Jismoniy madaniyat


Download 0.57 Mb.
bet6/6
Sana22.02.2020
Hajmi0.57 Mb.
1   2   3   4   5   6

Raqib qarshiligisiz turli joylardan









Raqib karshiligida turli joylardan









Izoh: - mahrajda – to’pni darvozaga yo’llash foizi;

- nisbatda – samaradorlik foizi.



raqib qarshiligida shakllantira borish jismoniy va texnik tayyorgarlikning muhim shartlaridan biridir. Turli holatlardan to’pni darvozaga yo’llash malakasini yosh gandbolchilar tomonidan o’zlashtirilishi o’yin va raqib qarshiligi vaziyatlarini modellashtirish asosida amalga oshirilishi o’rgatish samaradorligini ancha oshirishi mumkin ekan (A.A. Danilov, 1974).

YAkuniy malakaviy ish mavzusi yuzasidan o’tkazilgan pedagogik tajriba natijalari gandbol bilan endi shug’ullanishni boshlagan 10-11 yoshli bolalarda maxsus tezkorlik sifati nafaqat talab darajasida emasligi, balki kuzatilgan ko’rsatkichlarni sport bilan shug’ullanmaydigan bolalar ko’rsatkichlaridan ham past ekanligini namoyon etdi (5-jadval). Jumladan, tik turgan holatdan 30 m ga yugurish ko’rsatkichlari pedagogik tajribadan oldin nazorat guruhida ham, tajriba guruhida ham talabga javob bermasligi ma’lum bo’ldi. Xususan, nazorat guruhida bu ko’rsatkich 5,8 s, tajriba guruhida – 5,9 s ga teng bo’ldi. 30 m ga to’p urib yugurish – nazorat guruhida – 7,0 s, tajriba guruhida – 7,1 s ni tashkil etdi. Ma’lumki, gandbol bo’yicha tavsiya etilgan BO’SM dasturida shu yoshdagi bolalrni gandbol to’garagiga qabul qilishda tanlov me’yori 30 m yugurish – 5,5 s, 30 m to’pni urib yugurish – 6,5 s ga teng.

Pedagogik tajriba muddati tugaganidan so’ng amaldagi dastur asosida shug’ullangan nazariy gurhda 30 m ga yugurish 5,8 s dan 5,4 s gacha tezkorlik sifati yaxshilandi.

5-jadval
10-11 yoshli gandbolchilardan iborat nazorat (N) va tajriba (T) guruhlarida tezkorlik sifatini 6 oylik pedagogik tadqiqot davomida rivojlanishi.

N – n = 10 T – n = 10


Me’yoriy mashq

Tajribadan oldin

Tajribadan so’ng

N

T

N

T

30 m ga yugurish (s)

5,8±0,6

5,9±0,9

5,4±0,7

5,0±0,8

30 m ga to’pni urib yugurish (s)

7,0±0,9

7,1±0,7

6,7±0,4

6,2±0,6

Tajriba guruhida bu ko’rsatkich 5,9 s dan 5,0 s gacha ijobiy tomonga o’zgardi. 30 m ga to’pni urib yugurish birinchi guruhda – 7,0 s dan 6,7 s ga yaxshilangan bo’lsa, ikkinchi, tajriba guruhida ushbu ko’rsatkich 7,1 s dan 6,2 s ga o’zgardi. Demak, pedagogik tajriba davomida qo’llanilgan tezkorlikka oid estafetali – o’yin mashqlari o’ta samrali qiymatga ega ekanligi isbotlandi. SHuni ham alohida e’tirof etish joizki, tajriba guruhiga mansub bolalarda nazorat guruhiga qaraganda nafaqat to’p urib yugurish texnikasi tez sur’atlar bilan shakllana bordi, balki ularda to’pni nishonga yo’llash texnikasi va uni ijro etish koordinatsiyasi ham progressiv yo’nalishda o’zlashtirilayotganligi kuzatildi.

YUqorida qayd etilgan pedagogik tajriba natijalari sinab ko’rilgan estafeta – o’yin mashqlari faqatgina sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini samarali rivojlantirib qolmay, shu sifatlar asosida ijro etilishi kerak bo’lgan o’yin malakalarini ham unumli sayqal topishiga imkon yaratdi. Binobarin, jismoniy va texnik tayyorgarlikning chambarchas bog’liqligi hamda bu jarayonlarga oid mashqlar majmualarini dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab bir-biriga birikkan holda qo’llash texnologiyasi o’zining nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy jihatlardan qanchalik dolzarb ekanligi oshkor bo’ldi.
Xulosa va amaliy tavsiyalar
Tahlil qilingan qilingan ilmiy va uslubiy adabiyotlar shundan dalolat beradiki, ko’p yillik sport trenirovkasi jarayonida yuqori malakali gandbolchilarni tayyorlash ustuvor jihatdan jismoniy sifatlarni rivojlantirish sur’atiga bog’liq. YA’ni ushbu sifatlar qanchalik shakllangan bo’lsa, shug’ullanuvchilarning yoshidan qat’i nazar texnik-taktik mahoratning o’sish darajasi shunchalik yengil kechar ekan. Bu borada sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlari texnik-taktik tayyorgarlik ko’rsatkichlari bilan uzviy bog’liqligi hamda mazkur sifatlar sport mahoratini progressiv taraqqiy etishida muhim rol o’ynashi yana bir bor e’tirof etildi.

Nazorat guruhiga mansub bolalar bilan amaldagi BO’SM dasturi asosida o’tkazilgan 6 oylik mashg’ulotlar boshida va yakunida o’rganilgan sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlari sust rivojlanganligi kuzatildi.

SHu muddat davomida tajriba guruhida sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirish maqsadida qo’llanilgan estafetali – o’yin mashqlari qayd etilgan sifatlarni tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keldi.

Sinab ko’rilgan sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan estafetali – o’yin mashqlari an’anaviy standart mashqlardan ustun ekanligi hamda estafetali – o’yin mashqlari o’zining emotsional mohiyati tufayli mazkur sifatlarni samarali rivojlantirish qiymatiga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.

YUqori malakali gandbolchilarni tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ko’p yillik trenirovka jarayonidi yuqorida (2-bob) qayd etilgan estafetali – o’yin mashqlarini muntazam qo’llash nafaqat sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini unumli shakllantirishga imkon yaratadi, balki shu asosda texnik-taktik mahoratni qisqa muddatlarda osonroq takomillashuviga asos bo’ladi.

ADABIYOTLAR

1. Karimov. I. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T: Sharq, nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahririyati. 1997. -378 b.

2. Karimov. I. « Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz baxt- saodati yo’lida». // Sog’lom avlod. –Tashkent, 2000. -1-son, B.2-5 .

3. Karimov I. O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat.- T: O’zbekiston, 1992.

4. Koshbaxtiyev I.A. Povыsheniye dvigatelnix i funksionalnix vozmojnostey gandbolistov i kriterii ix otsenki. T., 1999.

5. Latыshkevich L.A., Lebed F.L. Gandbol. Kiyev, 1999.

6. Latыshkevich L.A., manevich L.R. Texnicheskaya i takticheskaya podgotovka gandbolistov. Kiyev, 1993.

7. Matveyev L.P. osnovi obshey teorii sporta i sistemы podgotovki sportsmenov. Kiyev, 1999.

8. Portnov Yu.M., Shustin B.P. Analiz sorevnovatelnoy deyatelnosti kvalifitsirovannix gandbolistov – V kn. Problemi modelirovaniya sorevnovatelnoy deyatelnosti. M., 1996.

9. Pavlov Sh.K. Gandbol mutaxassisligi. Talabalarning o’quv-mashg’ulot ishlari. T., 1991.

10. Pavlov Sh.K. Qo’l to’pi. Darslik. T., 1993.

11. Podgotovka gandborlistov: Uchebnoye posobiye /Abduraxmanov F.A., Livitskiy A.N. T., 1992.

12. Rivkin A.A., Seytxalilov E.A. Metodы kompleksnoy otsenki urovnya fizicheskoy, texnicheskoy i funksionalnoy podgotovlennosti gandbolistok visokoy kvalifikatsii. T., 1998.

13. Rivkin A.A. Effektivnie sredstva i metodi kontrolya sostoyaniy gandbolistov. T., 1996.

14. Rationidze A., Marixux V. Igra gandbolnogo vratarya. M., 1993.

15. Rasulev O.T. Basketbol. Darslik. T., 1998.

16. Seytxalilov E.A., Rivkin E.A. Gandbolist v igre i trenirovke. T., 1984.

Ayrapetyans L.R., Godik M.A. Sportivnыe igrы. T., 1993. Izaak V.I., Nabiyev T.E. issledovaniye putey sovershenstvovaniya fizicheskoy podgotovlennosti gandbolistov vыsokoy kvalifikatsii. T., «Fan – sportga», 2005.

17. Fomenko V.D. Modelirovaniye sportivnoy deyatelnosti pri upravlenii podgotovkoy gandbolistov. T., 1979.

18. YUnusova YU.M. Teoreticheskiye osnovы fizicheskoy kulturы i sporta. T., 2005.






Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling