Joriy Nazorat


Download 192.82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.12.2020
Hajmi192.82 Kb.
#160906
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi seminar joriy nazorat


Joriy Nazorat. 

Test 


1.C                                                     11.D 

2..C                                                     12.D 

3.B                                                      13D 

4.C                                                       14A 

5.C                                                       15C 

6.A                                                       16B 

7.A                                                       17E 

8.B                                                       18A 

9.A                                                       19E 

10.D                                                     20C 

2.SAVOLLAR  

1. Iqtisodiy ne‟mat”, “mahsulot”, “tovar” va “xizmat” tushunchalari mazmuni. 

 2. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari.  

3. Neoliberalizmning paydo bo„lishi va uning o„ziga xos xususiyati, belgilari.  

4. Ishlab chiqarish funksiyasi.  

5. Keyingi qo’shilgan omil unumdorligi  

6. Valter Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to’g’risida 

Javoblar: 

1.Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali 

yaratilgan ijtimoiy naflikdir. 

Iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish vositalari iqtisodiy ne'matlar deb ataladi. Ayrim ne'matlarni tabiat 

insoniyatga iste'molga tayyor holatda in'om etgan bo' lsa (masalan, suv, yovvoyi mevalar va hayvonlar), 

ayrimlarini ishlab chiqarish zarur bo' ladi. 

Mahsulot — iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-

buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi 

texnologiyalar, i.t. natijalari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, informatsion M.lar, adabiyot va sanʼat 

asarlari — intellektual M.lar yaratiladi.Xizmat koʻrsatish sohasida yaratiladigan va moddiy koʻrinishga ega 

boʻlmagan M.lar, odatda, moddiy-ashyo shakliga ega boʻlmaydi. Oʻziga xos xususiyati shundaki, uning 

foydali samarasini xizmatni yaratish, koʻrsatish jarayonlaridan ajratib boʻlmaydi. Mac, vrachlar, 

oʻqituvchilar xizmati M. oraliq va pirovard M.larga boʻlinadi. Oraliq M. — ishlab chikaruvchilardan ishlab 



chiqaruvchilarga sotiladigan M. boʻlib, ishlab chiqarishning keyingi bosqichlarida foydalanilishi bilan 

lirovard M.dan farq qiladi. Mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan va yalpi qiymati bozor 

narxlarida hisoblanganjami milliy iqtisodiyetning pirovard M.i yalpi ichki mahsulot (YAIM) ni tashkil qiladi 

2.

 



Davlat mulkini xususiylashtirish — davlatning oʻz ixtiyoridagi i. ch. vositalari, mol-mulk obʼyektlarini, 

korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va b.ni davlat tasarrufidan chiqarishi va 

fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi; 

davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga 

keltirish. D.m.x. davlat mulkini kelgusida shu mulk negizida xoʻjalik faoliyati yurituvchi va uning natijalari 

boʻyicha toʻliq mulkiy masʼuliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy subʼyektlarga turli shartlarda berish yoki 

sotish orqali amalga oshiriladi va mulk egasini oʻzgartirishni nazarda tutadi. 

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkni bepul berish, korxonani imtiyozli shartlarda 

sotish, aksiyalarni sotish, korxonalarni ijaraga berish, mayda korxonalarni kim-oshdi savdosida sotish va 

b. usullarda amalga oshiriladi. 

Tarixan D.m.x.ning oʻz tabiatiga koʻra tamomila farq qiladigan ikki turi shakllandi. Birinchi tur takror i.ch. 

mexanizmidagi oʻzgarishlar va 20-asrning 70-y.lari 2-yarmida sanoati rivojlangan mamlakatlar 

iqtisodiyotida davlat mulki va davlat tadbirkorligining oʻrni va ahamiyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq 

holda yuzaga keldi. 

Sanoati rivojlangan mamlakatlardagi xoʻjalikni boshqarish va iqtisodiyotda D.m.x. koʻrinishlari gʻoyaviy 

taʼsir, baʼzida esa rivojlangan mamlakatlarning yordam koʻrsatish shartlari bilan bogʻliqholda, toʻgʻridan-

toʻgʻri iqtisodiy bosimlar tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarga ham tarqaldi. 80— 90-y.larda 80 dan 

ortiq rivojlanayotgan mamlakatlarda D.m.x.ning turli dasturlari ishlab chiqildi. Bu mamlakatlarda 

xususiylashtirish jarayoni bozor raqobati muhiti amal qilgan xususiy sektor va xoʻjalik tizimida amalga 

oshirildi. 

Xususiylashtirishning ikkinchi turi jahon sotsialistik tizimi mamlakatlari (Markaziy va Sharqiy Yevropa, 

Xitoy, sobiq Ittifoq respublikalari)da 1989 y.dan boshlab amalga oshirila boshladi. 

Xoʻjalik yuritishning maʼmuriybuyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga asoslangan xoʻjalik yuritish 

tizimiga oʻtishda xususiylashtirish alohida oʻrin tutadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi aynan 

xususiy mulk iqtisodiy usishni ijtimoiy larzalarga yoʻl qoʻymay taʼminlashini tasdiqlaydi. 

U yoki bu mamlakatdagi xususiylashtirish miqyosi ilgari xususiy sektorni milliylashtirish qay darajada 

qoʻllanilganiga bogʻliq. Milliylashtirish usuli qisman oʻtkazilgan mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, 

Yaponiya) xususiylashtirish koʻrinishlari kam uchraydi. Milliylashtirish jarayoni uzok, vaqt davom etgan 

mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Fransiya) esa D.m.x. keng koʻlamda amalga oshirilmoqda. 

Xususiylashtirishning peshqadami boʻlgan Buyuk Britaniyada D.m.x.ning aksiyalarni tekin taqsimlash va 

sotish; xizmat koʻrsatish uchun pudratlar; davlat uy-joylarini kvartirani ijaraga oluvchilarga sotish; 

raqobatni rivojlantirish maqsadida davlat monopoliyalaridan voz kechish kabi usullari qoʻllanildi. Jahon 

tajribasi davlat mulkini va uning vazifalarini toʻliq yoki qisman xususiy sektorga oʻtkazishning 22 usuli 

borligini koʻrsatadi. Xususiylashtirish — uzok, muddatli jarayon. U Yaponiyada 10 yil, Gʻarbiy Yevropada 

10—15 yil davom etadi. 


Bozor islohotlariga oʻtishning Oʻzbekiston modeliga koʻra mamlakat va xalqning iqtisodiy, ijtimoiy, 

maʼnaviy, madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda koʻp ukladli iqtisodiyotni yaratish va 

xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shunga koʻra 

Oʻzbekistonda, birinchidan, davlat mulki mulkning yangi egasiga faqat sotish nuli bilan berilishi mumkin. 

Bu mulk obʼyektlarining toʻgʻri taqsimlanishi va ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi. Ikkinchidan, 

D.m.x.ning maxsus dasturi ishlab chiqilgan va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususiylashtirish 

boʻyicha barcha ishlar izchil, bir tizimda olib boriladi. Mulkka munosabatdagi uzgarishlar jarayoni har yili 

OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirishning davlat dasturi va tarmoq, 

mintaqa dasturlari asosida amalga oshiriladi. Uchinchidan, xususiylashtirish muammolari yirik boshqaruv 

va i.ch. tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, ularning tarkibidan savdo obʼyektlari va xizmat koʻrsatish 

sohalarini ajratib olish, shuningdek, muqobil raqobatchi i.ch. korxonalarini yaratish yoʻli bilan birga hal 

etiladi. 

Oʻzbekistonda xususiylashtirish bir necha bosqichda oʻtkazilmoqda. Birinchi bosqichda (1992—93) 

"kichik xususiylashtirish" amalga oshirildi. Bu davrda uy-joy, savdo va umumiy ovqatlanish, aholiga 

maishiy xizmat koʻrsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiylashtirildi (xususiy, oilaviy, jamoa, aksiyali). 

Kichik xususiylashtirish natijasida 21800 aksiyadorlik, 633 jamoa, 18184 xususiy, 661 ijara korxonalari va 

b.dan iborat 53902 turli mulk obʼyektlari vujudga keldi. Shuningdek, tayyorlov va kayta ishlash 

tarmoqlarida 25 ming obʼyekt yoki ular jami miqdorining 96,7% xususiylashtirildi. 1993 y.dan yengil, 

oziq-ovqat sanoatlari, transport va qurilish majmualarining oʻrta hamda yirik korxonalarini 

xususiylashtirish boshlandi. Q.x.dagi islohotlar natijasida dastlab 715 davlat xoʻjaligi davlat tasarrufidan 

chiqarildi, ular negizida 325 jamoa, 296 kooperativ, 90 ijara xoʻjaliklari vujudga keldi. Mavjud 

chorvachilik obʼyektlari, ayniqsa past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan fermalar asosida 735 yopiq 

turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish ishlari 

olib borildi (680 ming ga dan koʻproq maydon yoki sugʻoriladigan yerlarning 15% shaxsiy tomorqa va 

dehqon xoʻjaliklari ixtiyoriga berilgan). Shunday qilib, respublika iqtisodiyotida nodavlat sektori salmokli 

oʻringa ega boʻla bordi va 1993 y.da milliy daromadning 35% nodavlat sektori hissasiga toʻgʻri keldi. 1994 

y. 1 yanvargacha respublikada 1069414 kvartira xususiylashtirildi. Bu xususiylashtirilishi lozim boʻlgan 

kvartiralarning 98,98% ni tashkil etadi. Shu bilan "kichik xususiylashtirish" bosqichi tugallandi. 

1994—95 y.larda xususiylashtirishning 2-bosqichi amalga oshirildi. Bu davrda xalq xoʻjaligining barcha 

tarmoqlaridagi qonun yoʻli bilan cheklashlar qoʻyilmagan korxonalar — xalq xoʻjaligining bazaviy 

tarmoqlari boʻlgan mashinasozlik, yoqilgʻi-energetik korxonalari, sanoat, qurilish, transport, kommunal 

uy-joy xoʻjaligi, agrosanoat majmuining tayyorlov va qayta ishlash korxonalari va h.k. xususiylashtirildi. 

Xususan, "Oʻzbek-neftgaz" korporatsiyasi, energetika vazirligi, "Oʻzmashsanoat" assotsiatsiyalarining 

koʻplab obʼyektlari, shuningdek, transport korxonalari (avtobus va taksomotor parklari) davlat 

tasarrufidan chiqarildi. Bu bosqichda 5 ming korxona, jumladan xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida 900 

dan koʻproq oʻrta va yirik korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. 

1996 y.dan D.m.x.ning yangi — 3-bosqichi boshlandi. Bu bosqich eng yirik korxonalarni xususiylashtirish, 

tarmoqlar ichida institutsional oʻzgarishlar, yangicha xoʻjalik yuritish tuzilmalarini yaratish va b. nazarda 

tutadi (mas, Toshkent aviatsiya i.ch. birlashmasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi, 

tarmoqlarni boshqarishning yangi tizimi — xoldinglar tashkil etilmoqda). 

Oʻzbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha 

Davlat dasturiga muvofiq tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni xususiylashtirilgandan keyingi 



davrda katʼiy ishlashini taʼminlash choratadbirlari ishlab chiqilgan. Davlat tasarrufidan chiqarilgan 

korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi davrda qatʼiy ishlashi uchun maxsus investitsiya fondlari va 

banklar tashkil etilgan, xususiylashtirishdan kelgan mablagʻlar jamgʻarilib, ular xususiylashtirilgan 

korxonalarni rivojlantirish uchun sarflanmoqda. Davlatga tegishli aksiyalarga olingan dividendlar asosiy 

fondlarni yangilash va ularni texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilmoqda. 

Oʻzbekistonda aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va tadbirkorlarni 

qoʻllabquvvatlash, korxonalarni eksportbop va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaradigan qilib texnik 

jihozlashni taʼminlaydigan aniq yoʻnalishli xususiylashtirish amalga oshirilmoqda. Shu yoʻl bilan 

mamlakatning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy barqarorligini oshirish hamda davlat uchun tayanch boʻladigan 

mulkdorlar sinfini shakllantirish asosiy maqsad qilib qoʻyilgan. 

3. 3. Neoliberalizm- bu erkin raqobat mexanizmi bilan davlatning iqtisodiyotni tartibga solib turishni 

birga qo‘shib olib borish zarurligini asoslab berishga qaratilgan iqtisodiy nazariya va xo‘jalik amaliyotidagi 

zamonaviy yo‘nalishlardan biri.Neoliberalizmning xususiyatlari:Neoliberalizm bozor munosabatlari tizimi 

xo‘jalik yuritishning ancha samarali shakli ekanligi, u iqtisodiy rivojlanishi va o‘sishi uchun eng qulay 

shart- sharoit yaratib berishi to‘g‘risidagi qoidaga asoslanadi.  

Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanishi prin-siplaridan, iqtisodiyotda 

xususiy mulkning va nodalat xo‘jalik tuzilmalarining yetakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi. 

Neoliberallar davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi rolini futbolni boshqarib turadigan, lekin o‘yinda 

ishtirok etishga haqqi bo‘lmagan hakamga o‘xshatadi.Neoliberalizmning asosiy belgilari: 

bozor mexanizmi va erkin raqobat ustunligini e’tirof etgach, neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish 

va unga amal qilishni nazorat qilish bo‘yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvi mumkin  deb 

hisoblaydi.Zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashda iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining 

erkin amal qilishini qo‘llab –quvvatlaydi;Iqtisodiyotdagi monopol moyillik bilan kurash zarurligini asoslab 

beradi;O‘zini keynschilik va xo‘jalik hayotiga faol aralashuv prinsipiga asoslangan totalitarizmga qarshi 

raqib deb hisoblaydi. 

4.

 



Ishlab  chiqarish  funktsiyasi Ishlab  chiqarish  funksiyasi  qay darajada ishchi  boshiga kapital miqdori  k  

ni  ishchi  boshiga ishlab  chiqarish  miqdori  y=f(k)  ni  ifodalaydi.  Ishlab  chiqarish funktsiyasi qiyaligi kap

ital ishlab  chiqarishning  marginal mahsulotidir:  Agarr  k  bir  birlik  

tomonidan  ortsa,  MPK  taga  у ortadi. Ishlab chiqarish funktsiyasi  kapitali  marginal  

mahsulotni  ozayib  ko'rsatib,  к oshgani sayin tekis bo'ladi 

5.

 

Zaruriy mahsulot sof milliy mahsulotning muxim qismi bo'lib, bevosita ishchi va xizmatchilarga 

tegishlidir. Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi ya'ni qo'shimcha ish vaqtida yaratilgan 

qismi 

qo'shimcha mahsulot deyiladi.Bu qo'shimcha mahsulot tadbirkorlarga va mulqdorlarga hamda 

davlatta tegishlidir.zaruriy va qo'shimcha mahsulot jamiyat taraqqiyotining deyarli hamma bosqichlariga 

xosdir. Lekin ular o'rtasidagi nisbat turli davrlarda turlicha bo'ladi. Ibtidoiy jamoa tuzumining dastlabki 

davrida jamoadosh hamma kishilarning vaqti faqat zaruriy mahsulotni, ya'ni yashash uchun eng zarur 

mahsulotni topib yeyish bilan band bo'lgan. Keyinchalik, ya'ni bu tuzumning oxirlariga kelib, qisman 

mehnat unumdorligi oshib, zaruriy mahsulotdan ortiqcha, ya'ni qo'shimcha mahsulot paydo bo'lgan va 

uning ayrim kishilar tomonidan o'zlashtirilishi natijasida 

xususiy mulk paydo bo'lgan. 


Kishilik jamiyati taraqqiyotiniig quldorlik, feodalizm va kapitalizm deb atalmish bosqichlarida qo'shimcha 

mahsulotning mavjudliga haqida xech kim munozara qilmaydilar. 

Sobiq Sotsialistik jamiyatda ko'pgina iqtisodchilar qo'shimcha mahsulot faqat xususiy mulkchilik davriga 

xos deb tushunib, ijtimoiy mulk mavjud bo'lgan davrda u bo'lmaydi deb keldilar. Lekin ular korxonalar 

olayotgan foyda mahsulotning qaysi qismi ekanligini, davlat boshqaruvi, mudofaa, ta'lim, fan-madaniyat 

uchun mablag'lar qayerdan olinishini tushuntirib bera olmas edilar. 1965 yillardan keyingina zaruriy va 

qo'shimcha mahsulot iqtisodiy adabiyotlarda tushuntirila boshlandi. Hozir, bozor iqtisodiyotiga o'tish 

davrida ham bu tushunchani rad qiluvchi kishilar topiladi. 

Lekin bunday iqtisodchilarga mulkdorlar va tadbirkorlar olayotgan foyda, foiz, dividend daromadlari, 

davlat soliqlari, yer rentasi kabi pul ko'rinishidagi daromadlarning tub manbai nima, ular milliy mahsulot 

qaysi qismining taqsimotdagi harakat ko'rinishi? — deb so'rasangiz javob bera olmaydilar. Foyda va 

boshqa turli ko'rinishdagi daromadlar manbaini bilmaslik nima uchun tovarlarni ishlab chiqaruvchi 

korxonalar zarar ko'radi-yu, uni sotuvchilar foyda ko'radi degan savollarga ham javob berishda ojizlikka 

olib keladi. Ular iqgisodiy hodisa va jarayonlarning 

tub ildiziga tushunmaganlar

, balki uning yuzaki 

tomonlarini o'rganish bilangina cheklanib qolganlar. 

Qo'shimcha mahsulotni rad qilish o'rniga uning mazmunini, harakat shakllarini puxta o'rganib, yanada 

ko'paytirish va taqsimlanishini takomillashtirish yo'llarini qidirishga kuch sarflash maqsadga muvofiq 

hisoblanadi. 

Har bir korxonada, tarmoqda qo'shimcha mahsulotai ko'paytirshi asosan uch yo'l bilan ishlovchilar sonini 

ko'paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chegarasi o'zgarmagan holda zaruriy ish vaqgani kamaytirish 

evaziga qo'shimcha ish vaqtini ko'paytirish yo'li bilan amalga oshiriladi. 

Ish kunini uzaytirish yo'li bilan olingan qo'shimcha mahsulot absolut qo'shimcha mahsulot deb, ish kuni 

o'zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo'shimcha ish vaqitini ko'paytirish evaziga olishga 

qo'shimcha mahsulot esa nisbiy qo'shimcha mahsulot deb ataladi. 

Yil davomida olingai qo'shimcha mahsulotlar yigindisi qo'shimcha mahsulot massasi, uning zaruriy 

mahsulotga nisbati esa (foizda ifodalanishi) qo'shimcha mahsulot normasi dsb yuritiladi. 

Agar qo'shimcha mahsulot normasini m

1

 massasini m, zaruriy mahsulotni v bilan belgilasak qo'shimcha 



mahsulot normasi m

1

=\v 100% ko'rinishdagi formula bilan aniqlanadi. 

Qo'shimcha mahsulot bozor iqtisodiyoti va unga o'tish sharoitida qo'shimcha qiymat shaklida namoyon 

bo'ladi. Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo'lgan qo'shimcha qiymat sotilish jarayonida foydaga aylanadi. 

Foydadan davlat soliq sifatida, ssuda kapital egalari esa foiz sifatida, yer egalari renta sifatida o'z 

ulushlarini oladilar. 

Qolgan qismi esa tadbirkorlarning sof foydasi bo'lib, uning hisobidan o'zlarining iste'molini qondiradi, 

investitsiyani, turli sotsial yo'nalishdagi ishlarni amalga oshiradilar. Ko'rinib turibdiki, qo'shimcha 

mahsulotni ko'paytirish hyech kimga zarar bermaydi, aksincha jamiyat a'zolarining hammasi uchun 

manfaatlidir. 

Ma'lumki, qo'shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o'rtasida har doim ziddiyat va aloqadorlik bo'ladi. 

Ularning har ikkalasida ham butun xalq xo'jaligini rivojlantirish va jamiyat a'zolarining farovonligini 

oshirish maqsadlari yo'lida foydalaniladi. 



Lekin ularning sof milliy mahsulotdagi hissasi turli omillar ta'sirida, masalan, texnika 

taraqqiyotining 

rivojlanishi

, ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining o'zgarishi, mehnat unumdorlikning oshishi natijasida 

o'zgarib turadi. Mehnat unumdorligining o'sishi natijasida zaruriy mahsulotning absolut miqdori o'sgan 

holda sof milliy mahsulotdagi hissasi kamayib, qo'shimcha mahsulotning hissasi oshib boradi. 

 

6.

 



.XX asrning 30-yillari Germaniyada vujudga kelgan neoliberalizm yo‘nalishi asoschilaridan biri Valter 

Oyken hisoblanadi.Asosiy g‘oyalari :Xo‘jalik faoliyatining barcha turlari ikkita – markaziy boshqaruv yoki 

erkin bozor xo‘jaligitizimlarida amal qiladi.Xo‘jalik tizimlarining ikki turi tajribada hech qachon sof holda 

uchramaydi, ular muayyan sintezlashgan ko‘rinishda nomoyon bo‘ladi. 

Markazlashgan iqtisodiyotda ko‘rsatmalar yuqoridan beriladi, erkin bozor xo‘jaligida hech kim o‘z amrini 

o‘tkazmaydi; xalq qancha madaniylashgan bo‘lsa, u shuncha markazlashmagan iqtisodiyotni tanlaydi. 

Iqtisodiy siyosat sohsida ikki yo‘nalish – tartib siyosati va tartiblab turish siyosati ajratib ko‘rsatib 

beriladi: birinchisi iqtisodiy tartib va uning shakllarini shakllantiradi va takomillashtiradi, ikkinchisi 

iqtisodiy o‘sish va rivojlanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. 

Keys stady 

1.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 sentyabr kuni 2019−2021 yillarda mamlakatni 

innovatsion rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi"ni 

tasdiqladi.Mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan 

taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish — strategiyaning bosh 

maqsadi etib belgilandi.Bosh maqsadga erishishda strategiyaning asosiy vazifalari qatorida 

O‘zbekistonning 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or 

mamlakati qatoriga kirishiga erishish belgilandi. Ko‘plab ko‘rsatkichlarning mavjud emasligi va ishlar 

samarali muvofiqlashtirilmagani sababli mamlakatimiz so‘nggi yillarda nufuzli va obro‘li xalqaro 

tuzilmalar tomonidan tuziladigan Global innovatsion indeks reytingida ishtirok etmayapti 

Strategiyaning boshqa vazifalari:barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim 

tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini 

ta’minlash;ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini 

oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun 

ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish;innovatsiyalar, 

ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablag‘lar kiritilishini 

kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy 

etish;boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari 

faoliyatining samaradorligini oshirish;mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh 

bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sherikligini 

rivojlantirish;barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish.2019−2021 yillarda 

O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha 

komissiyaga bosh vazir Abdulla Aripov rahbar bo‘ldi. 

2. Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i muhim ahamiyatga ega. Chunki respublikamiz 

aholisining 48,4 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq 

rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham qishloq 


xo‘jaligi tarmog‘i sezilarli salmoqqa ega. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mamlakatimiz agrosanoat 

majmuasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning quyidagi ahamiyati mavjud: Birinchidan, u aholini oziq-ovqat 

mahsulotlari bilan ta'minlaydi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda mazkur tarmoqning 

o'ini beqiyosdir, chunki aholi iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari asosan qishloq xo'jaligi 

tarmog‘ida yetishtiriladi. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyoning 

asosiy qismini yetkazib beradi. Qishloq xo‘jaligi tarmog'ining rivojlanish darajasi sanoat ushbu 

sohalarining ishlab chiqarish miqdori va samaradorligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Mutaxassislaming 

hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlaming 40 foizini qishloq xo‘jalik 

xomashyosi tashkil qilsa, ushbu ko‘rsatkich qand ishlab chiqarish sanoatida 70 foizni, sut va yog‘ 

mahsulotlari ishlab chiqarishda esa 80 foizga yaqinni tashkil qiladi. Uchinchidan, qishloq xo‘jalik ishlab 

chiqarishi mamlakat og‘ir sanoatining rivojlanish sur'atiga va darajasiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Qishloq 

xo‘jaligi tarmog‘i yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste'mol 9 www.ziyouz.com kutubxonasi 

qilgani holda, qishloq xo‘jalik texnikalari va melioratsiya mashinalari ishlab chiqaruvchilar hamda qishloq 

xo'jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatadi. 

Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan moddiy xarajatlaming asosiy 

qismini sanoat tarmog‘i yetkazib beradigan ishlab chiqarish vositalari tashkil qiladi (YMM, ehtiyot 

qismlar, mineral o‘g‘it, omuxta yem va boshqalar). To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mehnat 

resurslarini ish bilan ta’minlashda ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 

50 foizga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi. Aholini ish bilan ta'minlash, ularning turmush 

farovonligini oshirish ko‘p jihatdan mazkur tarmoqda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming 

natijalariga bevosita bog‘liqdir. Bu tarmoqda 2000-yilda 3,7 mln. kishi band bo‘lgan bo'lib, u iqtisodiy 

faol aholining 38 foizini tashkil etgan. Keyingi yillarda qishloq xo'jaligida band bo‘lganlaming jami mehnat 

resurslaridagi salmog'i pasaygan bo‘lsada, ushbu tarmoq qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va ulaming 

turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Beshinchidan, qishloq xo‘jaligining 

mamlakat iqtisodiyotidagi roli yana shu bilan aniqlanadiki, u mamlakatning iqtisodiy salohiyatini belgilab 

bemvchi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarda ham sezilarli salmoqqa ega. Bu tarmoqda mamlakat yalpi ichki 

mahsulotining salmoqli qismi yaratiladi. 2010- yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 17,5 foizi 

qishloq xo‘jaligi tarmog'ida yaratilgan. Kelajakda boshqa tarmoqlar izchil rivojlanishi natijasida qishloq 

xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kamayishi mumkin. Lekin mamlakatimiz iqtisodiyotida 

mazkur tarmoqning o‘rni va ahamiyati sezilarli darajada qolaveradi 

3. Innovatsion rivojlanishning mohiyati va mazmunini o’rganishdan oldin “innovatsiya” iborasi to’g’risida 

tasavvur hosil qilish zarur. Ushbu tushuncha ingliz tilidan olingan bo’lib, “innovation”, ya’ni yangilik, 

yangilik kiritish degan ma’noni anglatadi. Innovatsiya - bu yangi texnologiyalarda mujassamlashgan yangi 

bilimlar, nou-xau, ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalarini qo’llash bilan bog’liq, shuningdek 

yuqori bozor salohiyatiga ega bo’lgan yangi vazifalarni bajara oladigan yangi mahsulotlar yaratish yoki 

destruktiv jarayonlarning salbiy oqibatlarini yo’kotish maqsadini o’z oldiga qo’ygan faoliyat yoki faoliyat 

natijasidir. Ya’ni,innovatsiyalarni g’oyalar, izlanishlar, ishlanmalar, yangi yoki mukammal ilmiy-texnik yoki 

ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar transformatsiyasining natijasi sifatida qarash mumkin. Demak, “innovatsiya” 

so’zi “yangilik” (“novatsiya”) va “yangilik kiritish” (innovatsiya) ma’nolarini anglatadi. Innovatsiyalar 

to’g’risidagi ilmiy qarashlar rivoji o’z tarixiga ega bo’lib, klassik, neoklassik maktab vakillari tomonidan 

izchil o’rganilgan. Klassik iqtisodiy maktab vakili, taniqli ingliz iqtisodchisi Adam Smit (1729–1790) 

iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish va talab bilan taklif o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash nafaqat 

bozor tizimi, balki narxlarni pasaytirish va sifatni yaxshilash orqali ortib borayotgan ehtiyojni qondirish 

bilan bir qatorda buni yangi texnologiyalarga o’tish, ya’ni innovatsiyalar yordamida samarali amalga 



oshiruvchi raqobat kapitalizmning tashkiliy mexanizmi bo’lib xizmat qilishini qayd etgan. Agar iqtisodiy 

o’sishni ta’minlashda korxonalar innovatsiyalardan iste’mol uchun kurash jarayonida amaliy omil sifatida 

foydalanayotganini hisobga olsak, Adam Smitning ushbu ta’limoti hozirgi kunda ham dolzarbligini saqlab 

turibdi. Innovatsion amaliyot ko’p ming yillardan buyon mavjud bo’lishiga qaramay, innovatsiyalarni 

ilmiy jihatdan maxsus o’rganish faqat XX asrda boshlandi. Rus iqtisodchisi N.D.Kondratev iqtisodiyotni 

yuksaltirishning innovatsion yo’li nazariyasini rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi. U innovatsiyalarni 

davriylikning sabablaridan biri sifatida qayd etgan. Amerikalik iqtisodchi va jamiyatshunos Yozef Alois 

SHumpeter Kondratev singari iqtisodiyotda innovatsiyalarning rolini oshirishga katta hissa qo’shgan. U 

o’zining ”Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” nomli asarida innovatsiyalarni iqtisodiyot va jamiyatni 

rivojlantirishning asosiy shartlari sifatida qaradi. Shumpeter “tadbirkorlikning innovatsion nazariya”sini 

yaratdi va iqtisodiy rivojlanishda novator-tadbirkorning rolini yuqori baholadi, “innovatsiya” atamasini 

1911 yilda ilmiy atamalar qatoriga kiritdi. U quyidagi beshta o’zgarishda tadbirkorlik ruhi bilan 

rag’batlantirilgan yangi fan-texnika omillari yig’indisini nazarda tutadi: 1. Yangi texnika, yangi texnologik 

jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor ta’minotini qo’llash. 2. Yangi xususiyatlarga ega 

mahsulotni joriy qilish. 3. Yangi xom ashyodan foydalanish. 4. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning 

moddiy-texnika ta’minotidagi o’zgarishlar. 5. Yangi sotish bozorlarining paydo bo’lishi. Demak, 

Shumpeterning fikriga ko’ra, tadbirkorlarning roli yangi tovarlar ishlab chiqarish va eski tovarlarni yangi 

uslubda ishlab chiqarish uchun ixtirolardan foydalanib, yangi xom ashyo va materiallar manbalari yoki 

yangi bozorlarni ochib hamda sohani qayta tashkil etgan holda ishlab chiqarishni isloh qilish va 

inqiloblashtirishdan iborat. O’sha davrda temir yo’llar qurilishi boshlanishi, elektr energiyasi ishlab 

chiqarish, avtomobilsozlik rivoji kabilar tadbirkorlarning yangiliklardan foyda olishga intilishiga yorqin 

misol bo’la oladi. 



Download 192.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling