Jizzax viloyati Jlzzax shahridagi 16-umumta’lim maktabining "Mehnat ta’limi" fani o’qituvchisi Rahimov Uyg’unning


Download 60 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi60 Kb.
#158159

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

Jizzax viloyati Jlzzax shahridagi 16-umumta’lim maktabining “Mehnat ta’limi” fani o’qituvchisi Rahimov Uyg’unning

DARS ISHLANMASI

Mavzu: Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish o’rni. Kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari.




Mashg’ulotning texnologik xaritasi va o’tkazilish ishlanmasi


Mavzu:

Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish o’rni. Kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari.

7- sinf “Elektrotexnika ishlari” yonalishi 3-chorak 57-58 mavzu.



Maqsad, vazifalar

Maqsad: O’quvchilarni kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish o’rni. Kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari bilan tanishtirish. Ish o’rnini tashkil etishni va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni o’rgatish. Kavsharlash ishlarini mustaqil bajarish ko’nikmalarini hosil qilish.

Vazifalar: Elektr montaj ishlariga nisbatan qiziqish o’yg’otadi, ularda mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni shakllantiradi va kengaytiradi.

O’quvchilarni mavzuga oid kasb-hunarlar bilan tanishtirish.



O’quv jarayonining mazmuni

O’quvchilar kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishni o’rganadilar. Ish o’rnini tashkil etishni va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni o’rganadilar.

Sohaga oid kasb- hunarlar bilan tanishadilar.



O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Suhbat, savol- javob, aqliy hujum, klaster, toza doska.

Shakl: Suhbat-munozara, amaliy mashg’ulot, kichik buruhlarda ishlash, hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.

Jihoz: Tarqatma materiallar, elektr montaj ishlari uchun asbob, uskuna va nateriallar, slaydlar.

Nazorat: Savol- javoblar, kuzatish.

Baholash: Rag’batlantirish, 5-balli tizim asosida baholash.

O’qituvchi'>Kutilayotgan natijalar

O’qituvchi:

Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar ning o’zlashtirishlariga erishadi. O’quvchilarning mashg’ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, kasb- hunarga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar jarayonida barcha o’quvchilarni baholashga erishadi.



Uyga vazifa

O’qituvchi: Mavzu bo’yicha qo’shimcha yangi ma’lumotlar to’plash. Mavzuga oid test , yarqatma materiallar tayyorlash va kelgusi darsjarayoniga tadbiq etish.

O’quvchi: Mavzu bo’yicha olgan bilim, ko’nikma va malakalarini amaliy nashg’ulot jarayonida qo’llash.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi: Yangi pedagogic texnologiyalarni o’zlashtirish, takomillashtirish va dars jarayoniga tadbiq etish.

O’quvchi: Elektr montaj sxemalarini tuzishni va kavsharlashni o’rganadi.Ijodiy qobiliyatini oshiradi.


Darsning borishi


Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism:

  1. salomlashish,

  2. davomatni aniqlash,

  3. o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish,

  4. guruhlarga bo’lish. Har bir guruh o’zlari nom tanlaydilar.

  5. Mashg’ulotning borishi haqida tushuncha berish.

Suhbat

10

2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’tilgan mavzu bo’yicha bahs- munozara tashkil qiladi. Mavzuga oid muammoli savollarni tarqatma material sifatida guruhlarga tarqatadi. Savollar ustida guruh a’zolari hamjihatlikda ishlaydilar. Bergan javoblariga qarab guruh a’zolari baholanadilar. To’liq berilmagan javoblar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi.

Bahs-munozara, savol-javob

10

3

Yangi mavzu bayoni: Mavzuning maqsadi, asosiy ma’no-mazmuni, qo’llaniladigan ish usullari o’quvchilarga tushuntirib beriladi.

Aqliy hujum, ko’rgazmalilik.

15

4

Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash: Guruhlarga klaster tuzish topshirig’I beriladi. Shu payti mavzuga oid savollar doskaga yoyilgan holda yozib qo’yiladi. Tayyorlangan klasterlar tekshirilib, yahshi ishlagan guruh rag’batlantiriladi. Doskadagi savollar birinma-keyin o’qib boriladi. Javobi topilgan savollar o’chirib boriladi.

Klaster,

Toza doska.



10

5

Amaliy mashg’ulot: O’quvchilar guruhlarda kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajaradilar.

Hamkorlikda ishlash,

Amaliy.


35

6

Uyga vazifa berish, darsni yakunlash

Mustaqil bajarishni o’rganish. Toza doska metodidadoskada qolgan savolga javob topib kelish.



Og’zaki muloqot

10


Yangi mavzu bayoni
Kavsharlash. Bu texnologiya boshqa metal va qotishmalar yordamida metal buyumlarni bir-biriga ulashdan iborat. Bunda faqat qotishma eritiladi, ulanadigan joylar esa faqat isitiladi.

Kavsharlanayotgan yuzalarni okis va ifloslardan tozalash uchun hamda yangi paydo bo’ladigan keraksiz moddalardan himoyalash uchun flyuslardan foydalaniladi. Ko’pincha flyuslar kislota asosida tayyorlangani uchun ishlovdan keyin neyitralashtirish kerak. Apparatlar, elektrosxemalarda faqat konifoldan foydalanish mumkin, chunki u kimyoviy neytral modda hisoblanadi. Quyidagi jadvalda maktab sharoitida ishlatish mumkin bo’lgan flyuslar keltirilgan.




NOMI

KO’RINISHI

QO’LLANILISHI

10% HCL eritmasi

Suyuqlik

Rux va ruxlangan po’lat

Rux xlorid ZnCL

Suyuqlik

Po’lat, mis, mis qotishmalari

Ammoniy xlorid

Kukun

Po’lat va mis

Kanifol

Bo’laklar

Mis, mis qotishmalari

15% rux xloridi

85% vazelin



Pasta

Mis, latun

Stearin

Bo’laklar

Qo’rg’oshin

Yumshoq pripoy bilan kavsharlash uchun asosiy asbob kavsharlagich(payalnik) hisoblanadi. Elektr kavsharlagich ish paytida doim bir hil temperaturani ushlab turadi. Kavsharlash uchun ajratilgan joyda albatta o’tga chidamli (azbest, getinaks) material asos sifatida ishlatilishi kerak.

Kavsharlagichni ish paytida qo’yadigan moslama bo’lishi kerak.

Kavsharlash protsesi uch operatsiyadan iborat: detalni tayyorlash, kavsharlash va ishlov berish.

Sifatli kavsharlashning asosiy talabi bu ulanayoygan yuzlarning tozaligiga va ularning bir- biriga nisbatan jips joylanishida. Shuning uchun kavsharlashdan oldin ulanayotgan joylarni egov yoki qumqog’oz nilan tozalab olish kerak.

Ulanishning sifatli bo’lishi uchun ulanadigan joylarga avval flyus yotqiziladi va kavsharlagichning uchidagi erigan pripoy asta sekin yotqiziladi va to qotgunicha qisib qimirlatmay ushlab turiladi.

Detallarni bir-biriga tekkazib ushlab turish uchun ploskogubsi, pinsetlardan foydalanish mumkin.

Kislotali flyus bilan kavsharlangandan keyin, ulangan joyini soda eritmasi bilan yuvib, keyin kran suvi ostida yuvilishi lozim.


Mustahkamlash uchun savollar:


  1. Kavsharlash deb nimaga aytiladi ?

  2. Elektr montaj ishlarini bajarishda ish o’rni qanday tashkil etiladi ?

  3. Flyusalar vazifasi nimalardan iborat va ular qanday turlarga bo’linadi ?


Elektr montaj ishlarini bajarishdagi elektr xavfsizligi qoidalari:


  1. Elektr montaj ishlarida faqat soz asboblardan foydalanish zarur.

  2. Kavsharlash uchun ajratilgan joy o’tga chidamli materialdan bo’lishi shart.

  3. Kavsharlagichni ish paytida qo’yadigan moslama bo’lishi kerak.

  4. Kavsharlash ishi joyida mahalliy ventilatsiya bo’lishi shart.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling