Жисмоний тарбия ва спортни бошқаришнинг ижтимоий-псиҳологик усуллари


Download 11.92 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi11.92 Kb.
#329299
Firdavs menejment vazifa
Bog'liq
Tarix o'qitishning tashkiliy shakllari mavzusini o`qitish usulla, 1-Seminar savollari, 6-SINF Fizika, 1. Sinf rahbari-WPS Office, 1. Sinf rahbari-WPS Office, asosiy fondlarning mohiyati va uning korxona faoliyatidagi orni (2), 7-sinf testi, shakllar, To'ma 3, 14, ДИ гурухига тест саволлари (1), FAOLIYAT VA MOTIVATSIYA[1]2, Parizod she‘r, Umumiy psixologiya-fayllar.org, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi u

1-Мавзу: ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТНИ БОШҚАРИШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИҲОЛОГИК УСУЛЛАРИ


  1. Менежмент бошқарувнинг ижтимоий-психологик усуллари ҳақида нималарни биласиз.

  2. Социал усул нима ва социал тадқиқотлар уюштиришнинг қандай йўлларини биласиз ?

  3. Спорт бошқарувида маъмурий ва ижтимоий-психологик усулларнинг ўзаро фарқланишини тушунтириб беринг.

1. Menejment boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari – bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo’llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o’rganish xodimlar nerv sistemasi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi.

Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya ishchilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, ishchilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, ishchilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his etish qobiliyatini o’rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o’qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining psixologik jihatlari) faoliyatini o’rganadi.

2. Sotsial psixologiya – bu ishchilar va jamoa faoliyati psixologik va sotsial omillarning o’zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruhlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o’zaro

ta’sir ko’rsatish shakllarini o’rganadigan psixologik fanning sohasidir.


1.Hujjatli usul

Bunda zarur ma’lumotlar statistik to’plamlardan, boshlashni hisobga olish hujjatlardan olinadi.


2.Shaxsiy xarakterdagi hujjatlardan foydalanish usuli

Turli masalalar yuzasidan ishchilarning o’z qo’llari bilan yozilgan narsalar: ariza, shikoyat, qarindosh-urug’ va tanishlarga yozilgan xatlar, tarjimai hol, tushuntirish xatlari va hokazolar; turli guruhdagi ishchilarning hayotiy maqsadni, yurish-turish sabablari, talablari, ehtiyojlari, tashvishlari to’g’risidagi fikr yuritish imkoniyatini beruvchi muhim sotsiologik axborot bo’lishi mumkin.


3.Ilmiy konferensiyalar o’tkazish usuli

Bunday konferensiyalar tayyorlash va uni o’tkazishda odatda ayrim masalalar yuzasidan material to’plovchi, amaliy tavsiyanomalar ishlab chiquvchi bir qancha xodimlar ishtirok etadi. Bu metodning ijobiy tomoni shundaki, muammolarni o’rganishga keng jamoatchilik jalb etiladi va jamoa fikridan foydalaniladi.


4.Anketali usul

Oldindan tayyorlangan dastur bo’yicha yozma ravishda savollar beriladi va yozma javoblar olinadi.


5.Intervyu olish usuli

Bunda muamoni o’rganish uchun xodim bilan bevosita suhbat o’tkaziladi. Rahbar yoki tadqiqotchi suhbat davomida masalalarni aniqlashlari, chuqurlashtirishlari va shu yo’l bilan ishonchli va mukammal ma’lumotlar olishlari mumkin.


6.Kuzatish usuli

Jamoa faoliyatini shaxsan kuzatish, odamlar bilan uchrashish va muloqotda bo’lib, obyektiv va batafsil axborot yig’ish, shuningdek har bir jamoa rolini baholash imkonini beradi.


7. Sotsial eksperiment o’tkazish usuli

Bir usulda sun’iy ravishda sotsial vaziyatni vujudga keltirish yo’li bilan sotsial hodisalar to’g’risidagi ilmiy xulosalar va mavjud bilimlar tekshirib ko’riladi. Buning uchun maxsus guruh uyushtirib, shu guruh faoliyati umumlashtiriladi va amaliy xulosalar chiqariladi.

3.Ijtumoiy-psixologik usul bu boshqaruvda xodimlarni tanlash ularni lavozimga joylashtirish hodimlarni oqitish qayta tayyorlash ularni psixologiyasiga mos ravishda ijtimoiy munosabatda bolish bu ijtomoiy-psixologik usul hisoblanadi.
Ma'muriy usulga buyruqlar famoishlar va qollanmalar chiqarish va ularni nazorat qilish.

Topshiriqlar va direktiv korsatmalarni bajarmayotgan bõlinma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qõllash kiradi.



Mamuriy usullarga iste'molchilar xuquqlarini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza qilish, Xafli texnologiyalardan fiydalanish zararli ishlab chiqarish chiqitlarini chiqarishni taqiqlash va boshqalar kiradi.

Bularning farqi shundaki ijtimoiy -psixologik usulda xodimlarni ruhiyatiga qarab munosabatda bolish bolasa ma'muriy usulda qonun doirasida ish koriladi.
Download 11.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling