Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart


Download 5.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana15.12.2019
Hajmi5.75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Nosirjon ULUQOV,

Namangan davlat universiteti professori,

filologiya fanlari doktori

LINGVISTIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

quyidagi ta’limiy va didaktik ahamiyatlarga ega bo‘ladi:

1. Nazariy bilimlar doirasini boyitish va kengaytirish-

ga xizmat qiladi. 

2. Nazariy bilimlarning amaliy jihatdan mustahkam-

lanishini ta’minlaydi.

3. Mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarining rivoj-

lanishiga asos bo‘ladi.

4. Mustaqil mutolaa qilish, ayrim masalalarni mus-

taqil o‘zlashtirishda qo‘shimcha manba vazifasini baja-

radi. 

5. So‘z boyligini orttiradi.



6.Terminlarning muqobillari, variantlari va sinonimla-

rini hamda tarixiy-etimologik manbalarini, mazmun-mo-

hiyatini mukammal o‘zlashtirish  imkonini beradi.

7.  Darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalaridagi  ayrim  bo‘sh-

liqlarni ilmiy jihatdan to‘ldiradi.

Maktablar uchun o‘quv lug‘atlari yaratish borasida 

mustaqillik yillarida samarali ishlar amalga oshirildi. 

So‘nggi yillarda umumta’lim maktablari uchun “Bolalar 

ensiklopediyasi”, T.Nafasov, V.Nafasovalarning “O‘zbek 

tilining talaffuzdosh so‘zlari o‘quv izohli lug‘ati” (T.: Yangi 

asr avlodi, 2007), “O‘zbek tili toponimlarining o‘quv izohli 

lug‘ati” (T.: Yangi asr avlodi, 2007), X.Norxo‘jayevaning 

“O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv lug‘ati” (T.: 

Yangi  asr  avlodi,  2009),  B.Mengliyev,  O.Boymatova, 

M.Xudoyberdiyevalarning “O‘zbek tili iboralari o‘quv 

lug‘ati”  (T.:Yangi  asr  avlodi,  2009),  B.Mengliyev, 

B.Bahriddinovalarning “O‘zbek tilining so‘z tarkibi 

 

o’quv lug‘ati” (T.: Yangi asr avlodi, 2009) kabi lug‘atlari 



yaratildi va ulardan amalda foydalanilmoqda. Galdagi 

vazifalardan biri xorijiy mamlakatlar tajribalariga 

tayangan holda oliy o‘quv yurti talabalari uchun ham turli 

o‘quv lug‘atlari, xususan, ensiklopedik va terminologik 

o‘quv lug‘atlari yaratish hisoblanadi. 

Masalan,  filolog  talabalar  uchun  jahon  tillari 

leksikografiyasi  an’analari  va  yuksak  tajribalardan 

foydalangan  holda  “Yosh  filolog”  ensiklopedik  o‘quv 

lug‘atini yaratish va uning mazmun-mundarijasini 

belgilashda quyidagilarga e’tibor qaratish mumkin: 

– O‘zbekiston Respublikasining til va adabiyot-

ni rivojlantirish borasidagi siyosati, jumladan, o‘zbek 

tilshunosligi va adabiyotshunosligining mustaqillik yil-

laridagi taraqqiyoti hamda yutuqlarini atroflicha yoritish;

– turkiyshunoslik, xususan, o‘zbek tilshunosligi va 

adabiyotshunosligining shakllanish manbalari hamda 

omillari tahlilini berish;

– tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid terminlar-

ning tarixiy-etimologik manbalari, ma’no mundarijasi

qo‘llanish xususiyatlarini  ochib berish; 

 –  jahon filologiyasi yutuqlari va uning turkologiya-

da, xususan, o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligi 

Metodik

tavsiya


veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

17

Metodik tavsiya

taraqqiyoti hamda takomilidagi o‘rni, ahamiyatiga keng 

o‘rin ajratish; 

– jahon adabiyoti, jumladan, o‘zbek shoir va yozuv-

chilarining ijodiy faoliyatini mukammal, muxtasar yori-

tish;


– tilshunos va adabiyotshunos olimlarning ilmiy faoli-

yati, soha taraqqiyotidagi xizmatlarini batafsil izohlash 

va boshqalar.

Albatta,  “Yosh  filolog”  ensiklopedik  o‘quv  lug‘ati 

o‘quv adabiyotlari sirasini boyitish barobarida yuqorida 

qayd etilgan vazifalarni bajarishda ham muhim manba 

bo‘ladi.

Ensiklopedik  va  lingvistik  lug‘atlar  bilan  ishlash 

masalasiga alohida e’tibor qaratish lingvistik 

kompetentlikni rivojlantirish omillaridan biridir. Oliy o‘quv 

yurtlari, ayniqsa, filologiya yo‘nalishi talabalarini nafaqat 

mutaxassislikka, balki boshqa fanlarga doir darslarda 

ham 12 jildlik “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” (T.:  

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000–2006), 5 jildlik 

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (T.: O‘zbekiston milliy 

ensiklopediyasi, 2006–2008), Shavkat Rahmatullayev 

tomonidan yaratilgan ilk “O‘zbek tilining etimologik 

lug‘ati” (T.: Universitet, 2000) kabi lug‘atlardan 

foydalanishi yaxshi samara beradi.  

Yozuv, imlo – ilmning yarmi, ya’ni  husnixat bilan im-

loviy va ishoraviy xatolarsiz yozish kishining mukammal 

ilmga ega ekanligidan darak berish barobarida lingvis-

tik kompetentligining asosiy belgisi hamdir. 

Yozma  nutq,  odatda,  imlo  qoidalariga  asoslanadi. 

Tildagi mavjud so‘zlar, iboralar, nomlar va boshqa 

birliklar hukumat tomonidan tasdiqlangan imlo qoidalari, 

ularga asoslanib  tuzilgan imlo lug‘atlari asosida yozilishi 

shart. Buni talabalarga uqtirish va o‘rgatish zarur.

Hozirda ikki – kirill va lotin alifbolariga asoslangan  

o‘zbek yozuvlari amalda qo‘llanmoqda. Kirill alifbosiga 

asoslangan o‘zbek yozuvini qo‘llashda 1956-yil 

7-aprelda tasdiqlangan “O‘zbek orfografiyasining asosiy 

qoidalari”ga, lotin alifbosiga asoslangan yangi o‘zbek 

yozuvida 1995-yil 24-avgustda tasdiqlangan ”O‘zbek 

tilining asosiy imlo qoidalari”ga amal qilinishi kerak.  

Matbuot, televideniye va ko‘cha reklama yozuvlarida 

kuzatilayotganidek, har ikki yozuvga oid imlo qoidalarini 

qorishtirish yaramaydi. Ular o‘z tamoyillari, qonun-

qoidalari bilan bir-biridan keskin farqlanadi.

To‘g‘ri, hozirga qadar  lotin alifbosiga asoslangan 

yangi o‘zbek yozuviga doir yirik imlo lug‘atiga ehtiyoj 

bor edi. Quvonch bilan aytish joizki, bu vazifa mutaxas-

sislar tomonidan uddalandi. 2013-yilda “Akademnashr” 

nashriyoti tomonidan filologiya fanlari doktori, professor 

N.Mahmudov tahriri ostida filologiya fanlari doktori, pro-

fessor  E.Begmatov  va  filologiya  fanlari  nomzodi,  kat-

ta ilmiy xodim A.Madvaliyev tomonidan tuzilgan yangi  

“O‘zbek tilining  imlo lug‘ati” kirill va lotin yozuvlarida 

alohida-alohida kitob holida nashr etildi.

O‘zbek tilining katta hajmdagi mazkur imlo lug‘atining 

har birida 85000 dan ortiq so‘z va so‘z shaklning to‘g‘ri 

imloviy shakli berilgan bo‘lib, ular so‘zlikining boyligi; 

imlosi qiyin va munozarali hozirga qadar turli sabablar 

bilan imlo lug‘atlariga kiritilmay kelinayotgan so‘zlar 

ham qamrab olinganligi; nashr etilgan va etilayotgan 

boshqa izohli, ensiklopedik, terminologik lug‘atlarning 

ijobiy imloviy tajribalari hisobga olinganligi; keyingi o‘ttiz 

yil davomida o‘zbek tili imlosi amaliyotida yuz bergan, 

ko‘pchilik tomonidan ma’qul deb topilayotgan ijobiy 

imloviy o‘zgarishlarga e’tibor berilganligi; mustaqillik 

davrida o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi so‘z va terminlar 

yozilish shaklini ilmiy-imloviy baholangani bilan 

ahamiyatga molikdir. 

Hozirda  oliy  o‘quv  yurtlari,  jumladan,  filologiya 

yo‘nalishi talabalarining imlo savodxonligi talab 

darajasida deb bo‘lmaydi. Ularning imlo savodxonligini 

ko‘tarishda ham imlo lug‘atlari bilan ishlash, hatto 

ko‘rsatilgan lug‘atni ularning dars stolida turadigan 

asosiy adabiyotlar darajasiga ko‘tarish kerak.

Lingvistik  kompetentlikning  yana  bir  qirrasi  notiqlik 

mahoratini egallashdir. 2000-yillarning boshida baka-

lavriatning “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika 

fani” bilim sohasi talabalari uchun “O‘qituvchi nutqi 

madaniyati” fani kiritildi. N.Mahmudov tomonidan ilk 

bor “O‘qituvchi nutqi madaniyati” nomli darslik yaratil-

di. Mazkur darslikda nutq madaniyatining nazariy va 

amaliy masalalari, xususan, nutq madaniyati, nutqning 

to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, boyligi, jo‘yaliligi, 

ifodaliligi sodda, ravon, ta’sirchan usulda bayon etilgan.

2

 



Biroq universitetlarda ana shu fanning o‘qitilishi uchun 

o‘quv soatlari ajratilmay qoldi. Bizningcha, bakalavri-

atning barcha pedagogika yo‘nalishlarida “Mutaxassis 

nutqi madaniyati” fanini o‘quv dasturiga kiritish va o‘qi-

tish lozim. Bu faqat va faqat ijobiy natija beradi. 

Har  qanday  nazariy  bilimlarning  mukammalligi 

amaliy mashg‘ulotlarga bog‘liq. Bizningcha, amaliy va 

seminar mashg‘ulotlarining DTS talablari darajasida 

o‘tilishi darslik hamda qo‘llanmalarga bog‘liq. Tayanch 

oliy o‘quv yurtlari tomonidan tayyorlangan namunaviy 

o‘quv dasturlarida amaliy va seminar mashg‘ulotlar 

uchun umumiy mavzular tavsiya etiladi, ammo ularning 

mazmun-mundarijasi ko‘rsatilmaydi, adabiyotlar 

ro‘yxatida amaliy va seminar mashg‘ulotlariga doir 

adabiyotlar deyarli kuzatilmaydi. Ta’kidlash joizki, 

so‘nggi  yillarda  oliy  o‘quv  yurtlarining  filologik  ta’lim 

yo‘nalishlari uchun viloyatlarda yaratilgan ayrim uslubiy 

qo‘llanmalarni e’tiborga olmaganda, amaliy va seminar 

mashg‘ulotlari uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalari 

yaratilgani  yo‘q.  Kelgusida  filologik  ta’lim  yo‘nalishlari 

uchun, ayniqsa, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Tilshunoslik 

nazariyasi” kabi mutaxassislik fanlaridan amaliy va 

seminar mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan maxsus o‘quv 

qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, eng 

yaxshilarini ko‘p nusxada nashr qilib, o‘quv jarayoniga 

joriy etish dolzarb vazifalardan biridir.

1

O‘.Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Т.: Sharq, 2009. 39-bet.



2

N.Mahmudov. O‘qituvchi nutqi madaniyati. Т.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi  nashriyoti, 2007. 180-

bet.


18

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



Metodik tavsiya

Ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashuvchi asosiy 

shakl va metodlar ichida o‘yin texnologiyasi muhim o‘rin 

tutadi.  “Pedagogik­ ta’lim­ vositalarining­ eng­ qadimiyla-



ridan bo‘lgan o‘yin hozirgi vaqtda o‘ziga xos rivojlanish 

davrini boshdan kechirmoqda. Bugungi kunda o‘yinga 

qiziqishning­ ortishi­ sababi­ nimada?­ Bir­ tomondan,­ bu­

pedagogik­nazariya­va­amaliyotning­taraqqiyoti,­muam-

moli ta’limning keng tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bosh-

qa jihatdan har tomonlama faol shaxsni shakllantirishga 

bo‘lgan­ijtimoiy­va­iqtisodiy­talabning­natijasidir”

1

Bolalarni darslik va o‘quv dasturidan chetga chiqma-

gan holda qanday qilib badiiy asarni to‘liq o‘qib chi-

qishga undash (ko‘pincha vaqt tig‘iz bo‘lgan bugungi 

vaziyatda kitobning hajmi o‘quvchini cho‘chitadi), ular-

da so‘z san’atiga mehr, kitob o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish 

mumkin?  Mazkur  vaziyatda,  albatta,  avvalo,  mustaqil 

ta’limga murojaat qilinadi.

Maktab adabiyot ta’limida mutolaa mustaqil ishning 

eng maqbul va samarali shakllaridan biridir. An’anaviy 

ta’limda “sinfdan tashqari o‘qish” nomi bilan ushbu 

usuldan uzoq vaqt davomida foydalanib kelingan, bi roq 

u ko‘pincha nomigagina o‘tkazilgan, 5 balli baholash 

tizimida uning o‘rni sezilarli bo‘lmagan va unga qo‘yi-

ladigan talab ham shunga yarasha bo‘lgan. 

Mustaqil ta’lim jarayonini takomillashtirish, o‘quv-

chilar faolligini oshirish uchun unga yangi unsurlar 

qo‘shish, jumladan, o‘yin texnologiyalarini qo‘llash maq-

sadga  muvofiqdir.  Bu  jarayon 

ikki bosqichda tashkil 

etiladi. 



Birinchi bosqichda bilim darajasi va imkoni-

yatlaridan kelib chiqib, yuqori sinflarda o‘zbek adabiyoti 

namoyandalaridan ikkitasining asari sinfdan tashqari 

Shoira NORMATOVA,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘zbek va 

rus tillari kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

ADABIYOT DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O‘YIN 

TEXNOLOGIYALARI

o‘qish uchun topshiriladi. Masalan, Abdulla 

Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani va G‘afur 

G‘ulomning “Shum bola” qissasi. O‘quvchi 

odatdagidek, sinfdan tashqari mutolaa ta-

lablariga ko‘ra asarni to‘liq o‘qib chiqishi va 

tafsilotlari bilan so‘zlab berishi lozim. Bunda 

o‘quvchi ning so‘z boyligi, nutqining ravonli-

gi, badiiy asarni tushunish, badiiy so‘zni his 

qilish qobiliyati kabilar tekshiriladi. Albatta, 

o‘quv chi asarni mustaqil ravishda qay da-

rajada to‘liq o‘qigani va tushunganini sinfda 

30–40 ta o‘quv chi bo‘lgani holda bittalab 

so‘roqlash yo‘li bilan aniqlash ancha vaqt 

talab qiladi va buning imkoni yo‘q. Mutolaa 

sinovini boshqa usullar: asar asosida test 

o‘tkazish yoki insho asosida ham amalga 

oshirish mumkin. Bulardan tashqari o‘yin 

metodlaridan bahs (disput) texnologiyasi-

ni qo‘llash ham samarali natija beradi. Buning uchun 

muammoli savol o‘rtaga tashlanadi. Masalan, “Shum 

bola” qissasi qahramoni xarakteridagi ba’zi “qusurlar”, 

chunonchi, yolg‘onchilik (Sariboyni aldashi, Omonga 

yolg‘on gapirishi), “zararkunandalik” (eshakni so‘yib 

qo‘yishi),  shumlik  (Hoji  boboning  takyaxonasidagi 

“portlash”) kabilarga o‘quvchilar o‘z munosabatini bildi-

rishi  so‘raladi.  Yoki  “O‘tkan  kunlar”  romanida  Otabek 

xarakteridagi ba’zi ojizliklar (ota-ona orzusiga qarshi 

bora olmaslik, Zaynabga munosabati)ga e’tibor qarati-

ladi. Muammo shunday qo‘yilishi lozimki, asarni to‘liq 

o‘qimasdan uni hal qilish imkoni bo‘lmasin. 

O‘qituvchi bahsni tashkil qilishdan oldin yo‘l-yo‘riq 

ko‘rsatishi, bahs madaniyati shartlari: ortiqcha ehtiros-

ga berilmaslik, qarshi tomon nuqtayi nazarini hurmat 

qilish,  fikrni  dalillash,  asoslash,  detallarga  e’tibor  be-

rish, mantiqiylik zarurligini tushuntirishi lozim. Bahs 

darsi  shunday  tashkil  qilinganda  xilma-xil  fikrlar  ilgari 

suriladi, o‘quvchilarga o‘z qarashini bildirishi va himoya 

qilishi uchun to‘liq erkinlik beriladi. O‘qituvchi kuzatadi, 

tinglaydi, to‘g‘ri va noto‘g‘ri deb topgan nuqtayi nazarlar, 

nutqdagi yutuq va nuqsonlarni qayd qilib boradi. Bahs 

yakunida o‘z xulosasini aytadi. 

Bundan tashqari bahs mavzusi oldindan ma’lum 

qilinishi kerak. O‘quvchilarni asar personajlari xarak-

teri va qilmishlaridagi muammoli jihatlarni oqlovchilar, 

qoralovchilar hamda ekspertlarga bo‘lish ham mumkin. 

Har uchala tomon o‘z mulohazalarini bildiradi, dalillar, 

tafsilotlar, misollar, tahlillar yordamida qahramonning 

ma’lum vaziyatdagi harakatlarini qoralaydi yoki ularni 

xuddi  shunday  yo‘l  bilan  oqlaydi.  Ekspertlar  esa  (ular 



veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

19

Metodik tavsiya

3-4 kishidan ortmagani ma’qul, shuningdek, fanni yax-

shi bilishi bilan ajralib turuvchi o‘quvchilar bo‘lishi ke-

rak) har ikki tomonning qarashlariga munosabat bildi-

rib, qaysi tomonning fikrlari asosli ekanligini aniqlaydi. 

O‘qituvchi o‘zini xolis tutib, faqat kuzatuvchi rolida bo‘la-

di. Biroq pirovardida asosiy hukm – xulosa chiqarish va 

ekspertlar ishiga baho berish vazifasini o‘qituvchining 

o‘zi bajaradi. 

Ikkinchi bosqichda o‘yin texnologiyalari ko‘ri-

nishlaridan biri – teatrlashtirilgan sahna namoyishidan 

foydalanishni tavsiya etamiz. Sahnalashtirish – o‘qitish 

jarayoni uchun yangilik emas, zero, an’anaviy ta’limda 

ham mashhur asarlardan parchalar namoyish qilingan. 

Biroq mazkur usulga o‘quv-tarbiya vositasi deb emas, 

ko‘proq ko‘ngil ochish, ma’naviy-madaniy tadbirlar ba-

diiy qismining unsuri sifatida qaralgan. 

Zamonaviy ta’lim shakllaridan biri sifatida teatrlash-

tirish texnologiyasining maqsad va vazifa doirasi an-

cha kengayib, endilikda u o‘z oldiga didaktik, rivojlan-

tiruvchilik hamda tarbiyaviy maqsadlarni qo‘yadi, dars 

sifatini oshirish vositasiga aylanadi. U quyidagicha 

amalga oshiriladi: sinfda o‘quvchilar kichik guruhlar-

ga bo‘linadi (4–6 kishilik) va o‘qigan asarlari bo‘yicha 

istalgan lavhadan sahna ko‘rinishi tayyorlab, namoyish 

qiladi. Har bir jamoaga bu borada to‘la erkinlik berila-

di. Guruh ichida o‘quvchilar mustaqil ravishda epizodni 

tanlaydi, ssenariy tuzadi va rollarni taqsimlaydi. Ushbu 

jarayon tamo mila sir tutiladi va o‘qituvchining vazifasi 

o‘quvchilarga mustaqil ish xarakterini to‘g‘ri tushuntirish 

va yo‘naltirish, unga qo‘yiladigan talablar, baholash me-

zonlaridan xabardor qilish, shuningdek, maslahat be-

rishdan iborat bo‘ladi. 

Ssenariy muallifi, rol ijrochilari, texnik vositalar uchun 

javobgarlar tayinlanadi. Teatrlashtirish uchun lavha tan-

lashda tajribada ikki xil yondashuv kuzatildi. Birinchisi 

– asar asosida suratga olingan filmga tayanish, undagi 

aktyorlar ijrosiga taqlid qilish va eng mashhur epizod-

larni sahnalashtirish. Buning uchun ko‘pincha “O‘tkan 

kunlar”  filmidagi  “Kutilmagan  baxt”  bobi  talqini  yoki 

Kumushning turmush o‘rtog‘i va otasini ozod qilishi 

(filmning  birinchi  variantidagi  kitobdan  farqlanuvchi), 

“Shum bola”dan parcha sahnalashtirilganda esa qahra-

monning Sariboyni aldashi yoki tandirga tushib qolishi 

(filmdagi eng kulgiga boy lavhalar) epizodlari tanlanadi. 

Ikkinchi xil yondashuvda esa kutilmagan, ba’zan un-

cha e’tibor berilmagan epizodlarga murojaat qilinadi va 

mustaqil ravishda ssenariy yaratiladi. 

Har ikki usulning o‘z afzalliklari bor, masalan, tayyor 

namoyishga taqlidan sahna qo‘yilganda, aktyorlik 

mahoratini o‘rganish, personaj ruhiyatini berish, xat-

ti-harakatlar, dekoratsiya, liboslar tanlash bir qadar oson 

va silliq kechadi. Maktablarda sahna namoyishi paytida 

o‘quvchilarning mohir aktyorlarga taqlidida alohida iqti-

dorlarini namoyish qilgan paytlari ko‘p kuzatilgan. 

Mustaqil ravishda ssenariy yaratganda esa ijodiy 

fikrlash  va  o‘ziga  xos  yondashuv,  vaziyatni  o‘z  nigohi 

orqali tasavvur qilish, obrazlarni o‘zi tushunganicha 

talqin qilish, libos, voqelik modelini o‘zicha yaratish 

yetakchilik qiladi. Ikkinchi yo‘l, asosan, asarga tayanil-

gani uchun biroz mushkullik tug‘diradi, lekin amaliyotda 

u birinchisidan ko‘ra ko‘proq samara keltirgan holatlar 

ko‘p bo‘lgan. Notanish lavhani quyidagicha sahnalash-

tirish mumkin: bir o‘quvchi muallif nomidan so‘zlaydi, 

ya’ni vaziyatga izoh beradi, tomoshabinni sahnaga 

tayyorlaydi, rol ijrochilari esa to‘laligicha asar qahra-

monlaridek so‘zlaydi, harakat qiladi va bu adabiyot 

bilan birga til darslari uchun ham juda muhim. Avvalo, 

mazkur vaziyatda badiiy asar matni to‘liq saqlanadi, 

qolaversa, ijrochilar obrazni aktyorlarga taqlid qilishdan 

ko‘ra ko‘proq o‘z tasavvurlariga asosan gavdalantira-

di. Odatda, asarning asosiy g‘oyasidan chekinilmagan 

bu kabi ijodiy talqinlar tomoshabinda yaxshi taassurot 

qoldiradi. 

O‘qituvchi baholash mezonlari va rag‘batlantirish 

usullarini ham rejalashtirib qo‘yishi kerak. Buning uchun 

guruh ishi va uning ichidagi o‘quvchilarning alohida 

ishtiroki, faolligi, mahorati, ijodkorlik darajasiga beriladi-

gan baholar belgilab olinadi va e’lon qilinadi.

Mutolaa va sahna namoyishi quyidagi maqsadlarga 

xizmat qiladi:



1. Didaktik maqsad: adabiyot san’atning alohida 

o‘ziga xos turi ekanligi, obrazliligi, shartliligi, cheksiz 

imkoniyatlari xususida o‘quvchining tasavvuri boyiydi; u 

personaj, sujet, portret, peyzaj singari adabiyotshunos-

lik atamalari mohiyatini bilib oladi, uning so‘z boyligi 

ortadi, sinonimlar, iboralar, arxaik va tarixiy so‘zlarni 

tushu nish va to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasi shakllanadi.

2. Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda faol-

lik oshadi, o‘z ishiga sidqidildan kirishish, jamoaviylik, 

birdamlik, yaxshi ma’nodagi raqobat ruhi (boshqa gu-

ruhlardan qolishmaslik, sahnada qoyilmaqom rol ijro 

etish ishtiyoqi) uyg‘onadi. Bahs texnologiyasi ko‘magi-

da esa muammoga o‘z nuqtayi nazaridan qarash, mus-

taqil fikrlash, tanqidiy yondashish rivojlantiriladi. 

3.  Tarbiyaviy  maqsad: o‘quvchilarga o‘yin jaray-

onida insonga xos ezgu xislatlarni qadrlash, sevgi, 

vafodorlik, ota-onaga muhabbat, xalqparvarlik kabi his-

tuyg‘ular singdiriladi. Odamlarni e’zozlash, ular qalbini 

tushu nish, tuyg‘ularini hurmat qilish, hayotga muhabbat 

va uni qadr lash xislatlari shakllantiriladi. 

Keyingi paytda kitobga, mutolaaga qiziqishning 

susayganligi jiddiy xavotirlarga sabab bo‘layotgani, 

bu davlat siyosati darajasidagi muammoga aylangani 

barchaga ma’lum. Biz qo‘llagan o‘yin texnologiyalari 

o‘quvchilarda kitobga, badiiy asarga havas va muhab-

bat tuyg‘usini uyg‘otishda yaxshi samara beradi, deb 

o‘ylaymiz.

1

Михайленко  Т.М.  Игровые  технологии  как  вид  педагогических  технологий  //  Педагогика:  традиции  и  инновации: 



материа лы Междунар. науч. конф. (г. Челябинск, октябрь 2011 г.). Т. I. – Челябинск: Два комсомольца, 2011. С. 141.

20

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



Metodik tavsiya

Ta’limda muvaffaqiyatga erishish mamlakatni 

rivojlantirishda asosiy omil hisoblanadi, chunki bu 

jarayon yuqori malakali, keng bilim va tafakkurga ega 

mutaxassislarni  talab  etadi.  Innovatsiyalar  zamirida 

yetuk tafakkur va bilim yotadi. Shuni anglagan holda, 

avvalo, ta’lim tizimining o‘zini innovatsion yangilash 

maqsadga muvofiq.

Ta’limda innovatsiyalar quyidagi komponentlar bilan 

o‘zaro bog‘liq bo‘lib, o‘quv jarayonining samaradorligi 

aynan ular bilan belgilanadi: 

1. Multimediali o‘quv materiallari. Ular o‘quvchi-

ga zamonaviy kommunikatsiya vositalari yordamida 

yetkaziladi. Bunda o‘quvchi faqat fanga oid bilimlarnigi-

na o‘zlashtirib qolmasdan, balki o‘zining aqliy va ijodiy 

salohiyatini  ham  zamonaviy  hayot  faoliyatiga  muvofiq 

tarzda rivojlantirib boradi. 



2. Zamonaviy o‘qitish uslublari aqliy va ijodiy 

salohiyatni shakllantiruvchi faol metodlar bo‘lib, o‘quv-

chining darsni shunchaki passiv tarzda qabul qilishiga 

yo‘l qo‘ymaydi va qiziqtirish orqali o‘zaro hamkorlikda 

ishlash, birgalikda harakat qilishga o‘rgatadi, faollikka 

yo‘naltiradi. Bunday zamonaviy metodlarda qisqa vaqt 

ichida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshiruvchi, o‘quv-

chilarning to‘laqonli ishtirokini ta’minlovchi turli tex-

nologiyalardan foydalaniladi. 



Download 5.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling