Javoblari 9-sinf 1-bilet


Download 208.09 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi208.09 Kb.
#708957
Bog'liq
9-sinf Tarix -2022 imtihon javoblari
amaliy1, Doc2, MILLIY ISTIQLOL VA O, Slayt Innovatsiya, Hujjat, Menejment Nazariyasi 3, Mamatqulova Muhayyo, Снимок экрана 2022—06—07 в 18.40.08, Loyiha

TARIX FАNI
2021-2022-O‘QUV YILI
UMUMIY O‘RTА TА’LIM MАKTАBNING
9-SINF O‘QUVCHILАRI UCHUN
YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI
BILET
JAVOBLARI



9-SINF
1-BILET
1. Qadimgi Misr va Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalarini taqqoslang.
Qadimgi dunyo tarixida Misr va Xitoy kabi qadimgi sivilizatsiyalari katta daryolar bo‘ylarida vujudga kelgan. Qadimgi Misr sivilizatsiyasi Shimoliy Afrikada Nil daryosi vohasida vujudga kelgan. Misr- Nil in’omi. Ulug‘vor daryo Afrikaning shimoli- sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun zamin yaratgan. Bir qancha shoxobchalarga bo‘linib oquv chi Nil daryosi borib O‘rtayer dengiziga quyiladi. Nil daryosi quyilish joyini yunonlar delta deb atashgan. Chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalar ning to‘la-to‘kis manzarasi uchburchaksimon, ya’ni
yunoncha «delta» harfi ga o‘xshash bo‘lgan. Nil 6 ming kilometr uzunlikdagi to‘lib oqadigan katta daryodir. Daryoning quyi qismi 3 km dan 22 kilometrgacha kenglikdagi qora tuproqli serhosil dalalardan iborat. Vodiyliklar yurtga – «Qora tuproq» yoki «Nil in’omi» deb nom berishgan. Odamlar Nil vodiysi va deltasini o‘zlashtira boshladilar. Shu tarzda ziroatchilik aholining asosiy mashg‘ulotiga aylandi. Mil. avv. 4 ming yillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtirishga bel bog‘ladilar.
Misr, Mesopotamiya va Hindistondagi kabi Xitoyda ham qadimgi sivilizatsiyalar Xuanxe va Yantszi degan katta Xuanxe daryosi daryolar bo‘ylarida vujudga kelgan. Mil. avv. 3-ming yillikning oxirlarida qadimgi Xitoy hududida ilk davlat Xuanxe daryosining o‘rta oqimida paydo b‘oladi. Bu davlatni Sya sulolasi hukmdorlari boshqarib turganlar. Shan qabilasining boshlig‘i Sya sulolasi podshosini taxtdan ag‘darib, davlatni o‘ziga bo‘ysundirgan.
2. Napoleon Bonapartning Yevropa tarixidagi tutgan o‘rni haqida fikr bildiring.
Napoleon Bonapart - 1769 yil Korsika orolida kambag’allashgan dvoryan oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasida 8 farzand bo’lib, Ular 5 o’g’il va 3 qiz-Jozef, Napoleon,Lyusen,Eliza, Lui, Polina,Karolina,Jerom. Napoleon 2-farzand edi. 24 yoshligida general unvonini olgan. 1799-yilgi davlat to'ntarishidan so‘ng Napoleon Birinchi konsul lavozimini egalladi. Keyin umrbod konsullikka saylandi. 1804-yili Senat uni “ Fransuzlar imperatori Napoleon I ” deb e’lon qildi. Shu tariqa Fransiyada monarxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya zodagonlarga emas, burjuaziyaga xizmat qilar edi. Birinchi imperiya davrida Napoleon urushlari natijasida imperiya hududlari kengayib bordi. 1805-yili Austerlis jangida asosan, Rossiya va Avstriya qo‘shinidan iborat birlashgan armiya ustidan hal qiluvchi g'alabani qo‘lga kiritdi. Jangda Napoleonga qarshi Rossiya va Avstriya imperatorlari Aleksandr I hamda Frans II ishtirok etdi.
O‘z g’alabalaridan ruhlangan Napoleon endi Buyuk Britanzyaga nisbatan “ qit’a qamali”
e’lon qildi. Unga ko‘ra, Napoleonga qaram barcha davlatlarning Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qilishi taqiqlandi. Napoleonning maqsadi shu yo‘l bilan Buyuk Britaniyani bo‘ysundirish edi. Rossiya ham 1807-yili Napoleon bilan tinchlik hamda ittifoq to‘g‘risida Tilzit shartnomasini imzolab, Fransiyaning Yevropadagi barcha g’alabalarini tan oldi. Shartnomaga ko‘ra, Rossiyaga Buyuk Britaniya bilan aloqani uzish va qit’a qamaliga qo‘shilish majburiyati yuklandi.
Ammo Napoleon Buyuk Britaniyaga qarshi qit’a qamalidan ko’zlangan maqsadiga erisha olmadi. Aholi tinimsiz urushlardan charchadi mamlakatda norozilik, bosib olingan hududlarda milliy-ozodlik harakati kuchaydi. Napoleonga bu noroziliklarm bostinsh uchun katta bir g olibona urush kerak edi.Shuning uchun ham u Rossiyaga qarshi urush boshlab, unda g‘alaba qozonishni rejalashtirdi.
1812-yili Napoleon Rossiyaga qarshi urush boshladi. Urush Rossiya tarixiga “Vatan urushi” nomi bilan kirdi. 1812-yil 7-sentabrda ikki davlat qo'shini o ‘rtasidagi hal qiluvchi jang Moskva yaqinidagi Borodino qishlog‘ida bollib o ktdi. Borodino jangida har ikki tomon ham ko‘plab qurbonlar berdi, Napoleon Moskvani egalladi. Ammo Napoleon armiyasida tartib yo’qolib, askarlar yoppasiga talonchilik bilan shug'ullana boshladi. Armiyada jangovar ruh yo‘qoldi. Napoleon Moskvani tashlab chiqishga majbur bo’ldi. M.I, Kutuzov boshchiligidagi Rossiya armiyasi chekinayotgan fransuzlarni ta’qib qilib, ularga katta talafot yetkazdi.
Yevropa mamlakatlari qo’shinlaridan iborat qurolli kuchlar bilan Napoleon armiyasi o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1813-yili Leypsig ostonasida bo‘lib o ‘tdi. “Xalqlar jangi” deb nom olgan bu jangda Napoleon qo'shini tor-mor etildi. 1814-yili ittifoqchi davlatlar armiyasi Parij shahriga kirib keldi. Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ittifoqchilar uni Elba oroliga surgun qildilar. Shu tariqa imperiya quladi.Fransiya Napoleon davrida bosib olgan barcha hududlardan mahrum etildi.
Ayni paytda Fransiyada ichki vaziyat murakkablashib bordi. Bunga eski zodagonlarning feodal tartiblar va mutlaq monarxiyani tiklashni, shuningdek, qo‘llaridan ketgan mol mulklarini qaytarib berishni talab qilishlari sabab bo‘ldi. Napoleon davridan boyib olgan yangi zodagonlar va armiyadan bo shatilgan zobitlar ham mamlakatdagi holatdan norozi edi. Vaziyatdan surgundagi Napoleon foydalanib qolishga qaror qildi. U 1815-yilning mart oyida Elbadan Fransiyaning janubiga yetib keldi. Qirol Lyudovik XVIII ning Napoleonga qarshi yuborgan 30 ming kishilik qo‘shini ham Napoleon tomoniga o‘tib ketdi. Napoleon Parij shahrini egallab, yana taxtga o ‘tirdi. Biroq u bu safar hokimiyatni atigi 100 kun boshqardi . Ittifoqchi davlatlar (Buyuk Britaniya, Gollandiya va Prussiya)juda katta armiyani Napoleonga qarshi qo‘ydi. Ikki o ‘rtada 1815-yil Vaterloo qishlog‘ida (hozirgi Belgiya davlati hududida ) hal qiluvchi jang bo‘lib o’tdi. U tarixga “Vaterloo jangi” nomi bilan kirdi. Jangda Napoleon q o ‘shini butunlay tor-mor etildi. Ikkinchi bor taxtdan voz kechgan Napoleon endi uzoq Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va u shu yerda 1821-yili vafot etdi.
3. “Miniatura” atamasiga izoh bering.
Miniatura (fransuzchi miniature; lotincha minium - qizil bo'yoq) — badiiy usullari o'ta nafis bo'lgan kichik hajmh (mo'jaz) tasviriy san'at asarlari. O'rta asr qo'lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis, mo'jaz rasmlar.
Kitoblarni bezash uchun tasviriy san'atning yangi yo'nalishi — minialuralar ixtiro qilinadi. Ularda o'rta asr kishilari hayotining turli manzaralari tasvirlangan. Vitrajlar va miniaturalarda dehqonlar va hunarmand-larning mehnat jarayonlari ifodalangan.

9-sinf Tarix fani yakuniy davlat attestatsiyasi biletlar javoblarining to’liq shaklini olish uchun Ijtimoiy fanlar metodik xizmati guruhi tashkilotchisi oily toifali tarix fani o’qituvchisi Axmedov Anvar Muratovich bilan bog’laning. Imtihon biletlari javoblari word dasturida kitobcha shaklida pechatga berish uchun tayyorlangan. 28 bet.


Narxi 25 ming so’m. Tel nomer +998907481982.
Download 208.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling