Javob: Tushunarli Shunchaki Bizda bu jirkanch narsalarni hatto mollar ham yemaydi


Download 21.62 Kb.
bet1/4
Sana24.06.2023
Hajmi21.62 Kb.
#1654331
  1   2   3   4
Bog'liq
1-tur. Zakovatga savollar bazasi


0. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vassallam dedilar: "Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, qo'shnisini izzat ikrom qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, mehmonni izzat ikrom qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, yaxshi so'zlarni gapirsin yoxud BU ISH ni qilsin"

Diqqat savol: BU ISH o'rnidagi bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so'zni yozib bering.




Javob: Sukut saqlasin

1. Stalin 1945-yil 8-mayda g'alabani e'lon qilgandan, 10 soat o'tib Moskvadagi birorta do'konda U qolmagan edi. U so'zini teskarisiga o'qisak, haqiqatdan majoziy ma’noda yomonlikni bildiruvchi so‘z hosil bo'lishini ko’rishimiz mumkin.


Diqqat savol: Dinimizda qoralangan U ni toping?




Javob: Aroq

Izoh: Aroq so'zining teskarisi Qora degani. Ko'pgina yomon illatlarni biz qora bilan tahlil qilamiz. Dinimizda Aroqning harom qilinganini barcha bilsa kerak deb o'ylayman.


2. Quyidagi dialogni tinglang!


Banketlarning birida fransuz elchisi rus qiroli Aleksandr III dan so'raydi:


- Hazrati oliylari, sizning Rossiyangizda grechka yeyishlari rostmi?
- Ha nima edi?
- Qanday jirkanch... Bizning Fransiyada uni faqat mollar yeydi.
Aleksandr III ham bo'sh kelmay
- Janob, aytingchi Fransiyangizda odamlar rostdan ham qurbaqa yeyishadimi?
- Ha nima edi?
-.....

Mantiqan o'ylagan holda Aleksandr III ning javobini yozib bering.




Javob: - Tushunarli... Shunchaki... Bizda bu jirkanch narsalarni hatto mollar ham yemaydi...))

3. Yangi yilda ALFA sovg'a qilish an'anasi Xitoyda paydo bo'lgan. Ushbu yorqin meva moliyaviy to'kinlikni anglatgan. Odatda mehmonlar uy egasiga 2 tadan ALFA olib kelardi. O'z navbatida mezbon ham mehmonlarni kuzatib qo'yayotganda ularga 2 tadan ALFA hadya etgan. Xitoy tilida "bir juft ALFA" — "boylik" va "pul" degan ma'no anglatgan.


SAVOL: ALFA o'rnidagi meva nomini yozib bering.




Javob: Mandarin

4. Ko'pchilik "Kitob o'qiydigan" insonlar qiladigan BU ISH juda yomon illat hisoblanadi. Mana shu yomon odatni inglizlar "it qulog'ini yasash" deyishadi.


Diqqat savol: Ko'pchilik uchun oddiy odatga aylanib qolgan BU ISH ni bir necha so'zda yozib bering.





Download 21.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling