Jo’rayev Bekzod


Download 0.67 Mb.
Sana25.02.2020
Hajmi0.67 Mb.

Jo’rayev Bekzod


YOQILG’ VA YONISH ASOSLARI

Reja:

1. Yoqilg‘i va uning xossalari

2. Yoqilg‘ining yonish jarayonlari

Yoqilg‘i va uning xossalari


Yonganda ko‘p miqdorda issiqlik chiqadigan, issiqlik olish uchun ishlatilishi maqsadga muvofiq hamda iqtisodiy jixatdan foydali bo‘lgan barcha moddalardan yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin

Hozirgi vaqtda yer yuzida ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan energiyaning 70% ni organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi hisobidan va faqat 30% gina suv, shamol, quyosh va atom energiyasidan foydalanish hisobidan olinadi.

Mamlakatimiz yoqilg‘i sanoati qariyb bir asrlik tarixga ega. Bu sanoat yer qa’rida topilgan va qazib olinayotgan ko‘mir, Neft, tabiiy gaz konlari negizida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Respublikamizda 159 (zaxirasi sanoat darajasida hisoblangan) neft-gaz koni ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro - Xiva geologik provintsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft’, neft, gaz-neft kondensatli turlari mavjud.

Organik yoqilg‘ilarning tasnifi.


Yoqilg‘i

Agregat xolati

Qattiq

Suyuq

Gaz

Tabiiy

Yog‘och,torf, qo‘ng‘ir va toshko‘mirlar, antratsit, slanetslar

Neft’

Tabiiy gaz

Sun’iy

Koks,

briketlar,

yog‘och ko‘miri,


Mazut,

kerosin,


benzin,

solyar moyi, gazoil



Koks gazi, domna gazi,

generator gazi, Neft gazi, propan, atsetilen



YOQILG’INI ASOSIY TURLARI

Ko’mir

Neft

Gaz

Torf

Yonuvchi slanets

Uran rudasi

Yog’och tayyorlash

Ko`mir

  • Ko`mir sanoati ko`mirni qazib olish (ayrim xollarda boyitish, briket qilish) va iste`molchiga yetkazib berishdan iborat. Asrimizning boshlaridan boshlab ko`mir insoniyatning yoqilg`iga bo`lgan extiyojini 70 foizini qondira boshladi (Hozir 20—25 foiz).
  • Ko`mir hozirgi paytda jahonda 60 mamlakatda qazib olinadi, ammo faqat 10 davlat (XXR, AQSH, Rossiya, Germaniya, JAR, Xindiston, Avstraliya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Polsha) yiliga 100 mln tonnadan ortiq ko`mir qazib oladi. Jahondagi eng yirik ko`mir xavzalari bo`lib, Appalachi (AQSH), Donetsk (Ukraina), Kuznetsk (Rossiya), Yuqori Sileziya (Polsha), Rur (Germaniya), Fushun (XXR) hisoblanadi. Ko`mirning 90 foizi qazib olinadigan davlatda ishlatiladi, faqat 10 foizigina eksport qilinadi. Ko`mir eksport qiladigan davlatlar AQSH va JAR hisoblanadi.

Qazib olinadigan ko`mir sifati jixatidan xilma-xil bo`lib, u ayrim rayonlarning geologik tuzilishi va ko`mir hosil bo`lish jarayonlarining turli bosqichlari bilan bog`liq. Toshko`mir bilan qo`ng`ir ko`mir bir-biridan farq qiladi. Qo`ngir ko`mirning toshko`mirga aylanishi uglerod miqdorining ko`payishiga bog`liq. Toshko`mir kokslanadigan va kokslanmaydigan bo`ladi. Donetsk, Kuznetsk, Appalachi, Rur, Fushun, Qarag`anda va Pechora xavzalari kokslanuvchi ko`mirga boy. Qo`ngir ko`mirda nam va ho`l miqdori ko`p bo`ladi, bu esa uning issiqlik berish hususiyatini kamaytirib yuboradi. Shuning uchun ulardan energetik yoqilg`i hamda kimyo sanoatida xom ashyo sifatida foydalaniladi.

  • Qazib olinadigan ko`mir sifati jixatidan xilma-xil bo`lib, u ayrim rayonlarning geologik tuzilishi va ko`mir hosil bo`lish jarayonlarining turli bosqichlari bilan bog`liq. Toshko`mir bilan qo`ng`ir ko`mir bir-biridan farq qiladi. Qo`ngir ko`mirning toshko`mirga aylanishi uglerod miqdorining ko`payishiga bog`liq. Toshko`mir kokslanadigan va kokslanmaydigan bo`ladi. Donetsk, Kuznetsk, Appalachi, Rur, Fushun, Qarag`anda va Pechora xavzalari kokslanuvchi ko`mirga boy. Qo`ngir ko`mirda nam va ho`l miqdori ko`p bo`ladi, bu esa uning issiqlik berish hususiyatini kamaytirib yuboradi. Shuning uchun ulardan energetik yoqilg`i hamda kimyo sanoatida xom ashyo sifatida foydalaniladi.

Neft

  • Ushbu sanoat tarmog`i XX asrning o`rtalaridan boshlab jahon energetika sanoatida yetakchi o`rinni eg`allab kelmoqda. Neft xalq xo`jaligida g`oyat muhim ahamiyatga ega.
  • Undan yoqilg`ining turli xillari, ko`p miqdorda kimyo maxsulotlari, surkov moylari olinadi. Ichki yonish dvigatellari bug` mashinalarini siqib chiqara boshlagandan keyin, benzin, kerosin hamda boshqa neft maxsulotlari ishlab chiqarila boshlangandan keyin, shuningdek bu maxsulotlar motor va reaktiv yoqilg`i sifatida qo`llaniladigan bo`lgandan keyin neftning yoqilg`i sifatidagi ahamiyati nixoyatda ortib ketdi. Neft maxsulotlaridan kimyo sanoatining turli tarmoqlari uchun, ayniqsa organik sintez uchun foydalanish katta ahamiyatga ega bo`lib qoldi.
  • Neft xom ashyo xolida ishlatilmaydi, qayta ishlash natijasida, undan turli xil yoqilg`i va yangi kimyoviy mahsulotlar olinadi. Neftni qayta ishlashdan chiqqan moy elektrostantsiyalarda yoqilg`i sifatida ishlatiladi. Neftni qazib olish ko`mirni qazib olishdan o`rta hisobda 4 barobar arzon tushadi. Xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida neftdan foydalanish juda ko`p mablag`ni tejashga imkon beradi.

100 mln t dan ortiq neft qazib oladigan davlatlar

Rossiya

AQSH

Saudiya Arabistoni

Meksika

Buyuk Britaniya

Eron

Xitoy

Gaz

  • Sanoatning bu tarmog`i asosan XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlana boshladi. Tabiiy gaz hozir jahonda 60 dan ortiq davlatlarda qazib olinadi. Ammo yiliga 50 mlrd m3 gaz qazib oladigan davlatlar faqat Rossiya, AQSH, Niderlandiya va Kanada hisoblanadi. Gaz sanoatining asosiy hususiyati shundan iboratki, u qazib olingan davlatda ishlatiladi, ya`ni kam eksport qilinadi.
  • Gaz sanoati gazni qazib olish, qayta ishlash va uni iste`molchiga yetkazish tarmoqlaridan iborat.
  • Gaz yoqilg`ining eng arzon turi. Gaz sanoatda ham, aholining ro`zg`orida ham ishlatiladi. Gaz tutun chiqarmaydigan yoqilg`i, u batamom yonib tugaydi va atmosferani iflos qiladigan chiqindilar ajratib chiqarmaydi. Gaz qazib olish tan narxi ko`mir tan narxidan 10—12 marta pastdir. Ayni vaqtda, gaz arzon kimyo xom ashyosi hisoblanadi. Gaz iste`molchilarga quvurlar orqali yoki suyultirilgan holda jo`natiladi.

Yiliga 50 mlrd m

gaz qazib



oladigan davlatlar

Rossiya

AQSH

Niderlandiya

Kanada

3

Torf sanoati

  • Torf qazib olish, uni qayta ishlash va iste`molchiga yetkazib berishdan iborat. Torf o`simliklarni chala parchalanishi natijasida botqoqlarda kislorod miqdori kam bo`lgan sharoitda hosil bo`ladigan tog` jinsi. Tabiiy holda juda katta namlikka ega (88—94 foiz). Torf konlari asosan tekisliklarda ko`proq tarqalgan. Torf yoqilg`i maqsadlarida, qishloq xo`jaligida, qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Kelajakda kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatish ko`zda tutilmoqda.
  • Jahondagi torf konlari zaxiralarining 2/3 qismi Rossiyaga to`g`ri keladi (138 mlrd tonna quruq torf) va asosan igna bargli o`rmonlar xududida tarqalgan. Torf konlari zaxirasining qolgan 1/3 qismi Skandinaviya davlatlariga, Polsha, Germaniya, Irlandiya, Kanada, Indoneziya, Estoniya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlarga to`gri keladi.
  • Torfning issiqlik berish koeffisienti 3000—4000 kaloriya. Agar torfni koksga aylantirilsa, yoki undan briketlar tayyorlansa, yoqilg`ining sifati oshadi. Uni gazga aylantirish ham mumkin. Torfdan olinadigan gaz sanoatning metallurgiya, mashinasozlik, oynasozlik va boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Bir tonna torfdan olingan gaz 220 kg neftga tengdir.

Yonuvchi slanets sanoati

  • Ushbu sanoat slanetslarni qazib olish va ularni qayta ishlash tarmoqdaridan iborat.
  • Slanetslar tarkibida 60—70 foiz organik moddalar bo`lgan gilli yoki oxaktoshli tog` jinslaridir. Tez o`t oladi va tutab yonadi. Yonuvchi slanetslar tarkibida juda ko`p uchuvchan moddalar bor. Bu jixatdan ular qo`ng`ir ko`mir va xatto torfdan ustunlik qiladi. Shu sababdan ular gazlashtirish va kimyo sanoatida foydalanish uchun qo`laydir.
  • Slanetslardan zavod sharoitida xaydash yo`li bilan olinadigan smola va smolasimon suv, och rangli motor yoqilg`isi, surkov moylari, yog`ochni konservatsiya qilishda ishlatiladigan preparatlar, turli xil farmatsevtika maxsulotlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo`lib hisoblanadi. Ularni quruq xaydash natijasida hosil qilinadigan slanets gazining issiqlik berish hususiyati 3800—4000 kaloriya bo`lib, undan yoqilg`i sifatida foydalaniladi. Slanetslar yonishi natijasida hosil bo`ladigan ho`l qimmatli yopishtiruvchi modda bo`lib, undan sement, binokorlik g`ishti va issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Yonuvchi slanetslarning yirik konlari Estoniya, Rossiya, Xitoy, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Qozog`istonda joylashgan.

  • Yonuvchi slanetslarning yirik konlari Estoniya, Rossiya, Xitoy, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Qozog`istonda joylashgan.
  • Estoniya slanets sanoati mazkur davlatni gaz bilan ta`minlaydi. Bundan tashqari, Estoniyada yonuvchi slanetslardan qattiq yoqilg`i sifatida ham, undan suyuq yoqilg`i va gaz ishlab chiqarishda ham foydalaniladi.

Uran sanoati

  • Uran rudasini qazib olish va boyitish tarmoqlaridan iborat. Uran rudasi bu iqtisodiy jixatdan ajratib olish qulay bo`lgan miqdorda tarkibida uran va uran birikmalari bo`lgan tabiiy mineral agregatlardir. Tabiatda tarkibida urani bor 150 dan ortiq mineral bor. Yirik uran rudasi konlari Rossiyada, Chexiya va Slovakiyada, XXR, AQSH, Kanada, JAR, Avstraliya, Fransiya, Gabon va Zoirda joylashgan.
  • 1 kg uran 2,5 ming tonna ko`mir yonganda beradigan miqdorda issiqlik beradi. Uran miqdori rudaning tarkibida juda kam bo`lganligi uchun uran sanoati asosan xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi.

Yirik uran rudasi

konlari mavjud davlatlar

Rossiya

Chexiya

Slovakiya

XXR

AQSH

Kanada

JAR

Avstraliya

Fransiya

Zoir

Gabon
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling