Jismoniy shaхslarni soliqqa


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/30
Sana08.06.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
JISMONIY SHAХSLARNI SOLIQQA 
ТORТISH 

 
 


1-mavzu. «JISMONIY SHAХSLARNI SOLIQQA ТORТISH» FANINING PREDMEТI VA 
UNI O‘RGANISH USULLARI 
 
REJA 
 
1. “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish”  fanini o‘qitishning zarurligi, predmeti va funksiyalari 
2.“Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi roli 
3.“Jismoniy  shaxslarni  soliqqa  tortish”  fanini  o‘qitishda  soliq  xizmati  organlari  axborot  tizimi 
tarkibidagi asosiy dasturiy mahsullarni qo‘llash tartibini o‘rganishning ahamiyati 
 
 
1.“Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanini o‘qitishning zarurligi, predmeti va 
funksiyalari 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  chet  davlatlar  fuqarolari,  shuningdek  fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e’tirof etiladi. 
Jismoniy  shaxslarni  soliqqa  tortish  fanining  boshqa  fanlar  singari  o‘ziga  xos  predmet  va 
vazifalari  mavjud.  Bu  fanni  o‘qitishning  zarurligi  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  soliq 
munosabatlarining ahamiyati o‘sib borayotganligidan kelib chiqadi. 
Jismoniy  shaxslarni  soliqqa  tortish  fani  soliq  harakatlarini  chuqur  o‘rganish  asosida  zaruriy 
xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini o‘rgatadi. 
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fani soliq amaliyotidagi eng to‘g‘ri, eng mukammal va eng 
progressiv voqe’liklarni o‘rgatib, amaliyot uchun xuddi bir dasturiy amalday yoritib boradi.  
Jismoniy  shaxslarni  soliqqa  tortish  fanini  o‘qitishning  zarurligi  amaliyotda  yo‘ldan 
adashmaslik,  keraksiz  soliqlar  bo‘yicha  o‘zgartishlarga  yo‘l  qo‘ymaslik,  amaliyotda  istiqbolli 
qadamlar tashlash uchun va katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun ham zarurdir. 
“Jismoniy  shaxslarni  soliqqa  tortish”  fani  “Soliq  nazariyasi”,  “Soliqlar  va  soliqqa  tortish” 
fanlari  bilan  chambarchas  bog‘liqdir,  uning  maxsus  bo‘limi,  ya’ni  chuqurlashtirilgan  va 
kengaytirilgan bo‘limi hisoblanadi. Chunki, soliq nazariyasi qonuniyatlari  umumiqtisodiy nazariya 
qonuniyatlaridan chetga chiqib keta olmaydi, ularga asoslanadi va rivojlantiriladi. 
Soliq  munosabatlari  moliya  munosabatlarining  tarkibiy  qismi  bo‘lganligi  bois,  jismoniy 
shaxslarni  soliqqa  tortish  fani  ham  moliya  nazariyasi  fani  bilan  chambarchas  bog‘liq,  jismoniy 
shaxslarni  soliqqa  tortish  fanining  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  soliq  to‘lovchi  jismoniy  shaxslar 
bilan davlat o‘rtasidagi majburiy xarakterga ega bo‘lgan pul munosabatlarini o‘rgatishdan iboratdir. 
“Jismoniy  shaxslarni  soliqqa  tortish”  fani  “Davlat  byudjeti”  fani  bilan  ham  o‘zaro  bog‘liq 
hisoblanadi.  Chunki  soliqlar  oxir  oqibatda  byudjet  daromadlarini  shakllantiradi.  Soliqlar 
(daromadlar)  bo‘lmasa  byudjet  munosabatlarining  o‘zi  bo‘lmaydi.  Bu  fan  “Xorijiy  mamlakatlar 
soliq  tizimi”,  “Moliyaviy  hisob”,  “Soliq qonunchiligi  asoslari”,  “Soliqlarni prognoz qilish”  fanlari 
bilan ham chambarchas bog‘liqdir. 
 Har  qanday  fan  o‘zining  predmetiga,  ya’ni  izlanish  ob’ektiga  ega  bo‘ladi.  “Jismoniy 
shaxslarni  soliqqa  tortish”  fanining  predmeti  soliq  voqe’liklari  pul  munosabatlarini  o‘rganishdan 
iborat  bo‘ladi.  Bu  pul  munosabatlari  soliq  to‘lovchi  jismoniy  shaxslar  bilan  soliqni  o‘z  mulkiga 
aylantiruvchi  (soliq  oluvchi)  davlat  o‘rtasidagi  munosabatlardir.  Fanning  mohiyati  shu  o‘rtadagi 
munosabatni  chuqur  o‘rganish,  ularni  to‘g‘ri  tashkil  qilishni  ta’minlashdir.  Тo‘g‘ri  tashkil  etish 
deganda,  soliq  munosabatida  qatnashuvchi  tomonlarning  iqtisodiy  manfaatini  e’tiborga  olish, 
muvozanatni  saqlash  kabi  munosabatlarni  tashkil  qilish  tushuniladi.  Bu  muvozanatni  saqlashda 
tomonlar adolatlik va insoflik tamoyiliga  amal qilishi zarur. Тushunarliroq qilib aytsak, byudjetga 
soliqlarni  olishda  soliq  to‘lovchilar  bo‘yniga  ortiqcha  og‘irlik  osmaslik,  ularni  o‘z  ishlab 
chiqarishidan  manfaatdorligini  so‘ndirib  qo‘ymaslik,  ularning  dasturlari  va  rejalarini  tez  -  tez 
o‘zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e’tibor berish ko‘zda tutiladi 
Fanning funksiyalari soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari xodimlarini nazariy jihatdan 
qurollantirish  hamda  amaliyotda  adashmaslik  uchun  yo‘l  -  yo‘riqlar  ko‘rsatishdan  iboratdir. 

 
 


Shuningdek,  chet  el  soliq  amaliyotini  o‘rganish  va  taqqoslash  asosida  tegishli  xulosalar  ishlab 
chiqish,  ularning  ish  tajribalarini  o‘zimizning  amaliyotga  moslab  zarur  joylarini  tadbiq  etishdan 
iboratdir. 
Demak,  fanning  asosiy  funksiyasi  yuqori  malakali  soliq  mutaxassislari  tayyorlashda  ularni 
ham nazariy, ham amaliy jihatdan uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlashdir. 
 
2. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish”  fanining mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi 
roli 
 
Soliqlarning paydo bo‘lishi davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun hamda 
mamlakatimizda  ijtimoiy  himoyalangan  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  “Jismoniy 
shaxslarni  soliqqa  tortish”  fani  davlatning  o‘ta  zarur  bo‘lgan  xilma  -  xil  vazifalari  bilan 
chambarchas  bog‘liq  va  ularga asoslanadi. Davlat  mamlakatda  yaratilgan  ijtimoiy  mahsulot  ishlab 
chiqarish,  uni  taqsimlashning  qonun  -  qoidalarini  ishlab  chiqadi.  Bu  taqsimlashdagi  munosabat 
bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  pul  orqali  amalga  oshirilganligidan  davlat  uni  taqsimlashni  ham  pul 
munosabatlari  orqali,  ya’ni  soliq,  pul  va  kredit  orqali  amalga  oshiradi.  Davlatning  bunday 
faoliyatini o‘rganish – “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining diqqat - markazida turadi. 
Bozor  iqtisodiyoti  talab  va  taklif,  raqobat,  qiymat  va  boshqa  qonunlar  orqali  amalga 
oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti - erkin iqtisodiyot, pulli munosabatlar iqtisodiyotidir. Soliqlar ham pul 
munosabatlarini  ifoda  etganligi  uchun  bozor  iqtisodiyoti  tarkibiga  kiradi,  uning  ajralmas  qismidir. 
Bozor iqtisodiyoti qonunlari - “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining asosini tashkil etadi. U 
qonunlarni chuqur anglamasdan turib soliqqa tortish mexanizmini tushunib bo‘lmaydi. 
Bozor iqtisodiyoti qonunlarini o‘rganib chiqib, davlat yalpi ichki mahsulot qiymatini soliqlar 
orqali  taqsimlash  vazifasini  o‘z  zimmasiga  oladi.  Shunday  ekan,  davlat  to‘g‘risidagi  ta’limot  - 
davlat  iqtisodiyotni  boshqarishda  bosh  rol  o‘ynashi  “Jismoniy  shaxslarni  soliqqa  tortish”  fanining 
asosi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Davlat  soliqlarni  iqtisodiy  mohiyati  va vazifalarini  o‘rganib  chiqib, uni 
amaliyotga tadbiq qilishni o‘z zimmasiga oladi. 
Soliq  xizmati  xodimlari  o‘zlariga  qonuniy  hujjatlarda  yuklangan  vazifalarni  muvaffaqiyatli 
bajarishlari  uchun  faqat  amaliy  jihatdan  soliqlarni  bilibgina  qolmasdan,  soliqlarning  mohiyati, 
belgilari,  ularning  ob’ektiv  zarurligiga,  davlatning  soliq  siyosati,  soliqlar  tizimi,  soliqqa  tortish 
tizimi, soliq idoralari tizimi va boshqalar kabi nazariy masalalarni chuqur bilishlari zarur.  
Fanning  mazmunini  chuqur  egallagan  har  qanday  mutaxassis  soliqlar  va  soliqqa  tortish 
jarayonini o‘rganishda va  ularni  hayotga  to‘g‘ri  hamda to‘liq  tadbiq  etishda  adashmaydi.  Shunday 
ekan, bu fan soliq xizmati xodimlari, soliq sohasi vakillari, ilmiy xodimlar uchun o‘zlarining ilmiy 
salohiyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
3. “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanini o‘qitishda soliq xizmati organlari axborot 
tizimi tarkibidagi asosiy dasturiy mahsullarni qo‘llash tartibini o‘rganishning ahamiyati 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1993  yil  3  avgustdagi  “O‘zbekiston 
Respublikasi  soliq  idoralarida  ma’lumotlarni  ishlashning  yagona  kompyuter  tizimini  yaratish 
to‘g‘risida"gi  388-sonli  Qarorini  amalga  oshirish  maqsadida  DSQ  MIYAKTning  Davlat  soliq 
qo‘mitasi,  Davlat  soliq  boshqarmasi,  Davlat  soliq  inspeksiyasi  bosqichlariga  tegishli  bo‘lgan 
dasturiy mahsullar ishlab chiqarila boshlandi. 
DSQning  1996  yil  8  avgustdagi  168  -  sonli  buyrug‘iga  asosan,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy  Banki  va  Davlat  soliq  qo‘mitasi    o‘rtasida  ma’lumotlar  almashishni  avtomatlashtirilgan 
holda elektron ko‘rinishda qabul qilish ishlariga tayyorgarliklar boshlandi va natijada hozirgi kunda 
DSQning  to‘lovlarni  hisobga  olish  tizimiga  bank  hujjatlarini  kiritish  va  avtomatik  o‘zgartirish 
dasturiy mahsuli (BANK_DSI) muvaffaqiyatli ishlamoqda.  
 
DSQning 1996 yil 9 oktabrdagi 223-sonli buyrug‘iga asosan, jismoniy shaxslar bo‘yicha bank 
hujjatlarini  kiritish,  qarzdorlik  va  ortiqcha  to‘lovlarni  tahlil  qilish  va  hisobotlarni  hosil  qilish 
dasturlarini  tajribaviy  ishlatish  uchun  joriy  qilindi  va  1997  yil  1  yanvar  oyidan  boshlab  to‘liq 

 
 


qo‘llashga  o‘tildi.  Dastlabki  yillarda  har  bir  bosqichda  "Soliq  to‘lovchi  jismoniy  shaxslarni 
identifikatsiyalash"  dasturiy  mahsuli  (tuman  uchun-
 
fd_rai.exe  dasturiy  mahsuli,    viloyat  uchun- 
fd_obl.exe  dasturiy  mahsuli)  ishlatildi,  1999  yildan  boshlab  yesa,  ORACLE  da  tuzilgan    dasturiy 
mahsullar o‘rnatilib, hozirda  «Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish» dasturiy 
majmuasi  dasturiy  mahsuli  hamda  «Jismoniy  shaxslarning  soliq  solish  ob’ektlarini  hisobga  olish» 
dasturiy mahsullari to‘liq ishlamoqda. 
DSQning 1996 yil 18 oktabrdagi “Qog‘ozsiz ish yuritish texnologiyasiga to‘liqligicha o‘tish” 
haqidagi  229-sonli  buyrug‘iga  asosan,  1997  yil  1  yanvardan  boshlab  yuridik  shaxslarning  hisob 
varaqalari,  qarzdorlik  bo‘yicha  (1-NN)  va  soliq  va  tushumlar  bo‘yicha  (1-N)  ko‘rinishdagi 
hisobotlar  ko‘rsatilgan  qonun  xujjatlariga  asosan  faqatgina  komp’yuterda  yuritish  belgilanganligi 
uchun ushbu hisobotlarni komp’yuterda yuritish bo‘yicha dasturiy mahsullar ishlab chiqarilgan edi. 
Hozirgi kunda bu  ko‘rinishdagi hisobotlarni yuritish bo‘yicha ishlab chiqarilgan dasturiy mahsullar 
ham  yangi  versiyalarga  almashtirildi  («Davlat  byudjeti  va  maqsadli  jamg‘armalariga  tushumlar 
hisobini  yuritish»  dasturiy  majmuasi,  «Yuridik  shaxslarning  soliq  qarzlari  hisobini  yuritish» 
dasturiy mahsuli). 
Vazirlar  Mahkamasining  2007  yil  23  avgustdagi  181-sonli  “Davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi, 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining  axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan  foydalangan 
holda  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  bilan  o‘zaro  hamkorligini  yanada  takomillashtirish  chora-
tadbirlari  to‘g‘risida”  gi  Qaroriga  asosan  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalangan 
holda interaktiv  davlat  xizmatlari to‘g‘risidagi Nizom, bazaviy    interaktiv  davlat  xizmatlari  reestri 
tasdiqlangan.  
Interaktiv  xizmatlar  ko‘rsatishdan  maqsad,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi,  mahalliy  davlat 
hokimiyati  organlari  faoliyati  samaradorligini  oshirish,  ularning  axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan  foydalanish  vositasida  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  bilan  tezkor  o‘zaro 
hamkorligini  ta’minlash,  shuningdek,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi,  mahalliy  davlat  hokimiyati 
organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanishini ta’minlashdan iboratdir. 
Hozirgi kunda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 15 interaktiv xizmat turlari joriy etilgan va 
ular rasmiy www.soliq.uz. web portalida joylashtirilgan. 
Davlat  Soliq  Qo‘mitasi  tomonidan  joriy  etilgan  interaktiv  xizmatlardan  foydalanish  uchun 
barcha soliq to‘lovchilarga keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratilgan.  
1-jadval 
Davlat Soliq Qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilarga  ko‘rsatiladigan interaktiv 
xizmatlari turlari 
№ 
Interaktiv      
xizmat nomi 
Mazmuni 
1. 
«Davlat 
soliq 
xizmati 
organlarining 
tuzilmasi, 
tarkibi, 
funksiyalari 
va 
asosiy 
faoliyati, 
ularda 
fuqarolarning 
murojaatlarini 
ko‘rib 
chiqish tartibi to‘g‘risidagi 
axborotlarni  taqdim  etish 
bo‘yicha  interaktiv  davlat 
xizmati» 
Davlat  soliq  xizmati  organlari  tuzilmasi,  tarkibi, 
funksiyalari  va  asosiy  faoliyati,  ularda  fuqarolarning 
murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydigan normativ-
huquqiy  hujjatlar  hamda  ularga  kiritilgan  o‘zgartirishlar  va 
qo‘shimchalar  to‘g‘risidagi  axborotlarni  soliq  to‘lovchilarga 
elektron  ko‘rinishda  taqdim  etish  Internetning  umumiy 
foydalaniladigan  axborotni  e’lon  qilish  (tarqatish)  shaklida 
faqat  Davlat  soliq  qo‘mitasining  rasmiy  WEB  portali  orqali 
ko‘rsatiladi. 
2. 
O‘zbekiston 
Respublikasi  Davlat  soliq 
qo‘mitasi 
tomonidan 
fuqarolarning 
murojaatlarini 
ko‘rib 
chiqish bo‘yicha interaktiv 
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan fuqarolar murojaatlari 
(ariza, shikoyat hamda takliflari)ni Internet orqali qabul qilish 
va ularni ko‘rib chiqish. 

 
 


davlat xizmati 
3. 
Soliq  to‘lov-chining 
so‘roviga ko‘ra  byudjet va 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armalari bilan o‘zaro 
hisob-kitoblar  to‘g‘risida 
axborotlar  taqdim  etish 
bo‘yicha  interaktiv  davlat 
xizmati 
Soliq to‘lovchilarning elektron so‘roviga ko‘ra so‘ralgan 
sanaga byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar 
bo‘yicha  hisob-kitoblar  to‘g‘risida  solishtirma  dalolatnoma 
hamda  soliq  to‘lovlari  turlari  bo‘yicha  shaxsiy  hisob 
varaqasidan ko‘chirmalarni elektron tarzda yetkazish. 
Faqat  yuridik  shaxslar  uchun  elektron  raqamli  imzodan 
foydalangan holda ko‘rsatiladi. 
4. 
Soliq  to‘lov-chining 
so‘roviga  ko‘ra  nazorat 
organlarining  tegishli  davr 
uchun  xo‘jalik  yurituvchi 
sub’ektlarni 
tekshirish 
reja-jadvalidan 
ko‘chirmalar 
berish 
bo‘yicha  interaktiv  davlat 
xizmati 
Soliq  to‘lovchilarning  so‘rovlariga  asosan  tegishli  davr 
uchun  nazorat  organlari  tomonidan  xo‘jalik  yurituvchi 
sub’ektlar  faoliyatini  tekshirishlar  reja-jadvalidan  ko‘chirma 
berish  bo‘yicha  interaktiv  davlat  xizmatlari  tarkibiga 
tekshirishlarning 
tasdiqlangan 
muvofiqlashtirish 
reja-
jadvalidan  ma’lumot  taqdim  etish  kiradi.  Ma’lumot  soliq 
to‘lovchi  yuridik  shaxslarga  Davlat  soliq  qo‘mitasining 
rasmiy internet saytida  taqdim etiladi. Faqat yuridik shaxslar 
uchun  elektron 
raqamli  imzodan  foydalangan  holda 
ko‘rsatiladi. 
5. 
Soliq 
to‘lovchini 
ro‘yxatdan 
o‘tkazish 
yuzasidan arizalarini qabul 
qilish  va  shaxsiy  tartib 
raqamlarini  berish  hamda 
soliq 
to‘lovchining 
ro‘yxatdan 
o‘tkazish 
ma’lumotlarini 
o‘zgartirish 
bo‘yicha 
interaktiv davlat xizmati 
Ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organ,  shuningdek  hududiy 
adliya 
organlari 
tadbirkorlik 
faoliyati 
turlari 
bilan 
shug‘ullanish istagini bildirgan yuridik va jismoniy shaxslarni 
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish, ularni qisqa vaqt ichida SТIR bilan ta’minlash. 
 
6. 
Soliq solish bo‘yicha 
normativ-huquqiy hujjatlar 
to‘g‘risida 
axborotlar 
taqdim 
etish 
bo‘yicha 
interaktiv davlat xizmati 
Davlat  soliq  xizmati  organlari  tomonidan  tadbirkorlik 
sub’ektlariga soliq solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar 
to‘g‘risidagi  axborotlarni  soliq  to‘lovchilarga  internet  orqali 
taqdim etish 
7. 
Elektron 
soliq 
hisobotini  qabul  qilish  va 
qayta 
ishlash, 
elektron 
soliq  hisobotini  jo‘natish 
bo‘yicha  interaktiv  davlat 
xizmati 
Elektron soliq hisobotini jo‘natish, qabul qilish va qayta 
ishlash  bo‘yicha  xizmatning  tarkibi  moliyaviy  hisobotlar  va 
soliq  to‘lovlari  bo‘yicha  hisob-kitoblarni elektron  ko‘rinishda 
qabul qilish va qayta ishlash xizmatlarini web texnologiyalari 
orqali amalga oshirishdan iborat. Faqat yuridik shaxslar uchun 
elektron raqamli imzodan foydalangan holda ko‘rsatiladi. 
8. 
Elektron 
soliq 
deklaratsiyalarini 
qabul 
qilish 
va 
ularni 
umumlashtirish 
Elektron  soliq  deklaratsiyalarini  jo‘natish,  qabul  qilish 
va  qayta  ishlash  bo‘yicha  xizmatning  tarkibi  jismoniy 
shaxslardan  asosiy  bo‘lmagan  ish  joyidan  olgan  daromadlari 
to‘g‘risidagi  deklaratsiyani  elektron  ko‘rinishda  jo‘natish, 
qabul qilish va qayta ishlash xizmatlarini web texnologiyalari 
orqali amalga oshirishdan iboratdir. 
Faqat jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzodan 
foydalangan holda ko‘rsatiladi. 

 
 


9. 
Jismoniy  shaxslarga 
byudjet 
va 
byudjetdan 
tashqari  jamg‘armasi  bilan 
o‘zaro 
hisob-kitoblar 
to‘g‘risida 
axborotlar 
taqdim etish 
Mol-mulk  va  yer  solig‘i  ob’ektlari  bo‘lgan  jismoniy 
shaxslar  o‘zlariga  tegishli  ob’ektlar  to‘g‘risida  ma’lumot 
olish. 
Faqat jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzodan 
foydalangan holda ko‘rsatiladi. 
10. 
Yakka 
tartibdagi 
tadbirkorlarning 
soliq 
tekshiruvlar 
natijalari 
bo‘yicha  ma’lumot  taqdim 
etish 
Yakka 
tartibdagi 
tadbirkorlik 
faoliyati 
bilan 
shug‘ullanuvchi  jismoniy  shaxslar  o‘z  faoliyatiga  oid 
ma’lumot  olish.  Faqat  jismoniy  shaxslar  uchun  elektron 
raqamli imzodan foydalangan holda ko‘rsatiladi. 
11. 
Тo‘lov 
kvitansiyalarni 
shakllantirish 
Soliq  to‘lovchi  jismoniy  shaxslarga  barcha  soliqlar 
bo‘yicha  to‘lovlarni  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan  
kvitansiyalarni shakllantirish va chop etish 
12 
Qo‘shilgan 
qiymat 
solig‘i 
to‘lovchilarning 
reestri 
Qo‘shimlgan qiymat solig‘i to‘lovchilar to‘g‘risida Soliq 
kodeksi bilan  ruxsat  berilgan  ma’lumotlarni DSQning rasmiy 
sayti orqali taqdim etish 
 
13 
Soliqlarni 
"SMS-
To‘lov"  tizimi  yordamida 
uyali telefon orqali to‘lash 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Savdo-sanoat 
palatasi 
qoshidagi  «SSP-Maroqand»  unitar  korxonasi  tomonidan 
yaratilgan 
«SMS-To‘lov» 
elektron 
to‘lov 
tizimidan 
foydalangan  holda  soliq  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni 
elektron ko‘rinishda to‘lash 
14 
O‘z SТIRni aniqla 
Veb  sayt  orqali  jismoniy  shaxslarning  o‘z  SТIR 
raqamini mustaqil ravishda aniqlash 
15 
Yuridik 
shaxslar 
uchun  soliqlar  bo‘yicha 
to‘lov  topshiriqnomalarini 
shakllantirish 
Soliq  to‘lovchi  yuridik  shaxslarga  barcha  soliqlar 
bo‘yicha  to‘lovlarni  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan 
to‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish va chop etish 
 
DSQning 2005 yil 5 avgustda «Davlat soliq xizmati organlarida avtomatlashtirilgan 
komp’yuter dasturiy mahsullarni amalga joriy etish to‘g‘risida»gi 148-sonli buyrug‘iga 
asosan joriy qilingan  
dasturiy mahsullar 
 
Soliq  organlarini  tashkil  etishning  butun  tizimida  tub  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish, 
soliqqa  oid  ma’lumotlarni  avtomatlashtirilgan  holda  qayta  ishlash  bo‘yicha  kompyuter  dasturiy 
mahsullarini  amalga  joriy  etish  maqsadida  DSQning  2005  yil  5  avgustda  «Davlat  soliq  xizmati 
organlarida avtomatlashtirilgan komp’yuter dasturiy mahsullarni amalga joriy etish to‘g‘risida»gi 
148-sonli  buyrug‘i  chiqdi.  Buyruqda  O‘zbekiston  Respublikasi  DSQ  da  ishlab  chiqilayotgan 
dasturiy  mahsullar  bo‘yicha  tuzilgan  mas’ul  ishchi  guruh  a’zolarining  ro‘yxati  hamda  dasturiy 
mahsullar  texnik  topshiriqlarini  ishlab  chiqish,  dasturiy  mahsullarni  ishlab  chiqish  va  quyida 
keltirilgan dasturiy mahsullarni tajribaviy ishga tushirish muddatlari belgilab berildi. 
2-jadval 
Davlat soliq xizmati organlarida joriy qilingan  
dasturiy mahsullar 
№  Dasturiy mahsul 
nomi 
 
 
Mazmuni 

KADR 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  DSQning  xodimlarining  yagona  reestri  
(DSI, DSB, DSQ). 

Koord_GNI 
Respublika  tekshiruvlar  reja  –  jadvali  ijrosini  shakllantirish  va 

 
 


nazorat qilish dasturi (DSI, DSB, DSQ). 

AdmPrac 
«Ma’muriy amaliyotni hisobga olish» dasturiy majmuasi 

Apray 
«Davlat  soliq  organlari  tomonidan  tekshirishlar  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar  kiritiladigan  baza,  mavjud  ma’lumotlar  asosida 
hisobotlarni yuritish va tahlil qilish» dasturiy mahsuli. 

NED_GNI 
«Byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg‘armalarga 
qarzdorliklar hisobini yuritish» dasturiy mahsuli. 
 

N1Ray, N1RayPF, 
N1RayDF, 
N1RayShF 
«1-N:  Byudjet  va  byudjetdan  tashqari  Davlat  maqsadli 
jamg‘armalariga mablag‘lar tushumi hisobi» dasturiy majmuasi 

Elektr__
«Yuridik  shaxslar  tomonidan    iste’mol  qilingan  elektr  energiyasi 
uchun hisob-kitoblarni amalga oshirilishini nazorat qilish va to‘lov 
muddati o‘tgan qarzlarni  qisqartirish natijalari tahlilini olib borish» 
dasturiy mahsuli. 

CARN 3 
«Soliq to‘lovchi yuridik shaxslar varaqasi» dasturiy majmuasi. 

Yer solig‘i 
«Yuridik  shaxslar  yer  (yagona  yer)  solig‘i  bo‘yicha  hisobotini 
yuritish» dasturiy majmuasi. 
10  Musodara 2005 
«Davlat  daromadiga  o‘tkaziladigan  mol-mulkni  hisobga  olish, 
baholash  va  sotishdan  tushgan  pul  mablag‘larni  to‘liq  va  o‘z 
vaqtida byudjetga tushishini nazorat qilish» dasturiy  mahsuli. 
11  YeRepors 2006 
Davlat  soliq  organlarida  soliq  to‘lovchilarning  soliq  va  moliyaviy 
hisobotlarini 
elektron 
shaklda 
qabul 
qilish 
va 
statistik 
ma’lumotlarni shakllantirish dasturiy majmuasi. 
 
Yuqorida  keltirilgan  dasturiy  mahsullardan  tashqari  DSQ  bo‘limlarida  boshqa  amaliy 
dasturiy mahsullar ham ishlatilmoqda:  
-  O‘zbekiston  Respublikasi  soliq  idoralarining  hisobot  davrida  bajarilgan  ishlar  haqida 
hisobotlarni shakllantirish dasturi (2-N shaklidagi hisobot); 
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining axborot – huquqiy tizimi (IPS – “NORMA”); 
- 4-H eksport-import shartnomalari hisobi dasturiy mahsuli; 
-  Pochtani qabul qilish va jo‘natish (ТHE BAТ); 
 - Ma’lumotlar bazasining arxivini yuritish va himoyalash DM (arxivator). 


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling