2
KIRISH
Darhaqiqat aholi murakkab ijtimoiy, iqtisodiy tushunchadir, u bilan
ishlab chiqarish ,,boshdan oyoq‟‟ chambarchas bog‟liq. Shuni alohida qayd
etish lozimki, har bir davr aholisining ko„payishi va rivojlanishi shu davrning
ishlab chiqarish usuli va munosabatlariga, turmush darajasiga, yashash
sharoitlariga bevosita bog„liq bo„lgan. Jamiyat rivojlanishining birinchi bosqichida
yer yuzi bo„yicha aholining ko„payishi juda sekin kechgan.
Aholi sonining ko„payib borishida va joylashuvida qabilala joylashgan
maskanlarning tabiiy sharoitlari, suv resurslari, iqlim asosiy omil hisoblangan.
Turli tabiiy ofatlardan ba‟zi qabilalar qirilib ketgan. Tabiiy sharoiti inson
yashashi uchun qulay, suv resurslari mavjud hududlarda,Farg‟ona,chirchiq
Ohangaron,Surxon Sherobod vodiylari, Zarafshon, Xorazm vohalari
shuningdek daryolar bo‟ylarida insonlar qadimdan istiqomad qilib kelishgan
Hozirda ham bu hududlar aholi eng zich regionlar hisoblanadi. Mehnat
resurslarisiz ishlab chiqarish bo‟lmaydi,ishlab chiqarish esa aholi uchun kerak;
moddiy va manaviy boyliklarni yaratuvchisi ham, ularni istemolchisi ham ayni
ana shu aholidir. Xududning ishlab chiqarish majmuasi qanchilik to„la va
tugallangan bo„lsa ahnat resurslaridan shunchalik to„la foydalaniladi, aksincha,
ishlab chiqarish bir tomonlama rivojlangan bo„lsa, mehnat resurslaridan
foydalanishda kata kamchiliklar sodir bo„lishi mumkin.
Respublikamiz aholisini eng so‟ngi malumotlar asosida tahlil etish.
Aholining joylashish,tabiiy va mexanik harakatlarini sabab va oqibatlarini
o‟rganish,viloyatlar bo‟yicha aholining taqsimlanishini ularni milliy,jinsiy va
yosh tarkiblarini, shuningdek mehnat resurslari va ularni ish bilan taminlash
masalalarini o‟rganish va tahlil qilish. Ushbu mustaqil ishim O‟zbekiston
Respublikasi aholisiga ta‟luqli eng yangi malumotlardan foydalanganligim
sababli bu malumotlardan kollej va universitet talabalari, maktab o‟quvchilari,
shuningdek ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‟illanayotgan tadqiqotchilar
qo‟shimcha manba sifatida foydalanishlari mumkin.