Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi"


Download 40 Kb.
Sana09.12.2022
Hajmi40 Kb.
#985322
Bog'liq
Taqriz
6-mavzu, 8787, Sardorga maqola, 4 мавзу матни1111 lotin, fizika ishchi, O`qitish materiallari 2021, МОИ педагог, Методист дастур, Махсус мак тарбиячи-платформа, 6 8 Uzluksiz kasbiy rivojlanish, mustaqil malaka oshirish va bilim, 1-mavzu test topshiriqlari, Innovative methods in teaching EFL, Adabiyot nomi, BADMINTON O`YINIDA VOLANNI O`YING KIRITISH VA QAYTARISH TEXNIKASINI, viktoriya

Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" kafedrasi matematika(nopedagog) qayta tayyorlov kurs tinglovchisi Norboyev Sarvarning “Maktab matematika darslarini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi bitiruv ishiga
TAQRIZ
Bitiruv ishining asosiy mazmuni umumta’lim maktab matematika fanini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanishni o’rganishga qaralgan.
Barkamol avlodni tarbiyalash, yetuk mutaxassisni tayyorlash muammolari ta’lim muassasalarida o’qitiladigan barcha fanlar, jumladan, matematika fanlarining maqsadi, mazmuni, strukturasi va vazifalarini qayta ko’rib chiqishni talab etadi. Fan-texnika taraqqiyotining yutuqlarini fanlar mazmuniga singdirish, o’qitish vositalarini takomillashtirish, bozor munosabatlariga o’tayotgan davlat va jamiyatning - kadrlarga bo’lgan talablari asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, samaradorligini oshirishga erishish uchun bu kabi vazifalarni amalga oshirishda har bir o’quv predmeti o’z xissasini qo’shishi kerak.
G’arb davlatlari olimlari taklif etgan matematika ta’limining yangi konsepsiyasiga ko’ra:
-matematika tayyor predmet sifatida emas, balki inson faoliyati sifatida qaralishi lozim;
-matematikani o’rganishga majburlash emas, uni qo’llash kerak;
-matematikani o’qitish g’oyalarni uzatish emas, qaytadan yangilikni ochish shaklida bo’lsin;
-borliq olam matematikaning ilovasi emas, balki g’oyalarning manbaiga aylansin;
-asosiy urg’u alohida olingan faktlarga emas, balki matematik g’oyalar orasidagi bog’lanishlarga berilishi kerak;
-mashqlar naboriga emas, kurs mazmunining boyligiga e’tibor berish lozim;
-matematikani o’rganishda muhimi ko’nikma emas, balki uni tushunishdir deb qad etgan.
Ish bitiruv ishiga qo`yilgan talablariga to`la javob beradi. Ish ma`lum kamchiliklardan holi emas. Ammo bu kamchiliklar ish sifatiga ta`sir qilmaydi va himoyaga tavsiya qilaman.

JizPI “Oliy matematika”
kafedrasi katta o’qituvchisi: Q.Azimov
Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" kafedrasi matematika(nopedagog) qayta tayyorlov kurs tinglovchisi Norboyev Sarvarning “Maktab matematika darslarini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi bitiruv ishiga
ILMIY XULOSASI
Matematika fani bo’yicha qayta tayyorlov kursi tinglovchisi Norboyev Sarvarning “Maktab matematika darslarini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi bitiruv ishi talab darajasida tayyorlangan bo’lib, ushbu bitiruv ishi, kirish, 2 ta bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’xatidan iborat bo’lib, uning tayyorlanish sifati talab darajasida.
Ilg’or xorijiy tajribalar muhim ahamiyatga ega va hali amalda tadbiq etilmagan sermahsul metodikalarni amalda tadbiq etilmagan tomonlari talaygina, ayniqsa uzluksiz ta’lim jarayonida uzviylashtirilgan dasturda keltirilgan tushunchalarni shakllantirishda o’quvchilarni malaka va ko’nikmalarni, mustaqil fikrlashini shakllantirish va rivojlantirish yo’llari, usullari ko’rilmagan.
Nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini, mustaqil fikrlashini shakllantirish rivojlantirish matematik, metodik bilim asoslarining yagona ko’rinishda shakllantirish xamda uzluksiz ta’limda matematik ta’limning uzviyligi va ketma-ketligi, uning amaliy va tadbiqiy mazmunlarini kuchaytirish lozim yekanligi kelib chiqadi.
Yuqoridagi sanab o’tilgan holatlar o’quvchilarning malaka va ko’nikmalarini mustaqil fikrlashini shakllantirish va rivojlantirish asosiy didaktik yo’nalishini tashkil etadi va uni amalga oshirishning metodik yo’llarini ko’rsatib o’tadi, ularning barchasi ushbu bitiruv malakaviy ishida ko’rsatilgan va asoslab berilgan. Hususan Germaniya ta’lim tizimi umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi hozirgi mavjud holati tahlil qilinib, ulardagi bir nechta matematika darslarni namuna sifatida keltirdik.
Bitiruv malakaviy ishida uzluksiz ta’lim jarayonida o’quvchilar uzviylashtirilgan dastur asosida unda berilgan tushunchalarni zamonaviy texnologiyalar yordamida o’rganish, buning uchun maxsus amaliy mashg’ulotlar tashkil qilish va o’tkazish hamda uning tarkibiy qismi va mazmunini aniqlagan va ishlab chiqilgan. Maxsus amaliy mashg’ulotlar uchun misollar sistemasi tuzib o’rganib chiqildi.
Yiqoridagi keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, bitiruv ishi mavzusining yoritilishi jarayonida nazariy va amaliy jihatlari to’liq ochib berilgan. Bitiruv ishi mustaqil bajarilgan va ijodiy yondashilganligini ko’rishingiz mumkun, bitiruv ishi tayyorlanishida maqsad va natijalar mos qo’yilgan, maqsadga to’liq erishilgan, natijalar kiritilishida kamchilliklar bor, to’liq kiritilmagan. Nizom talablari asosida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan. Bitiruv ishi mavzusini o’qitish bo’yicha mavzuga mos pedagogik texnologiyadan foydalanish ko’rsatib o’tilgan, lekin axborot texnologiyalaridan unimli foydalanish talab darajasida emas. Ish xulosalangan, ishning bajarilishidan kelib chiqib tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ishda mavzuga oid adabiyotlar va internet resurslaridan foydalanilgan.
Bitiruv ishini yozilishi va mazmuniga ko’ra yaxshi ball bilan baholansa bo’ladi va yakuniy attestasiya himoyasiga tavsiya etaman.


Ilmiy rahbar: D.Norbekov
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling