K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/37
Sana16.11.2019
Hajmi1.11 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
K. B. URAZOV   
 
 
 
 
BUXGALTERIYA  HISOBI  VA  
AUDIT 
 
 
O‘QUV  QO‘LLANMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT «O‘QITUVCHI» -2004 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
O‘QUV ADABIYOTLARI, BYULLETEN VA JURNALLARNI 
NASHRGA TAYYORLASH MARKAZI 
 
 
 
 
K.B.  URAZOV 
 
 
 
 
BUXGALTERIYA  HISOBI  VA  
AUDIT 
 
O‘QUV QO‘LLANMA 
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi  Oliy o‘quv yurtlari ilmiy-uslubiy birlashmalar 
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari 
uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT «O‘QITUVCHI» -2004 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 

 
 
O‘quv qo‘llanmada  buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, korxonalarda aktivlar, 
majburiyatlar,  xususiy  kapital    hisobini  yuritish,  moliyaviy  hisobotni  tuzish  tartibi, 
shuningdek  audit  nazariyasi,  uning  umumiy  metodologiyasi  va  tashkil    qilinishi,  audit 
natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va tadbiq etish oxirgi yillarda qabul qilingan 
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga  muvofiq  yoritilgan. 
Oliy  o‘quv  yurtlarida  5340100  «Iqtisodiyot»,  5340200  «Menejment»,  5340300 
«Marketing»  va  5340400  «Biznes»  ta’lim  yo‘nalishlari    bo‘yicha  bakalavriatda  ta’lim 
olayotgan  talabalarga  mo‘ljallangan.  Undan  o‘qituvchilar,  ilmiy  xodimlar,  magistrlar, 
iqtisodchilar, buxgalterlar va auditorlar ham foydalanishlari mumkin. 
 
 
 
 
Taqrizchilar: 
 
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi  (dotsent 
Xasanov B.A, dotsent Mamatov Z.T, Ochilov I.K)  
 
Ibragimov N.A.           iqtisod fanlari doktori, professor  
                                          
Musayev  H.N.               -  iqtisod fanlari doktori, professor   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
          0605010205 - 93 
U   --------------------------  Qat’iy buyurtma - 2004 
           353(04) - 2004 
 
 
 
ISBN 5 – 645 – 04177 – 1             © «O‘qituvchi» nashriyoti, 2004.  
 
 
                                                            
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 

 O‘z  umrini yoshlarning tarbiyasiga  bag‘ishlagan, 
                                                  marhum  padari buzrukvorim Baxrom O‘razov  
                                                                xotirasiga bag‘ishlayman 
 
 
K I R I Sh  
 
Respublikamiz oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida berilayotgan  iqtisodiy bilimlar  
ichida muhim o‘rinlardan birini  buxgalteriya hisobi va audit egallaydi.  
Buxgalteriya  hisobi  va  audit  mutaxassisligi  bo‘yicha  ta’lim  olayotgan  talabalar 
uchun bu bilim sohalari alohida – alohida maxsus fanlar sifatida o‘rgatiladi. Iqtisodiyot, 
menejment  va  marketing    o‘quv  yo‘nalishlarida  ta’lim  olayotgan  talabalar  uchun  
buxgalteriya  hisobi  va  audit    sohasidagi    bilimlar    davlat  standartida  ko‘zda  tutilgan 
«Buxgalteriya  hisobi,  iqtisodiy  taxlil    va  audit»    nomli  yagona  fanning  tarkibiga 
kiritilgan.    E’tiborlaringizga  havola  etilayotgan  darslik    ushbu    yagona  fanning    o‘quv 
dasturiga muvofiq tayyorlangan,  faqatgina  u o‘z ichiga  buxgalteriya hisobi va auditga 
doir mavzularni olgan. 
Buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida olti asrdan beri o‘qitilib kelinmoqda. Uning 
jamiyatda  tutgan  o‘rni,  metologiyasi,  tashkil  etilishi    bo‘yicha  juda  ko‘p  kitoblar  
yozilgan.  Buxgalteriya  hisobining  ahamiyati  to‘g‘risida  «Quron»da,  mashhur  sarkorda 
bobomiz Amir Temur tuzuklarida,  xattoki yozuvchi va   shoirlarimiz asarlarida ham juda 
ajoyib fikrlar  keltirilgan. 
Audit    bizning    mamalakatimiz  uchun    nisbatan  yangi  ilm  sohasi,  lekinda  jahon 
mamalakatlari malakasida u bir yarim asrdan ko‘p davrga to‘g‘ri keladigan  tarixga ega. 
Ushbu  yangi  ilm  sohasini  respublikamizda  rivojlantirish,  iqtisodiyotimiz  ravnaqi  uchun 
zarur  bo‘lgan  auditorlarni  tayyorlash  bugungi  kunning  dolzarb  muammolaridan  biridir. 
Prezidentimiz  I.  Karimov  ushbu  faoliyatga  alohida  e’tibor  berib,    «Tadbirkorlar 
manfaatini himoya qilishda auditorlik faoliyatining mavqeini yanada oshirish kerak», deb 
o‘qtirgan edi
1

Respublikamizning  mustaqillikga  erishishi,    uni  bozor  munosabatlariga  asoslangan 
iqtisodiyotga  yo‘l  tutishi,  iqtisodiyotni  to‘liq  isloh  qilinishi,  albatta,  buxgalteriya  hisobi 
va  audit  sohalarini  ham  chetlab  o‘tmadi.  O‘tgan  12  yil  ichida  boshqaruvning  ushbu 
vositalarida  ham  tub  o‘zgarishlar  yuz  berdi.  Aynan  shu  yillar  ichida  buxgalteriya  hisobi 
va  auditorlik  faoliyatini  tartibga  soluvchi    qonunlar  qabul  qilindi,  ular  bo‘yicha  halqaro 
talablarga  javob  beradigan  50  ga  yaqin  milliy  standartlar  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlar 
yaratildi.  Ushbu  Qonunlar  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlarni,  shuningdek  boshqa  qabul 
qilingan tadbirlarni, jumladan,  quyidagi yilnoma sifatida keltirish mumkin:   
 
Yillar   
Qabul qilingan  Qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar 
1992 
Birinchi marta O‘zbekiston  Respublikasining  «Auditorlik faoliyati 
to‘g‘risida Qonun»i  qabul     qilindi. 
1993 
1 apreldan boshlab  birinchi marta  balans-bruttodan  balans- nettoga o‘tildi 
1994 
Vazirlar  Mahkamasining  26  martdagi  164-son  qarori  bilan  «Buxgalteriya 
hisobi  va  hisoboti  to‘g‘risida  Nizom»,    shu  bugungi  kungacha  harakatda 
bo‘lgan  «Korxonalar  moliyaviy-xo‘jalik    faoliyatining  buxgalteriya  hisobi 
schetlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» tasdiqlandi. 
                                              
1
  Qarang: I.A.Karimov. «Jamiyatda tadbirkorlik ruhini  qaror toptirish- taraqqiyot garovi». «Turkiston» gazetasi, 
2001 yil, 18 iyul.    
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 

1995 
«Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari  tarkibi 
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom» qabul 
qilindi va 1 yanvardan joriy etildi 
1996 
30  avgustda  birinchi  marta  O‘zbekiston  Respublikasining  «Buxgalteriya 
hisobi to‘g‘risida Qonun»i qabul qilindi. 
 
1997 
 Moliya  Vazirligining  15  yanvardagi  5-son  buyrug‘i  bilan  «Korxonalar 
(tashkilotlar)ning yillik va choraklik moliyaviy hisoboti shakllari va hajmi, 
ularni  tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma» tasdiqlandi va 1 yanvardan joriy etildi. 
1998 
1  yanvardan  boshlab  O‘zbekiston  Respublikasining  Soliq  Kodeksi  ishga 
tushirildi,  birinchi  marta  13  ta  buxgalteriya  hisobining  milliy  standartlari 
(BHMS) ishlab chiqildi va joriy etildi.  
1999 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2  fevraldagi  54-son 
qarori  bilan    ««Mahsulot(ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  va  sotish 
harajatlari    tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  tartibi 
to‘g‘risida  Nizom»  yangi  taxrirda  tasdiqlandi  va  1  yanvardan  kuchga 
kiritildi,  uchta  yangi  BHMS,    birinchi  bor  10  ga  yaqin  auditning  milliy 
standartlari (AMS) tasdiqlandi. 
2000 
26 mayda Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun yangi taxrirda tasdiqlandi,   
BXMS  va    AMS  larni  ishlab  chiqish  davom  ettirildi,  jumladan    21-son 
BXMS  sifatida  yangi  schetlar  rejasi  va  uni  qo‘llash  bo‘yicha  yo‘riqnoma 
tasdiqlandi. 
 
2001 
21-son BXMS  ga bir  qancha o‘zgartirishlar kiritildi, yangi AMS lar ishlab 
chiqildi va tasdiqlandi. 
2002 
Birinchi    bor  qo‘shma  korxonalar,  chet  el  investitsiyasidagi  korxonalar  va 
auditorlik  tashkilotlari    21-  son  BXMS  ga  o‘tdilar,  ushbu  standart  yangi 
taxrirda  qayta  tasdiqdan  o‘tdi.  Moliyaviy  hisobotning  yangi  shakllari 
tasdiqlandi  va  ularni  21-son  BHMS  ga  muvofiq  to‘ldirish  tartibi  qabul 
qilindi. Harakatdagi BHMS larga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi. 
2003 
Yangi  BHMS  va  AMS  lar  ishlab  chiqildi  va  tasdiqlandi,  moliyaviy 
hisobotning  tarkibiga,  ularni  tuzish  tartibiga  bir  qancha  o‘zgartirishlar 
kiritildi, harajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. 
 
O‘tgan 12 yil ichida  respublikamizda ta’lim tizimi ham tubdan yangilandi. Birinchi 
bor besh tabaqali ta’limni o‘z ichiga olgan    Kadrlar tayyorlashning  milliy  dasturi ishlab 
chiqildi, unga muvofiq mamlakatimizda majburiy to‘liqsiz o‘rta ta’lim, akadem litseylar  
va    kasb-hunar  kollejlari  orqali  o‘rta  va  o‘rta-maxsus  kasb  ta’limi,  institut  va 
universitetlarda  bakalavrlar,  magistrlar,  aspirant  va  doktorantlar    tayyorlashga  va 
kadrlarni malakasini yangicha tarzda oshirishga o‘tildi. 
E’tiborlaringizga  havola  etilayotgan  ushbu  o‘quv  qo‘llanma    oxirgi  yillarda  qabul 
qilingan  Qonunlar  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlarga  ,  shuningdek  muallifning  institutdagi 
hamda  «TASIS», «PRAGMA», «EVROOSIYO» xalqaro fondlari orqali o‘tqazilgan  va 
o‘tqazilayotgan    maxsus  «Moliyaviy  hisob»  kursini  olib  borish  bo‘yicha  to‘plagan 
pedogogik  malakasiga,  shuningdek  amaliyotda    buxgalteriya    hisobi  va  audit  bo‘yicha 
olib borayotgan kasbiy mahoratiga asoslanib tayyorlandi. 
O‘quv qo‘llanma uchta bo‘limdan va o‘n yettita bobdan  iborat.  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 

«Buxgalteriya  hisobining  nazariy  asoslari»  nomli  birinchi  bo‘limda  hisobning 
mohiyati, ularning tasniflanishi va tavsiflari, buxgalteriya hisobining predmeti, ob’ektlari, 
unda qo‘llaniladigan usul va uslublarning mazmuni ochib berilgan.  
«Korxonalarda    buxgalteriya  hisobi»  nomli  ikkinchi  bo‘limda    korxona  hisob 
siyosatining mazmuni, tarkibi, tuzilishi va taqdim etilishi ko‘rsatilgan. Ushbu bo‘limning 
alohida  boblarida  korxonalarning  uzoq  va  qisqa  muddatli  aktivlarini,  majburiyatlarini, 
xususiy kapitali va oxirgi moliyaviy natijalarini hisobga olish tartibi qabul qilingan milliy 
standartlarga  muvofiq    yoritilgan.  Ushbu  bo‘limning  oxirgi  bobida    moliyaviy 
hisobotning  alohida  shakllarini  tuzish    tartibi  ochib  berilgan.  Sho‘’ba  korxonalarga  ega 
bo‘lgan  bosh  korxonalarda  konsolidatsiyalashtirilgan  hisobotlarni  tuzish  tartibi 
keltirilgan, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan keyin yuz beradigan holatlar 
va xodisalarning mohiyati va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirilish tartibi ko‘rsatilgan. 
«Audit  asoslari»    nomli    uchinchi  bo‘limda    auditning  mohiyati,  turlari,  maqsadi, 
vazifalari,  auditorlik  tashkilotlari  va  auditorlarning  huquq  va  majburiyatlari, 
javobgarliklari,  aditorlarning  ishchi  hujjatlari,  auditda  qo‘llaniladigan    usul    va 
uslublarning  mohiyati  ochib  berilgan.  Ushbu  bo‘limda  auditni    rejalashtirish    va  tashkil 
qilish  bosqichlari, uni o‘tqazishning metodologik asoslari, korxonalar moliyaviy xo‘jalik 
faoliyatining  asosiy  ko‘rsatkichlari,  balans  moddalarining  realligini  auditorlik   
tekshiruvidan    o‘tqazish  ketma-ketligi,  ular  bo‘yicha  auditorlarning  mumkin  bo‘lgan 
xatarlari,  audit  tekshiruvi  natijalarini  umumlashtirish,  rasmiylashtirish  va  tadbiq  etish 
tartiblari ko‘rsatib berilgan. 
O‘quv  qo‘llanmadan  joy  olgan    har  bir  bobda  unga  kiritilgan    mavzular  bo‘yicha 
o‘z-o‘zini  nazorat  qilish  uchun  test  savol-javoblari    berilgan.  Mavzularni  yoritishda 
talabaga  eslab  qolishga  o‘ng‘ay  va  oson  bo‘lishligi  uchun    tasniflashlar,    baholash 
usullari,  amaliy    misollar  va  hujjatlar  chizmalar,  jadvallar  va  ilovalar    ko‘rinishida 
keltirilgan.  
O‘quv qo‘llanmaning har bir bobida mavzularni  chuqur o‘rganish uchun me’yoriy 
hujjatlar va maxsus davriy  adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.  
O‘quv  qo‘llanmani  takomillashtirish  bo‘yicha  taklif  va  mulohazalaringizni 
Samarqand shaxri, Amir Temur  ko‘chasi, 9-uyga yuborishlaringizni so‘rayman. 
 
 
 Muallif  
 
 
  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 

  1-BO‘LIM  
 
BUXGALTERIYA HISOBINING NAZARIY ASOSLARI 
 
 
1-bob. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA TAMOYILLARI 
 
 
 
        
 
     
1.1. Hisob tushunchasi, uning turlari va boshqaruvda tutgan o‘rni 
 
 
Har  qanday  jamiyatni  rivojlanishi  uni  boshqarishni  taqozo  etadi.  Boshqarish,  o‘z 
navbatida,  jamiyatning  turli  tarmoq  va  sohalarida  yuz  bergan  va  berayotgan  jarayonlar, 
xo‘jalik  faoliyatini  olib  borayotgan  sub’ektlarning  mablag‘lari,  ularni  tashkil  etish 
manbalari,  erishayotgan  natijalari  va  boshqa  jihatlari  to‘g‘risidagi  axborotlarni 
mavjudligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Bunday  axborotlarni  o‘zida  mujassamlashtiruvchi  vosita 
bo‘lib xo‘jalik hisobi hisoblanadi. 
Xo‘jalik hisobi negizida, ko‘rinib turibdiki, «xo‘jalik» va «hisob» so‘zlari yotadi. 
«Xo‘jalik»  deganda  ma’lum  maqsadlarga  yo‘naltirilgan,  o‘zining  bazisi  va 
ustqurmasiga ega bo‘lgan sub’ektlar tushuniladi. Xo‘jalik sifatida qaraladigan sub’ektlar 
bo‘lib  bir  butun  mamlakatning  o‘zi  va  uning  turli  tarkibiy  bo‘linmalari,  masalan, 
tarmoqlari,  sohalari,  mintaqalari,  hududlari,  vazirliklar,  birlashmalar,  korxonalar 
hisoblanadi.  Mamlakat  doiraisdagi  xo‘jalik  xalq  xo‘jaligi,  uning  eng  qo‘yi  bo‘g‘inidagi 
xo‘jalik  korxona  xo‘jaligi  deb  ataladi.  Iqtisodiyotning  yuqori  va  qo‘yi  bo‘g‘inlari 
o‘rtasidagi  xo‘jaliklarga  tarmoqlar,  sohalar,  birlashmalar,  viloyatlar,  tuman  va  shaharlar 
xo‘jaliklari kiradi. 
«Hisob»  -  bu  xo‘jalikda  yuz  bergan  va  berayotgan  hodisa  va  jarayonlar,  ularning 
natijalari  to‘g‘risidagi  axborotlarni  yig‘ish,  qayd  etish,  guruhlash  va  uzatish  tizimi. 
Demak,  hisobning  asosiy  mahsuli  bo‘lib  axborot,  hisob  yuritishning  asosiy  maqsadi 
bo‘lib,  bu  axborotlarni  aniq,  to‘liq  va  o‘z  vaqtida  yig‘ish,  qayd  etish,  guruhlash  va 
foydalanuvchilarga yetkazib berish hisoblanadi. 
Shunday  qilib,  ikki  so‘z  yig‘indisidan  tashkil  topgan  «xo‘jalik  hisobi»  xalq 
xo‘jaligining  turli  bo‘g‘inlarida  yuz  bergan  va  berayotgan  hodisa  va  jarayonlar,  ularni 
natijalarini  soniy  va  sifat  jihatdan  harakterlovchi  axborotlarni  yig‘ish,  qayd  etish, 
guruhlash va uzatish tizimidir. 
Xo‘jalik  hisobini  u  yoki  bu  belgilariga  qarab  turli  turlarga  ajratish  mumkin  (1-
chizmaga qarang). 
Xo‘jaliklarni  moliyalashtirilishiga  ko‘ra  ularda  yuritiladigan  hisobni  ikkiga  bo‘lish 
mumkin: korxona hisobi, byudjet hisobi. 
Korxona  deganda  o‘z-o‘zini  mablag‘  bilan  ta’minlaydigan,  mustaqil  faoliyat 
yuritadigan  xo‘jalik  tushuniladi.  Ularga  zavod  va  fabrikalar,  firmalar,  shirkatlar,  jamoa 
xo‘jaliklari,  qurilish  tashkilotlari,  banklar  va  boshqalar  kiradi.  Ushbu  xo‘jaliklarda 
yuritiladigan hisob korxona hisobi deb ataladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 

 
 
 
 
   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                                                                                                        
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-chizmaXo‘jalik hisobini tasniflash asoslari 
 
 
 
Xo‘jalik hisobi 
Korxonalarni 
moliyalashtirili-
shiga ko‘ra 
1.Byudjet hisobi 
2.Korxona hisobi 
Axborot 
foydalanuvchi-
lariga ko‘ra 
1.Ichki hisob 

 Boshqaruvhhisobi 

 Operativ –texnik hisob 

 Ishlab chiqarish hisobi 
2.Tashqi hisob 

 Moliyaviy hisob 

 Statistik hisob 
Davlat tomonidan 
tartibga solinishiga 
ko‘ra 
1.Reglamentlashtiriladigan 

 Moliyaviy hisob 

 Statistik hisob 
2.Reglamentlashtirilmaydigan 

 Boshqaruv hisobi 

 Operativ –texnik hisob 

 Ishlab chiqarish hisobi 
 
Yuritish 
bo‘limlariga ko‘ra 
1.Buxgalteriya  hisobi 
2.Kadrlar bo‘limi hisobi 
3.Ishlab chiqarish bo‘limlari hisobi 
4.Sotish bo‘limi hisobi 
5.Ta’minot bo‘limi hisobi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 

Byudjet  hisobi  deganda,  davlat  tomonidan  moliyalashtiriladigan  muassasalarda 
yuritiladigan  hisob  tushuniladi.  Bunday  muassasalarga  maorif,  sog‘liqni  saqlash, 
madaniyat va boshqa ijtimoiy soha muassasalari kiradi. 
Xalq  xo‘jaligi  sohalarigi  ko‘ra  xo‘jalik  hisobi  alohida  shu  sohalar  hisobidan  iborat 
bo‘ladi,  masalan,  sanoat  sohasi  hisobi,  qishloq  xo‘jaligi  sohasi  hisobi,  savdo  sohasi 
hisobi, maorif sohasi hisobi va boshqalar. 
Axborot foydalanuvchilariga ko‘ra xo‘jalik hisobi ichki va tashqi hisobga bo‘linadi. 
Ichki hisob deganda faqat xo‘jalikning o‘zida yuritiladigan hisob tushuniladi. Ichki 
hisob  adabiyotlarda  turlicha  nomlangan,  masalan,  operativ-texnik  hisob,  boshqaruv 
hisobi, ishlab chiqarish hisobi. 
Operativ-texnik hisob deganda xo‘jalik bo‘limlari tomonidan u yoki bu maqsadda 
yuritiladigan  tezkor  hisob  tushuniladi.  Kadrlar  bo‘limini  xodimlarni  ishga  o‘z  vaqtida 
kelishi va ketishining operativ hisobi, smena boshlig‘ini yoki masterining stanoklarni ish 
holati hisobi va boshqalar operativ-texnik hisobga misol bo‘la oladi. 
Boshqaruv  hisobi  –  bu  xo‘jalik  rahbariyati  talablariga  ko‘ra  boshqaruvga  tegishli 
qarorlarni  qabul  qilish  maqsadida  batafsil  (analitik)  tarzda  yuritiladigan  hisob  tizimi. 
Bunday hisobni xo‘jalikning hamma bo‘limlari olib borishlari mumkin. 
Ishlab  chiqarish  hisobi  –  bu  xo‘jalikni  ishlab  chiqarish  jarayonlari  va  ularning 
natijalarini u yoki bu usullarda aks ettiruvchi hisob tizimi. Odatda, ishlab chiqarish hisobi 
negizida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari yotadi, masalan, normativ, reja, 
haqiqiy tannarx usullari. 
Tashqi  hisob  deganda  xo‘jalik  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotlarni  tashqi  axborot 
foydalanuvchilarga  taqdim  etuvchi  hisob  tizimi  tushuniladi.  Tashqi  hisobga 
qo‘yidagilarni kiritish mumkin: 

  Moliyaviy hisob 

  Statistika hisobi 
Moliyaviy  hisob  deganda  xo‘jalik  moliyaviy  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborotlarni 
asosan tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Moliyaviy 
hisob  tashqi  foydalanuvchilar  uchun  asosan  hisobotlar  ko‘rinishida  taqdim  etiladi. 
Moliyaviy  hisob  ma’lumotlaridan  ichki  foydalanuvchilar  ham  keng  foydalanadilar. 
Moliyaviy 
hisob 
ma’lumotlarini 
keng 
iste’mol 
qiluvchi 
tashqi 
va 
ichki 
foydalanuvchilarning tarkibi 2-chizmada keltirilgan. 
Statistika  hisobi  deganda  jamiyatda  yuz  bergan  va  berayotgan  yoppa  hodisa  va 
jarayonlarni soniy aks ettiradigan va sifat jihatdan izohlaydigan hisob tizimi tushuniladi. 
Statistika hisobining asosiy mahsuli bo‘lib statistik hisobotlar hisoblanadi. Statistik hisob 
ma’lumotlarni  tuman,  viloyat  va  yaxlit  mamlakat  doirasida  jamlaydi.  Statistik  hisob 
davlat tomonidan strategik boshqaruvni olib borishga asos hisoblanadi. 
Davlat  tomonidan  tartibga  solinishiga  ko‘ra  xo‘jalik  hisobini  ikki  turga  bo‘lish 
mumkin: 

  Reglamentlashtiriladigan 

  Reglamentlashtirilmaydigan 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-chizma. Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning tarkibi 
 
 
 
 
 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling