Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Download 37.42 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi37.42 Kb.
#1229460
Bog'liq
JISMONIY TARBIYANING DIDAKTIK TAMOYILLARI


JISMONIY TARBIYANING DIDAKTIK TAMOYILLARI.


REJA:

1.Onglilik va faollilik tamoyili.


2.Ko‘rgazmalilik tamoyili.
3.Muntazamlilik tamoyili.
4.Asta-sekinlik tamoyili.
5.Ketma-ketlik tamoyili

Tayanch so‘zlar va iboralar: Tamoyil, jismoniy tarbiya nazariyasining tamoyillari;ta’lim jarayonida onglilik; ta’lim jarayonida faollilik; ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik; vositali va vositasiz ko‘rgazmalilik; muntazamlilik; takroriylik (variansiyalash) prinsipi; tushuntirishda obrazlilik; mashg‘ulotlar intervali; individuallilikning xususiyatlari; individuallik tamoyili; ta’lim jarayonining tayyorlov yo‘nalish beruvchi mashqlari; talabalarni malakasini oshirish; talabalarni to‘g‘ri chizik bo‘ylab oshirish; talabalarni pogonasimon oshirish; talabalarni to‘lqinsimon oshirish; uslbiy prinsiplarni o‘zaro uzviyligi.


Ta’lim jarayenida onglilik va faollilik - O‘qitishga ongli munosabat va unda shug‘ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning kimmatini oshiradi. Ulug rus pedagogi, ana tomi, vrachi P.F. Lesgaft ilgari surgan ta’limdagi onglilik va faollik prinsipi harakat faoliyatlarini mexaniq ravishda taklid qilib baja rish orkali o‘zlashtirishni kat’iyyan koraladi va birinchi bo‘lib harakatlarni takkoslay olish, uning taxlilini qilish orkali nazariy bilimlarni egallash g‘oyasini ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan mashq qilish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni ko‘rsatkich larini oshiradi”, - degan ko‘pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb ko‘rsatdi.
Tarbiya jarayonida bu prinsipni qo‘llash mashg‘ulotni umumiy vazifa lariga kizikish uygotish va fikrlashni shakillantirish bilan boshlanadi. Eng avvalo, harakat faoliyatini xayetiy-amaliyligi aniq misollar yordamida ta’limning mavzulashtirish orkali amalga oshirila boshlanishi lozim. Tarbiyasi tanlangan mavzu moxiyatini asta-sekinlik bilan ocha boshlaydi. O‘qitishning boshlangich etapidagi tor, ongli fikrlash doirasi mazmuni (komatining chiroyli bo‘lishi, kuchining ortishi vax.klar) mashg‘ulotlardagi xayetiy-amaliy holatlar orkali, jismoniy madaniyat va spot mashg‘ulotlari shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyerlash dek vazifalarni asta-sekinlik bilan mutaxassis bilimlarga tayanib tushuntiriladi. Maxsus ammabop adabiyotlar, qo‘llanmalar tavsiya kilina di. Nazariy bilimlar ortishiga erishish onglilik prinsipining uzak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullashnish mashg‘ulotlariga odatning shakillanishi susaytiradi, mashq qilishning turmush tarziga aylanishiga tuskinlik qiladi. Bundan tashkari, shug‘ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam leksiyalar, suxbatlar, xikoyalar eshitishlari, maktab fizkultura dasto‘rining nazariy qismini o‘rganish lari, metodik va xujjatli filmlar kurishlari, uz-o‘zini tibbiy nazorat qilish koidalarini bilishlari, “aktiv, passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliy harakat tartibi”, “malakaning ijobiy va salbiy kuchishi” atamalari moxiyatini tushunishlari lozim.
O‘zlashtirilishi, mustaxkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo‘lgan, nima uchun harakat faoliyatini aynan shunday(ko‘rsatilgandek) bajarilishi shart ekanligi o‘quvchi ongiga yetkazilishi kerak. Mashqlan gan barmoklar (voleybolchiniki) turmshda nozik barmok harakatlarini talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) kul kelishi ongiga yetgan shug‘ullanuvchi ta’lim jarayoniga ongli munosabatda bo‘lishi dan tashkari, uning faolligi ortadi.
Mashq, harakat texnikasini egallash oz energiya sarflab samarali harakat qilish, uni bajarish orkali organizmda sodir bo‘ladigan turli xil o‘zgarishlarni tushuntirish, topshirikka nisbatan onglilik va faollikni oshiradi.
O‘qituvchilarning ko‘tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassumi, kiyim larning yarashganligi va ixchamligi, harakatlarni xavas qiladigan dara jada chiroyli, ravon ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab, turtliklar tarzidagi xor bo‘lib, bara variga aytiladigan aytishuvlar kiritilishi ta’lim jarayonidagi vazi falarni hal kiilishga zur kizikish uygotadi va fikrlashni shakillan tiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdanfoydalanish ta’limning prinsipial mexanizm lari dan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy harakat» ning moxiyatiga yetib, uning bajarilishi texnkasi asosi, zvenolari, detallarini nazorat kila olishning ahamiyati ta’lim jarayonida o‘z samarasini berishi ilmiy - amaliy isbotlangan.
Abelskiyning tajribasi bo‘yicha shug‘ullunuvchilarni sakrash texni kasiga o‘rgatish uchun 120-150 o‘rinish(popitka) tavsiya kilingan. O‘rinishlar tugallangandan so‘ng shug‘ullanuvchilar bilan shu harakatning to‘zili shi, bajarish texnikasi xakidagi suxbatlar (diskusiya) natijasi uta koni karsiz bo‘lgan. Navbatdagi guruxga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, hayotiy - amaliy ahamiyati xakida yetarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan so‘ng mashqni bajarish tavsiya kiliganda, shug‘ullanuvchi lar 2-3 o‘rinishdan keyin mashq texnikasini osongina o‘zlashtirib olganliklari kuzatilgan.
Amaliyotda yuqori malakali sprotchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada, ya’ni harakatni oliy makomda bajara olishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar. Mexaniq ravishda tushunmay, kur-kurona, taklid tarzida mashq qilishning samarasizligi surunkali mashq qilish jarayonida me’ridan ortik energiya sarflashga, shug‘ullanuvchida shu hara katga nisbatan sovish “tokatsizlikni» ni shakkillantiradi. Shuning uchun ongli taxlil - o‘z harakatini baholay olish, o‘qitish jarayonining cho‘zilib ketishini oldini oladi.
Ongli analizda mashq texnikasini taxlili bilangina bilangina chegaralanmay, uni biomexaniq, matematik xisoblash, bioritmika va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug‘ullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, bioximiya sohalarida gi bilimlarga tayangan holdagi izoxlanishi tushuniladi. Tezlikni talab kiluvchi mashq lar vaqtning mikrointervalini, gimnastika jixozlari dagi mashqlar esa harakatning fazodagi chegaralarini, harakatning yutka zilayotganligini xis qilishdek talablarni qo‘yadi, bu o‘z navbatida, ixtiyo riy harakatlarning bajarilishini ongli nazorat qilishga o‘rgatadi.
Mashqni bajarishdan oldin uni tuzilishi, namoyon kilinishi, ifoda si fikran ko‘z oldiga keltira olish (“ideomotor trenirovka”) - onglilik prinsipining asosiy vositalaridan biridir.
Faollik asosan mashg‘ulotlarda shug‘ullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular faoliyatini “frontal”, guruxli”, tashkillash orkali, asosiy jixozlar yoniga kushimcha sport anjomlari quyish, kuchiga yarasha bo‘lmagan mashqlarni bir-ikki xaftalik tayyergarlik va mashqdan so‘ng bajara boshlasalar, o‘z-o‘zidan shug‘ullanuvchi mashqni mustakil baja rishga o‘rinishini ortishini vujudga keltaradi.
Ta’lim jarayonida o‘yin va musobaka (“Jismoniy tarbiyaning uslub lari” mavzusiga qaralsin) metodlarining qo‘llanishi, sport maydoni, mashg‘ulot utkaziladigan joylarning badiiy jixozlanishi, gigiyenik oras taligi ta’lim jarayonida shug‘ullanuvchilarda jonbozlik(initsiativa) kur satish, vazifani hal qilish uchun javobgarlik xissini o‘z buyniga olabi lish, ma’suliyatni xis etish va o‘zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.
Ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik prinsipi - Ko‘rsatish tushunchasi jismsoniy tarbiya ta’limi jarayenida o‘zi ning keng ma’nosiga kura pedagogika nazariyasi ramkasidan allakachon lar chikib ketgan. ozirgi kunda bu tushuncha o‘z ichichga xis qilish, obrazli ifodalay olish, tashki shaklini kurishdek keng ma’noni oladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida krgazmalilik - harakat faoliyatini ama liy bajarib namoyon qilish orkali olib borilishi o‘qitish samaradorli gi ning garovi tarzida qabul kilingan.
Ta’lim jarayonida bajarib ko‘rsatish va kurishning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi. Harakat faoliyati xakidagi birlamchi (boshlangich) tu shuncha mashqning natural shaklda bajarilishini ko‘rgandan so‘ng xosil bu ladi. Ko‘rsatish ta’lim jarayonning samaradorligigamuxim omildir. Kur gazmali qurollar, suratlar, chizmalar, maketlar, kino suratlar (sekin lashtirib olinganlari), kino-badiiy, xujjatli, o‘quv filmlari va x.k. tarzida ko‘rsatiladi, va taklid tarzida ularni bajarish o‘quvchidan talab kilinadi.
O‘zlashtirish jarayoning asosiy faktori xisoblangan ko‘rgazmali likning ikki ko‘rinishi amaliyotda mavjud bo‘lib, ular mashqni aynan bajarish bilan va vositalar yordami bilan ko‘rsatish sifatida farklanadi.
Aynan yoki bevosita ko‘rgazmalilik ta’lim jarayonida o‘qituvchigv namunali darajada bajarib ko‘rsatish talabaini qo‘yadi. Namunali darajadagi ko‘rsatish namoyish qilish sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xato larning oldini olishni nazarda tutadi.
Amaliyotda esa haraktning aynan bajarilishini o‘quvchi kurmay turib, uning texnikasini o‘qitish boshlab yuboriladi. Albatta bunda shug‘ullanuvchilar xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Ularni tuzatish ta’lim jarayonining cho‘zilishiga olib kelishi mumkin. Namunali tarzda ko‘rsatish bo‘lmagan mashqlarni mutaxassis oldindan tanlangan va tayyorlagan shug‘ullanuvchining ko‘rsatishdan foydalanishi lozim yoki vositali - bavosita ko‘rgazmalikdan foydalanish tavsiya etiladi.
Harakat faoliyati xakida birlamchi(dastlabki) tushuncha o‘quv kino kolsovkasi, chizma, rasm, maket, plakat, va boshqalarni shug‘ullanuvchiga ko‘rsatish orkali xosil kilinadi, ayniksa, katta, urta, maktab yoshida gilar uchun ko‘rgazmalikni bu uslubi ularning fikrlashi, harakatni xis qilishi uchun kul keladigan vositadir. Xis kila olish kobiliyati yaxshi rok shakllangan shug‘ullanuvchida ko‘z oldiga keltira olish, taklid kila olish (avval mexaniq) tarzda bo‘lsa - muxim ahamiyatga egadir. Ayniksa, ta’lim ning ketma- ketligi (harakatni bo‘laklarga ajratib o‘rgatishda), o‘zlashti rishda yo‘lanma beruvchi mashqlar (harkat texnikasining asosiga yakin bo‘lgan mashqlar) dan foydalanish, harakat texnikasini o‘zlashtirishni osonlashtradigan (bajarilishi tarkibida aynan shu harakat elementlari bor) mashqlarni qo‘llash o‘qitishda ko‘rgazmalilik prinsipi qo‘yadigan asosiy talablar bo‘lib, harakat xakidagi tushuncha mezonini oshiradi.
Mashqni bajarishda “o‘z soyasidan foydalanish”, “chegaralangan harakat satxini belgilash”, “taqlid qilish”, “mo‘ljallash”, “o‘xshatish”, ko‘rgazmalikda qo‘llaniladigan uslublardandir.
Bular ta’lim jarayonini faollashtiradigan, birlamchi malakani shakillantirish va harakatni oliy tartibda bajara olishga yo‘l ochuvchi asosiy omillardir.
Bajara bilish va shaxsiylashtirish tamoyili- Individning kobiliyati, imkoniyati, xususiyati, jinsi, yoshi, jismo niy riojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi va xokazolar bu prinsip maz munining omillari bo‘lib, ta’lim jarayonini boyitadi. Ta’limga ongli munosabat, undagi faolikni namoyon bo‘lishi, ko‘rgazmalikning samarasi, kuchiga yarashalilik tanlangan faoliyat va individning xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq va kuzlangan maqsadga tez erishishga olib keladi.
Bajara bilish organizm hayotiy faoliyatining ma’lum ishdagi funksional xususiyati va kobiliyatini xisobga olishdir. Bu prinsip kobiliyatning chegarasini aniqlay olish talabini qo‘yadi. Demak, ta’lim jarayeni turli sharoitda xilma-xil tashki ta’sirini xisobga olish shug‘ullanuvchi uchun meyor anglay olishni takazo etadi. Meyor bo‘lib turli yoshdagilarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish dasturlari, ular uchun belgi langan normalar (jismoniy sifatlar uchun) bo‘lishi nazarda tutiladi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida meyorni aniqlash uchun tarbiyachi bilan tibbiy xodimning birgalikdagi ko‘plab izlanishlari orkali erishiladi. Mashq qilish orkali organizm uchun kuchiga yarasha bo‘lmagan mashq me’riga aylantirib organizmni zurikish orkali energiya sarflashga sistemali majbur qilishning salbiy okibatlari ham xozirgi kunda ham ilmiy, ham amaliy jixatdan dalillangan.

Ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lgan (sport razryadli) shug‘ullannuv chining organizmi uchun meyor xisoblangan xajmdagi jismoniy mashqlar yangi shug‘ullanishni boshlagan kishi uchun kuchiga yarasha bo‘lishi mumkin, lekin uni meyor qilib olish noturi bo‘ladi.


Jismoniy tarbiyada kuchiga yarashalilik(meyor) o‘zgaruvchandir. Shug‘ullanishning ma’lum davrida bu meyorga chidash uchun katta jismo niy, ruxiy tayyorgarlik talablari qo‘yilsa, ma’lum vaqtdan so‘ng u kuchi ga yarasha bo‘lib, meyerga aylanadi - buni tarbiya natijasining ijobiy tomonga o‘zgarishi deb qaraladi.
Ma’lumki, yangi harakat bazasi eskisi bazasida shakllanadi. Shu sababli jismoniy tarbiya jarayonida asosiy hal kiluvchi rolni mashqni o‘zlashtirish egallaydi. Materialni shunday berish lozimki, uning maz muni, organizmga ta’sir kuchi, o‘qitishning navbatdagi etapi uchun pogona yoki yangi bir bosqich bo‘lsin. Amaliyotda bu fikr “ma’lumdan noma’lum ga”, “o‘zlashtirilmagandan o‘zlashtirilganga”, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda esa “kuchiga yarasha emasdan kuchiga yarashalikka” deb formulirovka kilinadi.
Bundan tashkari, vazifalarni mashg‘ulotdan-mashg‘ulotga asta-sekin lik bilan qiyinlashtirish ham ta’lim jarayon ning asosiy shartlaridan biridir. Bu esa osondan qiyingalilikni takozo etadi. Bular albatta ta’ lim jarayonining uslubiy xususiyatlarini vujudga keltiradi.
Individuallashtirish o‘qitishning muxim omili. O‘quvchining jismoniy rivojlanganligi ko‘rsatkichlari (bo‘yining uzunligi, tanasi a’zolarining uzun yoki qisqaligi, yugon yoki ingichkaliligi, vazni, bo‘g‘inlar harakatchanligi, qismlarining ekskursiyasi va x.k. lar), jismo niy sifatlari (kuchililigi, tezkolrligi, chakonligi, chidamliligi) ning rivojlanganligi psihologiya nuqtai nazaridan qaysi tipga mansubligi va shu kabilar individning xususiyatlari xisoblanib, ular ta’limning samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyachi ning kayd kilingan xususiyatlaridan birortasi lokaydligi tarbiyada, mashg‘ulotlarda kuzlan gan maqsaddan osongina uzoqlashtirishga olib keladi.
Kayd kilingan xususiyatlardan - jismony rivojlanaganlik ko‘rsat kichi, masalan, buyni darozligi (balandligi) - “akselerat”, mashg‘ulotning asosiy qismida past buyli tengdoshi bilan bir guruxga tushib kolsa (tayanib uzunasiga kuygan kondan sakrash mashqi) o‘qituvchi uchun muammo ham vujudga keltiradi, ya’ni baland buyili uchun depsinish “most» ini sport jixozidan uzoqrok quyish lozim bo‘lsa, buyi tengdoshidan past bo‘lgan o‘quvchi mashq texnikasini bo‘zib bajarishga majbur bo‘ladi. Chunki jixozidan uzoq qo‘yilgan mostdan depsinish buyi tengdoshidan past o‘quvchi uchun kuchiga yarasha emas va o‘qitishda shug‘ullauvchining indivi dual xususiyatini e’tiborga olmagan degan xulosa olib keladi. Jismoniy yuk me’ri bir xil guruxdagilar uchun ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bu jismoniy tayyorlik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Tanlangan mashqni shug‘ullanuvchi kuchiga, tezkorligiga chidamliligiga bog‘liqligi individ ning xususiy port retining to‘laligicha cho‘zilishia imkon beradi.
O‘rgatishning muntazamlilik tamoyili - Mashg‘ulotlarning tizimi, dam olish bilan jismoniy yukning almashuvining to‘g‘ri navbatlashuvi va ularning ketma-ketligining o‘zaro bog‘liqligi ta’lim jarayonida muntazamlilik uslubiy prinsipining asosiy nizomidir.
Mashg‘ulotlarning muntazamligi va jismoniy yuk(lama)ning dam olish bilan ratsional almashuvi. Mashq qilishning epizodlikligi ta’lim jarayonida yetarli samara bermaydi.
Tabiiy rivojlanish konu niyatlari dan amaliyotda biz shunga guvoxmizki, mashg‘ulotlar uzluksiz va muntazam olib borilsa, jismoniy mashqlar ta’siridan organizmning funksional imkoniyati yaxshilanib, jismoniy kobiliyati ortadi.
Muntazam mashg‘ulotlardan xosil bo‘lgan reflekslar uzluksizlikni talab qiladi. Uzluksizlikning bo‘zilishi malakani asta-sekinlik bilan usishiga olib keladi. Mustaxkamlanib avtomatlashgan yoki “oliy harakat tartibi» da bajarila boshlagan harakat malakalari ta’lim jarayonida faoliyatning muntazam takrorlash shartini, kerak bo‘lsa, talabini qo‘yadi. Chunki organizmning funksional holati muntazam mashq qilish va mash gulotlar orkali ma’lum natijani namoyon kila boshlagan bo‘lsa va bunda muntazamlilik bir oz bo‘zilsa, xosila asta-sekin yo‘qka chiqish mumkin.
Obrazli qilib xulosa kilganda, shuni aytish lozimki, muntazam tizimli mashg‘ulotlar orkali qoldirilgan yarimsharlar pustlogidagi “iz» dan ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, yangi o‘zlashtirilmaganini o‘rganish osonlashadi. J.Lamark fikricha, “tizimli va muntazam ravishda mashq kildirilgan organ asta-sekinlik bilan rivojlanadi, usadi, mashq kildirilmagani o‘z kobiliyatini susaytiradi va xususiyatini yo‘qotib boradi”.
Nisbatan katta bo‘lmagan tanaffus aktiv muskul xujayralari vaz nining kamayishiga, komponentlari tuzilishining lozim bo‘lmagan uzga rishlariga, xatto morfologiyasining regressiyasiga olib keladi. Ayrim regressiv o‘zgarishlar xatto 5-7 kunlik tanaffuslarda ham sodir bo‘lishi mumkin (N.V. Zimkin, O.I.Faynshmidt va boshqalar.)
Shunisi tushunarli bo‘lishi lozimki, jismoniy kamolotga erishish agarda jismoniy tarbiya jarayoni uzluksiz olib borilsa, ya’ni u tanaffus larsiz, oklanmagan yo‘qotishlarsiz, har bir mashg‘ulotdagi samara oldingi mashg‘ulotning “iz» i xisobiga katlam-katlam bo‘lib kalinlashsa hamda av valgi mashg‘ulotlar keltirilib chiqargan ijobiy o‘zgarisharni tako millashtirilsa va rivojlantirilsagina sodir bo‘ladi.
Bu talabni amalga oshirish jismoiy tarbiyach amaliyotida xaftada yan gi mashg‘ulotsilarda 2-3 marta mashg‘ulot (ertalabki zaryadka va boshqa kushimchalarni xisobga olmagan holda) olib boriladi. Qolaversa, “shug‘ullanganlik» qancha yuqori bo‘lsa, mashg‘ulotlar orasidagi intervallar shuncha qisqaradi va jismoniy tarbiya jarayoni shunchalik zichlashgandek bo‘ladi. Mashg‘ulotlarning konsentratsiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, sport trnirovkasi uchun uzluksizlikning ifodalanishi shunchalar xarakterli bo‘lishi mumkin.
Asta-sekinlik bilan talablarni oshirish tamoyili - Bu prinsipning jismoniy tarbiya jarayonida shug‘ullanuvchilarga qo‘yilayotgan talablarning umumiy tendensiyasining ifodalab, yangi qiyin vazifalarni tanlash, qo‘llash, bajarish, asta-sekinlik bilan unga bog‘liq yuklamalarning xajmi va intenivligini oshirishni o‘z ichiga oladi.
Yuklamalarning oshirishning umumiy tendensiyasi bilan vazifalarni yangilashning doimiy zarurligi.
Ko‘rsatilib utilganidek, jimoniy tarbiya jarayoni, boshqa jarayen larday doiim harakatda bo‘lib, mashg‘ulotdan – mashg‘ulotga, etapdan-etap ga uzluksiz o‘zgarib boradi. Bundagi xarakterli belgi – mashqlar murak kabligini, ular ta’siri davomiyligi va kuchini oshirishdir.
Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyatlarining bir shakldan ikkinchi shakliga utishi aytarli darajada qiyin bo‘lib, birinchi navbatda, ma’lumot, bilim berish vazifalarini hal qilish uchun zarur: tabiiy ki, mashqni yangilamay turib, hayot uchun katta ahamityali zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalarini egallash qiyin. Bu keyinchalik takomillashtirishning shartiga ham aylanishi mumkin, chunki mashq qancha yangilansa, harakat malakasi va bajara bilish zaxirasi shuncha boyidi, shu sababli yangi harakat faoliyatlari shaklini o‘zlashtirish, egallash, avvaldan egallangan malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish osonlashadi. Undan ham ahamiyatlisi, turli xil harakat koordinatsiyalarini o‘zlashtirish jarayonida, buning natijasida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni yengishda (harakat vazifalari), harakat faoliyatini o‘z-o‘zidan koordinatsiya lash kobiliyati rivojlanadi va takomillashtirishning bepoyon ufklari ochiladi.
Harakat faolityalari shaklini qiyinlashtirish bilan bir qatorda jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy yukning (nagruzkning) barcha komponentlari oshib borishi kerak. Bu quyidagi jismoniy sifatlar-kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantirish qonuniyatlari asosida hal kilinadi.
Ahamiyatli holatlardan biri shundaki, jismoniy mashqlar ta’si ri dan organizmda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar darajasi (ma’lum darajadagi fiziologik chegarada) yuklamalarning xajmi va intensivli giga proporsionaldir. Agarda lozim bo‘lgan barcha sharoitlarga rioya ki linsa, shu qatorda yuklama meyoridan, yangi tolikish chegarasi boshlana digan joydan oshmasa - yuklama qancha yuqori bo‘lsa, adaptatsiya davri nag ruzka uchun shunchalik ahamiyatli va puxta bo‘ladi; yuklama qanchalik intensiv bo‘lsa, tiklanish va “yuqori tiklanish” jarayoni shunchalik bakuvvat bo‘ladi. Bu muskullar energiyasi resurslarinig tiklanishi misolida taj ribada isbotlangan.
Organizmning javobi bir turdagi yuklamalarga o‘zgarmas bo‘lib ko lavermaydi. Shu yuklamaga moslashgan sari u keltirib chiqargan orga nizmdagi biologik o‘zgarishlar karib boradi, tashki ish birligiga sarf langan energiya ozayadi, upka ventilyatsiyasi, yurakning minutli urish chasto tasi va kon bosimi kamayadi: kon tarkibidagi bioximik va miorfologik o‘zgarishlar sezilmas darajaga borib qoladi. Fiziologik nuqtai nazari dan “funksiyani tejamlashtirish» sodir bo‘ladi. Organizm funksional imkoniyatining o‘zgarmas ishlariga moslashishining ortishi natijasida shu ishni bajarishda energiya sarflashni iktisod qilish, qisman oz zuri kish bilan bajarishga olib keladi. Yuklamalarga biologik moslanishning ma’nosi anashulardan iboratdir. Bu jismoniy tarbiya jarayonining yetakchi qonuniyatlaridan biridir.
Demak, biologik moslanish organizmda sodir bo‘lsa, o‘zgarish – jismoniy sifatlarning rivojlanishi tuxtaydi. Bu, o‘z navbatada, yukla mani sistemali o‘zgartirib uning xajm va intensivligini oshirib boradi.
Amaliyot bu qonuniyatning jismoniy tarbiya jarayonida ruxiy sifat larni ham tarbiyalashga ham taalukli ekanli gini ko‘rsatadi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishdek ruxiy sifatlar shu sifatni talab kiluv chi faoliyatlarni bajarish orkali rivojlantiriladi. Ruxiy sifatlarni namoyon qilish darajasi psihologik qiyinchiliklarning ulchovi va uni yenga olishga bog‘liq. Shunga kura, ruxiy holatini tarbiyalash maxsus jismoniy yuklamlar va topshiriklarni asta-sekinlik bilan oshirib borish va uni yenga olish orkali tarbiyalanadi.
Topshiriklarni qiyinlashtirish shartlari va yuklamalarni oshirish shakllari.
Kuchiga yarashalilik, individuallashtirish va sistemalilik prin siplarida biz jismoniy tarbiya jarayonida talablarni oshirishning ay rim shartlari ustida tuxtaldik. Talablarni oshirish ijobiy natija larga - yangi vazifalar va unga bog‘liq bo‘lgan yuklamalarning shug‘ullanuv chilar uchun kuchiga yarasha bo‘lsagina, organizmga keragidan ortik talab kuymasa, jinsi, yoshi hamda individning boshqa xususiyatlariga mos kelsagina olib kelishi mumkinligini tushunib oldik. Yana asosiy shart laridan biri ketma-ketlilik (mashqlarning birini-biriga moslab ulash, o‘zaro bog‘liqlik), mashg‘ulotlarning muntazamliligi va yuklamani dam olish bilan optimal navbatlash tirish xisoblanadi.
Shu o‘rinda puxtalilikning ahamiyatini ham e’tibordan chetda kol dirmasligimiz kerak. Bunda gap jismoniy sifatlarni rivojlantirish asosida yotuvchi egallangan malaka va ko‘nikmalarning puxtaligi va orga nizmning moslashuvi (adaptatsiyasi) puxtaligi ustida boradi. Nisbatan yangi, murakkab va ogir mashqlarga utish shakllangan malakalar ning mustaxkamlanish darajasi va yuklamalarga moslashu vi orkali borishi lozim. Mustaxkamlanmagan malaka yuklamaning kattaligidan tez bo‘zilishi mumkin (shuningdek, interferensiya ta’siridan ham). Chunki yangi mashqlarga utish paytida ham shunga duch kelish mumkin. Bu, o‘z navbatida, yangi malakalarning shakllanishiga tusik bo‘ladi, sababi ular (malaka lar) oyokka turish uchun yetarli darajadagi tayanchni topa olmaydilar. Shu bilan bir qatorda, yuklama dinamikasi va morfofunksional o‘zgarishlar orasida xavfli muvofiklik vujudga keladi.

U yoki bu yuklamaga organizm birdaniga yoki ozgina vaqt ichida (ma’ lum dakikalarda) moslashmaydi. Shug‘ullanganlikning yangi, nisbatan yuqori darajasiga ko‘tarilish imkon beruvchi adaptatsiya davri uchun ma’lum vaqt o‘tib ulgurishi kerak. Turli funksional va strukturadagi o‘zgarishlar uchun, ko‘rsatib utilgadek, bir xil vaqt (muddat) talab kilinmaydi.


M. Perish sxemasi bo‘yicha eng avvalo muskullar va bezlar tarkibida fizik-ximik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, shuningdek, nerv sistemasining boshqarish funksiyasida ham ma’lum o‘zgarish bo‘ladi. Nerv muskul sistemasining almashinuvi-aktiv xujayralarida funksional va struk tura uzga rish lari uchun nisbatan uzoqrok (kamida bir xafta) vaqt kerak bo‘ladi. Eng ko‘p vaqt esa, bir oycha, tayanch boglov apparati xujayra laridagi uzga rishlarga moslanish uchun kerak bo‘ladi. Moslashuvning bu kabi muddatla ri albatta nagro‘z kalarning xajmiga ham bog‘liqdir.
Xulosa qilib aytganda, yuklamalar dinamikasi asta-sekinlik bi lan xarakterlanishi lozim. Bunda yuklamalarni asta sekin oshirishning turlicha shakillaridan foydalanidi: to‘g‘ri chizik bo‘ylab, pogonasi mon, to‘lqinsimon;
Birinchi holda (to‘g‘ri chizik bo‘ylab) yuklama dinamikasi ning oshirilishi xaftadan - xaftaga bir xil ulchamda (razmerda) sodir bo‘ladi. Yuklamalarni nisbatan yuqori bo‘lmagan tempda oshirish va mashg‘ulotlar orasidagi (ahamiyatli) intervallarni ta’minlash asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi.
Yuklama dinamikasini popgnama-pogona oshirish qatorasiga utka zilgan bir necha mashg‘ulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo‘lganidan so‘ng navbatdagisiga utiladi. “Sakrash» paytida (navbatdagi pogonaga) to‘g‘ri chizik bo‘ylab oshirishga nisbatan yuklama dinamikasi keskin oshiriladi; lekin bunda moslanish jarayonlarining borishi yengillashtiruv chi stabillashuvi xodisasi nisbatan sezilarli ifodalangan. Yuklamaning ana shunday dinamikasi shakli nisbatan ahamitli bo‘lganlarini o‘zlashtirish imkonini beradi.
Tulqinsimon dinamika shunday xarakterlanadiki, bir muncha sekin, bir tekisda yuklama berib borilib, birdaniga keskin ko‘tarish kilinadi. Lekin uni asta-sekin yana pasaytiriladi. Chunki funksional moslashuv orkada kolishi mumkin. Moslashuv belgilari kuzatilgach nag ruzka yanada katta “to‘lqin» bilan oshiriladi. Bunda asta-sekinlik bo‘zilmasligi muximdir. Shunday qilib yuklama xajmi va intensivligini eng katta mikdoriga olib chiqish mumkin.
Umuman, uzoq muddat davom etgan mashg‘ulotlarda yuklamaning dina mikasi haqiqatdan ham to‘lqinsimon yoki uxshash shaklga (formaga) kiradi.
Boshqa so‘z bilan aytganda, jismoniy tarbiya jarayonining nisbatan uzoq davom etmagan davrlarida, agar u qanchalar qisqa bo‘lsa, yuklamaning to‘g‘ri chizik bo‘ylab va pogonasimon tarzda oshirishning umumiy darajasi xajmi va intensivligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Bu qator tabiiy sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlar sabablari, bilan belgilanadi va ular moxiyat jixatidan yetakchi rol o‘ynaydi: birinchidan, organizm fizioloik jarayonlarining tabiiy ritmini ifoda etuvchi xizmat holatining davriy tebranishi va hayotning umumiy rejimi, faoliyati; ikkinchidan, moslashuv jarayonlarining qonuniyati; uchinchi dan, yuklama xajmi va intensivligini oshirishdagi karama-karshiliklar.
Keyingi ikki holatga aniqlik kiritamiz. Organizm shakli (forma si) va vazifasi (funksiyasi)ning stabilligi o‘ziga xos kuchga ega bo‘lib, tur li organ va sistemalardagi moslashuv jarayoni bir vaqtning o‘zida bo‘l may, kayta kurishga moslashish dinamikasi, yuklama dinamikasidan “orkada» kolgandek bo‘ladi: avvaliga yuklamalar oshiriladi, so‘ngra yangi oshiril gan talablar orkali kelib chiqarilgan moslashuv jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Agar mashg‘ulotdan mashg‘ulotga yoki xatto bir mashg‘ulotning bir seriyasida boshqa seriyasi yuklama orttiraverilsa yuklamaning umumiy xajmi yuko riligiga kura, ertami - kechmi baribir organizm ning imkoniyati va unga qo‘yilayotgan talablar orasida uzulish sodir bo‘ladi. Bunga yo‘l kuymaslik uchun yuklamani umumiy xajmining to‘lqinsimon» ko‘tarish” va “pasaytirish» larni kullab nisbatan kechrok mosla shuvchi organizmdagi uxshash holatni vujudga keltirishimiz lozim.
Yuklamaning xajmi va intensivligi, boshqachasiga ayt ganda, jismo niy ishning mikdoriy yig‘indisi va uning zurikish bilan bajarilishi darajasi orasidagi ziddiyat birvarakayiga ma’lum chegaraga egaligi bilan ifodalanadi.
Xajmning keyinchalik oshirilishi intensivlik, stabilla shuvi, so‘ngra uning pasayishi bilan bog‘liq yoki uning aksi bo‘lishi mumkin: Zarur bo‘lgan darajada intensivlikni oshirish uchun qaysidir etap davomida stabillashtirish va xajmini oshirishga olib keladi.
Birok jismoniy tarbiya jarayonida xajm hamda intensiv likni umu miy tendensiyasini oshirib borish bir oz ushlani shi kerak bo‘ladi, bo‘lma sa, jismoniy sifatlarning doimiy va har tomonlama rivojlanishini ta’ minlab bo‘lmaydi.

Bu karama-karshilik yuklama dinamikasi yordami bilan hal kilinadi.


Har bir to‘lqin vaqti bilan bir biriga tushmaydi gan xajm dinamikasi va intensivlik dinamikasi ajralgandek bo‘ladi. Boshlanishida agar vaqtning katta bo‘laklari xususida gapirilganda (xaf ta yoki oy nazarda tutiladi) yuklamalarning xajmi nisbatan ko‘pay tirilishi sodir bo‘ladi; bunda intensivlikning tempi unchalik oshiril maydi. So‘ngra ma’lum darajadagi stabillashuvda so‘ng xajm qisqartiri lib, intensivlik shu etap uchun eng yuqori darajada ko‘tariladi. “To‘lqin larning xajm va intensivligi pasayishi” - yengillashgan yakunlovchi daki ka xisoblanadi. So‘ngi to‘lqinlar xuddi shu tuzilishda bo‘ladi. Lekin nag ruzka usishining umumiy tendensiyasi yuqori darajada utadi.
Bu tendensiya ko‘p yilik mashg‘ulotlar davomida saklanadi, ma’lum vaqt utishi bilan u umumiy tendensiya bo‘la olmay qoladi (funksional, adaptatsiya imkoniyatlari kuchli pasayishining kuchayishi xisobiga) va yillik mashg‘ulotlarning ayrim etaplari ramkasida qo‘llaniladi. Shun day qilib shu kungacha yuklamaning umumiy dinamikasi ko‘p yillik aspekti “to‘lqinsimon” tarzda qo‘llanilishi kuzatilmokda.
Nagruzalarning to‘lqinsimon olib borilishi - xaftalik, oylik, yillik fon sifatida bo‘lib, unga ham to‘g‘ri chizikli, ham pogpnasimon shakil dagi yuklamalarning fonidan foydalanish jismoniy tarbiyaning turli etaplaridagi konkret vazifalarning sharoitiga bog‘liq. Yuklamani to‘g‘ri chizik bo‘ylab oshirishdan, xususan, ularning umumiy darajasi nisbatan yuqori bo‘lmagan yuklamalar va ayniksa, asta-sekinlik bilan ishga tortishda qo‘llaniladi. Pogonama - pogona dinamika yuqoridagi ning aksi bajarilgan ishlar bazasida shug‘ullanganlikning oshishini stimullash tirish vazifasiga javob beradi.
Uslubiy tamoyilning o‘zaro aloqasi - Jismoniy tarbiya prinsiplari xususida aytib utilgan fikrlarni dikkat bilan taxlil qilsak, ularning mazmuni bir biri bilan shunday tutashgan, singib ketgan va xatto bir-biriga moslashib ketganligini aniq lashimiz mumkin. Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi, chunki ularning barchasi bir jarayonni aloxida ajratilgan tomonlari va qonuniyatlarini ifodalaydi, moxiyatiga kura o‘zi aloxida, lekin shartli ravishda aloxida bo‘l gan prinsiplar aspektida tasvirlanadi.
Onglilik va faollilik prinsipi jismoniy tarbiyaning boshqa bar cha prinsiplarining amalga oshirilishi umumiy shartlari tarzida qabul kilinishi mumkin. Chunki shug‘ullanuvchilarning ishga ongli va aktiv munosabati o‘quv materialini kuchiga yarashililigiga, egallangan bilim, malaka va ko‘nikmaning puxtaligi, avvalgilarining keyingilariga bogla nishi va xokazolarning keyinrok usish yo‘riqnomasiga aylanishi bilan xarakterlanadi. Boshqa tomondan, shug‘ullanuvchilarning aktiv faoliyati orkali belgilangan maqsadga olib borishi, u ko‘rgazmalilik, kuchiga yarashalilik, individuallashtirish, sistemalilik, talablarni oshirish prinsiplaridan kelib chiksa, haqiqatdan ham ongli deb qabul kilinadi.
Kuchga yarashalilik va individuallashtirish prinsiplarini xisob ga olmasak, mashg‘ulotlarning ketma-ketligi va yuklamaning oshirish ning ratsional yo‘llarini tanlay olmaymiz.

O‘z navbatida, kuchiga yarasha lilik chegarasini belgilash sistemalilik va talablarni oshirish prinsi pi asosida amalga oshiriladi bundan kelib chikadiki, ko‘rsatilgan prinsip larning xech biri boshqalarini inkor qilish bilan to‘laligicha amaliyotga tadbik kilinmaydi. Ularning o‘zaro birligi asosida har birining ta’sir doirasi tarbiya jarayoniga kutilgansamarani berishi mumkin.


Ketma ketlik tamoyili - Ketma – ketlik tamoyili asosida bir dars va bir nechta darslar borasida o‘qitish vazifalari, vositalari metodlari tartibga solinganligi yetadi. Uning asosida har bir oldingi vazifa (vosita yoki metodlar) keyingisiga asoslanadi. Kelgusi vazifani yechish uchun asos yaratadi.
O‘quv tarbiyaviy jarayonining barcha elementlarini bunday o‘zaro boglanishi o‘quv materiallarini shunday taksimlashga imkoniyat beradikiE, har bir darsning mazmuni kelgusi darsning mazmunini xisobga olsin va o‘quv materialini kelgusi darslarda o‘zlashtirish uchun (fundament) yaratsin. Bu prinsipni amalga oishirsh jismoniy mashqlarni o‘rganishni birin ketinligini ochib beradigan va ular orasidagi o‘zaro boglanishlarni ko‘rsatadigan o‘quv materiallarini rivojlantirishdan boshlanadi.
Bunday jismoniy mashqlarni o‘rganish asta sekin ko‘p yillik kelgusi o‘rganishni xiosbga olish va u bolaning yoshi rivojlanishi qonuniyatlarini aks ettirsin va o‘quv materiallarini logik tuzilishi saklab kolsin.
Konkret faoliyatini muvaffaqiyatli egallab olish qanday jismoniy kobiliyatlar bilan aniqlashni bilish va qaysi yoshi davrlarda bu kobiliyat aktiv rivojlanadi va shunda birin ketinlikni to‘zish mumkin va bolaning imkoniyatlaridan to‘la foydalanish mumkin bo‘lsin.
Bir vaqtda asta sekinlik bolaning har tomonlama rivojlanishini talab qiladigan ruxiy fiziologik xususiyatlarini xisobga olish zarur.
Bu shuni takozo qiladiki bolani harakat faoliyatga o‘rgatish har xil harakatlarni: turmushda zarur bo‘lgan yurish, yugurish, suzish, sakrash va boshqalarni kuzda tutadigan kelgusi jismoniy ta’lim kasb yoki sport yo‘nalishi bilan asos xisoblangan umumiy jismoniy ta’limdan boshlamok kerak. O‘quv materiallarini tuzilish logikasi jismoniy mashqlarga o‘qitishning shunday birin ketinligini talab qiladiki, bunda malakalarni bir biriga utish samarasidan foydalanilsin va o‘qitishning prespektivi qo‘llaniladi. Oxirgisi oldingi urganilgan harakatlarda qo‘llanilgan samara kelgusi harakatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Misol: kanatga uch usulida chiqishni rejalashtirilganda umumiy rivojlanish mashqlarini o‘rganishda chirmashib chiqishda zarur bo‘lgan kul oyoklarni koordinatsion harakatlarni rivojlantirish uchun urganilsin.
O‘qitishda ketma ketlik ayrim vaqtlarda bir ma’noli yechimga ega bo‘lmaydi. Ko‘pincha o‘qituvchiga bir nechta harakat jarayonining o‘rgatishning ketma ketlik u yoki bu usullarini foydalisini aniqlashga to‘g‘ri keladi. ularni bir vaqtda ketma ketlik o‘rganish mumkin. fikr borki bir vaqtda o‘rganishga ko‘p o‘quv vaqti talab kilinadi. Shu harakatlarni navbatma navbat o‘rgatishga qaratilganda. Binorbarin har qanday holatda vazifalarni yechishda o‘quvchilarning bilish xususiyatlariga suyanmok kerak. Yuqorida bayon kilingan yangi materialga o‘rgatishning asta sekinlik so‘z bolada bor bo‘lgan ko‘nikmalar to‘g‘ri chizik asta sekinlik bo‘yicha eskidan yangisiga asosida yuritiladi. Asta sekin ko‘p vaqtda harakat faoliyatini kayta kayta o‘rganishda to‘zilgan (kotsengrik, asta sekinlik, eskidan eskiga yangi satxda).
Jismoniy tarbiya dasturi faqat jismoniy mashqlarning o‘rganishning kotsengrik ketma ketlikka qaratilgan. Jismoniy madaniyat fanining o‘quv materillari mazmunini xarakterli xususiyatlaridan biri konsentrik ketma ketlik asosida to‘zilgandir. Yuqorida bayon kilinganlarning barchasi didaktik koidalari bilan belgilanadi: «Yengildan osonga» , «Soddadan murakkabga» , «Urgangandan urganmaganga» , «Bilimlardan ko‘nikmalarga». Ularni okilona bajarish prinsipini amalga oshirishda muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Koidalarni bajarishda 3 vaziyatni esdan chiqarish mumkin emas:
1. Har bir koidani qo‘llash asta sekinlik prinsipini amalga oshirib qolmasdan balki boshqa prinsiplarni amalga oshirishga yordam beradi;
Ayrim koidalar faqat ketma ketlik prinsipining tamomlashdan birini to‘la aks ettiradi. Shuning uchun o‘qitishning yagona jarayonida barcha koidalar o‘zaro boglangandir: bir koidani bajarish yoki bajarmaslik boshqani bajarishga yoki tormozlashga ta’sir qiladi.;
Barcha koidalar umumiy tendeksiyani ifodalaydi (bu esa ketma ketlikni shartsiz belgilaridan uzoqdir).
«Yengildan osonga» koidasi ketma ketlikni kuzda tutadiki bunda o‘qitish katta bo‘lmagan jismoniy ruxiy kuchlarni sarf qilishni, ammo ularni kelgusida oishirshini talab qiladigan jismoniy mashqlardan boshlanadi. «Yengil, oson» tushunchalari nisbatan va ular aniqlanadi:
a). O‘quvchining tayyorgarlik satxi bilan (biri uchun ogir biri uchun yengil); b). Mashqlarni bajarish sharti bilan (past yoki baland yakka to‘liq bajarish).
2. Soddadan murakkabga koidasi shunday asta sekinlik kuzda tutadiki bunda urganiladigan mashqlar tizimining qiyinligini o‘sib borishi tartibida joylashgan. Sodda va murakkab tushunchasi nisbatan aniqlanadi.
a). O‘quvchining harakat tajribasi bilan (nima o‘zlashtirilgan bo‘lsa shu oddiy xisoblanadi); b). O‘qitish metodikasining ishlab chikilganligi bilan jismoniy mashqlarning tuzilishi.
Oddiy mashqlar xakida tushuncha hamma vaqt yengil xakidagi tushunchaga mos bo‘lavayermaydi. Misol: tortilish mashqi tuzilish jixatidan oddiy xisoblanadi. Jismoniy yuklama bo‘yicha yengil emas. Bundan tashkari mashqlarni murakkablik darajasini uning faqat biomexaniq tuzilishi bo‘yicha baholash mumkin emas. O‘zining tuzilishi bo‘yicha juda oddiy harakatlar bor. Misol: barmoklarni oxirgi qismini bukish, ularni bajarish oddiy emas, bu shuni bilan tushuntiriladiki inosnni rivojlantirishda u yoki bu harakatlarni ahamiyat darajasi bilan oxirgi natijasida esa koordinatsion munosabatlarni shakllantirish satxidir. Mashqlar odamning koordinatsiyasi usuli turmushda muximligi bo‘yicha uxshashligidir va tez baholanadi. Shuning uchun ular oddiy bo‘lib baholansa ham tuzilishi bo‘yicha murakkabga kiritiladi. Shuni unutish mumkin emaski bola uchun doimo yangi mashqlar hamma vaqt murakkab bo‘ladi.
I.P.Pavlov «Steristikni barcha dastlabki o‘rgatishga ta’sir qilish sistemasining muxim katta tasodifiy mehnatdir».
Jismoniy mashqlarning tuzilishi murakkablik darajasini zaruriy harakat ko‘nikmalarini shakllanitirishning qiyinligi ulchovi bilan aralashtirish mumkin emas. Boshqa so‘z bilan aytganda jismoniy mashqlarning tuzilishi qiyin bo‘lsa, hamma vaqt tez o‘zlashtiriladi. Misol: uch usulda orkaga tirmashib chiqish mashq to‘zish bo‘yicha murakkab usmirlar esa uni yengil egallab oladilar.
3. O‘rgangandan urganmaganga shunday asta sekinlik faraz qiladiki, bir tomondan yangi ko‘nikmani shakllantirish uchun oldingi utsrganilganlardan foydalanishga boshqa tomondan kelgusi mashqlarni o‘rgatish uchun zamin yaratadi. O‘qituvchi koidani kullab borib o‘quvchi qanday bilim va ko‘nikmalarni egallab olinganliklarini aniqlaydi va ularga asoslanib ularning bilim va harakat tajribasini kengaytiradi. Agarda dastlabki shakllanayotgan ko‘nikmalar eski urganilgan ko‘nikmalar bilan tizim tarkibiy qismlarning uxshashligi bo‘lsa, o‘qitishda o‘zlashtirish tez utadi. Misol: O‘quvchi 3 usulda orkaga tirmashib chiqishni yaxshi urgangan bo‘lsa, 2 usulda tirmashib chiqishni tez o‘zlashtiradi. Bilimlardan ko‘nikmalarga koidasi shunday ketma ketlikni nazarda tutadiki bunda zaruriy bilimlarni shakllantirish zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishni ta’minlaydi.
Bu koida jismoniy tarbiya uchun xosdir. Unda maxsus bilimlarning kiymati harakat faoliyati sifatida bilim xajmi va sifatini belgilaydi. Bu koida onglilik prinsipiining talablaridan birini aks ettiradi. O‘quvchi ayrim bilimlarini ko‘nikmalarini shakllanishi bilan bir vaqtda egallaydi. Bu bilimlar mashqlarni bajarishdagi birinchi o‘rinish uchun tanyach xisoblanadi. Mashqlarni metodik ketma ketligini aniqlashda barcha koidalarni o‘zaro harakatini xisobga olish zarur.
Nazorat savollari
1. Jismoniy madaniyat nazariyasida tamoyillar deganda nimani tushunasiz?
2. Shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantiruvchi umumijtimoiy tamoyillarning mohiyatini ochib bering.
3. Umumpedagogik tamoyillarni sanab o‘ting.
4. Onglilik va faollik tamoyiliga ta’rif bering.
5. Ko‘rgazmalilik tamoyiliga ta’rif bering.
6. Individuallashtirish tamoyili nima degani?
7. Uzluksizlik tamoyiliga ta’rif bering.
8. Onglilik va faollik prinsipiga ta’rif bering.
9. Ko‘rgazmalilik prinsipiga ta’rif bering.
10. Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish prinsipiga ta’rif bering.
11. Onglilik prinsipiga ta’rif bering.
12. Faollik prinsipiga ta’rif bering.
13. Ilmiylik prinsipiga ta’rif bering.
14. Puxtalilik prinsipiga ta’rif bering.
15. Individuallashtirish prinsipiga ta’rif bering.
16. Kuchiga yarashalilik prinsipiga ta’rif bering.
17. Ko‘rgazmalilik prinsipiga ta’rif bering.
18. Vositali ko‘rgazmalilikdan foydalanishga ta’rif bering.
19. Bevosita ko‘rgazmalilikdan foydalanishga ta’rif bering.
20. Bilvosita ko‘rgazmalilikdan foydalanishga ta’rif bering.
Download 37.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling