Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i


Download 56.83 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi56.83 Kb.
#1377562
Bog'liq
yer qaridan foydalanganlik

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

Bahodirov Ziyodullobek

Reja

  • 1.Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilar tarkibi.
  • 2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning ob’yekti.
  • 3. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari va ularning tabaqalanishi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha imtiyozlar va ularning qo’llanilish tartibi.

O‘zbekistonda 100 ga yaqin, aniqrog‘i 95 turdagi mineral xom-ashyoni o‘zida mujassam etgan 2700 ta kon aniqlangan. Respublikamiz qonunchiligiga ko‘ra mavjud yer osti boyliklari umumdavlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrdagi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida” gi Qonuniga muvofiq 1995 yildan boshlab yer osti boyliklaridan foydalanilganlik uchun soliq joriy etildi va yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar ularning xajmidan kelib chiqqan holda maxsus soliq to‘lay boshladilar.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etilishidan asosiy maqsad – umumdavlat mulki hisoblangan yer osti boyliklaridan oqilona tarzda butun jamiyat a’zolarini va kelajak avlod manfaatlarini hisobga olgan holda foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
1982 yildan 1998 yilga qadar suvdan foydalanayotgan korxonalar “Suv uchun to‘lov” to‘lashar edi. Iste’molchilarning suvdan samarali, tejab foydalanish maqsadida respublikamiz soliq qonunchiligiga hamda O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra 1998 yil 1-yanvardan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etildi. Ushbu soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, respublika budjetining asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda asosiy, davlat budjeti daromadlarini ushbu manba bo‘yicha ob-havo qiladigan, ya’ni ta’minlab beradigan soliq to‘lovchilar bo‘lib, Shirin GRES, Taxiyatosh GRES, Toshkent GRES va boshqa shu kabi GESlar hisoblanishadi.
Foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’yektidir.
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi foydali qazilmalarning haqiqiy yo‘qotishlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Foydali qazilmaning zaxirasi qaysi foydali qazilmaning miqdoriga kamaytiriladigan bo‘lsa, o‘sha foydali qazilmaning hisoblangan miqdori va foydali qazilmani qazib olishning (ajratib olishning) to‘liq texnologik sikli yakunlangach aniqlangan, haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma miqdori o‘rtasidagi farq foydali qazilmaning haqiqiy yo‘qotishlaridir.
Soliq solish ob’yekti foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Quyidagilar soliq solish ob’yektidir:
qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar (shu jumladan birga qo‘shilib chiqadigan);
foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar;
sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlovdan o‘tkazilgan qazib olingan uglevodorodlar shu jumladan birga qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar;
uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi qazib olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar;
ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar.
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish ob’yektidir.
Quyidagilar soliq solish ob’yekti bo‘lmaydi:
1) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari;
2) sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
3) atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
5) gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi. Quyidagilar hisobot davridir:
yuridik shaxslar uchun — bir oy;
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
Soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda soliq hisoblab chiqariladi.
Soliqni hisoblash va budjetga o’tkazish muddati. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagicha aniqlanadi:
YQFs = YQFsb x Ss,
bu yerda:
YQFs – yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasi;
Ss – belgilangan soliq stavkasi.
YQFsb = TMo`rb x Vtm,bu yerda:
YQFsb – yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bazasi;
TMo`rb – hisobot davrida kavlab olingan yoki ajratib olingan tayyor mahsulot hajmining o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati yoki foydali qazilmalarni kavlab olishning ishlab chiqarish tannarxi;
Vtm – hisobot davrida kavlab olingan (ajratib olingan) jami tayyor mahsulot hajmi.
Hisobot davri uchun kavlab olingan yoki ajratib olingan tayyor mahsulot hajmining o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati quyidagicha aniqlanadi:
TMo`rb = Vr/ Vn,
bunda:
Vr – har bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bo‘yicha alohida, pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini chegirgan holda);
Vn – naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmi
Download 56.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling