Jizzax sement zavodi direktori Abdullayev Ismatulla Izzatullayevichning Jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi yuzasidan Ma’ruzasi Assalomu alaykum!


Download 32.62 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi32.62 Kb.
#1253235
Bog'liq
Жиззах цемент заводида 2021 йил жамоа шартномасини бажарилиши бўйича меҳнат жамоаси



Jizzax sement zavodi direktori Abdullayev Ismatulla Izzatullayevichning Jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi yuzasidan
Ma’ruzasi


Assalomu alaykum!

Hurmatli konferensiya qatnashchilari, sement zavodida xozirgi kunda jami 525 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilib kelmoqda. Jizzax sement zavodida ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish uchun “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati tomonidan hamma qulay sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Zavodimizda ishchilarimizga qulay mexnat sharoiti yaratish maqsadida uzoq xududdan qatnab ishlaydigan ishchi – xodimlar yotoqxonalar bilan ta’minlangan.


Ishchilarimiz uchun zamonaviy yuvinish xonalari uzluksiz ishlashi ta’minlangan, ishchi va xodimlar maoshlari o‘z vaqtida berilmoqda.
Jamoa shartnomasining 3.1 bandiga asosan, 2021 yil davomida, kasbi, malakasi va mehnat shartnomasiga muvofiq holda ishchi-xodimlarning to‘liq bandligi, yetarli darajada mexnat faoliyati bilan ta’minlanib borildi.
Jamoa shartnomasining VIII bo‘limi (Mehnatni muhofaza qilish) yo‘nalishi bo‘yicha Jizzax sement zavodida quyidagi ishlar bajarildi:

2021 yilda ishchi xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi 2021 yilga 456 nafar ishchilar ip gazlama kostyumiga talabnomalar berilib 447 tasi ishchi xodimlarga tarqatildi, 117,3 kg. choyga talabnomalar berilib 115 kg. choy belgilangan tartibda tarqatildi, 2235 kg. xo‘jalik sovuniga talabnomalar berilib 2214 kg. sovun tarqatildi.


Yangi yil bayrami munosabati bilan xar bir ishchi-xodim oilasida bayramni munosib kutib olishligi uchun 1 000 000 so‘mdan pul mablagi berildi.


2021 yilda jamoa shartnomasining 5.7. bandiga muvofiq 13 nafar ishchi – xodimga o‘rindoshlik asosida ishlaganliklari, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi uchun ularning ish haqiga qo‘shimcha 30% gacha kushimcha to‘lovlar xisoblangan.
Jamoa shartnomasining 8.7 bandiga asosan kalendar rejaga muvofiq xolda 2021 yilda kombinatimiz mablag‘lari hisobidan xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Jamoa shartnomasi 8.8, 8.10 bandlari bo‘yicha quyidagi ishlar bajarildi:
8.8 bandi bajarilishi bo‘yicha mehanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sexiga kislorodli ballonlar bilan ish bajaruvchi ishchilarga qo‘shimcha ip gazlamali qo‘lqoplar tarqatildi. 8.10 bandi bajarilishi bo‘yicha mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan sement zavodi 12 ta ishchi xodimiga har bir hodimiga bir smenada 0,5 litrdan bepul sut maxsuloti (qatiq ) berildi.
Bundan tashqari 193 ta ishchi xodimning shaxsiy himoya vositalari muddatidan oldin ishlashga yaroqsiz xolga kelganligi uchun belgilangan tartibda almashtirib berildi (138 ta ishchilar ip gazlama kostyumi va 55 ta ishchilar botinkasi)
Jamoa shartnomasining kombinat xodimlari va nafaqaxo‘rlariga taqdim etiluvchi imtiyozlarning 3.bandiga asosan Oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan va sement zavodiga (kombinatga) ishga qabul qilingan 1 nafar talabalarga O’zbekiston Respublikasi xududidagi o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida boshlang‘ich yordam pullari berildi.
Jamoa shartnomasi 8.13 bandi bo‘yicha konchilik sexi ishchi xodimlariga 5670 litr mineral suvga talabnomalar berilib 5670 litr mineral suv berildi.
Jamoa shartnomasining 11.1 bandi bo‘yicha 6 nafar farzandli bulgan ayollarga ularning xohishiga ko‘ra yillik mehnat ta’tili berildi. 11.2 bandiga ko‘ra 1 nafar ayolga qo‘shimcha ta’til berildi. Jamoa shartnomasining 5.25 bandi attestatsiya materiallariga asosan 5 nafar xodimga va jamoa shartnomasining 4.1. bandi 4 nafar II guruh nogironlarga ish haqini kamaytirmagan holda qisqartirilgan ish vaqti rejimida ishlab kelmoqda.
Bundan tashqari jamoa shartnomasining 12.4 bandiga asosan 2021 yil Lalmikor sanoat kasb-hunar kollejidan 6 nafar yosh bitiruvchi ish bilan ta’minlandi.
Kombinatimiz tizimida faoliyat olib borib hozirgi kunda pensiyadagi 51 nafar ishchi xodimlarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida moddiy yordam pullari berilib kelinmoqda.
Qolaversa ishchi xodimlarimizning nogiron farzandlaridan 11 nafari bazaviy hisoblash miqdorining 7 barobari miqdorida kombinatimiz tomonidan moddiy yordam berilgan.
Zavodda faoliyat olib borayotgan 2 nafar ishchi xodimlarimizning oila a’zolarining bemorligi sababli bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida kombinatimiz tomonidan moddiy yordam berildi.

E’tiboringiz uchun raxmat!




Download 32.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling