Jismoniy madaniyat


Download 289.91 Kb.
Sana16.10.2020
Hajmi289.91 Kb.
#134128
Bog'liq
Ismailov Boburbek Fakultet YI saylov oldi dasturi


O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Urganch Davlat Universiteti

Jismoniy madaniyat” fakulteti Yoshlar yetakchiligiga


NOMZOD



Ismailov Boburbek Baxadir o`g`lining

saylov oldi yo`nalish
DASTURI
Fakultet Yoshlar kengashi faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida fakultet binosidan xona olish;

Faqultet talabalari bilim saviyasini yana boyitish va kitobxonlikka bo’lgan qiziqishini ya’nada oshirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovlarini o’tkazish;

Fakultet talabalari bilim salohiyatini oshirish maqsadida qo`shimcha ravishda fan va sport to`garaklar tashkil qilish;

Faqultet talabalarini o`qish formasi va kunlik davomatini to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida kunlik nazorat navbatchiligini yo`lga qo`yish;

Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni moddiy va ma`naviy jihatdan qo`llab quvvatlashga ko`maklashish;

Faqultet talabalarini Universitet ichki tartib qoidalari va FVV xodimlari bilan birgalikda xavfsizlik qoidalarini tushuntirish ishlari olib borish;

Talabalar va Professor o`qituvchilar orasidagi munosabatni mustahkamlash va talabalarni bilim ko`nikmasini oshirish maqsadida o`qituvchilar tomonidan o`z mutaxassisliklari bo`yicha talabalarga qo`shimcha dars qo`yishni tashkil etish;

Iqtidorli talabalarni yuzaga chiqarish va ularni turli tanlovlar va musobaqalarga jalb etish;

Faqultet talabalari o’rtasida sog`lom turmush tarzida shakillantirish maqsadida sportning barcha turlari bo`yicha guruhlar o`rtasida “Ittifoq Kubogi” musobaqalarini tashkil etish va g`oliblarni munosib taqdirlash;

Fakultet Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari bilan hamkorlikda targ`ibot tashviqot ishlarini amalga oshirish va ularni yoshlarga tushuntirish ishlarini olib borish;

Fakultet talabalarini turli illatlarga kirib qolishlarini oldini olish, sog`lom turmush tarzini shakillantirish va ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyaklash maqsadida soha mutaxasislari bilan birgalikda ochiq davra suhbatliri o’tkazib turish; (talabalarning shaxsiy telefonlari orqali internetdan samarali va to’g’ri foylanishni tushuntirish,COVID-19,OITS/OIV va jinsiy yo`l orqali yuqadigan kasalliklardan saqlanish va oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib borish;)

Iqtidorli talabalarni o’qishga bo’lgan qiziqisini kuchaytirish maqsadida moddiy qo`llab quvvatlashga qaratilgan “Yoshlar” stipendiyasi loyihasini amalga oshirish va Nizom talabidan kelib chiqqan holda tegishli hujjatlarni O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Urganch Davlat Universiteti Boshlang`ich tashkiloti orqali Xorazm viloyati kengashiga taqdim qilish;

Ta’lim muassasida to`lov shartnoma asosida tahsil olayotgan iqtidorli ya’ni o`zlashtirish reytingi 86% va undan ortiq bo`lgan talabalarni shartnoma pulining 35%ni to`lab berish orqali qo`llab quvvatlash maqsadida Ittifoqning faol a’zosi bo`lgan talabalarni nizom talablaridan kelib chiqqan holda tegishli hujjatlarni O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Urganch Davlat Universiteti Boshlang`ich tashkiloti orqali Xorazm viloyati Kengashiga taqdim qilish;

Muddatli harbiy xizmatni o`tab maxsus tavsiyanomaga asosan to`lov shartnomasi o`qishga qabul qilingan talabalarning shartnoma pulining 35% ni to`lab berish orqali talabalarni qo`llab quvvatlash maqsadida Yoshlar Ittifoqining faol a’zosi bo`lgan talabalarni Nizomda kelib chiqqan holda tegishli hujjatlarini O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Urganch Davlat Universiteti Boshlang`ich tashkiloti orqali Xorazm viloyati Kengashiga taqdim qilish;

18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan talaba yoshlarni tadbirkorlik ko`nikmalarini oshirish maqsadida O`zbekiston Yoshlar Ittifoqining Tadbirkorlikka va Innovatsion loyihalarga jalb qilish;

Talabalarni (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud) Davlat organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida sud organlari, prokuratura organlari vakillari bilan birgalikda turkum uchrashuvlarini tashkil qilish;

Ta’lim muasasida huquqni muhofaza qilish oidoralari xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani o`rganamiz”, “Konstitutsiya-Mening taqdirimda” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;

Oliy ta’lim muassasasida iqtidorli va faol talabalarni “Yil talabasi” ko`rik tanlovida ishtirokini ta’minlash;

Talaba va ustoz o`rtasidagi o`zaro kelishmovchiliklarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo`yicha amaliy yordam ko`rsatish;



O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda Vazirlar mahkahasi qarorlarida belgilangan vazifalarni ta’luqliligi bo`yicha to`liq ijrosini taminlashdan iboratdir.
Download 289.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling