Jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi harakatli o'yinlarni o'rgatish


Download 19.13 Kb.
bet1/2
Sana01.04.2023
Hajmi19.13 Kb.
#1315063
  1   2
Bog'liq
JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRUVCHI HARAKATLI O\'YINLARNI O\'RGATISH


. JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRUVCHI HARAKATLI O'YINLARNI O'RGATISH


Reja:



  1. Sport mashg'ulotlarida jismoniy sifatlarni rivojlantirishning umumiy qoidalari

  2. Harakat malakalarini shakillantirish.

Jismoniy tarbiya jarayonida bola pedagog rahbarligida dasturda ko‘zda tutilga harakat malakasini va ko‘nikmasini egallaydi. Turli harakatlarga o‘rgatish malaka ko‘nikmalarini shakllantirish jismoniy sifatlarni tarbiyalash bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonida o‘quvchilar jismoniy mashqlarning yangi formalanini egallash qobiliyatlari oshib boradi.


Jismoniy tarbiya nazariyasida harakat malakasi harakat texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi. Harakat malakasining ikki turi farqlanadi: ulardan biri yaxlit harakat faoliyatini amalga oshirishda, ikkinchisi: ayrim murakkabligiga ko‘ra turlicha harakatlarda ifodalanadi.
Harakat malakasi – bu harakat texnikasini egallash darajasi bilan unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar o‘zining juda ishonchliligi bilan ajralib turadi.
Hrakat malakalarining bola uchun amaliy ahamiyati juda katta hosil qilingan ko‘nikmalar jismoniy, ruhiy kuchlarni tejamkorlik bilan sarf etish, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bararish imkonini beradi. Ular ongli ravishdv mashqlar bajarish natijasida uning bajarish usuli qoidalarini takomillashtirib boradilar va shu malakaga binoan mashqlarni ma’lum bir vaqt oralig‘ida texnik jihatdan to‘g‘ri bajara olish qobiliyatini saqlab qoladilar. Harakatlarning uyushgan holda, aniq va tez bajarish bolalarning ruhiyatini oshiradi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Jismoniy sifatlar bola organizmining morfofunksional, psixofiziologik va biologik xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Jismoniy sifatlarni, harakat ko‘nikmalarini o‘rgatish va birgalikda tarbiyalash bolaning takomillashuviga, tanasining sog‘lomlashuviga, hissi, ruhining ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatadi, bolalar harakailarni tobora ishonch bilan bajaradilar, yangi harakatlarni tezroq, oson bajarilishiga, yuqori natijalarga erishishga intiladilar, ijobiy mustaqillik ko‘rsatadilar.
1. Asosiy jismoniy sifatlarning (tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch va egiluvchanlik) rivojlanishi harakat malakalarning shakllanishibilan uzviy bog‘liq.. Ana shu jarayonga xizmat qiluvchi mashqlar qit’iy izchillikda va harakat ta’siri murakkablashtirilgan holda jismoniy tarbiya darslari tarkibiga, o‘yin soatlariga, sport mashqlariga hamda o‘quvchilarning maktabdan va sinfdan tashqari sport tadbirlari tarkibiga kiritiladi.
Harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga etibor ayniqsa maktab kun tartibida olib boriladigan fizkultura-sog‘lomlatirish tadbirlari davomida amalga oshirilishi kerak. Katta tanaffuslarda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar, dars boshlanishidan oldin o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, sayrlar, sinfdan tashqari olib boriladigan ommaviy tadbirlarning barchasi jismoniy sifatlarning tarbiyalanishiga imkon yaratadi. Har bir jismoniy sifat uchun alohida o‘ziga xos mashqlar kompleksi tanlanadi va maxsus usulda bajartiriladi.
Qonun-qoidalarini turkumlarga ajratish: harakatlarga o‘rgatish jarayonining xususiyatlari, qonun-qoidalarining o‘zaro bog‘liqligi. “Onglilik va faollik” prinsipi, “Ko‘rgazmalilik” prinspi, “Muntazamlilik” prinspi, “Tushunarli va individuallashtirish” prinspi, “Talablarni asta sekin va tobora oshirib borish” prinsplariga tavsif hamda ularni o‘quvchi-yoshlar va bolalarni o‘qitishda amalga oshirishning o‘ziga xosliklari.
Umumiy xususiyatlari: tushunchalarini belgilash, harakatlanish sifatlarini guruhlarga ajratish, harakatlanish sifatlari tarkibiy qismlari (umumiy va maxsus), rivojlanish bosqichlari.
Kuchlilik qobiliyatlarini rivojlantirish. Tushunchalarni aniqlash: mushaklar kuch sarflash rejimi (izometrik, miometrik, pliometrik), kuchning turlari (absolyut va nisbiy kuch, “portlash kuchi”), kuch paydo bo‘lishini belgilovchi omillar (tashqi, ichki, bor kuchini yig‘ish) kuchni rivojlantirish asosiy vositalarini turlarga ajratish, kuchni rivojlashtirishni baholash, kuchni tarbiyalash metodlari, o‘quvchi-yoshlarda va bolalarda kuchni rivojlantirish xususiyatlari.
Tezlik qobiliyatlarini tarbiyalash. Tushunchalarni aniqlash (tezlik, chaqqonlik). Tezlikni ko‘rsatish turlari, chaqqonlikni tarbiyalash metodlari, bolalarda chaqqonlikni rivojlantirish xususiyatlari.
Chaqqonlilik qobiliyatlarini tarbiyalash (epchillik) tushunchasini aniqlash, chaqqonlilik xususiyatlari, chaqqonlilik qobiliyatlarini rivojlantirish qonuniyatlari, chaqqonlilik tarbiyalash vositalari, chaqqonlilik tarbiyalash metodlari, chaqqonlilik rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Chidamlilik sifatini tarbiyalash. Chidamlilik qobiliyatini tushunchalari nisbatlari, chidamlilikning ikki bosqichi, kuchlar zonasi bo‘yicha chidamlilik turlari, chidamlilikning rivojlanishini baholash.
Jismoniy tarbiya jarayonida organizmning ba’zi morfofunksional xususiyalariga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish asoslari: egiluvchanlik qobiliyatiga tushuncha, egiluvchanlikni tushunish, mushaklarda faol va sust harakatchanlik, rivojlanish qonuniyatlari, mushaklarda harakatchanlikni rivojlanishini baholash.
Maktabda har kunibirinchi soat darsdan oldin ertalabki gimnastika o'tkazilishi lozim. Darsdan oldin o'tkaziladigan gimnastika birinchi soat darsdan 15-20 daq. oldin boshlanib kirish bo'limiga 3-5 daqiqa qolganda tugaydi. Darsgacha o'tkaziladigan gimnastikadanasosiy maqsad o'quvchilarning sog'ligini mustahkamlash hamda o'quv materiallarini puxta o'zlashtirishga erishishdir. Darsgacha o'tkaziladigan gimnastika o'quvchilar diqqatini darsga jalb etadi, ularni darsga tayyorlaydi. O'quvchilarning birinchi soat darsidan oldingi holatlari turli xil bo'ladi. Ba'zi bolalar maktabga juda erta keladilar, ba'zilari esa ertalabki gimnastika boshlangandan so'ng kelishadi. O'quvchilarning ba'zi birlari maktabga kelguncha o'ynab, yugurishga ulgurgan bo'lsalar, boshqalari kechikmaslik uchun shoshilib kelishadi, bazilari esa shoshilmasdan lanj holatda kelishadi. Dars boshlanishidan oldin barcha o'quvchilar diqqati bir joyga to'planmagan bo'ladi. Shuning uchun o'quvchilar diqqatini bir joyga to'plash maqsadida va ularni aqliy mehnatga tayyorlash uchun darsdan oldingi gimnastika mashg'ulotini o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Darsdan oldin o'tkaziladigan gimnastika har bir tuman, shahar va qishloq maktablarida o'tkazilishi shart. Bu tadbirni doimo muvoffaqiyatli o'tkazish uchun maktab o'qituvchilari jamoasi, maktab ma'muriyati . jismoniy tarbiya o'qituvchisi, boshlang'ich sinf o'qituvchisi , maktab fizkul'tura faollari, o'quvchilar va ota-onalar hamkorlikda tegishli tayyorgarlik ishlarini olib borishlari kerak.
Maktak pedagogika kengashida bu masala ham vaqti vaqti bilan muhokama qilinib turilsa, maktab rahbariyati bevosita unga qiziqish bilan qarasalar, ertalabki gimnastika tadbirlari tezda maktab hayotiga singib ketishi mumkin. Ertalabki gimnastikani o'tkazishni yaxshi yo'lga qo'yish uchun maktab jismoniy tarbiya o'qituvchisi yuqori sinf o'quvchilaridan , yoshlar qo'mitasining faollaridan tashkil topgan sportchi instruktorlarni tayyorlashlari mumkin. buning uchun esa sport instruktorlari va faollari bilan maxsus seminar-kengashlar o'tkazish lozim. Seminarda qatnashadigan tashkilotchilar quyidagi talablarga rioya qilishlari kerak.
1.Har bir yoshdagi o'quvchilar jamoatchi instruktorlar bilan mashqlar kompleksi alohida-alohida o'rganib chikishlari kerak.
2.Har mashqning nomini aytib, uni qanday bajarishni o'quvchilarga ko'rsatib, ularga mashqni bajarib ko'rishni taklif qilish, mashqlar tafsilotini tushuntirib, bajarishda yo'l qo'yiladigan xatolarni eslatib o'tish lozim.
3.Instruktorlarga hamma mashqlar belgilangan tartibda bajartiriladi. Har bir harakat va holatlarni aniq ijro etish talab qilinadi.
4.Harakatlarni aniq bajara olmagan o'quvchilarni shu harakatlarni puxta o'rganib olganlariga qadar harakatlar takrorlantiriladi.
Jismoniy tarbiya o'qituvchisi va sinf rahbarlari sinf o'quvchilariga mashqlar kompleksini o'rgatayotgan o'quvchilarning jamoatchi instruktorlik talablarini to'g'ri bajarishlariga ko'maklashishlar lozim.
O'quvchilarga ertalabki gimnastikadagi kompleks mashqlarni jismoniy tarbiya darsida o'rgatish mumkin. Ular esa bu kompleksni uyda o'zlari mustaqil ravishda puxtalaydilar. Jismoniy tarbiya darslaridan vaqtincha yoki butunlay ozod etilgan o'quvchilar vrach maslahatiga binoan uyda har kuni ertalab gigienik gimnastika mashqlarini bajaradilar. Ko'pchilik maktablarning tajribasga ko'ra o'quvchilarda darsdan oldin o'tkaziladigan gimnastikaga havas uyg'otish uchun sinflararo musobaqa tashkil etilib, maxsus salomatlik burchagi tuzish unga natijalarni yozib borish lozim. Buning uchun fizkul'tura faollaridan sudyalar tanlanib, ular har bir sinf o'quvchilari mashqlarini bajarishni, xulqi va faol ishtirok etishlarini baholab boradilar. O'quvchilarning uyushqoqligi ko'p jihatdan ular bilan olib boriladigan tayyorgarlik ishlariga bog'liq.
Mashqlarni bajarish uchun har bir sinfga maydonchadan alohida doimiy joyni ajratib qo'yish lozim. Darsdan oldin o'tkaziladigan badantarbiyani jamoatchi sport faollari navbatchi o'qituvchiga raport berishdan boshlagani ma'qul. Badantarbiya mashqlar musiqa bilan o'tkazilsa yanada yaxshi bo'ladi.
Dardan oldin o'tkaziladigan badantarbiya 8-10 daqiqa davom etadi va 6-8 ta umumiy rivojlantiruvchi mashqlardan iborat bo'ladi. Har bir mashq majmui o'quvchilarga 10-15 kunbajartirilishi mumkin. har ikki uch kunda kompleks majmuaning biror qismini o'zgartirib turish lozim.
1-4 sinflar uchun majmuani avval jismoniy tarbiya o'qituvchisi tuzib beradi. Keyinchalik esa bu ishni jamoatchi faollar va sportchilarga topshirishi mumkin. har bir majmua hamma asosiy muskullar guruhiga ta'sir etidigan bo'lishi lozim.Majmuaning asosiy mazmunini umumiy rivojlantiruvchi mashqlar tashkil qiladi. Hamma o'quvchilarni bir joyga joylashtirish imkoni bo'lmagan maktablarda bu mashqlarni yurish, yugurish mashqlari bilan to'ldirib borish maqsadga muvofiq. Darsgacha o'tkaziladigan gimnastika badantarbiya mashqlarini muayyan bir izchillikda qo'llash, ularning o'quvchilar tanasiga ta'sirini asta-sekin oshirib borish kerak.
Mashg'ulotgacha o'tkaziladigan badantarbiya mashqlari turgan joydan yurish, chuqur nafas olish va qad-qomadni to'g'rilovchi mashqlar bilan tugatilishi kerak. Mashqlarni to'p, arqoncha, xalqa, bayroqcha va boshqa buyumlar bilan bajarish ham mumkin.


Download 19.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling