Jizzax viloyat xalq


Yuqoridagi harakatlar bilan yangi mavzu mustahkamlangach, o`quvchilarni


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana11.11.2021
Hajmi0.66 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
       Yuqoridagi harakatlar bilan yangi mavzu mustahkamlangach, o`quvchilarni 

organizmini tiklash uchun va ularni nazariy bilimlarini yanada rivojlantirish uchun 

ularga Basketbol o`yinining kelib chiqish tarixi, uning O`zbekistonda rivojlanish 

tarixi, texnikasi, taktikasi, o`yin qoidalari yozilgan tarqatma materiallarni beradi, ular 

uni uyda o`qib o`z bilimlarini yanada mustahkamlab boradi.  

Basketbolning paydo bo`lishi va rivojlanishi 

        Basketbol 1891 yilda AQSHning Massachusets shtatidagi Springfild kollejining 

jismoniy tarbiya o’qituvchisi Jeyms Neysmit tomonidan «kashf» etilgan. Bu o’yinni 

yaratishda Neysmit uzoq, vaqtlardan beri keng tarqalgan to’p bilan o’tkaziladigan oddiy 

o’yinlar daqidagi tarixiy ma’lumotlardan foydalangan deb taxmin qilish mumkin. 

     Kollejda o’tkaziladigan gimnastika darslarini jonlantirish haqida topshiriq olgan 

Jeyms Neysmit yopiq. xonalar uchun yangi o’yin o’ylab chiqadi. U balkon panjaralariga 

shaftoli solinadigan savatlardan ikkitasini osib suyadi. O’yinda qatnashuvchilar o’z 

raqiblarining savatlariga futbol to’pini tushirishlari lozim edi. O’yinga erkaklar bilan 

ayollar birgalikda  qatnashardilar. Neysmit taklif qilgan o’yin birinchi kundanoq. 

studentlar orasida katta qiziqish uyg’otdi. 

      Gimnastika gruppasida 18 kishi bo’lgani uchun, ular ikki komandaga bo’linib o’ynay 

boshladilar. Keyinchalik har bir komandadagi o’yinchilarning soni 7 va 5 tagacha 

kamaytirildi. 

      To’p savatga tashlanganligi uchun bu o’yin (basketbol» (basket — savat, bol — to’p) 

deb atala boshladi. 

      Keyingi yillarda basketbol o’yini asta-sekin o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan 

sport turiga aylandi. 

     1892 yilda Neysmit o’yin qoidalarining 13 moddasini to’zib chiq.di. 1892 yilda Jeyms 

Neysmit o’zining «Qoidalar kitobi»ni birinchi marta chop etdi. Bu kitobda to’pni yerga 


 

urib yurish mumkinligi haqida birinchi marta yozilgan edi. Shundan sung maxsus 

musoboqa o’tkazish boshlandi va bu qoidalar yildan yilga mukammalasha bordi. 

Masalan, 1893 yilda biriichi marta temir halqali to’rli savatlar paydo bo’ldi. Yana bir 

yildan so’ng to’pning aylana uzunliI 30—32 dyuym (76,2—81,3 sm)gacha ko’paytiriladi. 

1895 yilda 15 fut (5 m. 25 sm) masofadan bajariladigan jarima to’plari kiritildi. 

Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari 1894 yilda AQSh da e’lon  qilingan edi. 1895 yildan 

boshlab AQSHda basketbol bo’yicha  rasmiy musobaqalar o’tkazila boshlandi. O’yin 

yildan yilga rivojlana borib, uning texnikasi va taktikasi vujudga keldi. 1896 yildan 

boshlab to’pni  yerga urib yurishga ruhsat berildi. 

Basketbol avvaliga Amerikadan Sharg mamlakat lari — Yaponiya, Xitoy, Filippinga, 

undan Yevro pa mamlakatlari — Chexoslovakiya, Litva, Estoniya, Latviya, Italiya, 

Fransiyaga va nihoyat Janubiy Ame rikaning ayrim mamlakatglariga tarqaldi.  

Dunyodagi ko’pgina  mamlakatlarda basketbolning keng tarqalishi natijasida 1919—31 

yillarga kelib milliy basketbol federatsiyalari tashkil qilina boshlandi. 1932 yilning 18 

iyunida Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA ning tashkil qilinishi esa bu o’yinning 

yanada rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Argentina, Gretsiya, Italiya, Latviya, 

Portuga liya, Ruminiya, Shveytsarvya va Chexoslovakiya mamlakatlari Xalqaro 

basketbol federatsiyasiga birinchilar qatorida a’zo bo’lib kirdilar. O’yin butun dunyoga 

tezlik bilan kent tarqala  boshladi. 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling