Jizzax politexnika instituti


Download 1.24 Mb.
bet1/3
Sana07.06.2020
Hajmi1.24 Mb.
  1   2   3


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI


JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI


«Bino va inshootlar Qurilishi » kafedrasi


ARXITEKTURA

fanidan jamoat binolari qismi bo‘yicha


Zarbdor tuman markazida savdo binosini loyihalash

mavzusidagi kurs loyihasiga


TUSHUNTIRISH YOZUVI

Bajardi: vhnv guruxi talabasi


Qabul qildi: Boymatov.A



JIZZAX - 2017 y.


Mundarija.
1. Kirish………………………………………...………………………………-3

2. Loyihalash uchun dastlabki malumotlarlar …………………..…………-3

3. Loyihalanadigan binoda bo‘lib o‘tadigan funksional jarayonlar haqida malumot.

4. Loyixalanadigan binoning hajmiy-tarxiy echimi…………………….....-4

5. Konstruktiv qism (loyihalanayotgan bino uchun qabul qilingan konstruktiv va qurilish tizimi va konstruksiyalar haqida qisqacha malumot)....….................................................................................................….-13

6. Tom………………………………………………..…………..……………....-14

7. Ichki va tashqi pardozlash ishlari……………………..……….…………..-15

8.Zilzilaga, emirilishga va yong‘inga qarshi qabul kilingan chora-tadbirlar……………...………......…………………………………………-16

10. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………....…....-19


1. Kirish
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan arxitektura-qurilish sohasida bajarilgan ishlar haqida malumotlar keltiriladi (2-3 bet).


  1. Loyihalash uchun dastlabki malumotlar

a) Qurilish joyi - Zarbdor tumani.

b) Muassada ishlovchilar soni -

v) Poydevorlar - yig‘ma temirbeton konstruksiyali.

g) Devor va oraliq devorlar -mayda g‘isht-tosh konstruksiyali.

d) Orayopmalar - yig‘ma temirbeton konstruksiyali.

e) Eshik va deraza usti to‘sinlari -yig‘ma temirbeton konstruksiyali.

j) Eshiklar - yog‘och va plastik mahsulotli.

z) Derazalar - yog‘och va plastik mahsulotli.

i) Pollar:

- ish kabinetlarida - yog‘och konstruksiyali.

- hojat va qo‘l yuvish xonalarida - plitkali.

- ichki yo‘laklarda - mozaikali.

l) Zinapoyalar - yig‘ma temirbeton konstruksiyali.

m) Tom - chordoqli.

k ) Tuproqning muzlash chuqurligi - er sathidan 60 sm pastlikda

l ) er osti suvlarining sathi - er sathidan 10-12 m. pastlikda
3.Loyihalanadigan binoda bo‘lib o‘tadigan funksional jarayonlar haqida malumot
Loyihalanadigan binoda bo‘lib o‘tadigan funksional jarayonlar quyidagilardan tashkil topadi:

- tuman hududida istiqomat qiluvchi aholining turli xil savdo-sotix ishlarini olib borish;

- tuman hududida yashovchi aholi uchun barcha sohalarda turli xil qulayliklarni yaratish, rivojlantirish:

- qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda tuman iqtisodini yo‘lga qo‘yish, doimiy ravishda rivojlantirish masalalarida;

Yuqorida keltirilgan ishlar va funksional jarayonlarni amalga oshirish va ishlovchilarning komfort talablarini qondirish uchun binoni issiqlik tarmog‘i, turli xil mebellar va orgtexnika jihozlari bilan taminlash talab etiladi.
4. Loyihalanadigan binoning hajmiy-tarxiy echimi.
Loyihalash uchun topshiriq sifatida Mirzacho‘l tumanidagi hokimiyat binosini loyihalash mavzusi berilgan. Loyihalash uchun topshiriq bo‘yicha binodagi umumiy xodimlar soni.

Loyihalanadigan binoda hajmiy-rejalash ishlarini SHNK 2.08.02-09. “Jamoat binolari va inshootlari”, QMQ 2.08.04-04 “Mamuriy binolar”, KMK 2.01.01-94 Klimaticheskie i fiziko geologicheskie dannыe dlya proektirovaniya, KMK 2.01.03-96 “Stroitelstvo seysmicheskix rayonax” meyoriy hujjatlari va amaldagi ilmiy-texnik adabiyotlardan foydalangan holda olib boriladi.


Loyihalanadigan binoda bo‘lib o‘tayotgan funkional jarayonlar va ishlovchilar tarkibi va yuqoridagi meyoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda funksional jarayonlarda ishtirok etuvchilarning ish jarayonlarini olib borish uchun talab etilgan xonalar tarkibi va maydonlarini aniqlaymiz.

Loyihalanadigan binoning xonalar bo‘yicha tarkibi va maydonlar

HISOBI


T.s.

Xonaning nomi

Maydoni

(kv.m.)


1

Savdo umumiy xona

36

2

Kassa

14

3

Sklat

28

4

Ovqatlanish xonasi

30

5







6






Loyihalanadigan binoning qavatlar bo‘yicha hajmiy-rejali echimlari (qavatlar rejasi kurs loyihasining grafik qismida keltirilgan 1,2 chizma varoqlari).


Loyihalanayotgan hokimiyat binosi uchun loyihalashning koridorli usulidan foydalanamiz. Bino uchun bo‘ylama yuk ko‘taruvchi mayda o‘lchamli g‘isht-tosh konstruksiyali karkassiz konstruktiv sxema tanlab olingan. Birlamchi o‘lcham sifatida bo‘ylama devorlar orasidagi masofa (prolyot)ni 6000+2800+6000 mm.dan iborat etib qabul qilamiz.

YUk ko‘taruvchi devorlar joylashtirilgan o‘qlarni mos ravishda A, B, V hamda G harfiy belgilar bilan belgilab, binoning burchak ko‘ndalang devoriga bog‘laymiz. Binoning burchak ko‘ndalang devorini o‘z navbatida 1-sonli koordinatsion ko‘ndalang o‘qqa bog‘lab joylashtiramiz.

Binoda qavatlar orasidagi bog‘lanishni amalga oshirish uchun standart o‘lchamlarga ega bo‘lgan 6000x3000 mm. li zinapoya xonasini tanlab olamiz.

Loyihalanadigan bino uchun qabul qilib olingan xonalar tarkibi va ularning maydonlari miqdoriga tayangan holda xonalarni qavatlar bo‘yicha joylashtiramiz.

Loyihalanadigan binoda asosiy, yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi va kommunikatsion xonalarni hajmiy rejalash ishlari 2.08.02-09. “Jamoat binolari va inshootlari” SHNQ lari hamda 2.08.04-04 “Mamuriy binolar” QMQ ning meyoriy talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan.


  1. Konstruktiv qism

Loyixalanadigan bino karkassiz konstruktiv sxema asosida loyihalangan bo‘lib, binoning asosiy yuk ko‘taruv konstruksiyalari, yani yuk ko‘taruvchi devorlari mayda o‘lchamli g‘isht-tosh elementlardan tashkil topgan. Binoning bo‘ylama yo‘nalishdagi yuk ko‘taruv devorlari A, B, V va G bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha, ko‘ndalang o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi devorlari esa 1,2,3,4 va h.k. ko‘ndalang o‘qlar bo‘yicha joylashtirilgan. Binoning bikrligi poydevorlarning ustki qismidan to‘lig‘icha 300 mm qalinlikda aylantirib quyib chiqilgan yaxlit temirbeton zilzila belbog‘lari, binoning poydevoridan oxirgi qavat orayopmasi balandligida 150-200 mm qalinlikda quyilgan tik yo‘nalishdagi temir beton zilzila belbog‘lari, qavatlararo balandlikda bo‘ylama yo‘nalishda joylashtirilgan orayopma plitalari va ularni bir-biri bilan bog‘lovchi 220-250 mm qalinlikda quyilgan temir beton zilzila belbog‘lari yordamida saqlanadi.

Loyihalanayotgan binoning asosiy konstruktiv elementlari kuyidagilardan tashkil topadi:
a) Poydevorlar

Loyihalanayotgan binoda tasmali temirbeton konstruksiyalardan loyihalangan bo‘lib, bazi bir qismlarda ularni kuchlantirish va mustahkamligini oshirish maqsadida temirbeton yaxlit tarzda ishlangan. Umuman olganda poydevor konstruksiyasi yig‘ma va yaxlit, yani aralash tarzda loyihalangan.


Poydevor konstruksiyasi uchun uzunligi 1180-2380 mm, eni 600-2000 mm, balandligi 3000 mm bo‘lgan to‘shama plitalari, poydevor bloki sifatida esa FS 5 va FS 5-8 markali, eni 500 mm uzunligi 2380 mm va 780 mm balandligi 600 mm li bloklar qo‘llanilgan. Poydevor tushamalari va poydevor bloklari o‘zaro kesishmagan choklar usuli bilan terilgan. Poydevor to‘shamalarini o‘rniga o‘rnatishdan oldin poydevor to‘shamalari o‘rnatiladigan grunt tarkibi mayda qum toshli mahsulotlarni kiritib shibbalash yo‘li bilan mustahkamlangan. Bloklar to‘shamalariga va o‘zaro bir biriga terish uchun bo‘ylama va ko‘ndalang choklar 200 markali sement kumli qorishmadan ishlangan.


b) Devorlar

O‘z vazifasiga va joylashishiga ko‘ra ichki va tashqi to‘siq, ya’ni xonani tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi yoki xonalarni bir-biridan ajratib turuvchi konstruksiyalar sifatida loyihalanib, ular yuk ko‘taruvchi, o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi va o‘zining og‘irligini uzatuvchi sifatida loyihalanadi. Loyihalanadigan binoda ichki devorlar uchun qalinligi 120 mm bo‘lgan va tashqi devorlar uchun qalinligi 380 mm bo‘lgan g‘isht-tosh konstruksiyalaridan foydalanmiz.



Loyihalanayotgan bino bo‘ylama devorli konstruktiv sxemaga ega bo‘lib, yuk ko‘taruvchi bo‘ylama devorlar A, B, V o‘qlar bo‘yicha joylashtirilgan. Binoning zinapoya xonasi 8-9 o‘klar bo‘yicha ko‘ndalang ravishda joylashtirilgan. Ishlash xarakteri bo‘yicha A, B, V, hamda 2-3, 5-6, 8-9 o‘klar bo‘yicha joylashgan devorlar yuk ko‘taruvchi 1, 4, 7 va 10 ko‘ndalang o‘klar bo‘yicha joylashtirilgan devorlar o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi, xonalarni bo‘luvchi 120 mm li qalinlikda ishlangan devorlar o‘zining og‘irligini uzatuvchi sanaladi.



v) Orayopmalar.

Qavatlararo orayopmalar binoning ichki bo‘shlig‘ini tik yo‘nalishda qavatlarga ajratadi va binoning bikrligini bo‘ylama yo‘nalishda saqlash uchun xizmat qiladi.

Oraliq yopmalar binoda joylashgan o‘rniga qarab quyidagicha bo‘ladi:
- erto‘la usti orayopmasi (birinchi qavatni erto‘ladan ajratib turadi);

- qavatlararo yopmalar (binoni qavatlarga ajratadi);



- chordoq yopmasi (tepa qavatni chordoqdan ajratadi).
Loyihalanadigan binoda orayopma plitalari sifatida silindirik bo‘shliqqa ega bo‘lgan yirik elementlardan foydalanilgan. A,B,V bo‘ylama o‘qlar yo‘nalishi bo‘yicha yuk ko‘taruvchi devorlar orasidagi prolyot S9-PT 59-15 markali uzunligi 5860 mm eni 1190 mm balandligi 220 mm orayopma plitalari bilan zinapoya xonasi esa 2-3, 5-6 va 8-9 o‘qlar orasida S9-PT 29-15 markali uzunligi 2860 mm eni 1490 mm balandligi 220 mm orayopma plitalaridan yopilgan. Orayopma plitalari o‘zaro bir biri bilan armatura chiqiqlarini bir biriga maxkamlash yo‘li orkali, binoning perimetri bo‘yicha esa armatura chikiklarini bo‘ylama yo‘naliщda armatura chikiklari orqali bir biriga payvandlash orqali mahkamlash usuli bilan mahkamlangan. Orayopma plitalari orasidagi ko‘ndalang choklar va perimetri bo‘yicha tashqi choklar R 12,5 klassli beton bilan to‘ldirilgan. Plitalar orasidagi bo‘ylama choklar 100 markali sement qumli qorishma bilan bilan to‘ldirilgan.




d) Pollar
Loyihalanadigan binoda pollar tarkibi quyidagicha qabul qilingan: -ish kabinetlarida yog‘och konstruksiyali, - hojat va qo‘l yuvish yuvinish xonalarida plitkali, ichki yo‘laklarda - mozaikali.

Ish kabinetlarida loyihalangan parket pollari quyidagicha konstruksiyadan tashkil topgan: 1-orayopma plitasi; 2-tovush o‘tkazmovchi to‘shama; 3-tekislovchi qatlam; 4-mastikada o‘rnatilgan donabay parket; 5-plintus; 6-taxta raskladka.



Loyihalanadigan binoning hojat va qo‘l yuvish xonalarida pollar plitkali mahsulotlardan loyihalangan. Plitkali pollar qalinligi 20 mm gacha bo‘lgan 100 markali sement-qumli qorishmaga o‘rnatilgan. Plitkali pollarni o‘rnatishda “archa” va boshqa turdagi terish usullaridan foydalanilgan.

e) Zinapoyalar

Zinapoyalar - binolarda qavatlar bo‘yicha joylashgan xonalarni tik yo‘nalishda o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi. Zinapoya konstruksiyalari pillapoyalar va zina maydonchalaridan iborat bo‘ladi.







Zinapoya xonasining hisobi
Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling