Jismoniy tarbiya 1-sinf I. Dars mavzusi


Download 19.03 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi19.03 Kb.
#1015405
  1   2   3
Bog'liq
1 sinf jismoniy tarbiya fanidan erta


JISMONIY TARBIYA


1-SINF


I. Dars mavzusi: Ertalabki badantarbiya mashqlar majmui.
II. Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarni ertalabki badantarbiya mashqlarining shakllari bilan to’la tanishtirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda chaqqonlik, tezkorlik sifatlarini tarbiyalash, vatanga , tabiatga bo’lgan muhabbatini o’stirish;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni sportga jalb etish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: badantarbiya, mashqlar, oyoq, yelka, qo’l, bosh, dastlabki holat va hokazo.
IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
- ertalabki badantarbiya mashqlarining inson tanasiga ta’sirini bilish;
- ertalabki badantarbiya mashqlarining o’tkazilish joyini bilish.
Ko’nikmalar:
- tizzani baland ko’tarib, belni to’g’rilay olish;
- oyoq uchida turib qo’l orqali qilinadigan mashqlarni bajarish;
- oyoq orqali bajariladigan harakatlarni qo’llay olish;
- sakrab oyoqlarni juftlashtirish;
- qo’llarni yuqoriga ko’tarib chapak chalish.
V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “To’p orqali tilak” o’yini, “Klassik” metodi.
VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot.
VII. Dars usuli: noan’anaviy
VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 1-sinf “Jismoniy tarbiya” darsligi, mashqlar aks etgan plakatlar, to’p va hokazo.
IX. Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, davomatni aniqlash.
2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Ertalabki badantarbiya mashqlari.
Takrorlash yuzasidan mashqlar:
1. Ertalabki badantarbiya mashqlarining inson hayotidagi ahamiyati qanday?
2. Ertalabki badantarbiya mashqlari qayerda o’tkaziladi?
3. Ertalabki badantarbiya mashqlari qaysilar?
4. Ibn Sinoning “Badantarbiya - kuch etar hadya” o’gitidan nimalarni tushundingiz?

Download 19.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling