Jizzax viloyat xalq


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/17
Sana11.11.2021
Hajmi0.66 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Pressing

 — inglizcha so'z bo'lib, hujumchilarni shoshilinch fâoliyat va xato qilishga majbur 

qiladigan tig'iz, faol himoyadir. O'yinning oxirgi daqiqalarida ko'pincha jamoa bilan 

qo'llanadi. 

O'yin usullari (yoki o'yin texnikasi unsurlari)

 — basketbolchiga asosiy malakalar, o'yinda faol 

va samarali qatnashish imkonini beradi. Bunga uzatishlar, ushlash, olib yurish, tashlash, to'psiz 

va to'p bilan o'tishlar, sakrab qaytgan to'p uchun kurash, raqibni qo'riqlash va boshqalar 

kiradi. 

Probejka yoki to'p bilan yugurish.

 O'yinchi to'pni olib yurishni boshlab, to'pni qo'lidan 

chiqarmaguncha u o'ng oyog'ini poldan (maydondan) ko'tarishga haqi yo'q. O'yinchi harakatda 


 

to'pni olib qo'lida to'p bilan ikki qadamdan ortiq yurish qila olmaydi, bu yoki u vaziyatda 

qo’ldani bo’zish probejka sifatida qayd qilinadi va to'p boshqa jamoaga beriladi. 

O'tish 

— o'yinchining to'psiz va to'p bilan harakatlanishi. Chalishtirma o'tish deb, 

hujumchilarning guruhli o'zaro faoliyatiga aytiladi, bunda ikki o'yinchi har tomondan sherigi 

yonidan to'p bilan o'tadi. O'yinning taktik chizmasida o'yinchining harakat yo'li yoppasiga 

ingichka chiziqda belgilanadi. 

Raqib 

— raqib jamoa o'yinchisi. 

O'yinchining turishi — foydali turish, o'yin faoliyatiga eng yaxshi tayyorgarlikni ta'minlaydi. 

Taym-aut

 — inglizcha so'z bo'lib, musobaqa qo’ldasiga ko'ra jamoalar olishi mumkin boigan 

daqiqali tanaffusdir. 

Fint 

— inglizcha so'z bo'lib, aldamchi yoki chalg'ituvchi harakatdir. Fint o'yinchining harakat 

yo'lini ko'rsatuvchi ilonizi chiziq bilan belgilanadi. 

Fol 

— inglizcha so'z bo'lib, boshqa jamoa o'yinchisi bilan yaqinlashish paytidagi yo'l 

qo'yiladigan xato — itarish, urishdir. Follar savatga to'p tushirish ko'p karrali bo'lib, bunda 

xato bir yoki ko'proq jamoa o'yinchilari raqiblar bilan yaqinlashish paytida sodir etiladi; ikki 

tomonlama folda xato ikki qarama-qarshi jamoa o'yinchilari tomonidan bir-biriga nisbatan yo'l 

qo'yiladi; atayin fol ko'pincha savatga to'p tushirish xavfi paydo bo'lgan vaziyatda o'yinchilar 

tomonidan mo'ljallab amalga oshiriladi. Bunday follami o'yin vaziyatida amalga oshirilgan 

texnik foldan farqlash lozim. 

Jarima

 — atamasi „fol" so'zining sinonimi sifatida tez-tez ishlatiladi. 

Jarima tashlash

 — texnik xato uchun jazolashdir. Fol aniq-langach, u savatni zabt etishga 

xalaqit bergan himoyachiga nisbatan amalga oshiriladi ya'ni jarima tashlash chizig'iga turib 

to'p ikki marta savatga tashlanadi. Jarima tashJashni bajarish paytida hech kirn o'yinchiga 

xalaqit bermasligi keraq Har bir muvaffaqiyatli tashlangan jarima uchun jamoa bir ochko 

oladi. 

Dars yakuni (5 daqiqa) 

     Shundan so`ng o`quvchilar saflanadi, dars davomida faol bol`gan o`quvchilar baholanadi va 

rag`batlantiriladi (o`qituvchi tomonidan tayyorlangan medullar orqali).  Ularga uyga vazifalar 

beriladi va dars o`z vaqtida yakunlanadi. O`quvchilar maydonni saf tortib tark etadi.  

 

 

Ko`rib chiqdi: O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling