K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet1/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов






K. B. URAZOV


BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
O‘QUV QO‘LLANMA

TOSHKENT «O‘QITUVCHI» -


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O‘QUV ADABIYOTLARI, BYULLETEN VA JURNALLARNI NASHRGA TAYYORLASH MARKAZI


K.B. URAZOV
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

O‘QUV QO‘LLANMA




O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan

TOSHKENT «O‘QITUVCHI» -2004


O‘quv qo‘llanmada buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, korxonalarda aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek audit nazariyasi, uning umumiy metodologiyasi va tashkil qilinishi, audit natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va tadbiq etish oxirgi yillarda qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq yoritilgan.
Oliy o‘quv yurtlarida 5340100 «Iqtisodiyot», 5340200 «Menejment», 5340300 «Marketing» va 5340400 «Biznes» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatda ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Undan o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, magistrlar, iqtisodchilar, buxgalterlar va auditorlar ham foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar:

Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi (dotsent Xasanov B.A, dotsent Mamatov Z.T, Ochilov I.K)


Ibragimov N.A. - iqtisod fanlari doktori, professor


Musayev H.N. - iqtisod fanlari doktori, professor

0605010205 - 93


U -------------------------- Qat’iy buyurtma - 2004
353(04) - 2004

ISBN 5 – 645 – 04177 – 1 © «O‘qituvchi» nashriyoti, 2004.


O‘z umrini yoshlarning tarbiyasiga bag‘ishlagan,
marhum padari buzrukvorim Baxrom O‘razov
xotirasiga bag‘ishlayman
K I R I Sh

Respublikamiz oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida berilayotgan iqtisodiy bilimlar ichida muhim o‘rinlardan birini buxgalteriya hisobi va audit egallaydi.


Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun bu bilim sohalari alohida – alohida maxsus fanlar sifatida o‘rgatiladi. Iqtisodiyot, menejment va marketing o‘quv yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi bilimlar davlat standartida ko‘zda tutilgan «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy taxlil va audit» nomli yagona fanning tarkibiga kiritilgan. E’tiborlaringizga havola etilayotgan darslik ushbu yagona fanning o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan, faqatgina u o‘z ichiga buxgalteriya hisobi va auditga doir mavzularni olgan.
Buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida olti asrdan beri o‘qitilib kelinmoqda. Uning jamiyatda tutgan o‘rni, metologiyasi, tashkil etilishi bo‘yicha juda ko‘p kitoblar yozilgan. Buxgalteriya hisobining ahamiyati to‘g‘risida «Quron»da, mashhur sarkorda bobomiz Amir Temur tuzuklarida, xattoki yozuvchi va shoirlarimiz asarlarida ham juda ajoyib fikrlar keltirilgan.
Audit bizning mamalakatimiz uchun nisbatan yangi ilm sohasi, lekinda jahon mamalakatlari malakasida u bir yarim asrdan ko‘p davrga to‘g‘ri keladigan tarixga ega. Ushbu yangi ilm sohasini respublikamizda rivojlantirish, iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun zarur bo‘lgan auditorlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Prezidentimiz I. Karimov ushbu faoliyatga alohida e’tibor berib, «Tadbirkorlar manfaatini himoya qilishda auditorlik faoliyatining mavqeini yanada oshirish kerak», deb o‘qtirgan edi1.
Respublikamizning mustaqillikga erishishi, uni bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotga yo‘l tutishi, iqtisodiyotni to‘liq isloh qilinishi, albatta, buxgalteriya hisobi va audit sohalarini ham chetlab o‘tmadi. O‘tgan 12 yil ichida boshqaruvning ushbu vositalarida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Aynan shu yillar ichida buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilindi, ular bo‘yicha halqaro talablarga javob beradigan 50 ga yaqin milliy standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar yaratildi. Ushbu Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni, shuningdek boshqa qabul qilingan tadbirlarni, jumladan, quyidagi yilnoma sifatida keltirish mumkin:



Yillar

Qabul qilingan Qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar

1992

Birinchi marta O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun»i qabul qilindi.

1993

1 apreldan boshlab birinchi marta balans-bruttodan balans- nettoga o‘tildi

1994

Vazirlar Mahkamasining 26 martdagi 164-son qarori bilan «Buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risida Nizom», shu bugungi kungacha harakatda bo‘lgan «Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schetlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» tasdiqlandi.

1995

«Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom» qabul qilindi va 1 yanvardan joriy etildi

1996

30 avgustda birinchi marta O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonun»i qabul qilindi.



1997

Moliya Vazirligining 15 yanvardagi 5-son buyrug‘i bilan «Korxonalar (tashkilotlar)ning yillik va choraklik moliyaviy hisoboti shakllari va hajmi, ularni tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma» tasdiqlandi va 1 yanvardan joriy etildi.

1998

1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi ishga tushirildi, birinchi marta 13 ta buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) ishlab chiqildi va joriy etildi.

1999

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2 fevraldagi 54-son qarori bilan ««Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom» yangi taxrirda tasdiqlandi va 1 yanvardan kuchga kiritildi, uchta yangi BHMS, birinchi bor 10 ga yaqin auditning milliy standartlari (AMS) tasdiqlandi.

2000

26 mayda Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun yangi taxrirda tasdiqlandi, BXMS va AMS larni ishlab chiqish davom ettirildi, jumladan 21-son BXMS sifatida yangi schetlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlandi.



2001

21-son BXMS ga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi, yangi AMS lar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

2002

Birinchi bor qo‘shma korxonalar, chet el investitsiyasidagi korxonalar va auditorlik tashkilotlari 21- son BXMS ga o‘tdilar, ushbu standart yangi taxrirda qayta tasdiqdan o‘tdi. Moliyaviy hisobotning yangi shakllari tasdiqlandi va ularni 21-son BHMS ga muvofiq to‘ldirish tartibi qabul qilindi. Harakatdagi BHMS larga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi.

2003

Yangi BHMS va AMS lar ishlab chiqildi va tasdiqlandi, moliyaviy hisobotning tarkibiga, ularni tuzish tartibiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi, harajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.



O‘tgan 12 yil ichida respublikamizda ta’lim tizimi ham tubdan yangilandi. Birinchi bor besh tabaqali ta’limni o‘z ichiga olgan Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi, unga muvofiq mamlakatimizda majburiy to‘liqsiz o‘rta ta’lim, akadem litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali o‘rta va o‘rta-maxsus kasb ta’limi, institut va universitetlarda bakalavrlar, magistrlar, aspirant va doktorantlar tayyorlashga va kadrlarni malakasini yangicha tarzda oshirishga o‘tildi.
E’tiborlaringizga havola etilayotgan ushbu o‘quv qo‘llanma oxirgi yillarda qabul qilingan Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga , shuningdek muallifning institutdagi hamda «TASIS», «PRAGMA», «EVROOSIYO» xalqaro fondlari orqali o‘tqazilgan va o‘tqazilayotgan maxsus «Moliyaviy hisob» kursini olib borish bo‘yicha to‘plagan pedogogik malakasiga, shuningdek amaliyotda buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha olib borayotgan kasbiy mahoratiga asoslanib tayyorlandi.
O‘quv qo‘llanma uchta bo‘limdan va o‘n yettita bobdan iborat.
«Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari» nomli birinchi bo‘limda hisobning mohiyati, ularning tasniflanishi va tavsiflari, buxgalteriya hisobining predmeti, ob’ektlari, unda qo‘llaniladigan usul va uslublarning mazmuni ochib berilgan.
«Korxonalarda buxgalteriya hisobi» nomli ikkinchi bo‘limda korxona hisob siyosatining mazmuni, tarkibi, tuzilishi va taqdim etilishi ko‘rsatilgan. Ushbu bo‘limning alohida boblarida korxonalarning uzoq va qisqa muddatli aktivlarini, majburiyatlarini, xususiy kapitali va oxirgi moliyaviy natijalarini hisobga olish tartibi qabul qilingan milliy standartlarga muvofiq yoritilgan. Ushbu bo‘limning oxirgi bobida moliyaviy hisobotning alohida shakllarini tuzish tartibi ochib berilgan. Sho‘’ba korxonalarga ega bo‘lgan bosh korxonalarda konsolidatsiyalashtirilgan hisobotlarni tuzish tartibi keltirilgan, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan keyin yuz beradigan holatlar va xodisalarning mohiyati va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirilish tartibi ko‘rsatilgan.
«Audit asoslari» nomli uchinchi bo‘limda auditning mohiyati, turlari, maqsadi, vazifalari, auditorlik tashkilotlari va auditorlarning huquq va majburiyatlari, javobgarliklari, aditorlarning ishchi hujjatlari, auditda qo‘llaniladigan usul va uslublarning mohiyati ochib berilgan. Ushbu bo‘limda auditni rejalashtirish va tashkil qilish bosqichlari, uni o‘tqazishning metodologik asoslari, korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, balans moddalarining realligini auditorlik tekshiruvidan o‘tqazish ketma-ketligi, ular bo‘yicha auditorlarning mumkin bo‘lgan xatarlari, audit tekshiruvi natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va tadbiq etish tartiblari ko‘rsatib berilgan.
O‘quv qo‘llanmadan joy olgan har bir bobda unga kiritilgan mavzular bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun test savol-javoblari berilgan. Mavzularni yoritishda talabaga eslab qolishga o‘ng‘ay va oson bo‘lishligi uchun tasniflashlar, baholash usullari, amaliy misollar va hujjatlar chizmalar, jadvallar va ilovalar ko‘rinishida keltirilgan.
O‘quv qo‘llanmaning har bir bobida mavzularni chuqur o‘rganish uchun me’yoriy hujjatlar va maxsus davriy adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
O‘quv qo‘llanmani takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni Samarqand shaxri, Amir Temur ko‘chasi, 9-uyga yuborishlaringizni so‘rayman.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling