K диқҚат каналга қўйиш Гуруппаларга тарқатиш таъқИҚланади


Download 114.31 Kb.
Sana18.06.2022
Hajmi114.31 Kb.
#764373
Bog'liq
4-sinf ona tili ish reja va konspekti 34 SOAT-1
Intermediate control work for the 3rd course, ichki sekretsiya bezlari va uning yosh xususiyatlari, 9-мавзу. Фуқаро, фуқаровийлик ва фаол фуқаролик позицияси, makroiqt 1 ma‘ruza, Maktabgacha pedagogika-fayllar.org, Odilov Jaxongir, Asbobsozlik materiallari turlari, БН Мустакил иши 2021-2022 (2), Тери-таносил - 1000, 2.3 Nuroniylar soati bayoni, 7-сон Нотинч оила (2), 3-sinf MUSIQA ochiq dars

2020-2021 o’quv yili 4-sinf ona tili fanidan 34 soatlik to’garak ish reja va konspektini asl holida olish uchun murojaat qiling:
To’garak narxi: 15 ming so’m
Biz bilan bog’lanish:
Telegram kanalimiz:
k
ДИҚҚАТ
Каналга қўйиш
Гуруппаларга тарқатиш ТАЪҚИҚЛАНАДИ.
Муаллифлик ҳуқуқи ҳимояланган
anal
@Maktablar_uchun_hujjatlar yoki


Admin @muloqatlarbot


Admin

Зокиржон 90-530-68-66
To’lov uchun: *880*8600 0201 3048 8724*summa#
tasdiqlayman”
MMIBDO________________________________
2020-2021 oquv yili uchun tuzilgan ona tili fanidan “Durdona tilim” nomli togaragining
ISH REJASI



Yillik ish reja mavzulari

Soat

Sana

Izoh

1

Gap. 1-3-mashqlar










2

Gapning maqsadga ko’ra turlari. 9-10-mashqlar










3

His-hayajon gaplar. 16-17-mashqlar










4

Gap bo’laklari. 19-20- mashqlar










5

Gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari










6

Gapda so’zlarning bog’lanishi










7

Uyushiq bo’lakli gaplar haqida ma’lumot.










8

Gapda eganing uyushib kelishi










9

Gapda kesimning uyushib kelishi. 41-43-mashqlar










10

Gapda ikkinchi darajali bo’laklarning uyushib kelishi










11

Undalma haqida ma`lumot. 66-68- mashqlar










12

Undalmali gaplarda tinish belgilar. 69-71- mashqlar.










13

Undalmali gaplar takrorlash. 75-76- mashqlar










14

Nutq haqida ma’lumot. 80-85- mashq












15

Ikki va undan ortiq kishining nutqi. 86-89- mashq










16

Matn .(Mustahkamlash) 90- mashq










17

Tovush va harflar. 91-93-mashqlara










18

Unli va undosh tovushlar va harflar










19

Undosh tovushlarning aytilishi va yozilishi










20

Bo’g’in. So’zlarni bo’g’inga bo’lish. 106-109-mashqlar.










21

Bo’g’in ko’chirish.110-112-mashqlar










22

Tutuq belgisi va bo’g’in ko’chirish










23

Soz va So’z tarkibi.










24

So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar. 130-132- mashqlar.










25

So'z turkumlari haqida tushuncha. 137-140-mashqlar.










26

So’z turkumlari (ot, sifta, son, fe’l) yuzasidan takrorlash.










27

Ot yuzasidan (takrorlash)










28

Egalik qo’shimchalarining haqida ma`lumot.










29

Otlarning kelishik qo’shimchalari










30

Bosh kelishik. 199-202- mashqlar










31

Qaratqich kelishigi. 203-206- mashqlar.










32

Tushum kelishigi.










33

Qaratqich va tushum kelishiklari










34

Jo’nalish kelishigi. 225-227- mashqlar.










Sana:__________________
To`garak rahbari:________________________________
1-Mavzu: Gap. 1-3-mashqlar
Maqsad. A) ta’limiy: gap haqida tushuncha berish;
B) tarbiyaviy: “Kuz” rasmi asosida o’quvchilarda tabiatga muhabbat uyg’otish, zukkolik va tartiblilikni tarbiyalash.
D) rivojlantiruvchi: gap nimaligi va kishilar hayotida qanday vazifani bajarishi haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) davomatni aniqlash; d) darsga tayyorgarlik ko’rish.
II. O’tgan mavzuni sorash va mustahkamlash.
Uyga berilgan mashqni tekshirib, baholayman. Alifbo haqida bilimlarini tekshiraman. Sinf o’quvchilarini 3 qator bo’yicha guruhlarga bo’laman va musobaqa o’tkazaman.
Topshiriq: har bir guruhdan o’quvchi chiqib, navbat bilan sinfdoshlarining familiyasini alifbo tartibida yozadi.
I qator II qator III qator
G’olib guruh rag’batlantiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.

  1. mashq. O’qing. Matn nima haqida ekanini ayting.

O’zbekiston taraqqiyot yo’liga chiqdi. U o’z bayrog’iga ega bo’ldi. O’z tug’rosini tasdiqladi. Birinchi Bosh qonunini yaratdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti peshtoqida mustaqil davlatlar qatori uning bayrog’i ham hilpiradi. Osmon darvozalaridan, temiryo’l qopqalaridan lso iqlim elchilari yurtimizga kirib kelmoqda.
O’zbekiston — qadimiy va hamisha navqiron diyordir.
Oydin Hojiyevadan
Matnda nechta gap bor? Gaplar bir-biridan qanday ajratilgan?
Gaplar qanday mazmun bildiryapti?
Oxirgi gapni ko’chiring. Yozganingizni tekshiring.
Tug’ro — gerb qopqa — darvoza
fozil — bilimlarni yaxshi egallab olgan kishi
IV. Mustahkamlash.
2-mashq. She’rni ifodali o’qing. She’rga sarlavha toping va husnixat bilan ko’chiring.
Sahrolar gul ochar senda,
Samolar nur sochar senda.
Yulduzlaring so’nmasin hech,
Bag’ringga g’am qo’nmasin hech.
Mening uchun aziz bo’ston,
O’zbekiston, O’zbekiston!
Tinish belgilarining qo’llanishiga e’tibor bering. She’rda nechta gap borligini ayting. Samo so’ziga ma’nodosh so’zlar toping.
3- mashq. Matnni o’qing va gaplarning chegarasini aniqlang.
Kuz erta tushdi qovun palagi qurimasdan havoda mezon uchdi kechalari osmonda turnalarning horg’in nolasi eshitildi bu yil qish qattiq keladiganga o’xshaydi teraklar bargini erta to’kdi
O’tkir Hoshimov
Gaplarning oxiriga qaysi tinish belgisini qo’yasiz? Gapni qanday harf bilan boshlaysiz?
Yozing. Yozganingizni matnga qarab tekshiring. Gaplar qanday mazmun bildiryapti? Horg’in so’ziga ma’nodosh so’z topib ayting.
Mezon — kuz faslida havoda uchib yuradigan to’rsimon ip
V. Uyga vazifa: 4- mashq. She’rni ifodali o’qing va ko’chiring. Ajratilgan gap-ning ma’nosini ayting.
TINCHLIK
Tinchlik bo’lsin doimo.
Osmon bo’lsin musaffo.
Quyoshdek kulsin dunyo.
Urush bo’lmasin aslo.
Kulsin so’zi qaysi ma’noda qo’llangan?
Tinish belgilariga e’tibor bering. Nechta gap borligini ayting. Gaplar nimalardan tuzilgan?

Maktab MMIBDO’______________________________ Sana____ _______ 20___yil


Sana: ______________


To`garak rahbari:________________________________
2-Mavzu: Gapning maqsadga ko’ra turlari. 9-10-mashqlar,
Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga gapning maqsadga ko’ra turlari haqida tushuncha berish, ularni boshqa gap turlaridan ajratishga o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular ongiga axloqiy-ma’naviy fazilatiarni, mehnatsevarlikni singdirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: darslik bilan mustaqil ishlashga o’rgatish, o’z fikrlarini erkin, ravon bayon qila olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Dars jihozi: darslik, rasmlar, so’roq gaplarga oid test savollari, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
I.Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga hozirlash. Kirish suhbatida fasllar, oy, kun haqida to’xtalib o’tish. O’tilgan mavzularga oid bilimlarni mustahkamlash uchun og’zaki savol-javoblar o’tkazish.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamalsh.
O’qituvchi o’quvchilar fikrni jamlash, darsga e’tiborini qaratish maqsadida oldingi o’tilgan mavzulardan savollar beradi.
Gap deb nimaga aytialdi?
Darak gap deb nimaga aytiladi?
So’roq gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi?
III.Yangi mavzu bayoni.

  1. mashq. O’qing. Gaplarning chegarasini aniqlang, zarur tinish belgilarini qo’yib ko’chiring.

Qadim zamonda bir g’or bo’lgan ekan.G’orda dunyoning turli bilimlari yashiringan ekan. G’orning og’zi bir yilda bir marta ochilib, yana bekilarkan ilmga tashna odamlar g’or ochilishi bilan kirib, ulgurganlaricha bilim olib chiqishar ekan. Buni eshitgan ibn Sino g’orga kelibdi. G’or ochilishi bilan ichkariga kiribdi u bilan kirganlar g’or yopilmay chiqib ketishibdi. Ibn Sino g’orda bir yil qolibdi va jamiki ilmlarni egallab olibdi
Abusaid Ko’chimov Matndagi og’zi so’zi qaysi ma’noda qo’llangan?
So’zlar qanday ma’nolarda qo’llanar ekan?
IV.Mustahkamalsh.

  1. m ashq. Berilgan so’zlardan uchta gap tuzib yozing. Gapni ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan boshlang.

Mehnat baxt keltiradi.
Aqldan ortiq boylik yo’q.
Odob aqlning tashqi suratidir.
Tuzgan gaplaringizni yozing. Har bir gapning ma’nosini tushuntiring. Tuzgan gaplaringiz ifoda maqsadiga ko’ra qanday gaplar? Aql, baxt, mehnat so’zlarining yozilishini yodingizda tuting.
V.Uyga vazifa:
11- mashq. Rasmni kuzating. Rasm mazmunini to’rt-beshta gap bilan ifoda eting.

tuzgan gaplaringiz qanday mazmun bildiryapti?


Maktab MMIBDO’______________________________ Sana____ _______ 20___yil


Sana: ___________
To`garak rahbari:________________________________
3-Mavzu: His-hayajon gaplar. 16-17-mashqlar
Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga his-hayajon gap haqida tushuncha berish, ularni boshqa gap turlaridan ajratishga o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular ongiga axloqiy-ma’naviy fazilatiarni, mehnatsevarlikni singdirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: darslik bilan mustaqil ishlashga o’rgatish, o’z fikrlarini erkin, ravon bayon qila olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Dars jihozi: darslik, rasmlar, gap turlariga oid test savollari, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga hozirlash.
Kirish suhbatida fasllar, oy, kun haqida to’xtalib o’tish. O’tilgan mavzularga oid bilimlarni mustahkamlash uchun og’zaki savol-javoblar o’tkazish.
O’qituvchi o’quvchilar fikrni jamlash, darsga e’tiborini qaratish maqsadida oldingi o’tilgan mavzulardan savollar beradi.
O’qituvchi: - Qanday gap turlarini bilasizlar?
O’quvchilar: - Darak gap, so’roq gap, undov gap.
O‘qituvchi: misollar keltiring.
O‘quvchilar: -Darak gapga:
Nilufarning uyida Olapar nomli iti, Ziyrak laqabli mushugi bor.
- Botir bilan Alisher ot va qoyiarga suv berdilar.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash: O’qituvchi o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilar bilan og’zaki savol-javoblar o’tkazadi:
- Gap deb nimaga aytiladi?
- Gap tugallangan fikrni bildiradi.
- Gaplar nimadan tashkil topadi?
- Gaplar so’zlardan tashkil topadi.
- Yozma nutqda gap oxirida qanday belgi qo’yiladi?
III.Darslik bilan ishlash:
Kuchli his-hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap his-hayajon gap deyiladi.
His-hayajon gapning oxiriga undov(!) belgisi qo’yiladi.
16- mashq O’qing.
1. Biz barcha fanlarni qunt bilan o’rganmoqdamiz.
2. Siz qanday badiiy adabiyotlarni o’qiyapsiz?
3. Gulla, yashna, hur O’zbekiston!
4. Bepoyon paxta dalalarimiz qanday go’zal!
Gaplarning oxiriga nuqta, so’roq va undov belgilarining qo’yilish sababini tushuntiring. Oxiriga undov belgisi qo’yilgan gaplarni ko’chiring va his-hayajon bilan qayta o’qing.
IV. Mustahkamlash.
17- mashq. Matnni o’qing. Darak gap, so’roq gap va buyruq gaplarni toping.
Sulton ismli bola o’z o’rtog’i Yusufjonga dedi:
— Yusufjon, AN akamning yong’oqlarini ko’rdingmi? Qanday yaxshi, shirin yong’oqlar! Yur, shu yong’oqlardan cho’ntagimizni to’ldirib olaylik. Men daraxtga chiqib, yong’oq qoqaman. Sen yong’oqlarni terib olasan. Bizni hech kirn ko’rmaydi.
— Hech kirn ko’rmasa ko’rmasin, lekin vijdonimiz ko’rib turadi-ku! — dedi Yusufjon.
Siz Yusufjonning o’rnida bo’lganingizda nima qilardingiz? Fikringizni uch-to’rt gap bilan ifodalang va yozing.
VI.Dars yakuni. O’qituvchi dars yakunida darsda yaxshi ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiradi. Va ularga yana savol bilan murojaat etadi:
— Bugungi darsimizda nimalarni o’rgandik?
Nimani bilib oldik? Degan savol bilan o’quvchilardan yangi mavzu bayonini qanday o’zlashtirganligini baholaydi.
Shundan so’ng 100 –mashq uy vazifasi qilib beriladi.




Maktab MMIBDO’______________________________ Sana____ _______ 20___yil
Download 114.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling