Jismning deformatsiyasi deb nimaga aytiladi?


Download 51 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi51 Kb.
#164411
Bog'liq
fizikadan 3-test


  1. Jismning deformatsiyasi deb nimaga aytiladi?
    A) tashqi kuch ta’sirida qattiq jism tezlanishining o‘zgarishi
    B) tashqi kuch ta’sirida qattiq jismning harakatga kelishi
    C) tashqi kuch ta’sirida qattiq jismning harakatdan to‘xtashi
    D) tashqi kuch ta’sirida qattiq jism o‘lchamlari va shaklining o‘zgarishi

  2. O‘zgarmas 5 N kuch ta’sirida prujina 0,05 m cho‘zildi. Prujinaning bikrlik koeffsiyentini aniqlang (N/m).
    A) 2 B) 20 C) 40 D) 100

  3. Har birining bikrligi k bo‘lgan ikkita bir xil prujina bir-biriga yonma-yon ulangan. Hosil bo‘lgan tizimning bikrligi qanday bo‘ladi?
    A) k/2 B) 2 k C) k D) 4k

  4. Uzunligi 9sm bo’lgan prujinaga 450 g massali yuk osilganida u 1,5 sm ga uzaydi. Agar shu prujinaga 600g massali yuk osilsa u qanchaga uzayadi ( sm)?
    A) 2,2 B) 1,8 C) 1,5 D) 2

  5. Lift shipiga mahkamlangan prujinali taroziga m massali jism osilgan. Lift kabinasi a tezlanish bilan pastga harakatlansa, tarozining ko‘rsatishi nimaga teng?
    A) F = mg B) F = mg-ma C) F = mg+ma D) F = ma

  6. Lift 2 m/s2 tezlanish bilan pastga harakatlansa, undagi 60 kg massali odam lift polini qanday kuch bilan bosadi (N)? g = 10 m/s2.
    A) 540 B) 480 C) 660 D) 720

  7. Massasi 7,5 kg bo‘lgan jism 10 m/s2 tezlanish bilan vertikal ko‘tarilmoqda. Ko‘taruvchi kuchning qiymati qanday bo‘lgan(N)? g = 10 m/s2.
    A) 10 B) 50 C) 100 D) 150

  8. 1,2 t massali lift tekis tezlanuvchan harakat qilib,2s da 10 m masofaga tushdi. Lift kabinasini ko‘taruvchi arqondagi taranglik kuchini toping (kN). g = 10 m/s2.
    A) 10 B) 9,8 C) 6 D) 7,2

  9. 6 kg massali jismni vertikal yuqoriga 78 N kuch bilan ko‘targanda, u qanday tezlanish oladi? g = 10 m/s2.
    A) 5 m/s2 B) 4 m/s2 C) 2 m/s2 D) 3 m/s2

  10. 2 kg massali jism gorizontal sirtda turibdi. Unga 4 m/s2 tezlanish berish uchun qancha kuch bilan ta’sir etish kerak(N)? Sirt bilan jism orasidagi ishqalanish koefftsiyenti 0,3
    ga teng.
    A) 14 B) 16 C) 8 D) 32

  11. To‘g‘ri chiziqli harakatlanayotgan avtomobilning tortuvchi g‘ildiraklariga yer tomondan ta’sir qilayotgan ishqalanish kuchi qanday yo‘nalgan bo‘ladi?
    A) F = 0 B) yuqoriga
    C) orqaga D) oldinga (harakat yunalishida)

  12. Qandaydir jism qiya tekislikda sirpanib tushmoqda. Ishqalanish koefftsiyenti m ning quyida ko‘rsatilgan qaysi qiymatida jism tekis harakat qiladi? 1) μ > tgα; 2) μ < tgα;
    3) μ = tgα.
    A) 3 B) 1 C) 2 D) 1,3

  13. Qiyalik burchagi α bo‘lgan tekislikda m massali jism tinch turibdi. Ishqalanish kuchining ifodasini javoblardan ko‘rsating. Ishqalanish koeffsiyenti μ ga teng.
    A) mg · sinα B) μmg · sinα C) μma · sinα D) μmg

  14. Agar jismning qiya tekislik bo‘yicha sirpanish ishqalanish koefftsiyenti 0,2 bo‘lsa, sirpanishdagi tezlanish qanday bo‘ladi (m/s2)? Qiyalik burchagi 45° ga teng.
    A) 5,3 B) 5,7 C) 5,5 D ) 6

  15. Gorizont bilan α burchak hosil qiluvchi qiya tekislikdan sirpanib tushayotgan m massali jismga ta’sir etuvchi ishqalanish kuchining ifodasini javoblardan ko‘rsating. Ishqalanish koefftsiyenti m ga teng.
    A) mg B)m g cosa
    C) mgsina D) μmgtgα

Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling