Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart


“Olam mening nigohimda. O‘quv izohli


Download 5.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana15.12.2019
Hajmi5.75 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

“Olam mening nigohimda. O‘quv izohli 

lug‘at”  5–7-yoshli  bolalarga  mo‘ljallangan.  Unda  bolaning 

nutqida faol va kam ishlatiladigan leksik vositalar, ya’ni kiyim-

kechak nomlari, sabzavotlar, mevalar, uy hayvonlari, transport 

vositalari, o‘yinchoqlar va boshqa so‘zlar izohi berilib, u bola 

nutqining mukammallashib borishi – so‘z boyligini oshirish, 

nutqida barcha so‘z turkumlaridan foydalanish, o‘zbek tiliga 

mansub va boshqa tillardan o‘zlashgan, bevosita tanish, 

notanish so‘zlar ma’nosini tushunish va ulardan amalda o‘rinli 

foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish uchun xizmat qiladi.

Besh-yetti yoshli bolaning nutq boyligi u tarbiyalanayotgan 

ijtimoiy qurshov, kattalarning munosabati, tarbiyaviy 

ta’sirdan  kelib  chiqib  5-6  ming  atrofida  bo‘lishi  mumkin. 

Bola nutqida deyarli o‘ziga tanish bo‘lgan so‘zlarni ishlatadi. 

Biroq ko‘p ma’noli, shakldosh, ma’nodosh, zid ma’noli 

so‘zlar, shuningdek, o‘zlashma so‘zlar ma’nosini to‘la 

tushunavermaydi. Shu sababli uning birinchi izohli lug‘ati 

o‘z va o‘zlashma qatlamga mansub so‘zlarnigina qamrab 

oladi. Boshqa izohli lug‘atlardan ushbu so‘zlik sodda va 

tushunarliligi, qamrovi bilan farqlanadi. 

Mazkur lug‘atdan MTMda 



mutolaa va muloqot 

mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin. Mashg‘ulotning 

asosiy maqsadi ta’lim oluvchida tinglash (kattalar tomonidan 

bolaning yoshi, psixologik xususiyatlariga mos keladigan 

matnlar – she’r, ertak, hikoyani o‘qib eshittirish), eshitganini 

dialogik, monologik shakllarda qayta gapirib berish, notanish 

so‘zlar ma’nosini anglash, 



o‘zaro mulohaza, muhokama, 

munozara,  shuningdek,  o‘z  fikrini  muhofaza  qilishga 

o‘rgatishdan (muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirgan holda) 

iborat.

Bolaning shaxs sifatida kamolotga yetishi – psixik rivojla-



nishi,   ijtimoiy moslashishi, tafakkurining o‘sishida nutqning 

Bashorat BAHRIDDINOVA,

Qarshi DU o‘zbek tilshunosligi

kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

“OLAM MENING NIGOHIMDA”

benuqson, to‘g‘ri, ravon va boy bo‘lishi muhim ahamiyatga 

ega. So‘zamol, nutqi to‘g‘ri va ravon bolada yoshligidayoq 

mustaqil fikrlash, o‘rni kelganda o‘z fikrini himoya qila o lish, 

mulohaza yuritish qobiliyati shakllansa, nutqida nuqson 

bo‘lgan yoxud so‘z zaxirasi sayoz bolalarda, aksincha, tortin-

choqlik, odamovilik, fikrini erkin bayon qila olmaslik kabi sifat-

lar rivojlanadi.



 

“O‘zbek tilida to‘g‘ri gapirishga o‘rganamiz. To‘g‘ri 

talaffuz o‘quv lug‘ati”  5–7  yosh  atrofidagi  bolalar  nutqida 

uchraydigan, talaffuzida muammo tug‘dirishi mumkin bo‘lgan 

100 ga yaqin so‘zni qamrab oladi.

Bola nutqida metatezaning (nutqda tovushlarning o‘rin al-

mashinuvi) o‘ziga xos ko‘rinishlari kuzatiladi: dayro (daryo), 

aynalmoq (aylanmoq), o‘shxaydi (o‘xshaydi), dashxat 

(dahshat), cho‘pon (chopon) kabi. To‘g‘ri talaffuz o‘quv lug‘ati 

bolaning eshitish qobiliyati va nutq apparati artikulyatsiya-

si – til, lab, jag‘, tish harakatini rivojlantirish, tildagi barcha 

tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish, o‘z va o‘zlashma 

so‘zlarga urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ko‘nikmasini o‘stirish, shuning-

dek, madaniy nutq malakasini tarbiyalash – ovozni me’yor-

da ushlash, shoshmasdan ohista gapirish, mimika, qo‘l-oyoq 

harakatini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. 

Yosh  bolalar  nutqida  so‘z  qo‘llash  bilan  bog‘liq  xatolik 

ko‘p kuzatiladi. Ayniqsa, talaffuzi yaqin, o‘zi boshqa-boshqa 

so‘zlarni nutqda o‘rnini almashtirib qo‘llash, masalan, 

 

yondash-yondosh (Yaxshiga yondashmoq. Maktabga 



yondosh hovli),  archmoq-artmoq­ (kartoshkani­ archmoq,­

changni­ artmoq),­ qism-qisim,­ azim-azm,­ ariq-oriq,­ xol-hol,­

shoh-shox kabi paronimlar, variantdosh so‘zlar – dubletlar 

(boladek-boladay,­ajdaho-ajdarho,­podsho-podshoh,­kabutar-



kaptar,­ shabada-shabboda)ni ishlatishda muammoga 

duch keladi. Bu xatolikka bola nutqiy faoliyatining dastlabki 

davrlarida barham berilmasa, u katta bo‘lganda boshqa 

shakllarda rivojlanib boraveradi.

Maktabgacha ta’lim uchun yaratilayotgan 

“So‘zni to‘g‘ri 

qo‘llashga o‘rganamiz. O‘zbek tilining talaffuzdosh 

so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati” bilan ishlash bolaning uzluksiz 

ta’limning keyingi bo‘g‘inlarida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq 

uslubiy xatolikka yo‘l qo‘ymaslikka o‘rgatadi.

Umuman olganda, maktabgacha ta’limda muloqot 

madaniyati bilan bog‘liq mashg‘ulotlarni tashkil etishda 

me’yoriy o‘quv lug‘atlaridan foydalanish bola nutqida aytilishi 

va yozilishi bir xil bo‘lgan shakldosh so‘zlar ma’nosini  tushu-

nish (ot – hayvon, ot – harakat, ot – nom; o‘t – o‘simlik, o‘t – 

harakat), talaffuzi va yozilishi yaqin bo‘lgan so‘zlarni farqlash 

va o‘rnida qo‘llash (asir-asr,­yod-yot,­qarz-qars), ma’nodosh 

so‘zlardan muvofiqini ishlatish (yuz, bet, aft, bashara, chehra

bola nutqida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan fonetik, orfografik, 

grammatik va mantiqiy xatolarni bartaraf etishda muhim rol 

o‘ynaydi. Bolaning nutqiy akt jarayonida kommunikativ maq-

sad, vaziyat taqozosidan kelib chiqib, lug‘atida mavjud so‘z 

va jumlalardan mosini tanlay bilish, salomlashish, hol-ahvol, 

uzr so‘rash, xayrlashish kabi nutqiy odat undovlaridan foyda-

lanish, kelasi, hozirgi, o‘tgan zamon shakllarini to‘g‘ri qo‘llash 

(kecha­aytaman,­erta­berdim-ku) gap bo‘laklarining me’yoriy 

joylashuvi, morfologik vositalarni (-ni/-ning,­-ga/-da kabi keli-

shik shakllari) to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasi shakllanadi.

(Maktabgacha ta’lim uchun o‘quv lug‘atlari)

Qo‘shimcha

material


36

e-mail: til_adabiyot@umail.uz

Aruz vazni ming yillik mumtoz adabiyotimizda keng istifoda 

etilgan  she’r  tizimidir.  “Arab  filologiyasining  otasi”  Xalil  ibn 

Ahmad (715 – 786) tomonidan yaratilgan bu ta’limot keyinchalik 

fors-tojik va turkiy she’riyatning yetakchi she’riy o‘lchoviga 

aylandi. Forsiy aruz nazariyotchilari Shams Qays Roziyning 

“Al-mo‘jam”,  Nasiruddin  Tusiyning  “Me’yor  ul-ash’or”,  Sayfiy 

Buxoriyning  “Aruzi  Sayfiy”,  Atoulloh  Husayniyning  “Badoye’ 

us-sanoye”,  Abdurahmon  Jomiyning  “Risolai  aruz”,  turkiy 

tilda yaratilgan Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a”, 

Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, Zahiriddin Muhammad 

Boburning “Risolai aruz” asarlarida aruzning nazariy asoslari 

bayon qilinishi bilan birga mazkur ilmda san’at darajasiga 

ko‘tarilgan istilohlar borasida ham so‘z boradi. Ana shunday 

istilohlardan biri mutalavvun hodisasidir. Mutalavvun (talavvun, 

zulbuhur) arabcha so‘z bo‘lib, “rang-barang”, “turlanuvchi” 

ma’nolarini ifodalaydi. Istiloh sifatida she’rni bir necha vaznda 

o‘qish san’ati nazarda tutiladi. Bunga bayt tarkibidagi unlilarni 

cho‘zib yoki qisqa talaffuz etish, hijolarni ajratib yoki qo‘shib 

o‘qish orqali erishiladi. Ushbu san’at haqidagi nisbatan to‘liqroq 

ma’lumot Atoulloh Husayniyning “Badoye’ us-sanoye’” asarida 

keltirilgan. Asarda mazkur san’at talavvun deb nomlanib, uning 

zulbahrayn (baytni 2 xil bahrda o‘qish) va zulbuhur (baytni bir 

necha bahrlar doirasida o‘qish) kabi turlari keltiriladi. Xususan, 

olim zulbuhur haqida ma’lumot berib:

Rux-i tu lola-yi ahmar, xat-i tu sunbuli rayhon,

Tan-i tu g‘ayrat-i gulho, qad-i tu ravnaq-i bo‘ston, –

 

baytini keltiradi va uni uch bahr doirasiga solish uchun uch xil 



tarzda o‘qish zarurligini ta’kidlaydi: “Agar­bu­baytni­g‘oyatta­

yengil­ o‘qisalar,­ ramal-i­ maxbun-i­ musabbag‘­ bahridin­ ikki­

qatla fa’ilotun fa’ilotun fa’ilotun fa’iliyyon vaznida bo‘lur. Agar 

g‘oyatta­og‘ir­o‘qisalar,­hazaj-i­musabbag‘­bahridin­ikki­qatla­

mafo’iylun mafo’iylun mafo’iylun mafo’iylun vazni bo‘lur. Agar 

o‘rtacha,­ na­ g‘oyatta­ yengil-u­ va­ na­ g‘oyatta­ og‘ir­ o‘qisalar,­

mujtass-i­maxbun-i­musabbag‘­bahridin­ikki­qatla­mafo’iylun­

fa’ilotun­mafo’iylun­fa’iliyyon­vaznida­bo‘lur”

1

.

Ushbu parchada g‘oyatda yengil o‘qish deyilganda birinchi 



Dilnavoz YUSUPOVA,

filologiya fanlari nomzodi



MUMTOZ ADABIYOTDA MUTALAVVUN HODISASI VA RITMIK URG‘U 

ruknni ikki qisqa hijo bilan boshlash (qisqa hijo urg‘usiz 

o‘qiladi), g‘oyatda og‘ir o‘qish deyilganda faqat birinchi hijo 

qisqa, qolganlari cho‘ziq hamda o‘rtacha o‘qish deyilganda 

birinchi va uchinchi ruknning ikkinchi hijosini, ikkinchi va 

to‘rtinchi ruknning to‘rtinchi hijosini urg‘uli o‘qish nazarda 

tutilgan. Aynan shu tarzda o‘qilsagina uch xil bahr haqida fikr 

yuritish mumkin bo‘ladi. 

Rashididdin  Vatvotning  “Hadoyiq  us-sehr  fi  daqoyiq 

ush-she’r” asarida ma’lumot berilishicha, Ahmad Manshuriy 

Samarqandiyning “Kanz ul-g‘aroyib” (“Ajoyibotlar xazinasi”) 

asaridagi har bir baytni uch vaznda o‘qish mumkin. 

Shuningdek,  fors-tojik  klassiklari  Sa’diy  Sheroziy,  Hofiz 

Sheroziy,  Sayido  Nasafiy,  Abdurahmon  Jomiylarning  ba’zi 

g‘azallari ikki bahr doirasida yozilgan.

2

Mutalavvun hodisasi epik poeziya uchun ham xos bo‘lib, 



aruzshunos olim U.Toirovning ma’lumot berishicha, Kotibiy 

Turshiziyning “Majma’ ul-bahrayn” va Am’aq Buxoriyning 

“Yusuf  va  Zulayho”  dostonlarini  boshdan  oxiriga  qadar  ikki 

bahrda: ramali musaddasi mahzuf va sari’i musaddasi matviyi 



makshuf  vaznlarida o‘qish mumkin bo‘lgan, hatto mazkur 

dostonlarning ba’zi baytlari 3–4 vaznga ham solib o‘qilgan.

3

Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonini ham uning 



asosiy she’riy o‘lchovi – sari’i musaddasi matviyi makshuf 

vaznidan tashqari ramali musaddasi mahzuf vazniga solib 

o‘qish ham mumkin. Dostondagi ayrim o‘rinlar, xususan:

Mastliq uyqusi chu aylab hujum,

Borcha o‘lukdek o‘tib ul xayli shum...

Ochibon elga sitam abvobini,

Qilg‘ali paydo tarab asbobini, – 

baytlari ramali musaddasi mahzuf vazniga ham mos keladi.

4

 

Bobur ham “Risolai aruz” asarida mutalavvun san’ati 



haqida gapirib, o‘zining:

Qoshig‘a borg‘ali ko‘ngul o‘ziga kelmadi netay,

Yuzini ko‘rgali ko‘zum ko‘ziga ilmadi ul oy, –

baytini keltiradi va ushbu baytni aruz tizimidagi barcha 

bahrlarga moslab o‘qish mumkinligini aytadi.

5

 



Annotatsiya.  Mazkur maqola 

mumtoz adabiyotdagi mutalavvun 

hodisasi va ritmik urg‘uning o‘zaro 

munosabati masalasiga bag‘ishlangan. 

Mutalavvun hodisasining mohiyati, 

uning aruz ilmidagi o‘rni, ushbu san’at 

asosida yaratilgan asarlarga to‘xtalib, 

mutalavvunning urg‘u bilan bog‘liq 

hodisa ekanligiga diqqat qaratilgan. 

Maqolada leksik (so‘z) urg‘u va 

ritmik (rukn) urg‘ularning o‘zaro farqli 

tushunchaligi, aruziy matnda rukn 

urg‘usi ustuvorligi, mumtoz asarlar 

misolida dalillanadi. 

Kalit so‘zlar:  аruz,­ mutalavvun,­

zulbahrayn, zulbuhur, sari’i musaddasi 

matviyi makshuf, ramali musaddasi 

mahzuf, ramali musammani maxbun, 

leksik urg‘u, ritmik urg‘u, mutaqorib. 

Аннотация. Настоящая­статья­

посвящена­ взаимоотношению­ му-

талаввун­и­ритмического­ударения­

в­классической­литературе.­Автор­

уделяет­ особое­ внимание­ сути­

этого­явления,­его­месту­в­науке­об­

арузе­и­произведениям,­созданным­в­

этом­направлении.­Также­в­статье­

подчеркивается,­что­лексическое­и­

ритмическое­ударения­отличаются­

друг­от­друга:­ритмическое­ударе-

ние­доминирует­в­тексте­аруза.

Ключевые  слова:  аруз,­ мута-

лаввун,­ зулбехрейн,­ зулбухур,­ са-

риъи­ мусаддаси­ матвийи­ макшуф,­

рамали­ мусаддаси­ махзуф,­ рамали­

мусаммани­махбун,­лексическое­уда-

рение,­ ритмическое­ ударение,­ му-

такориб.­

Annotation. This article deals with 

the relationship between the phenome-

non of mutallavun and rhythmic stress 

in the classical literature. The author  

pays important attention to the essence 

of the phenomenon of mutallavun, its 

place in the science of aruz  and works 

created. In the article based on the clas-

sical literature stated that lexical (word) 

and rhythmic stress are differentiated 

concepts: rhythmic stress is dominant 

in the aruz text.

Key words:  аruz,­ mutalavun,­ zul-

bakhrayn, zulbukhur, sari’i musaddasi 

matviyi makshuf, ramali musaddasi 

makhzuf, ramali musammani makhbun, 

lexics stress, rhythmic stress, mutako-

rib. 

Tadqiqotlar



veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

37

Tadqiqotlar

Yuqorida  keltirilgan  fikrlar  mutalavvun  san’atining  urg‘u 

bilan bog‘liq hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Agar bu hodisaning 

aruz ilmi bilan bog‘liqligi nazarda tutilsa, aruz tizimining 

ham  urg‘u  asosidagi  ta’limot  ekanligi  oydinlashadi.  Chunki 

mutalavvun asosida yaratilgan bayt tarkibidagi hijolar urg‘u 

asosida o‘qilsagina bir necha vazn haqida fikr yuritish mumkin 

bo‘ladi. 

Shu o‘rinda aruziy matnda yetakchi bo‘lgan rukn urg‘usini 

so‘z (leksik) urg‘usidan farqlash zarurligini ta’kidlamoqchimiz. 

Ma’lumki, gap qurilishida har bir mustaqil so‘z urg‘u oladi va 

bu leksik urg‘u deb yuritiladi. Aruziy matnda esa misra birligi 

sifatida so‘z emas, rukn qabul qilinganligi uchun unda so‘z 

urg‘usi o‘z hukmronligini yo‘qotib, rukn urg‘usi yetakchi o‘ringa 

chiqadi, so‘z urg‘usi matndan tashqaridagina yetakchilik 

qiladi. Shunga ko‘ra baytda nechta rukn bo‘lsa, shuncha urg‘u 

bo‘ladi. Aruzdagi urg‘u faqat cho‘ziq hijo bilan bog‘liq, qisqa 

hijo hech qachon urg‘u olmaydi. 

Arab aruzi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan olim 

E.Talabovning  ishlarida  mutalavvun  hodisasiga  maxsus 

to‘xtalib o‘tilmagan bo‘lsa-da, aruz tizimida urg‘uning o‘rni 

bilan  bog‘liq  masalalar  tadqiq  qilingan.  Olimning  fikricha: 



“Arabiy­ aruzda­ bo‘g‘inlarning  miqdor munosabatlari bilan 

birga urg‘ularning, yana ham to‘g‘rirog‘i, urg‘uli bo‘g‘inlarning 

simmetriyasi­ mavjud­ va­ u­ ritm­ yaratishda­ belgilovchidir”

6

Ya’ni aruziy matnda urg‘u ritmni yaratishda muhim ahamiyat 

kasb etadi. Aynan shu xulosani aruzdan foydalanuvchi 

boshqa xalqlar, xususan, fors-tojik va turkiy adabiyot vakillari 

she’riyati haqida ham bildirish mumkin.

  “Aruziy­ matnda­ so‘z­ urg‘usi­ (leksik­ urg‘u)­ bilan­ ritm­



urg‘usi­(prosodik­urg‘u)­mutobiq­emas­–­ularda­o‘zaro­moslik­

yo‘q. Ahyonda uchrab turadigan mutobiqlik sof tasodifdir. 

Bayt­ tarkibidagi­ so‘z­ ruknlar­ tasarrufida­ o‘z­ shakl­ va­ urg‘u­

mustaqilligini batamom yo‘qotadi, u misradagi qolip va uning 

prosodik­ urg‘usi­ maromiga­ bo‘ysundiriladi­ –­ mahv­ etiladi”.­

(25-bet) 

Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidan olingan 

g‘azali matla’sini so‘z va rukn urg‘ulari asosida ko‘rib chiqsak. 

Dastavval so‘z urg‘usi olgan hijolarni belgilaymiz:

Mení mе́n istagа́n o‘z suhbatig‘а́ arjumа́nd etmа́s,

Mení istа́r kishiníng suhbatín ko‘nglum pisа́nd etmа́s.

Endi aynan shu baytni rukn urg‘usi asosida ko‘rib chiqamiz: 

Meni men ís/ tagan o‘z suh/batig‘a а́r/jumand etmа́s,

Meni istа́r/ kishining suh/batin ko‘nglum/ pisand etmа́s.

    

Qiyos:


Leksik urg‘uli hijolar:

1 misrada: 2, 3, 6, 7, 11, 14, 16.

2 misrada: 2, 4, 7, 10, 12, 14, 16.

Rukn urg‘usini olgan hijolar:

1 misrada: 4, 8, 12, 16.

2 misrada: 4, 8, 12, 16.

Ushbu misoldan ma’lum bo‘ladiki, leksik urg‘u asosida 

tahlil qilingan matnda rukn urg‘usi asosidagi matndan farqli 

ravishda hijolar orasida o‘zaro simmetriya yo‘q va ular tartibsiz 

joylashgan. Shu ma’noda aruziy matnda rukn urg‘usi yetakchi, 

degan fikr o‘z tasdig‘ini topyapti. Urg‘ular miqdorining tengligi 

va muayyan tartibga ega bo‘lishi esa o‘ziga xos ritmning 

vujudga kelishini ta’minlagan.           

Endi  Bobur  risolasida  keltirilgan,  mutalavvun  san’ati 

asosida yozilgan baytni tahlil qilamiz. Ushbu baytni rajaz 

bahrining rajazi musammani matviyi maxbun vazniga moslab 

o‘qisak, urg‘u quyidagi hijolarga tushadi:

Qо́shig‘a bor  | g‘ali ko‘ngul   | o‘́ziga kel  | madí netay,

Yuzini ko‘r  | gali ko‘zum    | kuziga  il  | madí ul oy,  

Muftailun mafоilun muftailun mafоilun 

Endi yana shu baytni ramal bahrining ramali musammani 

maxbun vazniga moslab o‘qib ko‘ramiz:     

Qoshig‘a bо́r  | g‘ali ko‘ngúl   |o‘ziga kе́l  |  madi netа́y

Yuzini ko‘r    | gali ko‘zum    | ko‘ziga  il  | madi ul о́y

     


 

Failotun failotun failotun failotun

Yuqoridagilardan  ko‘rinib  turibdiki,  bir  bayt  turli  bahrlar 

doirasida o‘qib ko‘rilganda, urg‘uning o‘rni o‘zgaradi. “Bahr 

tizimida biror o‘rinda hijolarning yangi munosabati yuzaga 

kelsa, u urg‘uga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin: urg‘u ko‘chadi, 

ritm  o‘zgaradi.  Va,  aksincha,  urg‘u  ko‘chirilsa,  hijolarda 

yangicha munosabat paydo bo‘ladi... yangi tarmoq, yangi 

bahr yaratiladi” (25-bet).

I.V.Stebleva  “Qutadg‘u  bilig”  vazni  va  O‘rxun  –  Enasoy 

yodgorliklaridagi misralar o‘lchovini solishtirish jarayonida 

Yusuf  Xos  Hojib  dostonidagi  she’riy  o‘lchov  –  mutaqorib 

bahrida urg‘ular quyidagi o‘rinlarda kelishini ta’kidlaydi: 

 

 

V – –́ |V – –́ | V – –́ | V –́ .



7

Ma’lumki, “Qutadg‘u bilig” dostonida qo‘llanilgan 

mutaqorib bahri asli fors-tojik adabiyoti, aniqrog‘i, 

Firdavsiyning “Shohnoma” dostonidan olingan. “Shohnoma” 

dostoni mavzusiga ko‘ra jangnoma doston hisoblanib, 

unda janglar tasviri salmoqli o‘rin egallaydi. Doston uchun 

tanlangan she’riy o‘lchov mazkur mavzuga har tomonlama 

mos bo‘lib, ruknlarning 3 hijodan tarkib topishi, bandlarning 

epik poeziyadagi boshqa she’riy o‘lchovlardan farqli o‘laroq 

musaddas emas, balki musamman ruknlardan iboratligi 

va yuqorida keltirilganidek, eng ko‘p rukn urg‘usiga egalilik 

(bir baytda 8 ta) ritmning shiddatli ohang kasb etishiga olib 

keldi, bu holat esa mutaqoribning jangnoma va qahramonlik 

yo‘nalishidagi dostonlar vazniga aylanishiga sabab bo‘ldi. 

“Aruz “jangnoma”larga maxsus ishlang‘an tayyor vazn 

“mutaqoribi musammani maqsur” vaznidir. Fors adabiyotida 

Rudaki(y)da boshlanib, Unsuri(y), Firdavsi(y), Nizomi(y) kabi 

bir ko‘b shoirlar jangnomalarni shu vaznda yozdilar. Bizning 

adabiyotda  ham,  masalan,  Navoiyning  “Iskandarnoma”sida 

bu vazn urush maydonlarig‘a munosib bir ohang beradir” 

8

.

Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, aruz tizimi urg‘u bilan 



bog‘liq she’riy o‘lchov bo‘lib, unda rukn urg‘usi yetakchilik 

qiladi va bunday urg‘u ritm yaratishga xizmat qilganligi uchun 

uni ritmik urg‘u deb atash mumkin. Mumtoz aruzshunoslikda

garchi urg‘u alohida hodisa sifatida ta’kidlanmagan bo‘lsa 

ham, mutalavvun hodisasining aruzga doir manbalarda qayd 

etilishi ritmik urg‘uning aruzshunoslik tarixida muayyan o‘ringa 

ega ekanligini va mumtoz aruzshunoslarimizning aruzni urg‘u 

bilan bog‘liq holda talqin qilganliklarini ko‘rsatadi.  

1

Atoulloh Husayniy. Badoye’ us-sanoye ∕ Forschadan A.Rustamov tarjimasi. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. 



87-bet.

2

Rashididdin Vatvot. Hadoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r. Dushanbe.: Irfon, 1987. 105-bet.



3

U.Toirov. Farhangi istilohoti aro‘zi Acham. Dushanbe.: Maorif, 1991. 285 – 286-betlar.

4

Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. TAT. 10 jildlik. 5-jild. T.: 2011. 225-bet.



5

Zahiriddin Muhammad Bobur. Muxtasar / Nashrga tayyorlovchi S.Hasanov. T.: Fan, 1971. 44-bet.

6

E.Talabov. Arab she’riyatida aruz tizimi: Filol. fan. dok. diss. …avtoref. Т., 2004. 28-bet. (Keyingi misollar ham shu manbadan olingan bo‘lib, 



sahifasi qavs ichida ko‘rsatilgan).

7

И.В.Стеблева. О проникновении арабо-персидских метров в тюркоязычную поэзию // Проблемы теории литературы и эстетики в 



странах Востока. М.: Наука, 1964. С. 301.

8

А.Fitrat. Muhammad Solih. Tanlangan asarlar. 2-jild. Т.: Ma’naviyat, 2000. 81-bet.



38

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



Tadqiqotlar

Atoqli ot semantikasi, ya’ni mazmun ko‘lami masalasi, 

olimlarning ta’kidlashlaricha, tilshunoslikdagi o‘ta murakkab 

masalalardan bo‘lib, tadqiqot ishlarida turlicha, hatto bir-birini 

rad etuvchi tushunchalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. 

Bir guruh olimlar atoqli otlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan, deb 

tasdiqlasa, boshqalari ularning ma’nosi to‘la mazmunga ega 

emas yoki turdosh nomlarga nisbatan boshqa informativ rejada 

yotadi, deb hisoblaydilar. Uchinchi guruh olimlar esa atoqli 

otlarda turdosh otlardagidan ham ko‘proq mazmun borligini 

qayd etadilar. Atoqli otlarning nominativ funksiyalari to‘g‘risida 

ham har xil fikrlarni uchratish mumkin. Masalan, «Языковая 

номинация  (Общие  вопросы)

1

» ilmiy ishlar to‘plamidan 



olingan  mana  bu  ikki  fikrni  qiyoslab  ko‘raylik:  «atoqli  otlar» 

predmetlarni  aslo  tavsiflamaydi,  ular  to‘g‘risida  haqiqiy  yoki 

soxta biror narsa aytmaydi, biroq ayni paytda, «atoqli ot yagona 

predmetga qaratilganligidan, uning mazmuni shu predmetda 

ajratib bo‘lmaydigan xossalarning hamma majmuasiga mos 

keladi». Yuqorida keltirilgan fikrlardan atoqli ot semantikasi va 

nominativ funksiyasi o‘rtasidagi o‘zaro nisbat o‘ta murakkab 

xarakterga ega bo‘lishini anglab olish mumkin. Bu masalani 

o‘rganishning boshqa imkonlari ham mavjudmi? Nazarimizda, 

atoqli ot mazmun ko‘lamini shakllantirishga xizmat qiladigan 

asosiy til vositalaridan biri sifatida determinativlarning 

(determinativ atamasini rus tilshunosi, filologiya fanlari doktori 

Vladimir  Grigoryevich  Gak  qo‘llagan)  diskursiv  qo‘llanishini 

o‘rganish va tahlil etish ana shunday imkoniyatlardan biridir. 

Misollarimiz tahlili shundan dalolat beradiki, fransuz tilidagi 

har qanday atoqli ot bir determinativ bilan qo‘llanishi mumkin 

va bu determinativ o‘rnida 1) artikllar – le,­la,­les;­un,­une,­des;­

du,­de­la; 2) egalik sifatlari – mon, ton, son va boshqalar; 3) 

ko‘rsatish sifatlari – ce, cet, cette, ces tez-tez uchrab turadi. 



1).  L’illustre Gobseck, le maître des­ Patmas,  des 

Cisonnets,  des Werbrusts,  des Kelleis et des Nucinsens 

(Balzac). Au dire du grand Nucingen,  le Napoléon de la 


Download 5.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling