyuterga kirituvchi qurilma;

Kompyuterlar to‘ri adapteri (network adapter) - kompyuterlarni va uning qurilmalarini lokal kompyuter to ‘riga ulashga hamda ularning faoliyatini bir-biriga moslashga xizmat qiluvchi qurilma;

Audioplata (audiokard) - turli musiqalami, tovushlarni kompyuter tomonidan ijro etilishiga xizmat qiluvchi qurilma. Odatda ovoz kolonkalari va mikrofoni b o iad i; Joystik (joystick) - kompyuter o ‘yinlarini boshqaruvchi qurilma;

Digitayzer (digitizer) - tasvir va chizmalarni raqamlar ko'rinishida ifodalab, so'ngra kompyuterga kirituvchi qurilma.


5. Kanalli va shinali sistemotexnika

Kanal-tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almashinuviga imkon beradi. Shu tufayli ko’p dasturli rejimni amalga oshirish mumkin bo’ladi. Bittadan ortiq bo’lgan chiqishga ega uzatish linyasi yoki signallarni uzatish muhitini shina deb atash mumkin. Oddiy kompyutyerda bir nechta ichki va tashqi shinalar, har bir protsessorda asosiy ma’lumotlarni va xotira manzillarini uzatish ikkita shinalar mavjud.Bular ma’lumotlar shinasi va manzil shinasidir. Protsessor shinasi deganda, ko‘pincha ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish bog‘lanishlari to‘plami sifatida ifodalangan ma’lumotlar shinasi nazarda tutiladi. Shinaga bir vaqtning o‘zida qancha signal ko‘p kelib tushsa, vaqtning aniq bir intervalida, u orqali shuncha ko‘p ma’lumotlar uzatiladi va u shuncha tez ishlaydi.

Ma’lumotlar shinasining raryadliligi avtomagistral yo‘lidagi xarakat yo‘nalishlarining miqdoriga o‘xshashdir, yo‘nalishlar miqdorini orttirish trassadagi mashinalar oqimini orttirishga imkon tug‘diradi. Shunga o‘xshash, razryadlilikni orttirish, unumdorlikni orttirishga olib keladi.

Kompyutyerdagi ma’lumotlar bir hil vaqt oralig‘ida raqamlar ko‘rinishida uzatiladi.

Aniq vaqt intervalida ma’lumotlarning bir birlik bitini uzatish uchun, yo‘qori bosqichdagi kuchlanish signali jo‘natiladi (5 V atrofida), ma’lumotlarning nol bitini uzatish uchun quyi bosqichli kuchlanish signali (0 bit atrofida) uzatiladi.
6. kompyuterni testlash

Testli dasturlar kompyuter konfiguraciyasini, uning tizimli resurslarini identifikaciyalash hamda nisbiy unumdorlikni diagnostikalash va baholash uchun ishlatiladi.

    DOS dasturlari asosiy paketiga Microsoft Diagnostics (MSD.EXE) utilitasi kiradi. Uning yordamida bir qator murakkab bo’lmagan apparatura nosozliklarini va/yoki tizim fayllarining noto’g’ri konfiguraciyasini aniqlash mumkin. Bu dasturni tizimli disketada saqlash foydalidir.

    Bu maqsadlar uchun ko’pincha Symantec firmasining Norton Diagnostic (Norton Utilites paketidan), Touchstone firmasining Checkit paketining turli versiyalari kabi dastur mahsulotlari ham ishlatiladi.

    Checkit, odatda, SHK tizimli konfiguraciyasini aniqlash, uning asosiy komponentalarini testlash va alohida qims tizimlarning unumdorligini baholash imkonini beradi.

    Checkit dasturining imkoniyatlari orasida quyidagi ko’rib chiqishlarni ta’kidlash mumkin:

� adreslanadigan xotira birinchi megabaytining ichidagi bor narsasini;

� uzulish liniyalarini va xotiraga bevosita murojaat qilish kanallarini;

� CMOS xotirasining ichidagi bor narsasini;

� tizimga O’rnatilgan DOS drayverlarining to’liq ro’yxatini.

� tizimga O’rnatilgan DOS drayverlarining to’liq ruyxatini.

    Dasturda xotiraning barcha tiplari (standart, kengaytirilgan va qo’shimcha), tizimli plataning komponentalari (processor, soprocessor, nazoratchilar), haqiqiy vaqt soatlari, SHK ga ulangan printerning ketma-ket va parallel portlarining testlari mavjud. Qattiq disk uchun nazoratchi testidan tashqari, har bir fizik yo’lakchani tekshiruvchi, nazoratni bo’zmaydigan amallar qo’llaniladi. Videoqism tizimni nazorat qilishli matnli va grafikli rejimlar hamda videoxotira alohida tekshiril adi.

    Dastur kiritish qurilmalarini: klaviatura, sichqonchani interaktiv-nazorat qilishni ko’zda tutadi. Bajarilishi mumkin: modemlarni, tarmoqli platalarni, CD-ROM yuritmalarini identifikaciyalash,еgiluvchan disklar yuritmalarini testlash, CMOS RAM ni taxrirlash. Va nihoyat, tizimli plata, qattiq disk (murojaat qilish vaqti va uzatish tezligi), videoqism tizim (alma

shish tezligi) uchun unumdorlikni baholashni bajarish mumkin.

    Norton utilitalari (xususan 7.0 versiyasi) paketidan juda ommaviy SYSINFO.EXE (System Information) utilitasi taqdim еtadigan testlash imkoniyatlarini va kompyuterning asosiy reytingli parametrlarini ko’rib chiqaniz, bu utilitani qattiq; diskdagi, agar u erda bo’lmasa, disketadagi NU (Norton Utilites) katalogidan ishga tushirish mumkin.

    SYSINFO utilitasi kompyuterning tizimli konfiguraciyasi, uning asosiy komponentalari va ularning tavsiflari tugrisidagi ma’lumotlarni taqdim еtadi, hamda butun kompyuterning va uning alohida qims tizimlarining kiyosiy unumdorligini (SHK ning tanlangan tipik modellariga nisbatan) baholash imkonini beradi.

    Utilita ishlaganda videomonitor еkranida foydalanuvchi bilan muloqat qilish rejimida foydalanuvchiga qiziqarli bo’lgan malumotlarni o’z ichiga olgan ma’lumot kadrlari aks еttiriladi.

    Har bir еkran quyidagilarga еga bo’ladi:

� umumiy sarlavxa � System Information
7. kompyuterga ulangan texnik qurilmalarning ishlash xolatini tekshirish

.Diagnostik dasturlar, kompyuterni tekshirishga moljallangan. Uning yordamida, vaqtida bartaraf etilmagan muammolarni yechish mumkin 


Lekin bu panatseya emas. diagnostik utilitni ishga tushirish uchun kompyuter disketadan yoki qattiq diskdan yuklanish lozim. Agarda, yoqib/o‘chirish tugmachani bosgandan so‘ng jimjidlik bo‘lsa siz (самостоятельно), shu kitob yordamida, nima bo‘lganini aniqlashingiz kerak. 
Ba’zi bir diagnostik dasturlar DOS yoki Windows ish nusxasi mavjudligiga bog‘liq, boshqa dasturlar esa DOSdagi chegarali funksional analogi bilan birga etkizib beriladi yoki o‘rnatish jarayonida yuklanish disketani yaratadi. 
Yana bitta manfiy tarafi shundaki, eng yetakshi (самой совершенной) diagnostik dasturga, diagnostik natijalarni interpretatsiya qiloladigan superkompyuter kerak. Bu superkompyuter- sizning miyangiz..
Diagnostik dasturlar qanchalik yaxshi bo‘lmasin, ulardan hech biri kompyuterning har bir komponentini sinalolmaydi. Antivirus dasturlarning faoliyat maydoniga tusholmaydigan muammolar quyida keltirilgan.
8. Markaziy protsessorning tuzulishi bilan tanishish

Mikroprotsessor, boshqacha nomi - markaziy protsessor.

Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) - kompyuterning dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish komponenti bo‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi.

Aksariyat hollarda MzP o‘z ichiga:

arifmetik-mantiqiy qurilmani;

ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini;

registrlarni;

komandalar hisoblagichini;

kesh - kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512 Kbayt ga qadar) saqlash qurilmasini;

nuqtasi o‘zgaruvchan sonlarning matematik soprotsessorini mujassam etadi.

Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi.
9. Arifmetik mantiqiy qurilma vazifasini tashkil etuvchilar bilan tanishish

Arifmetik-mantiqiy qurilma axborotni o‘zgartirishga oid arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma sanaladi.

Funksional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan.

Summator - kirish qismiga kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo‘shish amalini bajaruvchi hisoblash sxemasi bo‘lib, mashinaning ikkilangan so‘ziga oid razryadlik darajasiga ega.

Uzunligi turlicha bo‘lgan tez ishlovchi xotira registrlari: 1- registr (Pr1) ikkilangan so‘z, 2- registr (Pr2) esa bitta so‘zga oid razryadlik darajasiga ega.

Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida operatsiyada ishtirok etayotgan birinchi son, operatsiya yakuniga yetgach - natija joylashadi;

Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son joylashib, operatsiya yakuniga yetgach, uning ichidagi axborot o‘zgarmay qoladi. 1- registr axborotni ma’lumotlarning kodli shinasidan olishi va xuddi shu shinasi orqali uzatishi mumkin.

Boshqaruv sxemasi yo‘riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv qurilmasidan boshqaruv signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ summatori ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallarga aylantiradi.

MQ arifmetik (+, - , *, :) operatsiyalarni faqat so‘nggi razryaddan so‘ng qayd etilgan vergulli ikkilik axborotga, ya’ni faqat butun ikkilik sonlarga nisbatan bajaradi.

O‘zgaruvchan vergulli ikkilik sonlar hamda ikkilik-kodlashgan o‘nli

sonlarga nisbatan operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus tuzilgan dasturlar jalb etilgan tarzda bajariladi.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling