Jismoniy madaniyat


Download 50.08 Kb.
Sana16.11.2019
Hajmi50.08 Kb.


NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

JISMONIY MADANIYAT” KAFEDRASI O’QITUVCHISI


IBRAGIMOV AZIZ TULKUNOVICHNING
2017-2018-o’quv yilining shaxsiy ish rejasi bo’yicha Yengil atletika va uni o’qitish
metodikasi fanidan
Sakrash mashqlari
mavzusidagi ochiq amaliy dars
ishlanmasi

Toshkent – 2018



Sakrash mashqlari.

12.1Amaliy mashg’ulotining o`qitish texnologiyasi


Vaqti – 2 soat

Talabalar soni: 25-30 nafar

O`quv mashg’ulotining shakli

Yangi materialni o’zlashtirish darsi

Amaliy mashg’ulotining rejasi

1.Yugurib kelib balandlikka sakrash bo’limidagi mashqlar.

2.To’g’ri Yugurib kelib balandlikka sakrash

3.Turgan joydan va Yugurib kelib Yukoriga sakrab chikish.

Estafetali Yugurish

4.Maksimal tezlikda estafetani zonada uzatish.

5.To’liq masofada ikki yoki ko’proq buyruqlarning ishtirokida estafetali Yugurish.

Estafetali Yugurish. 4x100 m


O`quv mashg’ulotining maqsadi: Sakrashni bajarishda egallangan bilim va kunikmalarni takrorlash

-Yugurib kelib balandlikka sakrash bo’limidagi mashqlar.

-To’g’ri Yugurib kelib balandlikka sakrash

-Turgan joydan va Yugurib kelib Yukoriga sakrab chikish.

Estafetali Yugurish

-Maksimal tezlikda estafetani zonada uzatish.

-To’liq masofada ikki yoki ko’proq buyruqlarning ishtirokida estafetali Yugurish.

Estafetali Yugurish. 4x100 m


O`quv faoliyatining natijalari:

O’rganish jarayonida shug’ullanuvchilar Maqsad amaliyotda harakat faoliyatini takomillashgan holda egallashni ta’minlash. Xususiy vazifalar quyidagilardan iborat: a)Harakat ko’nikma harakat malakasi hosil bo’lish uchun harakatlarni har xil variantda bajarish. b)Oldingi bosqichda yo’l qo’yilgan xatoni yo’q qilish. v)Asosan texnikani va o’zlashtirish va mustahkamlashga erishish zarur.

g) Harakat faoliyatini maksimal darajada aniq bajarishga erishish.

O`qitish uslubi va texnikasi

1. Takroriy standart mashq metodi. 2. Takroriy o’zgaruvchan mashq metodi. 3. Onglilik va faollik. 4. Muntazamlik. 5.ARIZ-TRIZ texnikasi

O`qitish vositalari

Jismoniy mashq

O`qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O`qitish shart-sharoiti

Yengil atletika yo’lakchasi,bayroq bilan jihozlangan sport maydoni.Sekundamer,xushtak


12.2 Amaliy mashg’ulotining texnologik kartasi (12-mashg’ulot)

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi talaba

1 bosqich.

Kirish (18-20 min.)



1.1. Saflanish, salomlashish,bildirgi qabul qilish mavzu, uning maqsadi, o`quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi saf mashqlari,Yurish, sportcha Yurish, yengil Yugurish,Yurish, nafas rastlovchi mashqlar.umumiy rivojlantiruvchi mashqlar,tayyorlov va yo’llanma beruvchi mashqlar.

maxsus yengil atletika mashqlari.

a).bedana qadam Yugurish (2x60m)

b).qaychisimon Yugurish (2x60m)

c).tizzalarni baland ko’tarib Yugurish (2x60m) d).oyoqni ortga siltab Yugirish (2x60m) e).tezliqni oshirib Yugurish (2x100m)


1.1. Eshitadi, , asosiy qismga tayyorgarlik ko’radi

2 bosqich. Asosiy (45-50 min.)

1.Yugurib kelib balandlikka sakrash bo’limidagi mashqlar.

2.To’g’ri Yugurib kelib balandlikka sakrash

3.Turgan joydan va Yugurib kelib Yukoriga sakrab chikish.

Estafetali Yugurish

4.Maksimal tezlikda estafetani zonada uzatish.

5.To’liq masofada ikki yoki ko’proq buyruqlarning ishtirokida estafetali Yugurish.

Estafetali Yugurish. 4x100 m


Eshitadi, tasavvur xosil qiladi o’rganish jarayonida shug’ullanuvchilar . Yo’lkaning burilishida erkin Yugurish kerak, shuning uchun katta radiusda burilishda Yugurish texnikasini to’g’ri o’rganib olgan-dan keyingina kichik radiusli burilishda Yugura boshlash kerak. birinchi mashg’ulotlarda shug’ullanuvchilarga burilishda Yugurish xususiyatini eslatib turish, harakatlar to’g’ri bajarilishini nazorat qilib turishlarini tav-siya qilish kerak.

Yugurib burilishga kirayotganda markazdan qochuvchi kuch hosyl bo’lmasdan ilgariroq, gavdani burilish markazi tomon engashtira boshlashni yengil atletikachilarga o’rgatish kerak.

Yugurishni boshlashga faqat startdagi holatlarni o’zlashtirgandan keyingina o’tish kerak.

Yuguruvchi startdan keyinga birinchi qadamlardayoq gavdani to’grilab ola-yotganda, start chizig’i bilan tirgaklar orasidagi masofani oshirish, gavdani to’g`rilashga halaqit bersin uchun, startda turganda shug’ullanuvchining tepasiga reykya qo’yiladi mumkin.




3 bosqich. Yakuniy (8-10 min.)

Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi.

Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa, uyga vazifa, darsga yakun yasash uYushgan holda mashg’ulot joyidan ketish.:



3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.

3.2. Topshiriqni yozib oladi.





Sakrash. to’siqlardan o’tishning tabiiy usuli bo’lib, qisqa vaqt ichida asab musqo`l kuchiga maksimal zo’r berish bilan harakterlidir. Yengil atletik sakrash mashg’’ulotlarida sportchilarning o’z tanalarini idora qila bilish, kuchlarini ishlata bilish qobiliyatlari takomillashadi, kuch, tezlik, chaqqonlik, mardlik osha boradi. Sakrash oyoq tana musqo`llarini kuchaytirish va sakrovchanlikni hosil qilish uchun eng yaxshi mashqlardan biri bo’lib, faqat yengil atletikachilargina emas, balki boshqa sport turlarining vakillariga ham, ayniqsa, basketbolchilarga, voleybolchilarga va futbolchilarga zarurdir. Yengil atletika sakrash 2 turga bo’linadi.

  1. Imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertikal to’siqlardan o’tish balandlikka sakrash va langar cho’p bilan sakrash.

  2. Imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida gorizantal to’siqlardan o’tish uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash. Sakrashda erishilgan natijalar metr va santimetr bilan o’lchanadi. Sakrash turgan joyda tez Yugurib kelib ijro etiladi. Uch xatlab sakrash va langarcho’p bilan sakrash musobaqalari ayollar uchun o’tkazilmaydi. Bularni bajarish vaqtida hosil bo’ladigan qattiq zarbalar ayollar ichki organlari holatini buzib qo’yishi mumkin.

Yugurish. Joydan-joyga kuchishning tabiiy usullaridir. Bu jismoniy mashqning ko’prok tarqalgan turi bo’lib, juda ko’p sport turlari futbol, basketbol, tennis va boshqalar tarkibiga kiradi. Yugurishning juda ko’p turlari yengil atletika har xil turlarining organik qismi hisoblanadi.

Yugurish bo’tun organizmning ish qobiliyatiga qo’yilgan talab Yugurgandagiga nisbatan anchagina katta bo’ladi. CHunki Yugurganda azoyi badandagi musqo`l guruhlarning deyarli hammasi ishga tushadi, yo’rak – qon, tomir nafas olish va boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi. Modda almashinuvi ancha oshadi. Shug’ullanuvchilarning imkoniyatlariga qarab, masofa uzunligini va Yugurish tezligini o’zgartirish bilan ish miqdorini har xil qilish odamning chidamliligini tezkorligi va boshqa fazilatlari rivojlanishiga ta’sir etish mumkin. Yugurish bilan shug’ullanish jarayonida kishi irodasi mustahkamlanadi, o’z kuchini taqsimlay olish to to`siqlardan o’ta bilish, ochiq joyda moljal ola bilish qobiliyati paydo bo’ladi.

Yugurish har tamonlama jismoniy rivojlanishning asosiy vositalardan biridir. Barcha mutaxasisliklagi yengil atletikachilarning ham boshqa sport turlari bilan shug’ullanuvchilarning ham trenirovkalarida Yugo’rishga ko’p e’tibor berilishi, shunindek, faol dam olish sog’lomlashtirish va ish qobiliyatini saqlash vositasi sifatida Yugo’rishning ulushi katta ekani ana shundan dalolat beradi. Yugurish yengil atletikaning hamma turlari ichida eng hammabop jismoniy mashqdir. Yengil atletika musobaqalarida Yugurish va estafetaning turli xillari yetakchi o’rin to’tadi, ularga tomashabinlar ham juda qiziqadilar. SHuning uchun Yugurish musobaqalari eng yaxshi tashkilot vositalaridan biri hisoblanadi.

Yengil atletikada Yugurishning tekis Yugurish, to’siqlar o’sha Yugurish, estafetada Yugurish va tabiiy sharoitlar Yugurish xillari bo’ladi.

Tekis Yugurish ma’lum masofaga yoki vaqtboy tarzda Yugurish yo’lkasida soat strelkasi harakatiga teskari yo`nalishda o’tqaziladi. 400 metrga va undan qisqa masofaga Yugurishda har bir Yuguruvchi uchun alohida yo’lka ajratiladi. Qolgan masofaga Yugurish umumiy yo’lkada o’tkaziladi. Belgilangan masofani o’tish uchun sarflangan vaqt sekundomer bilan o’lchanadi. 1 soatlik va 2 soatlik Yugurishda vaqt chegaralangan bo’lib natijada shu vaqt ichida bosib o’tilgan masofa tarzida metr hisobida aniqlanadi.

Estafetali Yugurish texnikasi.

Estafetali Yugurish shahar ko’chalarida o’tkaziladigan va yana boshqa xil estafetalardan fark qiladi hamda stadiondan Yugurish yo’lkasi aylanasi bo’ylab o’tkaziladi. Stadionda o’tkaziladigan estafetali Yugurishlar qisqa va o’rtacha masofali etaplardan iborat bo’lishi mumkin. Qisqa masofalila-rida alohida yo’lkalardan (butun masofa oxirigacha yoki birinchi etapdagina) Yuguriladi.O’rta masofaligida esa bitta umumiy yo’lkadan Yuguriladi. Qisqa masofaga estafetali Yugurish texnikasi Birinchi etapda Yugurish past startdan boshlanadi, Yuguruvchi estafeta tayoqchasining keyingi uchini o’ng qo’li uchitel barmog’i bilan tutib boshmaldoq va ko’rsatkich barmog’ini start chizig’i yaqinida yerga tirab turadi. Startdan keyinga masofa bo’ylab Yugurish 100, 200 m Yugurshtsdagadan farq qilmaydi. Estafetali Yugurish texnikasining murakkabligi Yuqori tezlikda ketayotib, estafeta tayoqchasini chegaralangan zonada uzata bilishdadir. Estafetani bir etap oxirida 10 metr va ikkinchi etap boshlanishida 10 metr masofadan iborat 20 metrli zonada uzatish qabul qilingan. Yangi qoidaga binoan estafetani qabul qiluvchi Yugurishni uzatish zonasi boshlanishidan 10 metr oldin boshlashi mumkin. Bu yanada Yuqori tezlikka erishishga yordam beradi. 4x100 m Yugurishda start oluvchi estafeta tayoqchasini o’ng qo’lda ushlab,mumkin qadar yo’laknig ichki raxiga yaqin Yuguradi. Uni kutuvchi ikkinchi Yuguruvchi o’z yo’lkasini tashqi chizig’iga yaqin turib, estafetani chap qo’l bilan qabul qilib va yo’lni ikkinchi 100 m ni yo’lakning o’ng tomonidan Yugurib, estafeta tayoqchasini chap qo’li bilan uchinchi Yuguruvchining o’ng qo’liga uzatadi, bunisi esa yo’lkaning chap tomonidan Yuguradi. To’rtinchi etapda Yuguruvchi estafeta tayoqchasini chap qo’li bilan qabul qilib, yo’lkaning o’ng tomonidan Yuguradi. Uzatishning ikkinchi usuli qabul qilingan tayoqchani bir qo’ldan ikkinchi qo`lga o’tkazib olish 4x100 m. li estafeta uchun noqulaydir.



2,3 va 4-etaplarda Yuguruvchi sportchilar Yugura boshlash zonasi (10-m) bilan uzatish (20m) zonasidan estafetani maksimal tezlikda qabul qilish va o’z etaplarini kela turib Yugurib o’tish uchun foydalanadilar.Buning uchun qabul qiladigan Yuguruvchi past startga yaqin holatda turadi. Tayoqchani kutayotgan sportchi o’ng oyog’ini Yugurish boshlanishini ko’rsatadigan chiziq

N—100—!30sm- Estafeta tayoqchasini uzatish

yaqiniga qo’yib, chap oyog’ini oldinga qo’yadi, o’ng qo’li bilan yerga tayanadi, chap qo’lini esa orqaga-Yuqoriga cho’zadi.Yuguruvchi mana shunday holatda chap yelkasi ostidan yaqinlashib kelayotgan Yuguruvchiga qarab turadi.

Birinchi etapda Yuguruvchi uzatish zonasiga maksimal tezlikda yaqinlashadi. Uning Yugura boshlash zonasiga yetishiga 7-8 m qolganda, ikkinchi etapda Yuguruvchi o’z yo’lkasining o’ng tomonidan tez Yugura boshlab, uzatish zonasiga 2-3 qadam qolganda yetib kelayotgan sherigi tayoqchani uzatib ulguradigan darajada mumkin qadar Yuqori tezlikka zrishmoqqa intiladi.



Uzatish vaqtida Yuguruvchilar orasidagi masofa (1-1,3 m) estafeta oluvchi Yuguruvchining orqaga uzatgan qo’li uzunligi bilan tayoqchani uzatayotgan Yuguruvchining oldinga uzatilgan qo’li uzunligiga teng. Estafetani uzatayotgan Yuguruvchi gavdasini oldinga engashtirsa, bu masofa ortishi mumkin. Sprint estafeta etaplarida Yuguruvchining tezligi maksimal bo’lib, uza-tnsh zonalarida tezlik kamayishiga hech yo’l qo’yib bo’lmaydi. Yaxshi sprin-tchi 100 m. li masofa oxirida uzatish zonasini kela turib 2 sekundda, ya’ni 10 m\sek tezlikda o’tishi mumkin. Demak start oluvchi Yuguruvchi mumkin qadar uqori tezlikka ega bo’lishi uchun 20 m masofadan to’liq foydadanish kerak. Eng yaxshisi estafetani uzatayotganda har ikkala Yuguruvchining tezligi bir xil bo’lishi kerak.

Estafetali Yugurish

Estafetali Yugurish o’tkazilgan barcha hollarda ishtirokchilar estafeta tayoqchasini qo’llarida tutib borishlari va bosqich almashayotgan vaqtda uni belgilangan joyda qo’ldan-qo’lga berishlari zarur. Tayoqchani dumalatib Yuborish yokm otish mumkin emas.

Estafeta topshirilayotgan vaqtda jamoaning bir ishtirokchisi gomonidan boshqa ishtirokchiga har qanday yordam beriliish, masalan, itarib Yuborish taqiqdanadi.

So’ngi bosqichda Yugurayotgan ishtirokchilar marra tekisligini estafeta tayoqchasi bilan kesib o`tishlari kerak.

Jamoaning har bir a’zosi faqat bitta bosqichni Yugurib o’g`ishga haqlidir.

Bitta bosqichda ishtirokchisi yo’qlish tufayli sofani tugata olmagan jamoa startga kelmaganlikka tenglashtiriladi.

Estafetani topshirgan ishtirokchi yo’lkani boshqa jamoalariing ishtirokchilariga halaqit bermaydigan ravishda tark etishi kerak.

Bosqichlari 200 m dan qisqa bo’lgan estafetali Yugurishda har bir jamoa butun masofani alohida yo’lkalar bo’ylab Yugurib o’tadi.

4x200, 4x400 m va 400-300-200-100 m estafetali Yugurish o’tkazilganda, har bir jamoa alohida yo’lkalar bo’ylab dastlabki uch burilishni Yugurib o’tadi, keyin Yugurishni umumiy yo’lkada davom ettiradi.

Birinchi darajali musobaqalarda 4x200 m estafetali Yugurishda jamoalar har to’rt bosqichni alohida yo’lkalar bo’ylab Yugurib o’tadilar.

Ayrim musobaqalardaga 4x400 m yoki 400-300-200-100 m estafetali Yugurishda, agar poygada uchtadan ortiq jamoa qatnashmayotgan bo’lsa, menejerning qarori bilan alohida yo’lkalar bo’ylab birinchi burilishning oxirigacha Yugurib borishga ruxsat etiladi, bunda har bir yo’lkaning start chiziqlari tegishli ravishda, ayrim hollarda esa umumiy yo’lka bo’ylab (umumiy startdan) belgalangan bo’lishi lozim.

Bosqichlari uzunroq bo’lgan estafetali Yugurish, odatda, butun masofada umumiy yo’lka bo’ylab o’tkaziladi, ammo burilishdagi startda alohida yo’lkalar bo’ylab birinchi burilishning oxirigacha Yugurib borish tavsiya etiladi.

Estafeta tayoqchasi 20 m li uzatish zonasida topshirilishi kerak. Estafetani qabul qilib olayotgan ishtirokchi Yugurishni (start olishni) uzaqroq zonasi chegarasida boshlashi lozim, tayoqcha uni qabul qilib olayotgan shortchinyng qo’liga o’tgan lahzada uzatish nihoyasiga yetgan hisoblanadi. 200 m li va undan qisqa bosqichlarda alohida yo’lkalar bo’ylab Yugurganda, estafetani qabul qilib oluvchilarga uzatish zonasidan 10 m beridan Yugura boshlashga (start olishga) ruxsat etiladi.

Alohida yo’lkalar bo’ylab o’tkaziladigan estafetali Yugurishda ishtirokchilar o’z yo’lkalariga belgi qo’yishlari mumkin. Buning uchun yopishqoq tasmadan foydalanishga ruxsat beriladi. Bo’r yoki bo’yoq qo’llash taqiqlanadi. Estafetali Yugurishning qolgan turlarida ishtirokchilar hech qanday belgi ko’yishi mumkin emas.

4x400 m estafetada estafetani qabul qiluvchi Yuguruvchilar III va IV bosqichlarda hakam rahbarligida dastlabki holatni egallab joylashlari, bunda ichki qirg’oqdan o’z jamoalarining ishtirokchilari 200 m ga Yuxurgap starti oldidagi yo’lka belgisidan Yugurib o’ta turib qandam tartibda joylashgan bo’lsalar, o’sha tartibda turishlari hamda to estafeta qabul qilish boshlangunicha o’z holatlarini o’zgartirmasliklari kerak.



Estafeta tayoqchasi yerga, jumladan, alohida yo’lkalar bo’ylab Yugurilganda, ko’shni yo’lkaga tushib ketgan hollarda, tushirib Yuborgan ishtirokchi uni boshqa jamoalar a’zolariga halaqit bermay ko’tarib olishi va tayoqchani olgan joydan Yugurishni davom ettirishi lozim (uzatish paytida uni uzatuvchi ko’tarib oladi).
Download 50.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling