Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturi va asosiy rejalashtirish hujjatlarining tavsifi


Download 21.8 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi21.8 Kb.
#1501572
Bog'liq
Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturi va asosiy rejalashtirish


Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturi va asosiy rejalashtirish
hujjatlarining tavsifi
Reja:
1. Rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati va mazmuni
2. Rejalashtirish texnologiyasi
3. Rejalashtirishga qo'yiladigan talablar
4. Rejalashtirshdan oldin bajariladigan ishlar
5. Rejalashtirishning dalat hujjatlari
6. O'qituvchi tomonidan tuziladigan rejalashtirish hujjatlari
7. Jismoniy tarbiya bo'yicha ta'lim -tarbiya ishlarining bir yillik reja- jadvali
8. Jismoniy tarbiya bo'yicha darslararo ishchi rejalar
9. Alohida jismoniy tarbiya darsining reja konspekti

Rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati va mazmuni


Jismoniy tarbiya buyicha ishlarning ilg'or tajribasi shuni ko'rsatadiki, o'zining faoliyatini rejalashtirishga mas'uliyat bilan yondashadigan pedagoglar hammasidan ko'ra yuqori natijalarga erishadilar. Rejalar uzoqni ko'zlashga, maqsadni va aniq vazifalarni aniqlashga imkon yaratadi, hamda qo'yilgan vazifalarni hal qilishda eng samarali vosita va yo'llarini nazarda tutadi.
Amaliyotda jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish ishlarini mensimaslik, samarali ish manbaiga yuzaki yondashish hollari ham uchrab turadi.
Rejalashtirish – bu mexanik ravishda bajariladigan devonxona ishi yoki o'kuv dasturini o'ylamasdan to'g'ridan to'g'ri ko'chirish, qayta yozish emas, balki jismoniy tarbiya qonuniyatiga va ko'rinishlari mohiyatiga chukur kirib borish jarayonidir.
Rejalashtirish, qilingan ishlarning tahlili asosida to'g'ri xulosalar chiqarib bilishni o'z ichiga oladi. Darslarni muttasil taxlil kilish ukituvchiga mashklarning zarur mikdorini, mashklarning eng muvofik ketma-ketligini, mumkin bulgan dam olish intervallarini, ukuv materiallarining optimal portsiyalarini va pedagogik faoliyat sur'atlarini kursatib beradi.
Shunday kilib, rejalashtirish – bu ta'lim va tarbiya jarayoni tizimini shakllantiruvchi, uslubiy asoslangan xujjatlarni tuzish demakdir
Rejalashtirish texnologiyasi
Rejalashtirish jarayonini ukituvchi ijodiy faoliyati yaxlit tizimini tashkil kiluvchi, kator ketma-ket operatsiyalari kurinishida tasvirlab berish mumkin. Bu faoliyat uslubiy masalalarni xal kilishga printsipal yondashishda ishning asosiy yunalishlari goyalari paydo bulishidan boshlanadi. Bunday dastlabki goya, odatda, talabalik davrida boshlanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti kursini hamda yengil atletika, gimnastika, sport uyinlari va boshkalarning xususiy uslubiyotini urganishda, pedagogik amaliyot davrida ukituvchilar ishini kuzatishda, talaba uzlashtirayotgan bilim va malakalarini uzining bulgusi kasbiga «ulchay» boshlaydi. Ukituvchida kelgusi ukuv yilida buladigan ishlar goyasi shaxsiy orttirgan tajriba, boshka pedagoglarning faoliyatini kuzatish, mustakil bilim orttirish jarayonida oladigan ma'lumotlar bazasida shakllanadi. Shu bilan birga nafakat xamkasblari tajribasidan, balki boshka fanlar ukituvchilari tajribasidan xam foydalanish kerak.
Keyin goya anik ish sharoitlari, ukuvchilarning tayyorgarlik darajasi bilan tekshirib kuriladi va unga ma'lum uzgartishlar kirtilishi tabiiy. Fakat shundan keyingina shuning maksadi shakllanadi va uning asosida ukuvchilarning kutilayotgan nazariy, jismoniy va texnik tayyorgarliklari xolati darajasi loyixalashtiriladi.
Kutilayotgan jismoniy xolatga maktab ukuv dasturida nazarda tutilgan nazariy ma'lumotlarni uzlashtirish, jismoniy mashklarni urganish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash buyicha bir kator anik vazifalarni kuyish bilan erishiladi. Shunday ekan, rejalashtirishning navbatdagi texnologik operatsiyasi sifatida ta'lim va tarbiyaning anik vazifalarini kuyishni xisoblash mumkin.
Kuyilgan vazifalarni xal kilish uchun ukituvchi ukuvchilarga pedagogik ta'sir kursatish tizimini aniklaydi. U vositalar, uslublar va ish sharoitlarini uz ichiga oladi. Bu operatsiya, xudi oldingidek, ukuvchilarning faol ishtiroklari natijasida amalga oshirilishi mumkin. Bu vaktda jismoniy tarbiya jarayonini tugri tashkil kilishga xalakit beruvchi yuz berishi mumkin bulgan nokulay omillarni xisobga olish lozim.
Pedagogik jarayonning tugri borishini tekshirish uchun maxsus tanlab olingan ekspress-testlar yordamida boskichma-boskich nazorat utkazish kuyi tizimi yaratiladi. Agar xar bir boskich nazoratida olingan natija rejalashtirilgan talabga javob bersa, bu vaktda barcha operatsiyalarning tugri rejalashtirilganligiga xulosa kilsa buladi. Mobodo rejalar vijdonan amalga oshirilgan sharoitda nazorat natijalari rejalashtirilgan maksadlardan jiddiy fark kilsa, demak rejalashtirish texnologiyasida xatolar borligidan dalolat beradi. Bu xatolarni uchta zvenodan kidirish kerak buladi. Birinchi navbatda rejalashtirish davrida barcha nokulay omillar xisobga olinganligi yoki olinmaganligini tekshirib kurish lozim. Ikkinchi navbatda pedagogik ta'sir tizimi taftish kilinadi. Agar bu yerda xam kamchiliklar topilmasa pedagogik vazifalarning amaliyligi baxolanadi.
Agar xatolar birinchi zvenodan topilsa va aynan yana shular natijalarning bajarilmasligiga sabab bulganligiga ukituvchi kat'iy ishonsa, zarur choralar kuriladi va boshka zvenolar tekshirilmaydi. Odatda ukituvchi faoliyatining birinchi yillarida rejalashtirish texnologiyasining turli operatsiyalarida yul kuyilgan kuzga tashlanib turmaydigan xatolar umumlashgan xolda ishning natijasiga jiddiy ta'sir kursatadi. Shuning uchun yosh ukituvchilar uzining barcha faoliyatini doimiy taxlil kilishlari. Uzlari uchun talabchan kozi bulishlari kerak. Bu kelajakda muvaffakiyat garovidir.
Rejalashtirish yakuniy xisobga olish bilan tugallanadi. Xisobga olish natijasida olingan ma'lumotlar kelgusi sikl (darslar seriyasi, ukuv choragi, ukuv yili)ni rejalashtirish uchun asos kilib olinadi.
Rejalashtirishga kuyiladigan talablar
Ukituvchi muayyan rejalashtirish xujjatlarini ishlab chikishda va tuzishda kator talablarga rioya kilishi zarur.
1. Rejalar umumiy urta ta'lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta'lim standarti, jismoniy tarbiya buyicha ukuv dasturi va Uzbekiston Respublikasi Xalk ta'limi vazirligining me'yoriy xujjatlari va karorlariga mos bulishi kerak. Ular jismoniy tarbiya buyicha davlat ukuv dasturi asosida ishlab chikiladi va tuziladi. Barcha rejalar Uzbekistonda jismoniy tarbiyaning umumiy maksadlariga buysindirilishi va Uzbekiston Respublikasi Xalk ta'limi vazirligining uslubiy tavsiyalariga mos bulishi lozim.
2. Rejalashtirishda jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy printsiplariga amal kilish. Rejalashtirish jarayonida shaxsni xar tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boglikligi, jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yunaltirilganlik, muntazamlik, kuchiga yarashalik, mustaxkamlik printsiplarini xal kilish uchun kulay zamin yaratiladi. Shu bilan birga vositalarni tanlab olishda shugullanuvchilarga xar tomonlama ta'sir kursatadigan va eng yaxshi soglomlashtiruvchi samara beradigan vositalarga e'tibor beriladi. Aksariyat darslarni ochik xavoda va tabiiy sharoitlarda utkazilishini rejalashtirish lozim.
3. Rejalashtirishning maksadga yunaltirilganligi va istikbolligi muxim talab xisoblanadi. Ma'lum bir sikl uchun rejalar (dars seriyalari, ukuv choragi, yillik) oldingi siklga tayanishi va kelgusi siklga tayyorlashi kerak. Shunday kilib tasodifiy darslarga imkon berilmaydi, chunki ular ma'lum bir tizimga birlashtiriladi.
4. Rejalashtirish amalga oshiriladigan bulishi kerak. Bu talabni bajarishda maktabga mutaxassis kelguncha jismoniy tarbiya ukituvchisi bulmaganida xamda jismoniy tarbiya buyicha moddiy-texnik ta'minot darajasini xisobga olishda nazarda tutish kerak. Barcha vaziyatlarda ukituvchi imkoniyatlarni anik-ravshan baxolashi va aynan shu sharoitda bajarib buladigan materialni rejalashtirishi lozim.
5. Rejalashtirishning muayyanligi urgatish boskichlari, uning vazifalarining puxta aniklanganliligi va tanlab olingan vositalarning bu vazifalarga mosligi bilan ifodalanadi. Kup sonli mashklardan maksimal pedagogik samara beradigan universal mashklar tanlab olinishi kerak. Vositalardan foydalanishda ketma-ketlikni buzmaslik va kuchli ta'sir kiluvchi mashklardan muddatidan oldin foydalanmaslik kerak.
6. Rejalashtirishning kurgazmaliligi amaliyotga grafik shakllarni tadbik kilish usuli bilan xal kilinadi.
Rejalashtirishdan oldin bajariladigan ishlar.
Bevosita rejani ishlab chikishdan oldin, ukituvchi zarur ma'lumotlarni yigishdan iborat bulgan katta tayyorgarlik ishlarini bajarishi lozim. Bu ma'lumotlar ukuv materiallarini utish tartibini, vositalar va ish shakllarini aniklab beradi:
1. Dars utadigan sinflar uchun jismoniy tarbiya buyicha ukuv
dasturini batafsil urganib chikish. Bu esa ukituvchiga sinfdan-sinfga
utishda ukuv dasturining izchilligini aniklashga yordam beradi.
2.Shugullanuvchilarning sogligi xolatini, bilim darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarliklarini urganib chikish. Bu ma'lumotlarni uzidan oldin ukituvchi tuzgan xujjatlarini, yoki uzining yozuvlarini xamda tibbiy kurik natijalarini urganish yuli bilan olish mumkin. Ukuvchilar bilan suxbat va dastlabki ekspress-testlarni utkazish xam boy material beradi.
3.Maktabning jismoniy tarbiya buyicha moddiy bazasining xolati va avvalgi yillardagi ishlarning yulga kuyilganlik darajasini xisobga olish. Shu bilan birga uni rivojlantirish va takominlashtirish yullarini aniklash lozim.
4.Maktab direktsiyasi va pedagogik jamoasining jismoniy tarbiyaga bulgan munosabatini aniklash maksadida maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishib chikish.
5.Viloyat va tuman ob-xavo sharoitini urganish. Kupincha ular xududlarda jiddiy fark kiladi.
6.Viloyat, tuman ommaviy sport tadbirlari kalendarь rejasi bilan tanishib chikish. Bu ma'lumot ukituvchiga dastur bulimlarini utish tartibini aniklash uchun juda muxim.
7.Ish shakllari va jismoniy mashklarning yetakchi turlarini aniklash maksadida ukituvchi, maktab,axolii yashash punktining umumiy va sport an'analarini urganadi va shu bilan ukuv-tarbiyaviy jarayonining samaradorligini oshirish yullarini belgilaydi.
Jismoniy tarbiya darslari ishlarini rejalashtirish.
Barcha rejalashtirish xujjatlarini ikki guruxga ajratish mumkin: davlat xujjatlari va shaxsan jismoniy tarbiya ukituvchisi tomonidan davlat xujjatlari asosida ishlab chikilgan xujjatlar.
Rejalashtirishning davlat xujjatlari
Bu guruxlarga kuyidagilar kiradi:
a) umumiy urta ta'lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta'lim standarti (UO'TJTDTS);
b) Uzbeksiton Respublikasi Xalk ta'limi vazirligining jismoniy tarbiya buyicha tayanch ukuv rejasi;
v) jismoniy tarbiya bo'yicha o'quv dasturi;
g) «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari.
Umumiy urta ta'lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta'lim standarti (UO'TJTDS) ta'lim jarayenining sifatiga, ta'lim mazmuniga doir talablarni, ukuvchilar tayergarligining zarur va yetarli darajada xamda bitiruvchilarga kuyiladigan talablarni, ta'lim muassasalari faoliyati va jismoniy xamda tarbiya sifatiga baxo berish tartibi va mexanizmlarni belgilab beradi.
UO'TJTDTS umumiy o'rta ta'limda ta'lim jarayonining tashkil etilishi va mazmunini, ta'lim muassasalari faoliyatiga hamda jismoniy ta'lim va tarbiya sifatiga baho beruvchi, tartibga soluvchi tegishli me'yoriy hujjatlarni (o'quv rejalari, dasturlar va boshqalarni) yaratish uchun asos sanaladi.
UO'TJTDTS qaysi idoraga bo'ysinishi va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan umumiy o'rta ta'limning barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining tayanch o'quv rejasi “jsimoniy tarbiya” faniga ajratilgan soatlar hajmini belgilaydi.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari maktabda jismoniy tarbiya bo'yicha barcha ishlarning mazmunini belgilaydi va o'quv dasturining asosi hisoblanadi.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari O'zbekiston Respublikasi aholisi jismoniy tarbiya tizimining dasturiy va me'yoriy asosidir. Nazorat me'yorlari yordamida aholining o'qish, mehnat faoliyati va harbiy xizmatga bo'lgan jismoniy tayyorgarligining umumiy darajasi aniqlanadi. Testlar salomatlikni mustahkamlash, ijodiy va mehnat faoliyatini oshirishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya bo'yicha o'quv dasturi “Jismoniy tarbiya” predmeti mazmunini aniqlab beruvchi hujjat hisoblanadi. Unda zarur nazariy ma'lumotlar o'rganilishi lozim bo'lgan jismoniy mashqlar jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun materiallar ro'yxati beriladi hamda predmetlararo aloqalar bo'yicha talablar ifodalanadi.
Dasturlarni tayyorlashda hammasidan avval jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi – maktab bitiruvchilari jismoniy tayyorgarligiga bo'lgan talab hisobga olinadi. Bu esa “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarida o'z aksini topgan.
Dastur bo'limlarining barchasi to'laqonli bajarilishi majburiyligi shu bilan ta'kidlanadiki, o'quv materiallarining hammasi birgalikda o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga va tarbiyasiga ko'maklashishi kerak. Shuni esda tutish lozim-ki, dastur alohida sport turlaridan tarkib topmagan, va darslarni tashkil qilib o'tishda dasturning barcha bo'limlaridan bab- baravar foydalanmoq darkor.
O'qituvchi tomonidan tuziladigan rejalashtirish hujjatlari
O'qituvchilarning ko'p yillik ilg'or tajribasi shuni ko'rsatadiki, jismoniy tarbiya darslarida qo'yilgan vazifalarni samarali hal yetish uchun muayyan rejalashtirish tizimini barpo etish zarur. Bu tizim jismoniy jarayonini maqsadga muvofik tuzish uchun imkon yaratib beruvchi qator rejalarning o'zaro mantiqiy bog'laganligini va tugallanganligini ifodalaydi. Bu tizim: o'quv tarbiyaviy ishlarning bir yillik reja jadvali, darslararo ishchi rejalar va darsning reja konspektlarni o'z ichiga oladi.
O'quv tarbiyaviy ishlarnig bir yillik reja – jadvali
Bu xujjat xar bir parallel sinflar uchun bir yilga tuziladi.Uning asosiy funktsiyasi – o'quv yilidagi o'quv materialini bir maromda, maqsadga muvofik taqsimlash va tartibga solishdir.
Yillik reja jadvalni tuzish, o'quvchilar o'zlashtirishlari zarur bo'lgan tayanch mashqlarni va ularni o'zlashtirishda sarflanadigan vaqtni aniqlashdan boshlanadi. Amaldagi dasturlarning taxlili shuni ko'rsatadiki bunday mashqlar xar bir sinfda 10-12 ta atrofida. Vaqtni xisoblashda mashqlarning murakabligini o'quvchilarning bu mashqlarni o'zlashtirishlari bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklarni xuddi shunday o'rganiladigan xarakatlarni nazarda tutish kerak
Xar bir mashq uchun o'qitish dasturi tuziladi Dastur quyidagilarni o'z ichiga oladi: jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari va vositalari; bir yillik vazifalarni xal etish uchun zarur bo'lgan darslar soni; xar bir darsning ta'lim, tarbiya va sog'lomlashtiruvchi muayan vazifalarining aniq vositalari va takrorlash sonini. Bu dastur ta'limning optimal variantlarini, nazorat sinovlari vaqtini, mashg'ulotlarning vazifalari vositalarini ko'rsatish xisobidan kengayadi.
Dastur, o'quv materalini o'zlashtirish jarayenida o'quvchining faolligini va mustakilligini oshirishga, o'quv faoliyatini samarali boshqarishga, o'quv faoliyatini oqilona zichlashtirishga, ta'limni jamoat ishi bilan qo'shilgan xolda diffentsiallashga, trenajerlardan foydalanishga imkon beradi.
O'qitish dasturini to'zish bosqichlarini ko'rib chiqamiz.
Birinchi bosqich o'z ichiga jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi
mashqlarni tanlashni oladi. O'qituvchi, xar bir mashqni bajarish uchun muayan jismoniy sifatlar zarurligi va bu mashqlarni bajarish uchun ularni oldindan o'rgatish zarurligini asos qilib olishi lozim
Ikkinchi bosqich ta'limning ko'p yillik vazifalarini aniqlashni
o'z ichiga oladi. Ko'p yillik vazifalarini aniqlashda yillar davomidagi o'quv materialning o'zaro aloqadorligi va izchiligi faxmiga yetishi zarur. Trenirovka va ta'lim jarayenini spiral shaklida tuzish kerak chunki kelgusi o'quv yilida o'quv materialini o'zlashtirish xarakat tajribasidan foydalangan xolda yanada balandrok darajada borishi juda muxim axamiyat kasb etadi. Bu esa yangi materialni o'zlashtirishda asos bo'lib xizmat qiladi.
Uchinchi bosqichda o'qituvchi sinf uchun mo'ljallangan bir yillik ta'limiy vazifalarni shakllantiradi. Agar dastur asosida mashqlar bir necha sinflarda o'zlashtirilishi ko'rsatilgan bo'lsa, shu sinf o'quvchilarining tayyorgarlik darajasini aniqlash lozim. Bunday mashqlarga yurish, sakrash, akrobatik mashqlar, milliy kurash va boshqalar kiradi. Shu bilan birga nazariy ma'lumotlar, predmetlararo aloqalarning asosiy mo-hiyatini ifodalab berish tizimi yaratiladi.
To'rtinchi bosqichda bir yillik vazifalarni hal etishda zarur darslar soni hisoblanadi
Beshinchi bosqich eng mehnat talab bosqich hisoblanadi. Bunda darsning muayyan vazifalari va ularni hal qilish uchun vositalar aniqlanadi va tanlanadi hamda harakat faoliyatini qismlarga bo'lib, shuningdek, to'liq bajarish choralari ravshanlashtiriladi.
Oltinchi bosqich dastur bo'yicha o'qitishda yil davomida darslarda va mustaqil ishlar jarayonida o'rganiladigan materiallarni takrorlashning optimal variantlarini aniqlash maqsadidagi izlanishlarni, nazorat o'tkazish muddatini va o'zlashtirish natijalari yakunlarini o'z ichiga oladi.
Musobaqalar kalendari va ob-havo sharoitini hisobga olgan holda o'qituvchi o'quv materialini o'tish tartibini aniqlaydi. Agar maktabda bir necha o'qituvchi ishlasa, barcha sinflarda dasturning o'quv materialini bir xilda olib borish maqsadga muvofiq. Bu esa maktabning moddiy bazasidan foydalanish uchun uni yaxshi tayyorlashga va sinfdan tashqari mashg'ulotlarni oqilona rejalashtirshga imkon yaratadi ( xususan musobaqalarni). Dastur materialini o'tishni aniqlagandan keyin o'qituvchi rejalashtirish usullarini tanlaydi.
Maktab o'quv dasturi bo'limlarini o'tishni rejalashtirishning uchta usuli ma'lum: parallel, ketma-ket, aralash.
Dastur bo'limi materiallarini parallel o'tishda darslarga bir vaqtning o'zida har xil bo'limlardagi materiallar kiritiladi (kompleks darslar). Bo'lim materiallarini ketma-ket o'tish amalda katta sinflarda qo'llaniladi va yengil atletika, sport o'yinlari, gimnastika va boshqalarni navbatma – navbat o'zlashtirish nazarda tutiladi (predmet darslar). O'quv materialini o'tishni aralash rejalashtirish birinchi va ikkinchi usullarninng kombinatsiyasini ifodalaydi, ya'ni ba'zi bo'limlar parallel o'rganiladi, boshqalari – aolohida.
O'quv- tarbiya ishlarning reja- jadvali istiqbolli rejalashtirishga taalluqlidir. U o'qituvchiga bir vaqtning o'zida yil davomidagi o'quv jarayonini butunligicha ko'rishga va uslubiy printsiplarni aniq qo'llashga imkon yaratadi. “O'quv materialining mazmuni” ustunida o'qituvchi jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini aniqlash bo'yicha dastur mashqlarini o'yinlar va nazorat sinovlvrini ko'rstadi. Bu ustunda yozilgan barcha mashqlar bir qatorga sig'ishi lozim.
“Nazariy ma'lumotlar” ustunida faqat umumiy masolarni ko'rsatadi. Masalan, dars vaqtida xavfsizlik qoidalari, ish qobiliyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar, gigiyenik talablar, mukstaqil mashg'ulotlarning uslubiyoti haqida axborot.
Tarbiyaviy vazifalar mashqlar guruhiga yoki alohida har biriga rejalashtirilishi mumkin. Masalan, yengil atletika bo'limidagi mashqlar mashg'ulotlarga ijobiy yondashishni tarbiyalashga ko'maklashadi, sport o'yinlari bo'limidagi mashqlarni o'rganishda jamoatchilik fazilatlarini tarbiyalashga qulay sharoit yaratiladi.
Keyingi ustunlar darslar nomerini ko'rsatadi. Tayanch o'quv rejasiga asosan har bir sinfda 68 ta dars o'tiladi. Biroq, bayram kunlari va boshqa nazarda tutilmagan vaziyatlarni hisobga olgan holda 65 tadan ziyod bo'lmagan darslarni rejalashtirish tavsiya qilinadi.
Rejalashtirish asosida darslar seriyasi yotadi, shuning uchun ular choraklar doirasida bo'lsa maqsadga muvofiq bo'lar edi deb o'ylaymiz.
Bu ishlar bajarilgandan keyin o'quv materialini darslar bo'yicha bevosita joylashtirish boshlanadi. Bu esa muayyan mashq yoki darsga mos ravishda kataklarga shartli belgilarni qo'yish bilan erishiladi.
O'rgatish bosqichlariga rioya qilgan holda quyidagi belgilardan foydalanish mumkin: yeng muhim mashqlarni o'rganishga tayyorlanish va bevosita o'rganish (O'); dastlab o'rganish (Do'); chuqur o'rganish (Cho'); mustahkamlash (M); takomillashtirish (T); nazorat (N); uyga vazifa (Uv).
Agar material darsda asosiy hisoblansa bosh harf, yordamchi bo'lsa kichik harf qo'yiladi. Shunday qilib, yillik reja jadvalning mohiyati va asosiy talablarini ifodalashda, bizlar faqat uning shaklini misol keltirdik. Materiallarni darslar bo'icha taqsimlash – bu o'qituvchining alo-hida ahamiyatli individual ishi.
Ish jarayonining keyingi yillarida o'qituvchi rejaga o'zgartirishlar kiritadi, uni takomillashtiradi, real sharoitlarga moslashtiradi.
5-sinf uchun jismoniy tarbiya bo'icha o'quv tarbiyaviy ishlarning yillik
reja – jadvali
Dastur
materialining
mazmuni Nazariy ma'lumotlar va predmetlarraro
aloqalar Tarbiyaviy vazifalar
I chorak
II chooak…….
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
………….
DARSLARARO IShChI REJA
Bu hujjat o'quv tarbiya ishlarining chorak yoki yarim yiliga tuziladi. Amaliyotda bu hujjatni ko'pincha kalendar yoki darslararo rejalar deb ataydilar . Rejalashtirish tizimida u uslubiy ta'minot funktsiyasini bajaradi. Dasturda va yillik reja jadvalda ko'rsatilgan nafaqat jismoniy mashqlar, balki unga tegishli tayyorlov, asosiy mashqlarni bajarishga tayyorlov va nazorat mashqlari, xuddi shunday uyga vazifa ham darslararo ishchi rejalashtirishning OBЪEKTI HISOBLANADI. Asosiy diqqatni hamma ishlarni o'z ichiga oladigan mufassal mashqlarga jalb qilish lozim. Masalan, arg'amchida sakrash umumiy va maxsus chidamlilikni, muvozanatli harakatni, sakrash qobiliyatini rivojlantiradi. Ular oyoq va tizza bo'g'inlari, oyoqni ,oyoq va tos mushaklarini, xususan “mushak korsetini” shakllantirib, gavda mushaklarini rivojlantiradi. Natijada organlarning tashqi muhitning inertsion ta'siriga barqarorligi va ular funktsiyalarining ishonchliligi oshadi.
Darslararo ishchi rejada o'qituvchi avval tuzilgan o'qitish dasturidan foydalangan holda, har bir darsning asosiy qismida o'g'il bolalar va qizlar uchun vazifa va vositalarni nazarda tutadi. Darsning asosiy qismi mazmuni aniqlangandan keyin, darsning tayyorlov qismiga vositalar tanlanadi. Ular o'z ichiga asosiy va maxsus mashqlarni, foydalaniladigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar xarakteriga ko'rsatmalarni oladi. Eslatib o'tamiz, darsning tayyorlov qismidagi mashqlar, dars vazifalarini to'liq hal qilishga ko'maklashishlari lozim. Darsning yakuniy qismini rejalashtirishda o'tkazilayotgan darsning keyingi dars bilan o'zaro bog'liqligini ta'minlashni nazarda tutmoq kerak.
Bu esa o'rganilganni mustahkamlash va kelgusi darslarda o'zlashtiriladigan materialni bajarishga yo'naltirilgan o'quvchilarni mustaqil ishlari orqali amalga oshiriladi. Xuddi shu yerda mushaklarni bo'shashtirishga oid va egiluvchanlik uchun mashqlar rejalashtiriladi.
Darslararo ishchi reja joriy rejalashtirishga taalluqli bo'lib, ishchi rejaning quyidagi shaklini tavsiya etishimiz mumkin
Jismoniy tarbiya bo'yicha 5 sinf o'quvchilari uchun ishchi reja
Darsning

Darsning tayyorlov qismi
mazmuni Darsning asosiy qismi
Darsning yakunlovchi qismi
uyga vazifa
Qiz bolalar O'g'il bolalar
1 2 3 4 5
DARS KONSPEKTI
O'qituvchining bu rejasi eng aniq hisoblanib va u operativ (tezkor) rejalashtirishga taalluqlidir. U darslarni rejalashtirish tizimini yakunlaydi va unda tashkiliy funktsiyani bajaradi. Konspekt o'qituvchining dars o'tishga bevosita tayyorgarlik natijasi hisoblanadi. Konspekt har bir parallel sinf uchun ishchi reja asosida ishlab chiqiladi, ammo har biri uchun taalluqli bo'lgan ish xususiyatlari ko'rsatiladi.
Konspekt o'qituvchi muayyan darsda hal qiladigan muayyan vazifalarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga o'quvchilar guruhining tayyorgarlik darajasi hisobga olinadi. Bu esa har bir guruh uchun pedagogik ta'sirning optimal qadamlarini ta'minlaydi. Darsning vazifalari odatda konspektning titul varag'iga yoziladi. Konspektda tartib bilan ketma ketlikda darsda o'tilishi zarur bo'lgan: mashqlar nazariy ma'lumotlar uyga vazifa bo'lishi mumkin bo'lgan predmetlararo aloqalar ko'rsatiladi.
Birinchi navbatda darsga tanlab olingan mashqlarning maqsadga muvofiqligini asoslash, ya'ni ularning aniq yo'nalishini ko'rsatish kerak.
Mashqlar mazmuni ikkinchi ustunga darsning qismlari ko'rsatilgandan keyin yoziladi.
Uchinchi ustunga mashqlarning dozirovkasi, ya'ni mashqlarni takrorlash soni, mashqni bajarish vaqti, masofalarning uzunligi ko'rsatiladi. Dozirovka o'g'il bolalar va qizlar uchun alohida ko'rsatiladi (intensivlik va hajm bo'yicha).
Uslubiy ko'rsatmalar ustuniga ish uslublari va usullari, o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro didaktik ta'siri, sog'lomlashtirish va tarbiyaviy ta'sir yo'llari, qo'shimcha vazifalar, darsga faollarni tayyorlash usullari, nazorat shakli va usullari hamda mustaqil ish bo'yicha ko'rsatmalar yoziladi.
Konspektdagi oxirgi beshinchi ustun muhim o'rinni egallaydi. Bu yerda: sinf va uning guruhlarini boshqarish usullari; darsning barcha fragmentlarida o'quvchilarning joylashuvi va o'qituvchining joyi; jihozlar va snaryadlarni tarqatish va yig'ib olish usullari, ularni joylashtirish joylari; o'yinlarni tashkil qilish xususiyatlari; darsdan oldin bajarilishi zarur bo'lgan ishlar turlari; texnik xavfsizlikni ta'minlash yo'llari qayd qilinadi.
Konspektning oxirida darsning zarur moddiy – texnik ta'minla-nishi: snaryadlar, inshootlar, asosiy va yordamchi inventarь, ko'rgazmali qurollar, o'quv- texnik vositalar ko'rsatiladi.
Darsning alohida holat va fragmentlarini yaxshi tushunish uchun ularni rasmlar va sxemalar tarzida tasvirlash mumkin.
Shunday qilib, konspekt rejalashtirilayotgan darsning stsenariysini ifodalaydi hamda unda mashg'ulotning mazmuniy, uslubiy va tashkiliy tomonlari chambarchas bog'lanadi va ular birgalikda qo'yilgan vazifalarning hal etilishini ta'minlaydi.
Darsning mazmuniy tomoni dastur va oldingi rejalashtirish hujjatlari bilan aniqlanadi: uslubiy tomon – shug'ullanuvchilarning o'ziga xos xususiyatlari, jismoniy mashq xarakteri, o'qituvchining tajribasi va tayyorgarlik darajasi bilan; darsning tashkiliy tomoni esa, mazmuniy va uslubiy tomonlarning samarali hal etilishiga yo'naltirilganligi bilan farqlanadi
Jismoniy tarbiya bo'yicha 5 - sinf uchun dars konspekti
Dars vazifalari 1. ………………………………………………
2. ………………………………………………
3. ……………………………………………
T.r. Darsning qismlari va ularning
mazmuni Dozirovka Uslubiy ko'rsatmalar Tashkiliy ko'rsatmalar
1 2 3 4 5
Dars o'tish joyi:………………………………………………………….
Darsning moddiy -texnik
ta'minlanishi ……………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………….
O'qituvchi imzosi:
Download 21.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling