Jismoniy tarbiya


Download 313.39 Kb.
bet1/2
Sana30.05.2020
Hajmi313.39 Kb.
#112041
  1   2
Bog'liq
волейбол


JISMONIY TARBIYA

Voleybol o'yini 1895- yilda AQSH ning Massachu- sets shtatining Xoliok shahridagi kollejning jismoniy tarbiya o'qituvchisi Vilyam Morgan tomonidan yara- tilgan bo'lib, o'rta va katta yoshdagilarga mo'l- jallangan edi. U 197sm balandlikda ilib qo'yilgan tennis to'ri ustidan basketbol to'pini oshirib o'yna- lardi. Bu o'yin hammaga ma'qul keldi. Professor Alfred Xalstedi 1896-yil Skringfild shahrida o'tkazil- gan xristian yoshlari uyushmalari konferensiyasida bu o'yinni „Voleybol" deb atadi. Bu inglizcha so'z bo'lib, „Uchuvchi to'p" degan ma'noni bildiradi. Vo­leybol o'yini O'zbekistonga 1925—1926-yillarda ki- rib kelgan.

1927-yili I Butun O'zbekiston spartakiadasi o'tka- zildi. Lining dasturiga voleybol o'yini ham kiritilgan- di. Shundan keyin O'zbekistonda voleybol o'yini keng rivojlana boshladi.

Voleybol maydonchasining uzunligi 18 m ga, eni 9 m ga teng. Voleybol to'pining aylanasi 65—66 sm, og'irligi esa 270—280 gr dir. Har bir komanda 6 kishidan iborat.

Respublikamizda voleybol turli yoshdagilarning sevimli o'yini bo'lib, shu tufayli doimiy ravishda Res- publika birinchiligi musobaqalari o'tkazib turiladi.

Voleybol „Umid nihollari", „Barkamol avlod" va „Universiada" o'yinlari dasturiga kiritilgan. Respublika­mizda voleybol bo'yicha ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni V. L. Duyunova va L. Pavlova yetishib chiqqan. Ular hozirda yosh voleybolchilarimizni tay- yorlashga o'z hissalarini qo'shib kelmoqda

.

Voleybol o'yini qoidasiga o'zgartirishlar kiritilgan bo'lib, hozirda u 25:23 hisobi bilan o'ynaladi.

Voleybolchining turish holati

Voleybolchilarning barcha harakatlari ularning tur­ish holatidan boshlanadi, shuning uchun siz voley­bol texnikasining barcha elementlarini puxta bilish- ingiz kerak.


Эг



Asosiy turish holati, bunda oyoqlaringiz biroz ochilgan, chap oyog'ingiz biroz oldinga chiqqan va tizzadan biroz bukilgan bo'ladi. Qo'llaringiz ham tir- sakdan bukilgan va o'rtacha turish holatida bo'ladi, shunda to'pni pastdan va yuqoridan uzatishni mu- vaffaqiyatli bajara olishingiz mumkin (112-rasm). Qolgan barcha holatlar esa asosiy turish holati hosilasi bo'lib, u sizga kelgusida bajaradigan u yoki bu vazifangiz bo'ladi. To'pni uchta: yuqori, o'rta, past holatda uzatasiz. Eng asosiysi bu o'rtacha tu­rish holatidir.






Voleybolda siljishni bajarish

Voleybolda siljishni qadamlab, sakrab yoki yugu- rib amalga oshirasiz. Bularni ichida eng qulayi qa­damlab siljishdir. Bunda siz turish holatida qolishni davom ettirib, juftlama qadamlab siljishni bajarasiz va u har doim oldinda turgan oyoqdan boshlanadi. Agarda siljish masofasini uzaytirish zarur bo'lsa, unda siz ikki qadam tashlaysiz. Bunday holatdagi harakatni siljish yo'nalishiga nisbatan orqada turgan oyoqdan boshlaysiz (oldinga o'ng oyoq va orqaga chap oyoq bilan bajariladi).

Sakrash bu so'ngida ikkita qadam qo'yishdan iborat bo'lib, oxiri bajariladi. Sakrashda siz oldinga tezda siljish imkonini yaratasiz va keyinroq o'yin harakatini bajarish uchun o'zingizga qulay holatni egallaysiz.

Yugurish bu harakatni tik turgan holatda baja­rasiz. Biroq u harakatni birmuncha noqulay qilib qo'yadi, shunday bo'lsa-da, u mustahkam turish ho- latini egallashingiz imkonini beradi.

Dastlabki holat bilan tanishish o'yinchining turish holati va siljishni o'rganishdan boshlanadi. Bunda asosiy e'tiborni siljish yoki boshqa o'yin usullarini bajarish uchun tayyorgarlikka qaratiladi.

O'yinchi turish holatini egallashga o'rganishda quyidagi o'yin mashqlaridan foydalanadi. Bunday o'yin mashqlariga „Chumchuqlar va qarg'alar", „Sakrabodom chumchuqlar", „Quyon polizda" va boshqalar kiritiladi. Ulardagi mavjud harakatlar siz- ga kutish va siljishga tayyor holatni egallashga im- kon beradi. Bu holat esa voleybolchilarning turishholatiga mos keladi. Voleybolchining turish holatini puxta egallashingizda quyidagi mashqlardan foy- dalanasiz:

  1. O'qituvchining buyrug'iga binoan siz voleybol­chining turish holatini egallab, chapga, o'ngga, ol- dinga, orqaga qadam tashlaysiz.

  2. Voleybolchining turish holatidan o'ngga yoki chapga burilishni bajaring va to'pni yuqoridan uza- tishni taqlid qiling.

  3. Shundan so'ng har xil yo'nalishdagi sakrash va yugurishni, to'xtash bilan voleybolchining turish holatini egallashni birga qo'shib o'rganing. O'yin- chining turish holati va siljishni birga qo'shib o'rga- nishda o'yin topshiriqlari yoki ,,0'tkir ko'zlar", ,,Tu- shib kelayotgan to'p", „Yiqilayotgan tayoq" va boshqa harakatli o'yinlarning sizga nafi katta.

To'pni pastdan, to'g'ridan uzatish

To'pni uzatishda o'yinchi yuzi bilan to'rga qarab turadi va to'pga pastdan zarba beradi. U maydon- chada chap oyog'ini oldinga qo'yib, biroz bukib turadi va to'pni chap qo'l bilan tashlab beradi.




Shundan so'ng, to'p qaytib tusha boshlagach, o'yinchi o'ng qo'li bilan to'pning oldi tomoniga zarba beradi (113-rasm).


Download 313.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling