Jinoyatlarni tasniflash jinoiy harakatga aniq jinoiy-huquqiy baho berish. Bunda


Download 93.77 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2023
Hajmi93.77 Kb.
#1639935
Bog'liq
Jinoyatlarni tasniflash - Vikipediya



Jinoyatlarni
tasniflash
Jinoyatlarni tasniflash - jinoiy harakatga
aniq jinoiy-huquqiy baho berish. Bunda
jinoiy qilmish belgilarining jinoyat
qonunida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi
belgilariga muvofiqligi aniqlanadi. J. t.
dastlab tergov organlari tomonidan,
yakuniy ravishda esa sud hukmi bilan
amalga oshiriladi. Amaldagi jinoyat
huquqida J. t.ning 2 asosiy guruhi
nazarda tutilgan. Bular: 1) jinoyatlarni


obʼyektiga qarab tasniflash; 2) jinoyatlarni
ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab
tasniflash.
Oʻzbekiston Respublikasining JKda
jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy
xavflilik darajasiga koʻra: ijtimoiy xavfi
katta boʻlmagan; uncha ogʻir boʻlmagan;
ogʻir; oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlingan.
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan
jinoyatlarga: qonunda ozodlikdan
maxrum qilishga nisbatan yengilroq
jazolar nazarda tutilgan jinoyatlar;
qacddan sodir etilib, qonunda eng ogʻir
jazo sifatida 3 y.dan koʻp boʻlmagan
muddatga ozodlikdan maxrum qilish
nazarda tutilgan jinoyatlar; ehtiyotsizlik


oqibatida sodir etilib, qonunda 5 y.dan
koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan
maxrum qilish tarzida jazo nazarda
tutilgan jinoyatlar kiradi. Uncha ogʻir
boʻlmagan jinoyatlarga: qacddan sodir
etilib, qonunda eng ogʻir jazo sifatida 3
y.dan ortiq, lekin 5 y.dan koʻp boʻlmagan
muddatga ozodlikdan mahrum qilish
nazarda tutilgan; ehtiyotsizlik oqibatida
sodir etilib, qonunda eng ogʻir jazo
sifatida 5 y.dan ortiq muddatga
ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Qasddan sodir etilib, qonunda ogʻir jazo
sifatida 5 y.dan ortiq, lekin 10 y.dan koʻp
boʻlmagan muddatga ozodlikdan
mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar


ogʻir jinoyatlarni tashkil etadi. Qasddan
sodir etilib, qonunda 10 y.dan ortiq
muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki
oʻlim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar
oʻta ogʻir jinoyatlar hisoblanadi. J. t.
barcha jinoyatlarni ularning xususiyati,
ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab
muayyan turkumlarga boʻlish imkoniyatini
berish bilan birga, javobgarlikni belgilash,
adolatli jazo tayinlash, qonuniylik va
insonparvarlik tamoyillarini amalga
oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
[1]
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar


Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Jinoyatlarni_tasniflash&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 09:25 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Jinoyatlarni_tasniflash&old
id=2843699" dan olindi

Download 93.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling