Жиноятларнинг предмети нима ва жиноят объектидан фарқи нима? Амалий мисоллар билан фарқли жиҳатларини тушунтириб беринг


Download 28.48 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi28.48 Kb.
#188402
Bog'liq
jinoyat huquqi



. 6 savol

Жиноятларнинг предмети нима ва жиноят объектидан фарқи нима? Амалий мисоллар билан фарқли жиҳатларини тушунтириб беринг


Jinoyat obyektining jinoyat predmetidan farqi.
Jinoyat predmeti – moddiy tusdagi narsa, jism bo‘lib, jinoyat sodir etayotgan shaxsning jinoiy qilmishi natijasida unga bevosita ta’sir ko‘rsatiladi. Jinoyat predmeti – jinoyat tarkibining fakultativ belgisi. Jinoyat predmetiga ta’sir etish orqali jinoyat sodir etayotgan shaxs ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Biroq, jinoyat predmeti jinoyat sodir etilishida jinoyat predmeti sifatida ishtirok etgan hollardagina mavjud bo‘ladi va ijtimoiy munosabatning bir qismi sanaladi. Jinoyat predmetining ajratib ko‘rsatilishining mohiyati jinoiy qasdning ijtimoiy munosabat – obyektga qaratilganligini tushunib yetishda ifodalanadi. Shunga ko‘ra jinoyat predmeti deganda jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatda mavjud bo‘lgan moddiy yoki nomoddiy ne’mat tushuniladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, jinoyat predmeti bevosita jinoyat sodir etayotgan shaxsning qasdi bevosita qaratilgan obyektning muayyan qismi. Aynan jinoyat predmeti orqali jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaziladi. Jinoyat predmeti jinoiy qasd qaratilgan obyektning markaziy qismi hisoblanadi. Jinoyat predmeti bu – ijtimoiy xavfli tajovuz qaratilgan moddiy dunyo

Ne’matidir. Jinoyat predmeti tajovuz natijasiga zarar ko’rishi ham (JK 173-modda),

Zarar ko’rmasligi ham mumkin (JK 177-modda).

Jinoyat predmeti belgilarini:

- ko’z bilan ko’riladigan, o’lchovi, sifati va o’ziga-xos belgilarga ega

Bo’lgan moddiy ashyo bo’lishligi;

- shaxs predmetga tajovuz qilish orqali jinoyat obyektiga zarar etkazishi

(mas:O’g`rilik jinoyatida: pulni o’g`irlash orqali shaxsning mulk huquqiga tajovuz

Qiladi. Ushbu holatda pul – jinoyat predmeti, mulk huquqi esa – jinoyat obyekti

Bo’lib hisoblanadi);

- jinoyat predmeti ayrim jinoyat tarkiblarida mavjud bo’lmasligi (mas:

Qasddan odam o’ldirish jinoyatida, inson tana a’zolari – jinoyat predmeti sifatida

Qabul qilinmaydi).
Jinoyat predmetining obyektidan farqi:
Jinoyat predmetining obyektdan farqi:


Har doim – moddiy ashyo, masalan, avtomobil, agar u yoqib yuborilsa predmet,

Unga bo‘lgan mulk huquqi esa obyekt.



  • Predmet har doim ham jinoyat tarkibining zaruriy belgisi emas. Talon-taroj,

Poraxo‘rlik, qalbaki pul tayyorlash kabi jinoyatlarda predmetni aniqlamasdan turib

Jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaydi. Lekin ayrim jinoyatlarda jinoyat predmeti

Bo‘lmasligi ham mumkin, masalan, boshqaruv yoki odil sudlovga qarshi jinoyatlar

(dezertirlik) yoki shaxsning sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar (tuhmat). 61



Va vositasidan farqlash lozim. Biroq aynan bir ashyo jinoyat predmeti bo‘lishi yoki

Jinoyat vositasi bo‘lishi mumkin. Masalan, ayrim jinoyatlar (avtomobil olib

Qochilganda yoki yoqib yuborilganda)da avtomobil jinoyat predmeti, boshqalarida

Esa jinoyat vositasi (avtomobil yordamida o‘g‘rilik jinoyatini sodir etish) sanaladi.

BuShunday qilib, jinoyat predmeti – jinoyat sodir etish paytida unda ishtirok

Etadigan tashqi dunyo moddiy ne’mati. Qoida tariqasida jinoyat sodir etilishi

Natijasida jinoyat obyektiga zarar yetkazilsa yoki zarar yetkazish real xAfvi

Mavjud bo‘lsa, jinoyat predmetiga jinoyat natijasida zarar yetkazilmaydi. Lekin

Muayyan jism va ashyolarga zarar yetishi shartligi qonun chiqaruvchi tomonidan

Belgilangan alohida hollarda jinoyat predmetiga zarar yetishi lozim.

Jinoyat obyektining belgilari:

Faqat ijtimoiy munosabatlarni tashkil Qilishi;

- ushbu ijtimoiy munosabatlarning Jinoyat qonuni bilan qo’riqlanganligi;

- hamma vaqt jinoyat tarkibining Zaruriy belgisi ekanligi;

- obyektning yo’qligi jinoyat mavjud Emasligini anglatishligi
Jinoyat predmetining belgilari
Ko’z bilan ko’riladigan, o’lchovi, sifati Va o’ziga – xos belgilarga ega bo’lgan Moddiy ashyo bo’lishi;

- ayrim hollarda ushbu ijtimoiy Munosabatlarni Yuzaga Keltiruvchi Manba bo’lib kelishi;

- predmetga tajovuz qilish orqali jinoyat Obyektiga tajovuz qilinishi;

- jinoyat qonunida nazarda tutilgan Hollarda jinoyat tarkibining zaruriy Belgisi bo’lib kelishida ifodalanishligi


7 савол: Жиноят объектив томонининг зарурий ва факультатив белгилари ҳамда уларнинг аҳамиятини айтинг.

Zaruriy ___belgilar jinoyat tarkibining barcha turlariga xos. Moddiy tarkibli

Jinoyatlarda zaruriy belgi ijtimoiy xavfli qilmish, oqibat, qilmish va oqibat

O‘rtasidagi sababiy bog‘lanish. Formal va kesik tarkibli jinoyatlarda faqatgina

Qilmish zaruriy belgi sanaladi.


Fakultativ___ belgilar jinoyat huquqining umumiy qoidasiga ko‘ra qilmishni

Kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi. Shunga qaramay ular jinoyat obyektiv

Tomoni tuzilishida ishtirok etadi (vaqt, joy, sharoit, jinoyat sodir etish usuli va

Vositasi).

Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilari.

Jinoyat sodir qilish joyi, vaqti, holati, usuli, quroli va vositasi jinoyat

-25-

Obyektiv tomoni fakultativ belgilarini tashkil etadi.



Jinoyat sodir etilgan joy- bu jinoyat sodir qilingan va tamomlangan ma’lum

Chegaralangan hudud, joy, geografik nuqta hisoblanadi.

Jinoyat sodir qilish vaqti – jinoyat sodir etilgan aniq paytni ifodalaydigan

Belgilar majmui.

Jinoyat sodir qilish usuli- bu jinoyat sodir qilinayotganda aybdor

Tomonidan jinoyatni sodir qilishda ishlatiladigan aniq usul va uslublar birligidir.

Jinoyat sodir qilish quroli – shaxs jinoyat predmetiga yoki shaxsga bevosita

Ta’sir ko’rsatish uchun foydalangan moddiy ashyo. Ya’ni aybdor jinoyat qonuni

Bilan qo’riqlanadigan obyektga zarar etkazish maqsadida foydalangan moddiy

Ashyo tushuniladi.

Jinoyat sodir qilish vositasi esa – shaxs jinoyat sodir qilishni yoki jinoyat

Izlarni yo’qotishni osonlashtirish uchun ishlatadigan tashqi dunyo ne’mati.

Odatda, jinoyat sodir qilish vositasi bilan jinoyat obyektiga to’g`ridan-to’g`ri

Zarar etkazilmaydi va ushbu belgi jinoyat sodir qilish vositasini jinoyat sodir qilish

Qurolidan farqlovchi asosiy xususiyat hisoblanadi.

Jinoyat obyektiv tomoni fakultativ belgilari muayyan jinoyat tarkibining

Zaruriy va zaruriy bo’lmagan belgilari bo’lishi mumkin.

Agarda JK Maxsus qism moddasi dispozistiyasida ushbu belgilar to’g`ridan-

To’g`ri ko’rsatilgan bo’lsa, ular zaruriy belgi sifatida e’tirof etiladi. Fakultativ belgi

Jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanmaganda esa, jinoyatni kvalifikastiyasiga ta’sir

Etmasada, jazo tayinlanashda javobgarlikni og`irlashtiruvchi yoki engilashtiruvchi

Holat sifatida hisobga olinishi mumkin.

Jinoyat tarkibi obyektiv tomonining fakultativ belgilari quyidagilar:

Jinoyat sodir qilish joyi, vaqti, holati, usuli, quroli va vositasi kabilardir.

Ular nazariy jihatdan fakultativdir. Ammo amaliyotda ular jinoyatni

Ochish, kvalifikatsiya qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu belgilar

Qonunda bevosita ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi.

Jinoyat sodir qilish joyi – bu jinoyat sodir qilingan chegaralangan

Hudud, joy, geografik nuqta bo‘lib, unga masalan, uy-joy, o‘rmon, ombor

Va shu kabilar kirishi mumkin.

Jinoyat sodir qilish joyi jinoyat qonuni amal qiladigan butun Jinoyat

Kodeksi 11–12-moddalaridagi prinsipga ko‘ra belgilangan hududda jinoiy

Javobgarlikni yuzaga keltiradi. Bu holatda jinoyat sodir qilish joyi hudud

169


Va fuqarolik prinsiplariga asosan belgilanadi. Bu prinsiplar asosida

O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida sodir qilingan

Jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinadi. Jinoyat kodeksi

Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat

Sodir qilish joyi jinoyatning zaruriy belgisi bo‘ladi, masalan, Jinoyat

Kodeksi 202, 220, 222-moddalari.

Agar moddaning dispozitsiyasida jinoyat sodir qilish joyi zaruriy belgi

Bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jinoyatning aynan

O‘sha joyda sodir bo‘lganligini aniqlashlari lozim.

Demak, ta’kidlab o‘tish lozimki, moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgilari quyidagilardan iborat:


1)ijtimoiy-xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik);
2)ijtimoiy-xavfli oqibat;
3)ijtimoiy-xavfli qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish.
Formal tarkibli jinoyatlarning zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik)dir.
Moddiy va formal tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining fakultativ belgilari jinoyat sodir etish joyi, vaqti, sharoiti, vositasi, usuli va hokazolardir.
8 savol

Ҳаракатсизлик учун жиноий жавобгарликнинг ўзига хос хусусиятларини аниқланг. Ҳаракатсизликнинг турлари ва унинг обектив ҳамда субектив мезонлари нимадан иборат

Harakatsizlik ~ shaxsning ijtimoiy xavfli, ongli va passiv xulq- atvori. Harakatsizlik shaxsning qilishi lozim va mumkin boigan harakatni qilmaganligi natijasida, jinoyat qonuni bilan qo‘riq- lanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazilganligi yoki zarar yetkazish xavfi tug‘ilganligida ifodalanadi. Ijtimoiy xavfli harakatsizlik xuddi ijtimoiy xavfli harakatday tashqi dunyoga ta’sir o‘tkazadi va ma’lum o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Harakatsizlik birgina holatda muayyan harakatni amalga oshirishdan o‘zini tiyish bilan birga jinoiy xulq-atvor tizimini aks ettirishi mumkin. Misol uchun, mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatida mansabdor shaxs o‘ziga yuklatilgan vazifani doimiy ravishda bajarmay keladi. Harakatsizlik faqatgina ijtimoiy xavfli va glayrihuquqiy boigan taqdirdagina, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, harakatsizlik uchun jinoiy javobgarlikni kelib chiqishining zaruriy shartlaridan yana biri imkoniyatning borligi va majburiyligi. Masalan, jinoyatchilar tomonidan boglab qo‘yilgan qorovul talon- tarojning oldini olmasa, o‘z vazifalariga insofsiz munosabatda bolganligi uchun javobgarlikka tortib bolmaydi, chunki ujismonan o‘z vazifalarini ba taqdirda ham jinoyat hisoblanmaydi.
Harakatsizlik – kerakli harakatni amalga oshirmaslik shaklida bo‘lishi mumkin.

Ayrim jinoyatlar harakat bilan ham, harakatsizlik bilan ham sodir etilishi mumkin.

Masalan, bosqinchilik jinoyati (Jkning 164-moddasi) harakat bilan sodir etiladi,

O‘zganing mulkiga hujum qilish bilan talon-toroj qilinadi. Ba’zan, bir jinoyat

Tarkibida har ikki shakl kuzatilishi mumkin. Masalan, dezertirlik jinoyati (Jkning

288-moddasi) aybdor xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi yoki

Xizmat joyiga yetib kelmasligi mumkin.

Qayd etish lozimki, jinoiy g‘ayrihuquqiy harakat shaxsning ongli, irodaviy,

Faol ijtimoiy xavfli xulq-atvoridir. Xulq-atvorning faolligi deganda aynan jinoyat

Obyektga turli yo‘llar bilan ta’sir etishda u yoki bu jismoniy harakatni amalga

Oshirish tushuniladi.

Jinoiy harakatsizlikni javobgarlikka tortish uchun unda ikki shart mavjud

Bo‘lishi lozim.

Subyektiv shart shuki, unda shaxs o‘zining muayyan harakatsizligi zarar

Yetkazishi mumkinligini tushunishidir. Shaxsning g‘ayriixtiyoriy harakatlari

Jinoyat sifatida baholanmaydi. Masalan, yiqilib tushayotgan shaxs boshqa bir

Shaxsni ushlab qolish ilinjida qilgan harakati tufayli ikkinchi shaxsning ham

Yiqilishi natijasida yuz bergan oqibat uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqmaydi.

Obyektiv shart muayyan harakatni amalga oshirishga mas’ul, uni amalga

Oshirishning real imkoniyatiga ega shaxsga xosdir. Muayyan harakatni amalga

Oshirish quyidagi asoslarga ko‘ra bo‘lishi mumkin:

– qonun talabi bilan. Bu jinoyat qonuni (Jkning 241-moddasi – jinoyat

Haqida xabar bermaslik) yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat bo‘lishi mumkin.

Masalan, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan ichki ishlar

Organlari xodimlarining jinoyatlarni oldini olish majburiyatining bajarilmasligi

Mansabga sovuqqonlik bilan qarash (Jkning 207-moddasi) deb baholanishi

Mumkin;

– sudning qarori bilan. Masalan, sudning qarori bilan farzand ta’minoti

Uchun ota-onaning mablag‘ ajratishi belgilanadi. Mazkur majburiyatni bajarmaslik

Jkning 122-moddasi bilan javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi;

– kasbiy (mansab) majburiyatlari tufayli. Masalan, korxona bosh

Muhandisi ish jarayonidagi texnika xavfsizligi uchun mas’ul. Uning o‘z

Majburiyatini lozim darajada bajarmasligi Jkning 257-moddasi bilan javobgarlikka

Tortishga sabab bo‘ladi;

– aybdorning harakatlari tufayli. Masalan, piyodaga shikast yetkazgan

Avtomobil haydovchisi unga zarur yordamni ko‘rsatishga majbur, aks holda Jkning

117-moddasi 1-qismi bilan javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy xavfli oqibat – jinoyat sodir etilishi natijasida yetkazilgan zarar.

Zarar moddiy (mulkiy, jismoniy, iqtisodiy, ekologik) yoki nomoddiy (siyosiy,

Ma’naviy ziyon) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.





Download 28.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling